Mashina-traktor parklarining va qishloq xoʻjalik korxonalarining mashina saroylari toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (772-1-son)
22.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 22-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 772-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2024-yil 19-apreldagi PQ-164-son “Agrar sohada xizmat koʻrsatuvchi davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan Mashina-traktor parklarining va qishloq xoʻjalik korxonalarining mashina saroylari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 772, 1999-yil 12-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-oktabr,
22-son
