Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-158-son)
16.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida:
1. Kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy qilish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining akademik mustaqilligini taʼminlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish;
kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish, oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish;
kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, oʻqitish yakuni boʻyicha beriladigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda tan olinishini taʼminlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platformani joriy qilish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarini zarur oʻquv adabiyotlari, uslubiy qoʻllanmalar va raqamli kontentlar bilan taʼminlash, ularning laboratoriya va ustaxonalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻnikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillari faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
2. “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kasbiy taʼlim tashkilotlarining amaldagi turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, texnikumlarda:
kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;
boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;
boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun — davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun — toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
turli darajadagi kasbiy taʼlim dasturlarining oʻzaro muvofiqligi va uzviyligi taʼminlanadi hamda taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish muddatlari oʻquvchi tomonidan oldin oʻzlashtirilgan modullardan kelib chiqib belgilanadi;
oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi;
zarur metodik va pedagogik taʼminot, oʻquv va laboratoriya xonalari, ustaxona jihozlari, amaliyot bazalari hamda ish beruvchilarning buyurtmalari mavjud boʻlgan taqdirda, oldin oʻqitish yoʻlga qoʻyilmagan taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.
3. Quyidagilar:
Texnikumlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oliy taʼlim muassasalariga ularga biriktirilgan texnikumlarga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish hamda taʼlim sifatini oshirish vazifalari yuklansin.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) bilan birgalikda mazkur Farmonning 3-ilovasida koʻrsatilgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilariga amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishini yakunlashi uchun zarur sharoit yaratsin.
4. Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A. Aripov) 2025-yil 1-sentabrga qadar taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarini 4-ilovaga muvofiq kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktirsin.
Belgilansinki:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari zimmasiga texnikumlarni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslarni yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish, oʻquvchilar uchun amaliyot bazalarini tashkil etish, dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash, rahbar va pedagog kadrlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda ularning stajirovkasini tashkil etish vazifalari yuklanadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga mazkur Farmon bilan ular zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni 5-ilovadagi xarajatlarga yoʻnaltirish huquqi beriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarga:
taʼlim dasturlari doirasida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va dasturlarini qayta koʻrib chiqishga, shu jumladan, buyurtmachilarning takliflariga muvofiq fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirishga;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilishga;
mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga, ushbu dastur va kurslarning taʼlim tili va oʻqitish qiymatini mustaqil belgilashga;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turli yoshdagi fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga;
kasbiy koʻnikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga ruxsat beriladi.
6. Texnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
a) texnikumlarga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1-martga qadar tasdiqlanadi. Bunda:
texnikumlarda oʻtkaziladigan kirish imtihonlari shakli 4-ilovadagi kadrlar buyurtmachilari va sanoat hamkorlari bilan kelishgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi;
dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladi;
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
kasbiy taʼlim dasturlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi hamda kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari, tadbirkorlik subyektlari birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilganidan soʻng amaliyotga kiritiladi;
bitiruvchilarni yakuniy baholash soha ekspertlari, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari, baholash tashkilotlari, ish beruvchilar, uyushmalar va tadbirkorlik subyektlari birlashmalari vakillari ishtirokida demonstratsion imtihonlar shaklida amalga oshiriladi;
kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjatlarni berishning yagona tartibi joriy etiladi. Bunda kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan shaxslarga — diplomlar, qisqa muddatli kurslar bitiruvchilariga — oʻqigan moduliga qarab tegishincha kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar beriladi;
v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Kasbiy taʼlim” platformasi orqali shakllantiriladi.
g) texnikumlarga oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini xorijiy korxona va tashkilotlarda amaliyotni tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolagan holda tashkil etishga ruxsat beriladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar:
“Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin hamda uning “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasini taʼminlasin;
barcha yuridik va jismoniy shaxslarga “Kasbiy taʼlim” platformasidan ochiq va bepul foydalanish imkoniyatini yaratsin.
8. Quyidagilar:
“Kasbiy taʼlim” platformasining faoliyat yuritish tartibi 6-ilovaga muvofiq;
“Kasbiy taʼlim” platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish tartibi 6.1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari “Kasbiy taʼlim” platformasiga zarur maʼlumotlarni toʻliq va oʻz vaqtida kiritish boʻyicha shaxsiy javobgar etib belgilansin.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab 7-ilovadagi texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki:
7-ilovadagi texnikumlarga toʻliq akademik mustaqillik beriladi va ularning faoliyati 8-ilovadagi tartibga muvofiq tashkil etiladi;
7-ilovadagi texnikumlarda 9-ilovaga muvofiq kvalifikatsiyalar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi;
7-ilovadagi texnikumlarni saqlash xarajatlari Davlat budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Kasbiy taʼlim agentligiga davlat texnikumlarida xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish uchun xorijiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
10. Kasbiy taʼlim tizimida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish va texnikumlar rahbar kadrlarini tanlash hamda tayinlash jarayonlari shaffofligini taʼminlash maqsadida:
a) kasbiy taʼlim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha masʼul organ etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilansin;
b) mazkur Farmonning 1-ilovasidagi texnikumlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Bunda texnikumlarning yer uchastkalari, bino va inshootlari hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlarini boshqa korxona va tashkilotlarga oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin;
v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat texnikumlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash vakolati berilsin;
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab texnikumlarning direktor va direktor oʻrinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinsin. Bunda, belgilab qoʻyilsinki:
tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi;
tanlov oʻtkazishga tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ish beruvchilar vakillari jalb etilishi mumkin;
direktor va direktor oʻrinbosarlari bilan ular tomonidan taqdim etilgan strategik rejaga asosan uch yillik mehnat shartnomasi tuziladi;
muddati tugagandan soʻng direktor va direktor oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi strategik rejada belgilangan vazifalarning bajarilganligiga qarab, kelgusi uch yilga uzaytirilishi mumkin.
11. Oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflashning asosiy yoʻnalishlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Jamgʻarmani boshlangʻich moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) 2025-yil 1-aprelga qadar Davlat budjetidan 50 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlarni;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 2025-yil 1-sentabrga qadar Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismidan 50 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlarni Jamgʻarmaga yoʻnaltirsin.
13. 2025 — 2027-yillarda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 12-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov):
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar 2026 — 2030-yillarda kasbiy taʼlim tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-oktabr,
PF-158-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 2-ILOVA
Texnikum faoliyatini moliyalashtirish
tartibi
2026-yil 1-sentabrdan boshlab texnikumlarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.1. Kasbiy taʼlim muassasalarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti va toʻlov-kontrakt asosida shakllangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi, xususan:a)a) quyidagi xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi:texnikumlarda boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari;texnikumlarni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar;xomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlari;oʻquv adabiyotlari, diplomlar, sertifikatlar, guvohnomalar hamda belgilangan namunadagi hujjatlar va guruh jurnallari bilan taʼminlash xarajatlari;9-sinfni tamomlagan bitiruvchilar hisobidan qabul qilingan oʻquvchilar hamda kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar hisobidan davlat granti asosida qabul qilingan oʻquvchilar xarajatlari;Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi texnikumlar, sanʼat va madaniyat yoʻnalishidagi texnikumlar, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari, shuningdek, xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarning barcha xarajatlari;Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa maqsadli xarajatlar (xodimlarga ustama va qoʻshimcha haq toʻlash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan oʻquvchilar moddiy taʼminoti boʻyicha xarajatlar va boshqalar);texnikumlar faoliyatini toʻliq taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda boshqa turdagi xarajatlar) yetishmaydigan qismi;b)umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti yoki professional va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan boshqa talabgorlar hisobidan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan oʻquvchilarni oʻqitishga jalb etilgan pedagog xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda toʻlov-kontrakt tushumlarining ortib qolgan qismi tashkilotning boshqa xarajatlariga yoʻnaltiriladi.2.Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:a)Davlat budjeti mablagʻlari;b)xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;v)grantlar va homiylik xayriyalari;g)qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.3.Texnikumlarga oʻquv amaliyoti jarayonida va darsdan boʻsh vaqtda oʻquvchilar ishtirokida ishlab chiqarilgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni (tovar, ish va xizmatlarni), shu jumladan, savdo shoxobchalarini tashkil qilgan holda namoyish qilish va sotishga ruxsat beriladi. Bunda:a)texnikumlarga istisno tariqasida buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;b)ishlab topilgan mablagʻlar texnikumlarning pedagog kadrlari va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.4.Texnikumlarga rahbarlar, pedagog kadrlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda barcha toifadagi xodimlar uchun taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan (toʻlov-kontrakt mablagʻlari bundan mustasno) lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorida har oylik ustama belgilash va toʻlashga ruxsat beriladi. Bunda rahbarlar, pedagog kadrlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda barcha toifadagi xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar belgilash tartibi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 3-ILOVA
Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari
roʻyxati
T/rT/rTuman/shahar nomiTaʼlim muassasasining amaldagi nomi QuvvatiTaʼlim muassasasining keyingi faoliyatiQoraqalpogʻiston Respublikasi1.1.Qonlikoʻl tumaniQonlikoʻl pedagogika kolleji360Ixtisoslashtirilgan maktab2.2.Chimboy tumaniChimboy pedagogika kolleji540Umumiy oʻrta taʼlim maktabi3.3.Qoʻngʻirot tumaniQoʻngʻirot kimyo sanoati kolleji500Umumiy oʻrta taʼlim maktabi4.4.Xoʻjayli shahriXoʻjayli pedagogika kolleji750Umumiy oʻrta taʼlim maktabi5.5.Beruniy tumaniBeruniy pedagogika kolleji720Umumiy oʻrta taʼlim maktabiAndijon viloyati6.1.Xonobod shahriXonobod pedagogika kolleji420Umumiy oʻrta taʼlim maktabi7.2.Baliqchi tumaniBaliqchi pedagogika kolleji600Umumiy oʻrta taʼlim maktabi8.3.Buloqboshi tumaniBuloqboshi pedagogika kolleji450Ixtisoslashtirilgan maktab9.4.Jalaquduq tumaniJalaquduq pedagogika kolleji600Ixtisoslashtirilgan maktab10.5.Marhamat tumaniMarhamat pedagogika kolleji400Umumiy oʻrta taʼlim maktabi11.6.Paxtaobod tumaniPaxtaobod pedagogika kolleji375Ixtisoslashtirilgan maktab12.7.Xoʻjaobod tumaniXoʻjaobod pedagogika kolleji900Umumiy oʻrta taʼlim maktabi13.8.Shahrixon tumaniShahrixon pedagogika kolleji420Umumiy oʻrta taʼlim maktabi14.9.Qoʻrgʻontepa tumaniQoʻrgʻontepa pedagogika kolleji550Umumiy oʻrta taʼlim maktabiBuxoro viloyati15.1.Vobkent tumaniVobkent pedagogika kolleji540Umumiy oʻrta taʼlim maktabi16.2.Jondor tumaniJondor pedagogika kolleji420Umumiy oʻrta taʼlim maktabi17.3.Shofirkon tumaniShofirkon pedagogika kolleji420Umumiy oʻrta taʼlim maktabi18.4.Gʻijduvon tumaniGʻijduvon pedagogika kolleji430Umumiy oʻrta taʼlim maktabi181.5.Buxoro shahriBuxoro pedagogika kolleji650Umumiy oʻrta taʼlim maktabiJizzax viloyati19.1.Baxmal tumaniBaxmal pedagogika kolleji540Umumiy oʻrta taʼlim maktabi20.2.Baxmal tumaniBaxmal 2-son pedagogika kolleji540Umumiy oʻrta taʼlim maktabi Qashqadaryo viloyati21.1.Qamashi tumaniQamashi pedagogika kolleji600Umumiy oʻrta taʼlim maktabi22.2.Koʻkdala tumaniKoʻkdala (Chiroqchi) pedagogika kolleji510Umumiy oʻrta taʼlim maktabi23.3.Nishon tumaniNishon energetika kolleji1 005Umumiy oʻrta taʼlim maktabi24.4.Dehqonobod tumaniDehqonobod kimyo sanoati kolleji360Umumiy oʻrta taʼlim maktabi25.5.Shahrisabz tumaniMiraki pedagogika kolleji600Umumiy oʻrta taʼlim maktabiNamangan viloyati26.1.Namangan shahriNamangan arxitektura va qurilish texnikumi720Umumiy oʻrta taʼlim maktabi27.2.Chust tumaniChust pedagogika kolleji960Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 28.3.Pop tumaniPop pedagogika kolleji640Umumiy oʻrta taʼlim maktabi29.4.Toʻraqoʻrgʻon tumaniToʻraqoʻrgʻon pedagogika kolleji720Umumiy oʻrta taʼlim maktabi30.5.Yangiqoʻrgʻon tumaniYangiqoʻrgʻon pedagogika kolleji885Umumiy oʻrta taʼlim maktabi31.6.Uychi tumaniUychi pedagogika kolleji510Umumiy oʻrta taʼlim maktabi32.7.Uchqoʻrgʻon tumaniUchqoʻrgʻon pedagogika kolleji780Umumiy oʻrta taʼlim maktabi33.8.Norin tumaniNorin pedagogika kolleji330Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 34.9.Mingbuloq tumaniMingbuloq pedagogika kolleji885Umumiy oʻrta taʼlim maktabi35.10.Namangan tumaniNamangan pedagogika kolleji330Umumiy oʻrta taʼlim maktabiSamarqand viloyati36.1.Bulungʻur tumaniBulungʻur pedagogika kolleji420Ixtisoslashtirilgan maktab37.2.Qoʻshrabot tumaniQoʻshrabot pedagogika kolleji390Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 38.3.Kattaqoʻrgʻon tumaniKattaqoʻrgʻon tuman pedagogika kolleji300Umumiy oʻrta taʼlim maktabi39.4.Ishtixon tumaniIshtixon pedagogika kolleji750Umumiy oʻrta taʼlim maktabi40.5.Jomboy tumaniJomboy agrotexnologiyalar texnikumi900Umumiy oʻrta taʼlim maktabi41.6.Paxtachi tumaniPaxtachi pedagogika kolleji360Umumiy oʻrta taʼlim maktabi42.7.Pastdargʻom tumaniPastdargʻom pedagogika kolleji360Umumiy oʻrta taʼlim maktabi43.8.Nurobod tumaniNurobod pedagogika kolleji480Umumiy oʻrta taʼlim maktabi44.9.Oqdaryo tumaniOqdaryo pedagogika kolleji720Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 45.10.Urgut tumaniUrgut pedagogika kolleji420Umumiy oʻrta taʼlim maktabi46.11.Urgut veterinariya meditsinasi texnikumi1 005Umumiy oʻrta taʼlim maktabiSurxondaryo viloyati47.1.Muzrabot tumaniMuzrabot pedagogika kolleji540Umumiy oʻrta taʼlim maktabi48.2.Oltinsoy tumaniOltinsoy pedagogika kolleji410Umumiy oʻrta taʼlim maktabi49.3.Sariosiyo tumaniSariosiyo pedagogika kolleji975Umumiy oʻrta taʼlim maktabi50.4.Uzun tumaniUzun pedagogika kolleji630Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti51.5.Sherobod tumaniSherobod pedagogika kolleji540Umumiy oʻrta taʼlim maktabi52.6.Qiziriq tumaniQiziriq pedagogika kolleji480Umumiy oʻrta taʼlim maktabi53.7.Qumqoʻrgʻon tumaniQumqoʻrgʻon pedagogika kolleji585Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiToshkent viloyati54.1.Ohangaron tumaniOhangaron pedagogika kolleji405Ixtisoslashtirilgan maktab55.2.Parkent tumani Parkent pedagogika kolleji405“Barkamol avlod” bolalar maktabi56.3.Bekobod tumaniToshkent viloyati pedagogika kolleji900Umumiy oʻrta taʼlim maktabi57.4.Yuqori Chirchiq tumaniYuqori Chirchiq pedagogika kolleji300Ixtisoslashtirilgan maktabFargʻona viloyati58.1.Fargʻona shahriFargʻona pedagogika kolleji610Umumiy oʻrta taʼlim maktabi59.2.Quvasoy shahriQuvasoy pedagogika kolleji525Umumiy oʻrta taʼlim maktabi60.3.Bagʻdod tumaniBagʻdod pedagogika kolleji670Umumiy oʻrta taʼlim maktabi61.4.Buvayda tumaniBuvayda pedagogika kolleji700Umumiy oʻrta taʼlim maktabi62.5.Quva tumaniQuva pedagogika kolleji675Umumiy oʻrta taʼlim maktabi63.6.Oltiariq tumaniOltiariq pedagogika kolleji720Umumiy oʻrta taʼlim maktabi64.7.Qoʻshtepa tumaniQoʻshtepa pedagogika kolleji540Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti65.8.Rishton tumaniRishton pedagogika kolleji795Umumiy oʻrta taʼlim maktabi66.9.Oʻzbekiston tumaniOʻzbekiston tumani pedagogika kolleji470Umumiy oʻrta taʼlim maktabi67.10.Furqat tumaniFurqat pedagogika kolleji465Umumiy oʻrta taʼlim maktabi68.11.Margʻilon shahriMargʻilon koʻp tarmoqli texnikumi900Umumiy oʻrta taʼlim maktabiXorazm viloyati69.1.Hazorasp tumaniHazorasp pedagogika kolleji600Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 70.2.Yangibozor tumaniYangibozor pedagogika kolleji300Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 71.3.Xiva shahriXiva xizmat koʻrsatish va servis texnikumi720Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 4-ILOVA
Kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari
ROʻYXATI*
* Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashiga Kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 5-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar
roʻyxati
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan texnikumlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 6-ILOVA
“Kasbiy taʼlim” platformasining faoliyat yuritish
tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 6.1-ILOVA
“Kasbiy taʼlim” platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish
tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 7-ILOVA
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar
roʻyxati
Izoh: 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar roʻyxatiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 8-ILOVA
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar faoliyatini tashkil qilish
tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 9-ILOVA
2025/2026 oʻquv yilida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan kvalifikatsiyalar
roʻyxati*
* Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026 oʻquv yilida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan kvalifikatsiyalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 10-ILOVA
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflashning asosiy yoʻnalishlari
1. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
kasbiy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarini inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalari;
oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarning Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tushgan qismi;
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olingan foiz tarzidagi daromadlari;
xalqaro donorlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2. Jamgʻarmaning asosiy faoliyat yoʻnalishlari:
kasbiy taʼlim tashkilotlarining uslubiy taʼminotini mustahkamlash, ularning bino va inshootlarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini raqamlashtirish;
kasbiy taʼlim sohasida tanlovlar oʻtkazish hamda malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlarining malaka toifalarini baholashni tashkil etishda ishtirok etgan mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish;
“Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqish va lozim darajada ishlashini taʼminlash;
kasbiy taʼlimni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 11-ILOVA
2025 — 2027-yillarda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari, 3-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “e” kichik bandlari, “d” kichik bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda 1 — 3-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6031-son Farmoniga ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmoniga 5-ilovaning 1 — 3-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6176-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6217-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-45-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-94-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmoniga 7-ilovaning 1-bandi “a” — “v” kichik bandlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-183-son Farmoniga ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-214-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-258-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi “a” kichik bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-107-son Farmoniga 1-ilovaning 6-bandi “a” kichik bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5140-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qaroriga 6-ilovaning 34-pozitsiyasi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi “a” kichik bandi.
