Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3407-1-son)
21.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 21-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3407-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-son “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 21-noyabrdagi 2-2022-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3407, 2022-yil 28-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3407/1127-son) bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor birinchi oʻrinbosari A. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-sentabr,
1-2024-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 27-sentabr
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2024-yil 27-sentabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2024-yil 26-sentabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2024-yil 19-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2024-yil 28-sentabrdagi 1-2024-son buyrugʻigaILOVA
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Uslubiyatning amal qilishi davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 13-martdagi PF-49-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qaroriga asosan faoliyat samaradorligini baholashning alohida tartibi belgilangan davlat organlaridagi lavozimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
2. 2-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zanjir uslubi — davlat organi rahbari va uning oʻrinbosari faoliyatining EMSKni vertikal tizim boʻyicha oʻziga boʻysunuvchi davlat organi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, shuningdek hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining butun iyerarxiyasi boʻylab izchillik asosida taqsimlash orqali baholanuvchi rahbarlarning individual EMSKni ishlab chiqish tartibi;”;
b) oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Samaradorlik.uz” elektron platformasi (bundan buyon matnda Yagona elektron platforma deb yuritiladi) — davlat organining tarkibiy tuzilmalari, shuningdek hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (bundan buyon matnda baholanuvchi rahbar deb yuritiladi) faoliyati EMSKning maqsadli koʻrsatkichlarini, shuningdek ular va davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash natijalarini aks ettiruvchi hamda maʼlumot almashinuvini nazarda tutuvchi axborot tizimi.”;
v) quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “hrm.argos.uz” elektron platformasi — inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritishni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.”.
3. 3-bandda:
a) ikkinchi xatboshi “davlat organi rahbari” degan soʻzlardan keyin “va uning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EMSKning maqsadli koʻrsatkichlari va amaldagi EMSKni Yagona elektron platformaga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchilarini ragʻbatlantirish chorasini qoʻllash haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “hrm.argos.uz” elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib borish;”.
4. 5-bandning ikkinchi xatboshisi, 7-bandning “v” kichik bandi, 12-bandning ikkinchi xatboshisi, 13-band “davlat organi rahbari” degan soʻzlardan keyin “va uning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aniqliligi, erishish koʻzlanayotgan EMSKning maqsadli koʻrsatkichlari aniq belgilanishi;”.
6. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organi tomonidan baholash natijalariga koʻra qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Masʼul tarkibiy tuzilma yoki inson resurslarini boshqarish tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “hrm.argos.uz” elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi.”.
7. 10-bandning“v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Individual EMSKning maqsadli koʻrsatkichlari hisobot davri kesimida kelgusi yil uchun tasdiqlanadi.
Bunda, baholanuvchi rahbar faoliyatining EMSKga erishilganligi natijalari kamida har chorakda (davlat organi faoliyatining oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, oylik va yarim yillik hisobot davrlari belgilanishi mumkin) baholanadi.”.
9. 18-bandning birinchi xatboshisidagi “ushbu Uslubiyatning 4-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar “Yagona elektron platforma orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 20-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “ushbu Uslubiyatning 7-ilovasida koʻrsatilgan shaklga muvofiq baholash varaqasini rasmiylashtirish orqali” degan soʻzlar “Yagona elektron platforma orqali avtomatik tarzda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 22-bandning 1 va 2-kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) EMSKED = (AK/MK)*100 progressiv toifadagi samaradorlik koʻrsatkichlari uchun;
2) EMSKED = 100+(100-AK/MK*100) regressiv toifadagi samaradorlik koʻrsatkichlari uchun. Bunda, ushbu formula huquqbuzarlik va jinoyatchilik darajasi, xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlik, onalar va goʻdaklar oʻlimi hamda boshqa shu kabi koʻrsatkichlarga nisbatan qoʻllaniladi.”.
12. 24-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Davlat organi rahbari va uning oʻrinbosariga boʻysunuvchi tarkibiy tuzilmalar, hududiy va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining aniq koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash darajasi boʻyicha oʻrtacha EMSK natijalari yigʻindisi ushbu rahbar va uning oʻrinbosariga belgilangan EMSKning natijasiga muvofiq boʻlishi lozim.”.
13. 1, 2 va 3-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
14. 4 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga1-ILOVA
“Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga1-ILOVA
Davlat organining tarkibiy tuzilmalari, shuningdek hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari hamda ularning tarkibiy boʻlinmalarida davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati EMSKning maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash
SXEMASI
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga2-ILOVA
“Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga2-ILOVA
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati EMSKning maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash
SXEMASI
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga3-ILOVA
“Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga3-ILOVA
