SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-67-son)
11.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 305]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 10-yanvardagi 8-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 3.01.03-19 “Qurilishda geodeziya ishlari. Qoidalar toʻplami” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-sentabr,
01/2-67-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-avgust
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 17-avgust
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 8-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi 01/2-67-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashda bajarilishi zarur boʻlgan geodezik ishlarni belgilaydi.
1-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.02.08-19 “Qurilish uchun muhandislik-geodezik qidiruvlar. Qoidalar toʻplami”;
GOST 23615-79 “Qurilishda geometrik parametrlar aniqligini taʼminlash tizimi. Statistik tahlil” (rasmiy manba: GOST 23615-79 Sistema obespecheniya tochnosti geometricheskix parametrov v stroitelstve. Statisticheskiy analiz);
GOST 23616-79 “Qurilishda geometrik parametrlar aniqligini taʼminlash tizimi. Aniqlikni nazorat qilish” (rasmiy manba: GOST 23616-79 Sistema obespecheniya tochnosti geometricheskix parametrov v stroitelstve. Kontrol tochnosti).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
davlat geodezik toʻri — koordinatalar tarqalishini (yoyilishini) taʼminlovchi va boshqa geodezik toʻrlar tuzish uchun boshlangʻich hisoblanadigan geodezik toʻr;
tuzatma — tuzatilmagan oʻlchash natijalariga kiritiladigan qiymat kattaligi;
bazis toʻri — trigonometrik usuldan foydalanib, geodezik bazis uzunligidan triangulyatsiya tomonlari uzunligiga oʻtish uchun xizmat qiluvchi uchburchaklar sistemasi;
geodezik rejalash asosi — kapital qurilish obyektlarida, muhandislik qidiruv ishlarini amalga oshirishni geodezik taʼminlash maqsadida, belgilangan koordinatalar va balandliklar sistemalarida berilgan sinf (razryad) aniqligidagi geodezik toʻr;
ijroiy sʼyomka — asosiy mazmuni qurilish konstruksiyalari va texnologik jihozlarni rejalash oʻqlariga nisbatan haqiqiy holatini aniqlashga qaratilgan jarayon;
ijroiy chizma — qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan yer osti muhandislik-texnik taʼminoti tarmogʻining maqsadi, xarakteristikasi, haqiqiy tekislik (planli)-balandlik holatini aniqlovchi hisobot hujjati;
chekli xato — absolyut kattaligi boʻyicha berilgan ehtimollikda, oʻlchashlar natijalarining xatosi oshmasligi zarur boʻlgan xatolik;
loyihaviy belgi (otmetka) — loyihada berilgan boshlangʻich sathga nisbatan nuqtaning balandligi;
rejalash oʻqi — unga nisbatan rejalash chizmasida binoni yoki uning alohida qismlarini joyga koʻchirish uchun kerakli maʼlumotlar koʻrsatiladigan bino va inshoot oʻqi;
komparirlash — chiziq uzunligini oʻlchashdan oldin oʻlchash lentalari va ruletkalar tekshirilishi (oʻlchash asbobini uzunligi aniq boʻlgan namunasi bilan taqqoslash yoʻli bilan uning haqiqiy uzunligini aniqlash);
qurilish geodezik toʻri — binoning rejalash oʻqlariga parallel oriyentirlangan, kvadratlar yoki toʻrtburchaklar koʻrinishidagi geodezik toʻr;
stvor — berilgan ikkita nuqtalar orqali oʻtuvchi vertikal tekislik;
geometrik nivelirlash — gorizontal vizirlash oʻqi bilan jihozlangan geodezik asbob yordamida nivelirlash.
3. Ushbu SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
GIBL — geodezik ishlarni bajarish loyihasi;
IBL — ishlarni bajarish loyihasi;
QTEL — qurilishni tashkil etish loyihasi;
TP — transformator punkti;
GTS — gaz taqsimlash stansiyasi.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Bino va inshootlarni qurish jarayonida amalga oshiriladigan geodezik ishlarni ularning geometrik parametrlarini loyiha hujjatlariga mos ravishda taʼminlaydigan hajmda va aniqlikda bajarish kerak.
5. Qurilishda bajariladigan geodezik ishlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
GIBLni ishlab chiqishni;
qurilish maydonining rejalash toʻrini barpo etishni, bino va inshootlar (yirik va murakkab obyektlar va 9 qavatdan baland binolar uchun bino va inshootlarning tashqi rejalash toʻrlarini barpo etish), magistral va maydon tashqarisidagi chiziqli inshootlarning asosiy va bosh rejalash oʻqlarini joyga koʻchirish hamda texnologik qurilmalarni montaj qilishni oʻz ichiga olgan geodezik rejalash asosini yaratishni;
magistral, chiziqli inshootlar yoki ularning qismlaridan tashqari, maydon ichidagi vaqtincha bino va inshootlarni rejalashni;
binolar va inshootlarning boshlangʻich va montaj gorizontlarida ichki rejalash toʻrini va texnologik qurilmalarni montaj qilish uchun rejalash toʻrini barpo etishni, (agarda bu ishlarni bajarish loyihasida koʻrsatilgan boʻlsa) hamda batafsil rejalash ishlarini amalga oshirishni;
binolar va inshootlarning geometrik parametrlari aniqligining geodeziya nazoratini amalga oshirishni va ijroiy sʼyomka bajarish orqali ijroiy geodezik hujjatlarni tuzishni;
poydevorlar, binolar va inshootlar konstruksiyasi hamda ularni qismlarining deformatsiyasini geodezik oʻlchashni.
6. Binolar va inshootlarning geometrik parametrlari, shu bilan birga qurilishning barcha bosqichlaridagi ijroiy geodezik sʼyomkalarning geodeziya nazorati amalga oshirilishi lozim.
7. Geodeziya ishlari qurilishda geodezik oʻlchashlarning kerakli aniqligini taʼminlovchi texnik vositalar yordamida bajarilishi kerak.
8. Geodeziya ishlarni umum qurilish, montaj va maxsus ishlarni bajarish muddatlari bilan bogʻliq holda, ushbu qurilish maydoni uchun yagona grafik asosida amalga oshirish kerak.
9. Bino va inshootlarni qurishda ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqish uchun geodeziya ishlarini bajarish loyihalarini tuzish kerak.
10. Geodezik rejalash ishlarini boshlashdan oldin, rejalash ishlarida foydalaniladigan ishchi chizmalar oʻlchamlarining oʻzaro bogʻliqligi, koordinatalari va nuqtalar belgilari (otmetkalari) toʻgʻriligi tekshirilgan boʻlishi kerak.
11. Geodeziya ishlarini kerakli aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan bajarish lozim.
12. Chiziqli inshootlarni qurishda, kranosti yoʻllarini montaj qilishda, vertikal tekislashni bajarishda geodeziya ishlari amalga oshirilganda ustunlikni lazer asboblaridan foydalanishga berish kerak.
13. Qurilishdagi geodezik ishlarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
Qurilishdagi geodeziya ishlarni taʼminlash uchun tavsiya etiladigan asboblar mazkur SHNQning 2-ilovasida nazarda tutilgan.
14. Geodeziya ishlari loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan hududni tozalash, uni buzilishi lozim boʻlgan bino va inshootlardan boʻshatilgandan va vertikal tekislashni bajargandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
15. Bino va inshootlarning aniqlik sinfi va kategoriyasiga bogʻliq ravishda oʻlchashlar quyidagi 1-jadvalga asosan amalga oshirilishi kerak.
16. Qurilish jarayonidagi rejalash ishlari binoning qismlari va konstruktiv elementlarining oʻqlari va belgilarning (otmetkalarning) tekislik (planli) va balandlik boʻyicha holatini loyiha hujjatlariga muvofiq, berilgan aniqlikda geodezik rejalash asoslari punktlaridan joyga koʻchirishni taʼminlashi kerak.
17. Rejalash ishlari toʻgʻri bajarilganligining nazorati, rejalashda qabul qilingan aniqlikdan kam boʻlmagan aniqlikdagi geodezik yoʻllar va oʻlchashlar (rejalashda qabul qilingan yoʻnalishlardan farq qiladigan yoʻnalishlar) orqali tekshirilishi kerak.
18. Nazorat paytidagi chekli (yoʻl qoʻyarli) chetlanishlar quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
δo, chek ≤ δchek / K
bu yerda:
δchek — yoʻl qoʻyarli xato (yoki yuqori geometrik aniqlikda quriladigan obyektlar uchun hisoblab chiqiladi);
K — 2,0; 2,5; 3,0 ga teng deb qabul qilinadigan koeffitsiyent (IBL yoki GIBLni ishlab chiqishda asoslanadi).
19. Geodezik rejalash asosini topshirish-qabul qilishda qurilish maydonida mahkamlangan punktlar koʻrsatilishi kerak. Bunda:
qurilish maydonining rejalash toʻri belgilari;
har bir oʻqqa toʻrttadan kam boʻlmagan binoning tekislik (oʻq boʻyicha) rejalash oʻqlarining belgilari, shu jumladan binoning barcha burchaklarini asosiy rejalash oʻqlarining kesishish nuqtalarini aniqlovchi belgilar;
trassaning oʻqi, trassa boshi va oxiri, toʻgʻri chiziqli uchastkalarning 0,5 km dan kam boʻlmagan oraligʻida va trassaning burilish burchaklarida mahkamlangan quduqlar (kameralar) ni aniqlovchi chiziqli inshootlarning tekislik (oʻq boʻyicha) belgilari;
qurilish boʻlayotgan hududning chegaralari va ichki qismi boʻylab har bir bino oldida, muhandislik tarmoqlari oʻqlari boʻylab bittadan kam boʻlmagan, kamida har 0,5 km da nivelirlash reperlari;
koordinatalar, balandliklar kataloglari va barcha geodezik rejalash asoslarining abrislari.
20. Rejalash oʻqlari, montaj (oriyentir) nishonlari binoning tashqi yoki ichki toʻrlari nuqtalariga nisbatan belgilanishi kerak. Rejalash oʻqlari, montaj (oriyentir) nishonlari, ularning joylashgan oʻrni, mahkamlash usullari IBL va GIBLda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashda bajarilishi zarur boʻlgan geodezik ishlarning chizmalari mazkur SHNQning 10 — 50-ilovalarida nazarda tutilgan.
4-bob. Geodezik ishlarni bajarish loyihasi
21. GIBL qurilishni minimal xarajatlar bilan amalga oshirishni taʼminlovchi geodezik ishlarning mazmuni, hajmi, usullari, aniqligi hamda muddatlarini aniqlashi lozim.
22. Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun loyiha hujjatlarini qayta koʻrib chiqishda, barcha oʻzgarishlar GIBLga kiritilishi lozim.
23. GIBLda QTEL va IBL ni tuzishga qoʻshimcha ravishda quyidagilar keltirilishi kerak:
qurilishga tayyorgarlik koʻrish davriga:
binoning tashqi rejalash toʻri belgilarining joylashish va mahkamlash sxemasi, materiallar va ishchi kuchlariga talablar, geodezik ishlarni bajarish grafigi;
obyektni barpo etishga:
binolarning rejalash oʻqlarini barpo etish aniqligi va usuli, oʻqlarning belgilarini joylashish va mahkamlash sxemasi, markazlarning turlari;
batafsil rejalash ishlarini, nazorat oʻlchovlarini, ijroiy sʼyomkalarni bajarish aniqligi va usullari;
materiallar va ishchi kuchlariga talablar, geodezik ishlarni bajarish grafigi;
binolar va inshootlar siljishi va deformatsiyasini kuzatish davrida:
qurilish obyektlarining siljishi va deformatsiyasini kuzatishni bajarish aniqligi, usullari, vositalari;
geodezik toʻrlar sxemasi, uni tuzish aniqligi va usullari;
belgilar markazlarining turlari;
ishlarni bajarish grafigi.
24. Binoning tashqi rejalash toʻri sxemasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
toʻrni mahkamlash sxemasi;
binoni tashqi rejalash asosining aniqligi va tuzish usuli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
rejalash oʻqlarini mahkamlash uchun tavsiya qilinadigan belgilarning konstruksiyalari.
25. Binoning yer osti qismini qurish quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
batafsil rejalash ishlari aniqligini;
batafsil rejalash ishlarini bajarish usullarini;
bino kotlovani, muhandislik tarmoqlari trassalarining konturlarini joyga koʻchirish va mahkamlash texnologiyasini;
tuproq ishlari va qurilish — montaj ishlarini bajarishda geodezik nazorat texnologiyasini;
ijroiy sʼyomkalarni bajarish texnologiyasini.
26. Binolarning yer ustki qismini montaj qilish quyidagilarni oʻz tarkibiga olishi kerak:
koʻp qavatli binolar uchun montaj gorizontlarida ichki rejalash toʻrini tuzish aniqligi;
rejalash oʻqlarini montaj gorizontlariga uzatish usullari;
qurilish konstruksiyalari va elementlarini loyihaviy holatda oʻrnatishdagi geodezik tekshirish usullari.
27. Binolar bosh rejalash oʻqlarining aniqligi batafsil rejalash ishlarini bajarishning zarur va yetarli aniqligini taʼminlashi kerak.
28. Agarda qurilish maydonining avvalgi bajarilgan rejalash toʻri aniqligi, binoning bosh rejalash toʻri talablariga javob bermasa, uni qurish uchun talab qilingan aniqlikdagi lokal rejalash toʻri barpo etilishi lozim.
29. Talab qilingan aniqlikdagi lokal rejalash toʻri barpo etilishi lozim boʻlganda koordinatalar boshi sifatida qurilish maydonining rejalash toʻri punktlaridan bittasi va bitta yoʻnalish direksion burchagi qabul qilinishi lozim.
30. Binolarning bosh va asosiy rejalash oʻqlarini tuzish aniqligi, ushbu SHNQda belgilanmagan holda, bunday toʻrning alohida hisobi, ushbu bino va inshootning oʻqlararo minimal oʻlchamini tuzish aniqligidan kelib chiqqan holda bajarilishi kerak.
31. Binoning asosiy rejalash oʻqi punktlarini loyihaviy holatga keltirish, montaj gorizontida nazorat oʻlchovlari bajarilgandan soʻng amalga oshirilishi, boshlangʻich gorizontdagi kabi, montaj gorizontida ham tuzilgan toʻrni tenglashtirish va reduksiyalash usuli GIBLda berilgan boʻlishi kerak.
32. Oʻqlarni montaj gorizontiga uzatish uchun, qoʻllaniladigan texnik vositalar va binoning balandligini hisobga olgan holda, uzatish aniqligining talablariga mos keluvchi usullarni qabul qilish kerak.
33. Batafsil rejalashni asosiy yoki bosh oʻqlarga nisbatan, belgilangan aniqlikda maʼlum usullardan birini qoʻllagan holda bajarishni koʻzda tutish lozim.
34. Har bir ish turi uchun shakllar keltirilishi, namunalari alohida albom sifatida GIBLga ilova tarzida biriktirilishi kerak.
35. Texnologik uskunalar montaji uchun GIBL ishlab chiqishda oʻrnatish va tekshirish aniqligi loyiha tashkiloti tomonidan ishchi chizmalarda (uskunalar pasportlarida, uskunalarni montaj qilish boʻyicha yoʻriqnomalarda) va texnik topshiriqda berilishi kerak.
36. GIBLni obyekt qurilishining (rekonstruksiyasining) bir nechta davrlari uchun ishlab chiqish kerak:
tayyorgarlik;
obyekt qurilishi;
bino va inshootlar siljishi va deformatsiyasini kuzatishlar (agar bu loyiha hujjatida koʻrsatilgan boʻlsa).
5-bob. Qurilish uchun geodezik rejalash asosi
1-§. Asosiy qoidalar
37. Qurilish uchun geodezik rejalash asosini, bino va inshootning joydagi oʻrnini aniqlovchi va kam xarajat, kerakli aniqlikda, qurilish jarayonida keyinchalik boʻladigan qurilishlar va oʻlchashlarni bajarishni taʼminlovchi belgilar bilan mahkamlangan, geodezik punktlar koʻrinishida barpo etish kerak.
38. Qurilish uchun geodezik rejalash asosini qurilish maydoniga yaqin hududda mavjud boʻlgan geodezik toʻr punktlariga bogʻlash yoʻli bilan tuzish lozim.
39. Qurilishda geodezik ishlarni bajarish uchun geodezik rejalash asosi sifatida quyidagilar xizmat qilishi lozim:
davlat geodezik toʻrlari punktlari (ham tekislik, ham balandlik boʻyicha), shu jumladan koordinatalarni sputnikaviy geodezik aniqlash punktlari;
tayanch geodezik toʻrlari punktlari, shu jumladan qurilish uchun maxsus geodezik toʻrlar;
geodezik rejalash asosi punktlari;
tekislik — balandlik sʼyomka geodezik toʻri (doimiy sʼyomka asosi) va fotogrammetrik zichlashtirish nuqtalari (punktlari).
40. Punktlarning tekislik — balandlik holatini oʻlchashning aniqligi, zichligi va geodezik asos punktlarini mahkamlash sharoitlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
inshootlar va turar-joy fuqaro obyektlarining loyiha va ishchi hujjatlarini ishlab chiqishni;
loyihani joyiga koʻchirishni;
maxsus muhandislik geodezik ishlarni, xavfli tabiiy va texnik tabiiy jarayonlarni statsionar sharoitlarda kuzatishni bajarishni;
obyektlarni qurish, ulardan foydalanish va tugatishni taʼminlash uchun yirik masshtabli topografik rejalarni ishlab chiqishni (muhandislik topografik rejalarni yangilash).
41. Qurilish uchun geodezik rejalash asosini tuzish boʻyicha ishlarni qurilish obyektining loyiha hujjatlari asosida va GIBL boʻyicha bajarish kerak.
42. Qurilish uchun geodezik rejalash asosini quyidagilarni hisobga olgan holda barpo etish kerak:
qurilish maydonida binolar (inshootlar) va muhandislik tarmoqlarining loyiha boʻyicha va amalda joylashishi;
rejalash asosi punktlarini mahkamlovchi belgilarning saqlanishi va turgʻunligini taʼminlash;
rejalash asosini tuzish sifatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qurilish hududidagi geologik, harorat, dinamik jarayonlar va boshqa taʼsirlar;
tuziladigan geodezik rejalash asosidan obyektdan foydalanish jarayonida, uni kengaytirish va rekonstruksiya qilishda foydalanish.
43. Qurilish maydonining geodezik rejalash asosi bino va inshootning asosiy yoki bosh rejalash oʻqlarini joyga koʻchirish uchun hamda bino va inshootning bosh rejalash oʻqini tuzish, ijroiy sʼyomkalar bajarilganda barpo etilishi lozim.
44. Bino va inshootning bosh rejalash oʻqi joyga koʻchirilganda va bino (inshoot)ning loyiha parametrlarini mahkamlash, batafsil rejalash ishlarini va ijroiy sʼyomkalarni amalga oshirish uchun barpo etilishi kerak.
45. Qurilish maydonining geodezik rejalash asosini quyidagi koʻrinishda barpo etish kerak:
chiziqli-burchakli geodezik tuzilma;
tomonlarining oʻlchami 50, 100 yoki 200 m boʻlgan qurilish toʻri va geodezik toʻrlar;
qurilishni tartibga solishning qizil yoki boshqa chiziqlari.
46. Qurilish maydonidagi rejalash toʻrini barpo etish sxemasi mazkur SHNQning 3-ilovasi 2-rasmiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
47. Bino yoki inshootning tashqi rejalash asosi geodezik toʻr koʻrinishida tuziladi va uning punktlari joyda mahkamlanib, ular orqali asosiy rejalash oʻqlarini hamda asosiy oʻqlar kesishishidan hosil boʻlgan bino(inshoot)ning burchaklari mazkur SHNQning 3-ilovasi 2-rasmiga muvofiq koʻchirilishi lozim.
48. Qurilish maydoni xuddi shunday bino va inshoot rejalash asosining nivelir tarmoqlari, geodezik tarmoqning kamida ikkita reperiga tayanuvchi nivelir yoʻllari koʻrinishida barpo etilishi kerak.
49. Qurilish maydonining geodezik rejalash asosini barpo etish aniqligi quyidagi 2-jadvalda keltirilgan maʼlumotlarga asosan qabul qilinishi kerak. Binoni (inshootni) rejalash tarmogʻi, shu jumladan asosiy yoki bosh rejalash oʻqlarini joyga koʻchirish mazkur SHNQning 3-jadvalida keltirilgan maʼlumotlarga asosan qabul qilinishi kerak.
Izohlar: 1. Oʻrtacha kvadratik xatoliklar miqdorlari (2-4-qatorlar) 1-qator bilan bogʻlangan holda, koʻrsatkichlarning bittasi bilan bogʻliq ravishda belgilanadi; ikki yoki undan ortiq koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda oʻrtacha kvadratik xatoliklar miqdori yuqori aniqlikka ega boʻlgan koʻrsatkich boʻyicha belgilanadi.
2. Noyob va murakkab obyektlar qurilishi va texnologik uskunalar montaji uchun geodezik tuzilmalarning aniqligini maxsus texnik sharoitlar asosida va loyihada belgilanadigan yoʻl qoʻyarli miqdor talablarini hisobga olgan holda hisoblashlar yordamida aniqlash kerak.
50. Tekislik va balandlik rejalash asoslarini birlashtirgan holda qurish kerak.
51. Qurilish uchun geodezik rejalash asosini barpo etish va qurilish — montaj ishlari boshlanishiga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:
qurilish maydonida mahkamlangan asos punktlarini topshirishni;
qurilish maydonining rejalash toʻri belgilarini topshirishni;
bino va inshootni bosh va asosiy oʻqlarini, har bir oʻqqa toʻrttadan kam boʻlmagan, tekislik (oʻqlar) belgilari, shu jumladan bino va inshootning barcha burchaklarini asosiy rejalash oʻqlarining kesishish nuqtalarini aniqlovchi belgilarni topshirishni;
oʻq belgilari bilan mahkamlangan rejalash oʻqlari soni, bino va inshootning shakli va oʻlchamlarini inobatga olgan holda aniqlashni;
bino va inshoot gabaritini belgilovchi asosiy oʻqlarni, harorat (deformatsiya) chok joylarini, gidrotexnik murakkab muhandislik inshootlarning bosh oʻqlarini joyda mahkamlashni;
trassaning oʻqi, boshi, oxirini, toʻgʻri uchastkalarda 0,5 km dan kam boʻlmagan va trassaning burilish burchaklarida mahkamlangan quduqlar (kameralar)ni aniqlovchi chiziqli inshootlarning tekislik (oʻqlar) belgilarini topshirishni;
chegaralar boʻylab va qurilish hududining ichida har bir binoning (inshootning) oldida, bittadan kam boʻlmagan, muhandislik tarmoqlari oʻqlari boʻylab 0,5 km dan kam boʻlmagan oraliqda nivelir reperlarini topshirishni;
geodezik rejalash asosini barcha punktlarining koordinatalar, balandliklar kataloglari va abrislarini topshirishni.
52. Geodezik rejalash asosini mahkamlash bino yoki inshoot turiga bogʻliq ravishda quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
qavatligi 5 qavatgacha boʻlgan, balandligi 15 m gacha, qurilish muddatining davomiyligi 0,5 yilgacha boʻlgan inshootni, ichki maydon muhandislik tarmoqlarining bosh yoki asosiy oʻqlarini mahkamlash (belgini oʻrab olish (toʻsish) usuli mazkur SHNQning 5-ilovasida koʻrsatilgan);
qavatligi 5 qavatdan baland boʻlgan, balandligi 15 m dan ortiq, qurilish muddatining davomiyligi 0,5 yilgacha boʻlgan inshootning asosiy yoki bosh oʻqlarini mahkamlash 6-ilovada koʻrsatilgan turdagi belgi yordamida bajarilishi;
qurilish muddatining davomiyligi 0,5 yildan ortiq boʻlgan bino va inshootning asosiy yoki bosh oʻqlarini mazkur SHNQning 7-ilovasida koʻrsatilgan belgi turi yordamida mahkamlanishi;
qoyalar va betonlarda rejalash oʻqlarini mahkamlash mazkur SHNQning 8-ilovasida koʻrsatilgandek amalga oshirilishi;
chiziqli inshootlarni rejalash oʻqlari mazkur SHNQning 9-ilovasida koʻrsatilgan belgi turlari yordamida mahkamlanishi.
53. Qurilish maydoni hududida tekislash va qurish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan qurilish bosh rejasi va chizmalarda geodezik belgilar oʻrnatilgan joylar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
54. Qabul qilingan geodezik rejalash asosi belgilari obyektdan foydalanish jarayonida saqlanganligi va turgʻunligi doimiy kuzatib turilishi kerak. Bunda, ularning barqarorlik holati asboblar bilan, dala nazorat oʻlchashlarini bajarish orqali tekshirib borilishi kerak.
2-§. Geodezik rejalash asosining tuzilishi
55. Qurilish uchun geodezik rejalash asosi qurilish maydonining tekislik va balandlik yoki tekislik-balandlik rejalash toʻrlari punktlaridan tashkil topishi lozim.
56. Qurilish maydonining tekislik rejalash toʻrlari punktlariga nisbatan, obyektning mustaqil rejalash toʻrini tashkil qiluvchi, binoning bosh yoki asosiy (gabaritiga tegishli) oʻqlari punktlari joyga koʻchirilishi kerak.
57. Reperlar va qurilishning balandlik tarmoqlari punktlariga nisbatan, konstruksiyalar balandlik boʻyicha loyihaviy holatiga koʻchirilishi lozim.
58. Qurilish maydoni va maydondan tashqari inshootlar uchun tekislik va balandlik koordinatalar tizimini bino va inshootni loyihalashdan oldin oʻrnatish kerak.
59. Qurilish maydonining geodezik tekislik asosining sxemasi hududni geodezik rejalash va qurish loyihasi orqali yuzaga kelgan qurilish maydonining oʻlchamlari va shakli, bino va inshootning qanday maqsadga moʻljallanganligi va boshqa omillarga mos ravishda tanlab olinishi kerak.
60. Topografik rejada binoning bosh va asosiy oʻqlarini joyga koʻchirish uchun qurilish maydonining geodezik tekislik rejalash asosi boʻlib, mahalliy koordinatalar tizimida aniqlangan, geodezik rejalash asosining punktlari xizmat qilishi lozim.
61. Binolari bir-biriga parallel joylashgan yirik sanoat korxonasining binolarini rejada joylashtirish uchun qurilish maydonining tekislik geodezik rejalash asosi, GIBLda ishlab chiqilganiga asosan geodezik qurilish toʻrining uchlarida punktlar bilan mahkamlanishi kerak.
62. Qurilish maydonining tekislik rejalash toʻri sxemalarining namunalari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
63. Maydon tashqarisidagi muhandislik tarmoqlarini qurish uchun ularning trassalari boʻylab tekislik va balandlik geodezik belgilar mahkamlanadi, ularning tekislikdagi koordinatalari chiziqli-burchakli tuzilmalardan, balandlik holati esa nivelirlash bilan aniqlanishi kerak.
64. Topografik rejada binolar va muhandislik tarmoqlari elementlarini rejalash tarmogʻi punktlariga bogʻlash, oʻqlarni joyga koʻchirish va rejalash ishlarini bajarish bilan bogʻliq boshqa zarur maʼlumotlar ushbu qurilish obyekti uchun belgilangan koordinatalar sistemasida berilishi kerak.
65. Qurilish maydonining balandlik geodezik asosi grunt va devoriy reperlar, poligonometriya punktlari, qurilish toʻri punktlari, bino oʻqlarini mahkamlash punktlari koʻrinishida taʼminlanishi kerak.
66. Balandlik rejalash tarmoqlari SHNQ 1.02.08-19 ga muvofiq nivelirlash yoʻllari va zarur aniqlikdagi texnikaviy va trigonometrik nivelirlash yoʻllari yordamida yaratiladi.
67. Nivelirlash sinfi konstruksiyalarni balandlik boʻyicha oʻrnatishning GIBLga muvofiq asoslanishi lozim.
68. Qurilish maydonining tekislik va balandlik rejalash toʻrlarining chizmalari bosh reja masshtabida tuzilishi, unga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
rejalash toʻrlarining amaldagi davlat geodezik va nivelirlash toʻrlari yoki zichlashtirish toʻrlari punktlari va reperlariga bogʻlanish xususiyatlari hisobga olingan tekislik-balandlik rejalash toʻrlarini tuzishning aniqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
geodezik punktlar markazlari turlarining tavsifi va ularni oʻrnatish usullari.
3-§. Qurilish maydonining qurilish geodezik toʻri
69. Qurilish maydonining qurilish geodezik toʻri kvadratlar yoki toʻrtburchaklar uchlarida joylashgan geodezik punktlar tizimidan tashkil topishi lozim. Qurilish toʻrining tomonlari bino va inshoot oʻqlari yoki qurilishning qizil chiziqlariga parallel ravishda loyihalanishi kerak.
70. Qurilish maydoni va bino va inshootlarning oʻlchamlariga bogʻliq ravishda qurilish toʻri asosiy va qoʻshimcha punktlar bilan mahkamlanishi kerak. Toʻrning asosiy shakllari tomonlarining uzunligi 50, 100, 200 yoki 400 m ga teng qilib olinishi, koʻp qavatli binolar qurilishida qurilish toʻrining tomonlari 25, 30, 50 m ga teng qilib olinishi kerak.
71. Qurilish toʻrini loyihalashda uning punktlarini bosh reja boʻyicha, ularning barqarorligi va foydalanish uchun qulayligini taʼminlovchi, tuproq ishlari amalga oshiriladigan hududlardan tashqarida belgilash kerak.
72. Qurilish toʻri loyihasini joyga koʻchirishni elektron taxeometr, GPS/GLONASS qabul qilgichlari (priyomniklari) yordamida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
73. Qurilish olib borilayotgan hududlarda geodezik ishlarni bajarish uchun qurilish geodezik toʻrini tekislikda bogʻlash, ikkitadan kam boʻlmagan davlat yoki shahar geodezik punktlariga, ikkitadan kam boʻlmagan boshlangʻich yoʻnalishlarda amalga oshirilishi, qurilish toʻrini tenglashtirish boshlangʻich geodezik punktlarga tayangan holda amalga oshirilishi kerak.
74. Qurilish rejalash ishlari uchun qurilish geodezik toʻri erkin toʻr sifatida hisoblanishi lozim.
Geodezik maʼlumotlar proyeksiyalanadigan sath, qurilish hududining dengiz sathidan oʻrtacha balandligiga teng deb olinishi, punktlarning tekislik koordinatalari qurilish maydoni koordinatalari sistemasida hisoblanishi, koordinatalar boshi toʻrning janubiy-gʻarbiy punktida olinishi, absissalar oʻqi toʻr konturining gʻarbiy tomoni bilan, ordinata oʻqi toʻr konturining janubiy tomoni bilan ustma-ust tushirilishi lozim.
Toʻrning chiziqlari va punktlariga absissa va ordinatalarni yaqqol aniqlash imkonini beruvchi harfli va raqamli belgilar yozilishi kerak.
75. Qurilish hududida balandlik rejalash asosi doimiy belgilar bilan mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq mahkamlanishi, bunda balandlik belgilarini (otmetkalarini) qurilish reperlariga ikkita belgidan, nivelir yoʻllarining uchtadan ortiq boʻlmagan stansiyalari yordamida uzatilishi lozim.
76. Nivelirlash belgilari (markalar va reperlar) uni(belgini) oʻrnatishdan kamida ikki yil oldin qurilgan kapital binoning devorlariga oʻrnatilishi, markalar yer yuzasidan (yoʻlka va boshqalar) 1,5 m dan 1,7 m gacha, reperlar esa 0,3 dan 0,6 m gacha balandlikka oʻrnatilishi, grunt reperlari faqat kapital binolar mavjud boʻlmagan joylarda oʻrnatilishi kerak.
Balandlik belgilari asosi sifatida poligonometriya va qurilish rejalash toʻrining barqaror punktlaridan ham foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
77. Devorlarga oʻrnatilgan markalar va reperlar oʻrnatilganiga 3 d dan, grunt reperlari esa — 10 d dan ortiq vaqt oʻtgandan soʻng nivelirlanishi lozim.
78. Markalar, reperlar va qurilish toʻri punktlarining sinfi balandlik boʻyicha rejalash asosi aniqligiga qoʻyiladigan talablar mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq hamda GIBLda keltirilgan talablar asosida aniqlanishi lozim.
79. Balandlik rejalash asosi belgilarini yuqoriroq sinfdagi (darajadagi) nivelir punktlariga bogʻlashda uni tenglashtirishni qatʼiy usul bilan bajarish kerak.
80. Qurilish maydonidagi balandlik belgilarini, unga teng yoki pastroq aniqlikdagi nivelir tarmogʻining boshlangʻich reperlariga bogʻlashda, qurilish maydonining nivelir tarmogʻini erkin usul bilan tenglashtirish kerak.
81. Tekislik qurilish toʻrlarini hamda II va III sinf qurilish nivelir tarmoqlarini tenglashtirish qatʼiy usul bilan bajarilishi lozim. 1 va 2 — razryadli geodezik tarmoqlarini, IV sinf nivelir tarmoqlarini oʻlchash aniqligini baholab, taqribiy usulda tenglashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
6-bob. Qurilish jarayonidagi rejalash ishlariga boʻlgan umumiy talablar
82. Qurilish jarayonida binolar va inshootlarning qismlari va konstruktiv elementlarining tekislik va balandlik holatini loyiha hujjatlariga mosligini aniqlovchi oʻqlar va belgilarni, berilgan aniqlikda geodezik rejalash asosi punktlaridan joyga koʻchirishni taʼminlashi kerak.
83. Qurilish jarayonida rejalash ishlarini bajarish aniqligi, qurilayotgan bino va inshootning xususiyatiga bogʻliq ravishda, mazkur SHNQning 2 va 3-jadvallarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra qabul qilinishi lozim.
84. Ikki yoki bir nechta binolar (inshootlar) yagona texnologik liniya orqali yoki konstruktiv ravishda bogʻlangan hollarda rejalash ishlari aniqligini hisoblash bitta bino va inshootni rejalashdagidek bajarilishi lozim.
85. Rejalash ishlarini bevosita bajarishdan avval ijrochi bino va inshootni rejalash asosining belgilarini holatini oʻzgarmaganligini toʻr elementlarini takroran oʻlchash yordamida tekshirishi kerak.
86. Bino va inshootlar poydevorlarini hamda muhandislik tarmoqlarini qurishda, rejalash oʻqlarini, ihota devoriga uzatish yoʻli bilan yoki oʻqlarni vaqtincha mahkamlash uchun boshqa qurilmaga mahkamlanishi kerak. Ihota devori turi va uning oʻrni belgilarni joylashish sxemasida koʻrsatilishi lozim.
87. Rejalash oʻqlari, montaj (oriyentir) nishonlarini joyga bino va inshootning faqat bosh va asosiy rejalash oʻqlari belgilaridan koʻchirish lozim. Rejalash oʻqlarining, montaj (oriyentir) nishonlarining sonini, ular joylashgan joylarni, mahkamlash usullarini ishlarni bajarish loyihasida yoki geodezik ishlarni bajarish loyihasida koʻrsatish kerak.
88. Geodezik punktlar koordinatalarini montaj gorizontlariga vertikal proyeksiyalash usulida uzatish boʻyicha geodezik ishlarni bajarishda, liftlar shaxtalari va ishchi chizmalarida koʻzda tutilgan qoplamalarda oʻlchamlari 15x15 sm dan kam boʻlmagan texnologik teshiklardan foydalanish lozim.
89. Bino va inshootning ichki rejalash asosi, bino va inshootning boshlangʻich va montaj gorizontlarida geodezik punktlar toʻri koʻrinishida barpo etilishi lozim. Rejalash sxemasi mazkur SHNQning 18-ilovasida keltirilgan.
90. Binoni ichki rejalash toʻrining turlari, sxemasi, aniqligi va punktlarining mahkamlash usulini ishlarni bajarish loyihasida yoki geodezik ishlarni bajarish loyihasida koʻrsatish kerak.
91. Bino va inshootning asosiy rejalash oʻqini barpo etish aniqligini mazkur SHNQning 3-jadvaliga muvofiq qabul qilish lozim.
92. Boshlangʻich gorizontda bino va inshootning ichki rejalash toʻrini tashqi rejalash toʻri punktlariga bogʻlagan holda barpo etish kerak.
93. Rejalash ishlarini bajarishning toʻgʻriligi, nazorat geodezik oʻlchashlari yoki rejalashdagi (bunda, ular faqat rejalashda qabul qilingan yoʻnalishlardan farq qilishi kerak) aniqlikdan kam boʻlmagan aniqlikdagi tuzilmalar bilan tekshirib chiqilishi kerak.
Chekli (yoʻl qoʻyiladigan) ogʻish quyidagi formula yordamida aniqlanadi
δ = tm
bu yerda:
t — 2; 2,5; 3 ga teng miqdor, u ishlarni bajarish loyihasi yoki geodezik ishlari bajarish loyihasini ishlab chiqishda aniqlanadi;
m — oʻrtacha kvadratik xatolik, uning miqdori mazkur SHNQning 1-jadvaliga asosan olinishi lozim.
94. Bino va inshootning asosiy tekislik rejalash oʻqini boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga uzatishni bino va inshootning balandligiga va uning konstruktiv xususiyatlariga bogʻliq ravishda, lazer asboblarini qoʻllagan holda, qiya yoki vertikal proyeksiyalash usulida bajarish lozim.
95. Bino va inshootning asosiy tekislik rejalash oʻqini boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga uzatish aniqligini, boshlangʻich va montaj gorizontlarining tegishli punktlari orasidagi masofalar va burchaklarni taqqoslash yoʻli bilan nazorat qilish kerak.
96. Bino va inshoot konstruksiyalarining holatini balandlik boʻyicha rejalashni va belgini (otmetkani) boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga uzatishni geometrik nivelirlash usulida bino va inshootning geodezik rejalash asosining reperlarida bajarish lozim.
97. Belgilarni (otmetkalarni) uzatish uchun reperlar soni ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
98. Boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga belgilarni (otmetkalarni) uzatish ishlarini bajarishda, bino va inshootning boshlangʻich gorizontidagi reperlarning belgilarini (otmetkalarini) poydevor choʻkishiga bogʻliq boʻlmagan holda oʻzgarmas deb olish kerak.
99. Boshlangʻich va montaj gorizontlarida asosiy rejalash oʻqlarini barpo etishdagi oʻlchashlar natijalarini oʻqlarni mahkamlovchi belgilar (otmetkalar), oriyentirlar joylashgan oʻrnining sxemalarini tuzish yoʻli bilan belgilash kerak.
7-bob. Binolarning poydevorlari va yer osti qismlarini qurishda geodezik ishlarni bajarish
1-§. Oʻqlarni batafsil rejalash
100. Rejalash ishlarini optik va lazerli asboblar, shovunlar, vertikal — gorizontal tekisliklarni shakllantiruvchi qurilmalar hamda elektron taxeometrlar yordamida amalga oshirish kerak.
101. Poydevorlarni qurish uchun ularning oʻqlarini batafsil rejalash va oʻqlarni ihota devorlari va koʻchirish qurilmalariga mahkamlash kerak.
Ihota devori uzluksiz, siyraklashtirilgan va stvorli boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Uzluksiz ihota devori katta hajmdagi qolip ishlari boʻlgan yigʻma va monolit poydevorlar qurilishida, murakkab shaklli qolip qoʻllanilganda, koʻp sonli oʻrnatiladigan ankerli boltlar, detallar boʻlgan hollarda qoʻllanilishi lozim.
102. Siyraklashtirilgan va stvorli ihota devori asosiy va oraliq oʻqlarda, kotlovanning yuqori qirrasidan 2 — 3 m gacha masofada, juft ustunlar koʻrinishida qurilishi kerak.
Bunday ihota devorlari yigʻma va qoziqli poydevorlar qurilishida hamda 12 m va undan katta oʻqlararo masofada joylashgan ustunsimon monolit poydevorlar qurilishida qoʻllanilishi lozim.
Chuqurligi 3 m dan ortiq kotlovanlarda ihota devori ustunlari, koʻp hollarda kotlovanning pastki qirrasi boʻylab joylashtirilishi kerak.
103. Uzluksiz ihota devori, kotlovanning yuqori qirrasi chegarasidan tashqarida 3 m dan 6 m gacha masofada oʻrnatilgan ustunlarga mahkamlangan, gorizontal holatda joylashgan, kesilgan taxtalardan qurilishi lozim.
Ihota devorining tomonlari binoning tegishli oʻqlariga, ihota devori uchastkasining 15 dan 20 m gacha uzunligiga 0,1 m yoʻl qoʻyarli chetlashishda parallel boʻlishi kerak.
Ihota devorining yuzasi gorizontal boʻlishi lozim. Bunda, taxtalar nivelirning shartli gorizontiga nisbatan 0,02 m dan ortiq boʻlmagan xatolikda oʻrnatilishi kerak.
104. Binoning bosh yoki asosiy oʻqlari, geodezik rejalash asosi nuqtalaridan elektron taxeometrlar yordamida, uzluksiz ihota devorining taxtalariga yoki siyraklashtirilgan yoki stvorli ihota devori ustunlariga koʻchirilishi kerak.
Bunday koʻchirish elektron taxeometr vertikal doirasining ikkita holatida amalga oshiriladi va oʻq belgisining oxirgi holati boʻyoq va mix yordamida mahkamlanishi lozim.
Ihota devoriga koʻchirilgan bosh yoki asosiy oʻqlarning nuqtalaridan ruletka bilan oʻlchashlar orqali, oraliq rejalash oʻqlarining holati aniqlanishi kerak.
Oʻqlar koʻchirilgandan soʻng ihota devoridagi oʻqlar belgilari orasidagi masofa oʻlchanishi va ular loyihadagi qiymatlari bilan taqqoslanishi lozim.
105. Binoning mahkamlangan bosh oʻqlariga nisbatan asosiy va oraliq oʻqlarni rejalashda, avval bosh oʻqlar kesishadigan markaziy nuqta teodolit yordamida koʻchirilishi va mahkamlanishi lozim.
Teodolit va ruletka (lazerli ruletka) yordamida markaziy nuqtaga nisbatan bosh oʻqlar stvorida ularning asosiy va oraliq oʻqlar bilan kesishish nuqtalari ikkilangan oʻlchashlar orqali topilishi va qoziqlarning tepa qismida mix bilan mahkamlanishi kerak.
Teodolit topilgan nuqtalarda markazlashtiriladi va bosh oʻqning chekkaroqdagi nuqtasiga nisbatan, vertikal doiraning ikkita holatida oraliq oʻqlarni rejalash va vizir nuri bilan oraliq oʻqni ihota devoriga proyeksiyalash uchun loyihaviy burchak qurilishi lozim.
106. Ihota devoriga koʻchirilgan oʻqlar raqamlanishi va mix yoki boʻyoq bilan mahkamlanishi, oʻq stvori boʻylab teodolit bilan koʻchiriladigan oʻqlar esa, ihota devori ostidagi yerga qoziq (shtir) bilan mahkamlanishi lozim.
107. Bino va inshootning yer ustki qismini barpo etishda, tekislik toʻrini boshlangʻichdan montaj gorizontiga koʻchirishda foydalaniladigan oʻqlar qurilish maydonidan tashqarida doimiy yoki vaqtincha belgilar bilan mahkamlanishi kerak.
108. Oʻqlarni batafsil rejalash binoning asosiy oʻqlarini rejalash ijroiy chizmasi bilan belgilanishi lozim.
2-§. Qurilish — montaj ishlarini balandlik boʻyicha taʼminlash
109. Bino qurilishi uchun kotlovan konturidan tashqarida ikkitadan kam boʻlmagan tashqi qurilish(ishchi) reperlari mahkamlanadi, koʻp seksiyali uylar uchun esa ikkita seksiyaga bittadan kam boʻlmagan qurilish reperi mahkamlanishi, ishchi reperlar sifatida binoning bosh va asosiy rejalash oʻqlari belgilaridan foydalanishi lozim.
110. Ishchi grunt reperlari beton langarli sterjen yoki quvur koʻrinishida boʻlib, 1 m dan 1,2 m gacha chuqurlikka oʻrnatilishi, har xil konstruksiyali devoriy reperlar ham qoʻllanilishi, ishchi reperlar sifatida qoziqlardan hamda bino ustunlari va devorlariga oʻchmaydigan boʻyoq bilan belgilangan gorizontal chiziqlardan foydalanilishi kerak.
111. Ishchi reper foydalanish qulay boʻlgan joyda, bitta stansiyadan 100 m gacha boʻlgan masofadagi nur bilan, qurilish obyektining iloji boricha katta maydonini nivelirlash imkoniyati boʻlishini hisobga olgan holda oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
112. Ishchi reperlarning turlari, ularni oʻrnatish joylari GIBLda yoki ishlarni bajarish loyihasining geodeziya boʻlimida keltirilishi kerak.
113. Kotlovanni qazigandan soʻng unga ishchi reperlar oʻrnatilishi, ularning belgilari (otmetkalari) toʻgʻri va teskari nivelirlash orqali aniqlanishi lozim.
Belgilarni (otmetkalarni) yuk (10 kg) bilan kronshteynga osilgan komparirlangan ruletka, ikkita nivelir va nivelir reykalari yordamida ham uzatishga yoʻl qoʻyiladi.
3-§. Yigʻma poydevorlarni montaj qilishdagi geodeziya ishlari
114. Kotlovan tagiga yirik inshootlar uchun elektron taxeometr yoki elektron teodolit yordamida, uzunligi 100 dan 140 m gacha boʻlgan obyektlar uchun esa, ihota devoriga mahkamlangan tor (ingichka sim) va shovunlar yordamida asosiy oʻqlarni kesishish nuqtalari oʻtkazilishi lozim.
115. Poydevor yuzasining loyihaviy belgisi (otmetka) ishchi reperlarga nisbatan nivelir va reyka yordamida aniqlanib, qoziqlar bilan belgilanishi kerak.
116. Kotlovanda simlar va shovunlar yoki qoziqlar bilan belgilangan oʻqlardan, burchak va poydevor bloklarining tekislikdagi holati aniqlanishi, soʻngra simlar olinishi va bloklar montaj qilinishi lozim.
117. Ihota devorida oʻqlar simlari tiklanishi, burchak va bloklarning qirralari holati simlarga osilgan shovunlar boʻyicha poydevor bloklarida belgilash orqali aniqlanishi va mahkamlanishi lozim.
Oʻqlarning simlari olinishi, oʻrnatilgan devor bloklarining yon sathi boʻylab montaj simi tortilishi, sim boʻylab oraliq devor bloklarining montaji amalga oshirilishi kerak.
118. Birinchi qatordagi poydevor bloklarining va har bir keyingi qator poydevor bloklarining montajidan soʻng, ularni qurilish qorishmasi qatlamining qalinligini toʻgʻirlash hisobiga montaj gorizontini tekislash maqsadida, nivelirlash va belgilarni oʻrnatish amalga oshirilishi kerak.
119. Oʻrnatilayotgan bloklar qatorlari oʻqlarining ustma-ust tushishi va ularning vertikal terilishi shovun yordamida tekshirilishi lozim.
120. Stakan turidagi yigʻma poydevorning beton tayyorgarligi uchun qolip konturining tekislikdagi holati, asosiy va oraliq oʻqlar boʻyicha tortilgan simlarga osilgan shovunlardan chiziqli oʻlchash orqali aniqlanishi lozim.
121. Oʻrnatilgan qolipning ichki qismlariga loyihada belgilangan balandlikka nivelir yordamida betonni yuqori qismining belgisi uzatiladi va ular yuvilmaydigan boʻyoq yoki mix yordamida belgilanishi, bunda belgi qoʻyishdan oldin betonning yuzasi tekislanishi va silliqlanishi kerak.
122. Ustunlarni oʻrnatish uchun poydevorlarning stakanlari belgilab chiqilishi, buning uchun stakanning uchta tomoni belgilar (nishonlar) yordamida teng ikkiga boʻlinishi, toʻrtinchi nishonni esa, toʻgʻri burchakli xoch koʻrinishidagi andoza boʻylab tushirilishi, andozaning uchta oʻqi belgilangan tomonlarning belgilari (nishonlari) bilan birga qoʻshilishi, toʻrtinchi oʻq boʻyicha esa poydevor stakanining belgi tushirilmagan tomoniga belgi(nishon) tushirilishi lozim.
123. Yigʻma poydevorlar qatorlaridan bittasining montaji, ikkita oʻzaro perpendikulyar rejalash oʻqlari boʻylab oʻrnatilgan va oriyentirlangan ikkita elektron taxeometr yoki teodolit yordamida olib borilishi kerak.
124. Poydevor bloklari tayyorlangan beton ustida ikkita oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarda, bloklarga tushirilgan (chizilgan) nishonlar teodolitlarning vizirlash chiziqlari bilan mos keladigan holatigacha siljitilishi lozim.
Keyingi poydevor bloklarining montaji elektron taxeometr yoki teodolit va ruletka yordamida amalga oshirilishi kerak.
125. Poydevor bloki teodolitlar yordamida oʻqlardan bittasining stvoriga oʻrnatilishi (boʻylama yoki koʻndalangiga), unga perpendikulyar oʻq stvoriga esa, poydevor bloki loyihada belgilangan masofa boʻyicha oʻrnatilishi lozim. Bu masofa avvalgi oʻrnatilgan blokdagi nishonlarga nisbatan oʻlchanishi kerak.
126. Poydevor bloklarining ikki — uch qatori oʻrnatilgandan soʻng, ularning tekislikdagi holati teodolitlar yordamida, ihota devoriga mahkamlangan birlamchi (boshlangʻich) rejalash oʻqlariga parallel, oʻzaro (bir-biriga) perpendikulyar boʻlgan yordamchi oʻqlarga nisbatan nazorat qilinishi lozim.
4-§. Monolit poydevorlarni oʻrnatishdagi geodeziya ishlari
127. Monolit poydevorlarni oʻrnatishda armatura va qolip oʻqlarga loyihaviy bogʻlashga muvofiq joylashtirilishi lozim.
128. Ihota devoridagi oʻq nuqtalari orqali simlar tortilishi, ularga shovun osilishi, ulardan chiziqli oʻlchashlar yordamida armatura va qolipning tekislikdagi holati topilishi kerak.
129. Alohida ustunsimon poydevorlar quriladigan oʻqlar, agar ular siyraklashtirilgan stvorli ihota devorida mahkamlanmagan boʻlsa, oldindan rejalanishi lozim.
130. Rejalash yaqinda joylashgan oʻqlar mahkamlangan belgilardan, teodolit va ruletka yordamida amalga oshirilishi, oʻqlarning nuqtalari bevosita poydevor kotlovanining yuqori chekkasida mustahkam qoziq (shtir) yordamida qayd qilinishi, qoziqlar (shtirlar) orqali shovunlar osilgan sim tortilishi lozim.
131. Armaturani balandlik boʻyicha oʻrnatish nivelirlash orqali tekshirilishi, qolipning ichki qismiga mix yoki boʻyoq yordamida betonlashning yuqori belgisi (otmetka) koʻchirilishi va mahkamlanishi lozim.
132. Poydevorda anker boltlari, armatura chiqimlari va oʻrnatish detallari mavjud boʻlgan taqdirda, ular andoza yoki kichik ihota devori boʻyicha oʻrnatilishi, poydevorning kichik ihota devorini barpo etish uchun ihota devoriga boʻylama va koʻndalang rejalash oʻqlari chiqarilishi va ular mixlar bilan yoki boʻyash orqali mahkamlanishi lozim.
133. Qolipda mahkamlangan oʻqlar boʻyicha sim tortilishi, unga nisbatan poydevorni mustahkamlovchi elementlarning tekislikdagi holati bevosita aniqlanishi, anker boltlarini oʻrnatish uchun andozalar qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
134. Anker boltlar va oʻrnatish detallarini balandlik boʻyicha oʻrnatish nivelir yordamida amalga oshirilishi lozim.
135. Monolit plitalarni betonlashda, ularni yuzasining gorizontalligini taʼminlash uchun, armaturaga yuqori chekkalari nivelir yordamida plita yuzasining loyihaviy belgisiga (otmetkasi) belgi-shtirlar payvandlanishi, armaturaning chiqqan joylari boʻlgan taqdirda ularga ham betonlashning loyihaviy belgisi (otmetkasi) uzatilishi lozim.
136. Betonlashdan oldin oʻrnatilgan qolipning hamda poydevorni mustahkamlash elementlarining (anker boltlari, armatura chiqimlari, oʻrnatish detallari) ijroiy tekislik-balandlik geodezik tasvirga olish ishlari bajarilishi kerak.
137. Stakan turidagi poydevor qurilganda stakan qolipi betonlashdan keyin stakanning tagi loyihaviy belgisidan (otmetkasi) 2-3 sm past qilib oʻrnatilishi kerak.
138. Qolip olingandan soʻng stakanning devoriga nivelir yordamida betonlashning loyihaviy belgisi (otmetkasi) qoʻyilishi va sement qorishmasi quyilishi lozim.
5-§. Qoziqli poydevorlarni qurishdagi geodeziya ishlari
139. Qoziq maydonini rejalash kotlovandagi qoziqlarga uzatilgan oʻqlar kesishgan nuqtalardan amalga oshirilishi lozim.
140. Elektron taxeometr oʻqlar kesishgan nuqtalar ustida ketma-ket markazlashtirilishi, oʻq stvori boʻylab yoʻnaltirilishi va shu yoʻnalish boʻyicha qoziqlarning markazlarigacha loyihaviy masofalar qoʻyib chiqilishi lozim.
Qoziqlar joylashgan joy metall shtirlar yordamida mahkamlanishi, ularda joylashmagan qoziqlar uchun markazlar oʻrni oʻqlardan perpendikulyarlar usuli bilan aniqlanishi lozim.
Qoziqlar toʻp boʻlib joylashganda, ularni toʻp ichida andoza yordamida belgilash kerak.
141. Qoziqlar qoqib kiritilishidan oldin vertikal holda oʻrnatilishi kerak. Ularning vertikalligi teodolitlar yordamida ikkita oʻzaro perpendikulyar tekisliklarda yoki reyka-shovun boʻyicha tekshirilishi va qoqish jarayonida nazorat qilinishi lozim.
142. Qoziqni qoqib kiritishda, uning belgisi (otmetkasi) nivelir yoki lazer asbobi yordamida nazorat qilinishi kerak.
143. Qoziqlar qoqib kiritilgandan soʻng, ularni kesishdan oldin nivelirlash amalga oshirilishi, qoziqning uzunligini bilgan holda uning yerga kiritish chuqurligi aniqlanishi kerak.
144. Qoqilgan qoziqlar ustiga monolit plitani oʻrnatish uchun kesilish joyi belgisi (otmetkasi) uzatilishi kerak.
Qoziqlar kesilgandan keyin qoziqlar maydonining tekislik-balandlik geodezik tasvirga olish ishlari bajarilishi kerak.
Qoziqlarga rejalash oʻqlari uzatilishi, uzatilgan oʻqlarga nisbatan plitaning qolipi oʻrnatilishi va armatura joylashtirilishi, oʻrnatilgan qolipning ichki tomoniga plitaning ustki qismi yuzasining belgisi (otmetkasi) uzatilishi va boʻyash yoki mix qoqish yoʻli bilan mahkamlanishi lozim.
145. Rostverksiz qoziqli poydevorlar qurilganda, qoziqlar urib kiritilgandan keyin, ularga kallaklarining pastki qismining belgisi (otmetkasi) uzatilishi kerak.
Ushbu belgiga(otmetkaga) binoan kallaklarni ushlab turuvchi qisqichlar (xomutlar) mustahkamlanishi lozim.
Tekislikda kallaklarni qoziqlarga oʻrnatish, qoziqlarning tekislikdagi siljishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
6-§. Oʻqlarni poydevorga koʻchirish
146. Poydevorni qurib boʻlgandan soʻng, unga joyda va ihota devorida mahkamlangan bosh (asosiy) va oraliq oʻqlar koʻchirilishi, oʻqlar poydevorga mazkur SHNQning 9-ilovasida koʻrsatilganidek, boʻyoq yoki belgi qoʻyishlar yordamida mahkamlanishi kerak.
147. Poydevorga oʻqlar teodolit yoki elektron taxeometr yordamida koʻchirilishi, buning uchun u berilgan oʻqning stvorida joylashtirilgan va tegishli mahkamlash belgilari boʻyicha oriyentirlangan boʻlishi kerak.
148. Oʻqlar poydevorga koʻchirilganda nishonlar (belgilar) orasini chiziqli oʻlchashlar bilan tekshirish lozim.
7-§. Binoning yertoʻla qismini montaj qilishdagi geodeziya ishlari
149. Yertoʻla qismini bloklardan qurishdagi geodeziya ishlari mazkur SHNQga asosan bajarilishi lozim.
Bloklar montaji tugatilgandan soʻng ularning tekislik-balandlik geodezik tasvir ishlari bajarilishi kerak.
150. Yirik panelli binolar poydevorining chiqib turgan qismini qurishda, poydevorda oʻqlarni batafsil rejalash lozim.
Ichki devor panellari uchun montaj belgilari oʻqlardan devor panellari qalinligining yarmiga teng masofaga siljitib koʻchirilishi va oʻrnatiladigan panel chekkalaridagi tom qoplamasida boʻyalishi lozim.
Tashqi devor panellari uchun montaj belgilari, oʻqlardan ularning ichki qirralarini oʻqlarga bogʻlash miqdoriga teng masofaga siljitib belgilanishi kerak.
151. Devor panellari mayaklar boʻyicha tekislangan qorishmaga oʻrnatilishi, mayakning qalinligi, devor panel osti tayanch yuzasi va montaj gorizonti belgilari (otmetkalari) ayirmasi sifatida aniqlanishi, montaj gorizonti oʻrnatiladigan panellar chekkalari boʻylab poydevorning tayanch yuzasini nivelirlash orqali aniqlanishi lozim.
152. Devor panellarini vertikal holatda oʻrnatish, reyka-shovun yordamida amalga oshirilishi kerak.
Poydevorning chiqib turgan qismi (sokol) qavati qoplama panellarini montaj qilib boʻlgandan soʻng, uning tekislik-balandlik sʼyomkasi bajarilishi kerak.
153. Binoning yertoʻla qismi ustunlarini montaj qilishda, poydevorning har bir stakaniga, toʻrt tomondan rejalash oʻqlari koʻchirilishi va boʻyab mahkamlanishi lozim.
Ustunning yuqori qismida har bir qirrasining oʻrtasi nishon (riska) bilan belgilanishi kerak.
Ustunning pastki qismi toʻrt tomondan xuddi shunday nishonlar bilan belgilanishi, nishonlar ustun pastidan poydevor stakani chuqurligiga teng balandlikka chizilishi kerak.
Ustunni poydevor stakaniga oʻrnatilganda ustundagi nishon poydevor stakanidagi nishonlar bilan ustma-ust tushishi kerak.
Nishonlarning ustma-ust tushishi toʻgʻri burchakli andoza yordamida nazorat qilinishi kerak.
Ustun vertikal holatga bir yoki ikkita teodolit yordamida oʻrnatilishi kerak.
Teodolitlar rejalash oʻqlari boʻyicha oʻtgan ikkita oʻzaro perpendikulyar yuzalarda joylashishi kerak.
154. Ustunni vertikal holatda oʻrnatishda uning yuqorigi va pastki belgilangan nishonlari teodolitning vertikal oʻqi tekisligida joylashishi kerak.
155. Binoning yertoʻla qismini monolit usulida qurishda, poydevor plitasida (monolit plitasida) qolip oʻrnatiladigan joy boʻyoq yordamida belgilab chiqilishi, belgilar poydevorda mahkamlangan oʻqlardan, loyihada koʻrsatilgan masofalarni qoʻyib chiqish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
156. Sirgʻanma qolip qoʻllanilganda qolip qismlarining parametrlari, qolip toʻsiqlarining (shchitlarining) konussimonligi hamda qolipni ishchi polining gorizontalligi tekshirilishi lozim.
157. Qolip qismlarining geometrik parametrlari (toʻgʻri burchakliligi, oʻlchamlari) teodolit va ruletka yordamida, ishchi polining gorizontalligi esa nivelirlash orqali tekshirilishi lozim.
Qolip oʻrnatilgandan soʻng uning tekislik-balandlik sʼyomkasi bajariladi va ijroiy sxemasi rasmiylashtirilishi kerak.
158. Eshik va derazalarning oʻrni, texnologik tuynuklarni, sirgʻanma qolip shchitlari orasida oʻrnatish detallarni joylashtirilishda balandlik boʻyicha nazorat qilish uchun armaturaga mahkamlangan uchtadan kam boʻlmagan yogʻoch reykalar vertikal holda oʻrnatilishi kerak.
Reykalarni kesimi 30x30 mm va uzunligi 3 m ga teng yogʻochlardan (bruslardan) tayyorlanishi lozim.
Reykalarga nivelir yordamida teng belgilar chiqarilib, detsimetrli va metrli oraliqlarning loyihaviy belgisi (otmetkasi) yozilgan reykalarda santimetrlarga boʻlingan shkalalar belgilanishi yoki mahkamlab qoʻyilishi kerak.
Reykalar va shkalalar sirgʻanma qolip harakatlanishiga bogʻliq ravishda tinimsiz uzaytirib borilishi lozim.
159. Eshik va derazalarning, texnologik tuynuklarning, oʻrnatish detallarining joylashgan oʻrni qolip qismlari shchitlarining qirralaridan aniqlanishi va qolipning ishchi polida yorqin boʻyoq bilan belgilanishi kerak.
Yertoʻla qismida qolip harakatining vertikalligi teodolit yordamida qiya proyeksiyalash usulida nazorat qilinishi lozim.
160. Binoning yertoʻla (sokol) qismini yigʻma plitali tom qoplamasining balandlik geodezik tasviri, har bir plitaning toʻrtta burchagi boʻyicha, monolit plitali tom qoplamasida esa yopiladigan xonaning burchaklari va markazi boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
8-bob. Bino va inshootlarning yer usti qismini qurishda geodeziya ishlarini bajarish
1-§. Boshlangʻich gorizontda ichki rejalash toʻrini qurish
161. Bino va inshootning ichki rejalash toʻri binodagi oʻqlar va balandlik belgilari koʻrinishida tuzilishi va ular montaj gorizontida batafsil rejalash ishlarini hamda ijroiy geodezik tasvirni bajarishga xizmat qilishi lozim.
162. Geometrik shakli boʻyicha oddiy boʻlgan bino yoki inshootlarni qurishda ichki rejalash toʻrlari toʻrtburchak, romblar qatorlari, markaziy tizimlar koʻrinishida tuzilishi kerak.
163. Bino va inshootning tekislikdagi ichki rejalash toʻrini qurish, rejalash oʻqlarini boshlangʻich gorizontga uzatishdan boshlanishi kerak.
Balandlik boʻyicha bino va inshootning yer osti yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, yertoʻla tom yopmasini betonlab tayyorlangan yoki poydevor bloklari tayanch maydonlari yuzasidan oʻtadigan tekislik boshlangʻich gorizont deb qabul qilinishi kerak.
Toʻrni montaj gorizontiga vertikal proyeksiyalash usulida uzatish uchun bino va inshootning asosiy rejalash oʻqini mahkamlash oʻrnini barcha tom yopmalarda proyeksiyalashga teshiklar oʻrnatish imkoniyati boʻladigan holda tanlash lozim.
164. Oʻqlarni vertikal proyeksiyalash usuli bilan koʻchirishda tayanch belgilarni bino yoki inshoot korpusi tashqarisida mahkamlashga va ularni vertikal boʻyicha koʻchiriladigan kronshteynlarga mahkamlangan ekranlarga (paletkalarga) proyeksiyalashga yoʻl qoʻyiladi.
165. Oʻqlarni montaj gorizontiga qiya proyeksiyalashda, rejalash toʻrini boshlangʻich gorizontda tuzishda boʻylama va koʻndalang oʻqlarning kesishgan nuqtalari imkoniyat boricha bino va inshootning tashqi gabaritiga yaqin joylashgan boʻlishi lozim.
Montaj gorizontiga uzatiladigan tayanch nuqtalarining soni uchtadan kam boʻlmasligi kerak.
166. Bazisli rejalash toʻrlari boshlangʻich gorizontga asosan, oʻqlarni rejalash bazis shakllarining tomonlari boʻylab bevosita chiziqli oʻlchashlar bilan yoki stvorlarni qurish usuli bilan bajarilishi uchun tomonlari binoning oʻqlariga parallel joylashgan, namunaviy toʻgʻri geometrik shakllar koʻrinishida qurilishi lozim.
Toʻgʻri burchakli poydevorlarda rejalash tekislikdagi oʻqlarni, uchlari binoning asosiy oʻqlariga nisbatan parallel siljitilgan oʻqlar kesishgan joyda joylashgan toʻgʻri burchakli toʻrtburchak koʻrinishida qurish kerak.
Bazis shakli tomonlarining uzunligi 50 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Montaj gorizontiga uzatiladigan tayanch nuqtalarning soni uchtadan kam boʻlmasligi, ular oʻzaro bir-biridan mumkin qadar uzoqroqda joylashishi lozim.
167. Boshlangʻich gorizontda tekislikdagi rejalash toʻrini tuzish elektron taxeometrlar yoki teodolit va ruletka yordamida quyidagi tartibda bajarilishi kerak:
tekislikdagi toʻrning asosiy (burchakli) punktlarini oldindan tuzish;
asosiy yoʻlni boshlangʻich va aniqlanadigan punktlar boʻyicha (trilateratsiya usulida qurishda tomonlar va diagonallarni oʻlchash) oʻtkazish;
punktlar markazlarini loyihaviy holatga reduksiyalash;
nazorat oʻlchashlari;
oʻqning oraliq nuqtalarini barpo etish.
168. Bazis shakllari nuqtalarini loyihaviy holatga keltirishdagi reduksiyalash uchun poligonometrik yoʻl oʻtkaziladi yoki nuqtalar koordinatalari mikrotrilateratsiya usulida aniqlanishi lozim.
Hisoblashlarni soddalashtirish uchun toʻr nuqtalarining bittasini boshlangʻich, koordinatalar oʻqlarining yoʻnalishi — boʻylama va koʻndalang oʻqlarga parallel deb qabul qilgan holda shartli koordinatalar tizimi qoʻllanilishi kerak.
169. Poligonometrik yoʻllarda burchaklar va tomonlarni oʻlchash aniqligi bazis toʻrining aniqlik sinfi bilan aniqlanishi kerak. Reduksiyalar qiymatini topish uchun tarmoq nuqtalarining nazariy va haqiqiy koordinatalari hisoblab chiqilishi lozim.
170. Reduksiya qiymatlarini kiritish uchun mm li qogʻozda reduksiya varaqlari tuzilishi kerak. Varaqda nuqtaning nomeri, nuqtaning haqiqiy oʻrni, nuqtaning nazariy oʻrni, toʻrning ikkitadan kam boʻlmagan nuqtalariga yoʻnalishlar, reduksiyalarning chiziqli va burchak qiymatlari koʻrsatilishi lozim.
171. Joyda reduksiyalash nuqtaning haqiqiy holatini reduksion qogʻozdagi tasviri bilan tabiiy sharoitdagi nuqta holatini birlashtirgan holda amalga oshirilishi kerak.
Reduksiyalash varagʻi yoʻnalishlardan bittasiga oriyentirlanadi, oriyentirlash esa boshqa yoʻnalishlar bilan nazorat qilinishi lozim.
Nuqtaning nazariy holati (oʻrni) reduksiyalash varagʻidan belgining plastinasiga koʻchirilishi, reduksiyaning burchak va chiziqli qiymatlari boʻyicha nuqtaning boshlangʻich gorizontdagi oʻrni nazorat qilinishi va batamom mahkamlanishi kerak.
172. Tarmoqning reduksiyalangan nuqtalari boʻylab, aniqligi asosiy poligonometrik yoʻl aniqligiga teng boʻlgan nazorat poligonometrik yoʻli oʻtkazilishi lozim.
Nazorat yoʻli natijalariga koʻra boshlangʻich gorizontdagi planli rejalash toʻri nuqtalari koordinatalarining oxirgi qiymatlari hisoblab chiqilishi lozim.
Loyihaviy koordinatalar bilan nazorat yoʻlini hisoblab topilgan koordinatalar orasidagi farqi, δx,u quyidagi formula boʻyicha aniqlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak:
δx,u = S/2T,
bu yerda:
S — oʻq boʻylab bir — biridan eng uzoqda joylashgan nuqtalar orasidagi masofa, m;
T — toʻrdagi chiziqli oʻlchashlarning yoʻl qoʻyarli nisbiy xatosini maxraji.
173. Minorasimon inshootlarni qurishda, boshlangʻich gorizontda bazis shaklining tomonlari oʻlchov asbobining uzunligidan ortiq boʻlmaganda va chiziqlar qisqaligi sababli gorizontal burchaklarni oʻlchashlarda qiyinchilik tugʻilsa, bazis toʻrini boshlangʻich gorizontda trilateratsiya usulida barpo etish va reduksiyalash, yaʼni bazis toʻrida barcha chiziqlar va diagonallarni oʻlchashga yoʻl qoʻyiladi.
174. Asosiy rejalash oʻqining batamom aniqlangan nuqtalari, boshlangʻich gorizontda ishonchli ravishda mahkamlanadi va yuvilmaydigan boʻyoq bilan belgilanishi kerak.
2-§. Binoning tekislik va balandlik toʻrlarini montaj gorizontiga uzatish
175. Balandligi 50 m gacha boʻlgan bino va inshootlarni qurishda tekislikdagi toʻr markazining koordinatalari, boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga teodolit yoki elektron taxeometr yordamida qiya proyeksiyalash usulida uzatilishi lozim.
Bino va inshootdan 1,5N (N — inshootning balandligi) masofada optikaviy koʻrinish mavjud boʻlishi kerak.
176. Qurilish maydoni tang sharoitida hamda koʻp qavatli binolar va baland inshootlar qurishda, tekislikdagi toʻr markazlari koordinatalarini boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga koʻchirish qavatlar orasidagi tom qoplamalaridagi teshiklar orqali, vertikal proyeksiyalash usulida amalga oshirilishi lozim.
177. Markazlarni uzatish vertikal proyeksiyalovchi optik asboblar va lazerli asboblarda amalga oshirilishi kerak.
178. Vertikal proyeksiyalash asboblarini bino ichkarisiga oʻrnatishda ularni ustiga tasodifiy predmetlar tushib ketishidan saqlash uchun yuqorigi birinchi teshik ustiga toʻsiq qoʻyilishi kerak.
179. Zenit asbobini boshlangʻich punktda 1 mm dan ortiq boʻlmagan aniqlikda markazlashtirish kerak.
180. Boshlangʻich tekislik punkt markazining proyeksiyasi, montaj gorizontidagi tom qoplamasi tuynugi ustiga oʻrnatilgan ekran boʻyicha topilishi lozim.
181. Ekran kataklarga boʻlingan yarim shaffof yassi plastik yoki kalkaga tushirilgan koordinatalar toʻri pastga qarab yelimlangan organik shishadan iborat boʻlishi kerak.
Optik asboblar yordamida proyeksiyalashda ekran yoritilishi, montaj tuynugi ustida ekranni, uning toʻr chiziqlari bino rejalash oʻqlariga parallel boʻlgan holda mahkamlanishi kerak.
182. Optikaviy zenit asbobi yordamida proyeksiyalash koʻrish trubasining 0°, 90°, 180° va 270° holatida bajarilishi kerak.
183. Toʻrtta sanoqdan topilgan nuqtaning oʻrtacha tekislikdagi holati ekranda qayd qilinadi va stvor nishonlari (risklari) yordamida tom qoplamasiga mahkamlanadi.
Tayanch vertikalining proyeksiyasi ham rejalash oʻqlaridan biriga parallel holda tuynukdan tashqariga koʻchirilishi lozim.
184. Lazerli zenit asbobi yordamida montaj gorizontiga oʻqlarni koʻchirishda, lazer izining yarim shaffof ekran shkalasidagi holatini toʻrt qabul qilgichlar bilan asbob tagligini har qabul qilgichda 90 gradusga aylantirib kuzatilishi kerak.
Proyeksiyalarning montaj gorizontidagi oʻrtacha oʻrni aniqlanishi va proyeksiyalangan nuqtalar mahkamlanishi lozim.
185. Tekislik asosi nuqtalarini uzatish aniqligini montaj gorizontidagi nuqtalar proyeksiyalari orasidagi masofalarni shu nuqtalarni boshlangʻich gorizontdagi markazlari orasidagi masofalari bilan solishtirish orqali nazorat qilinishi, nazorat masofalari boshlangʻich gorizontda planli asosni rejalashdagidek aniqlikda oʻlchanishi kerak.
Masofalar yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada farqlanganda nuqtalarni proyeksiyalash takrorlanishi lozim.
186. Proyeksiyalash xatoliklari skanerlangan bazis shaklining siljishiga olib kelganda montaj gorizontida proyeksiyalash elementlarining nazorat oʻlchashlari bajarilishi lozim.
Barcha oʻlchangan proyeksiyalar elementlarining boshlangʻich gorizontdagi boshlangʻich shaklining elementlaridan ogʻishlari oʻlchashlar aniqligi chegarasidan oshmaganda bazis shakllari nuqtalarini montaj gorizontida oʻzgartirmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻlchangan proyeksiyalar elementlari ogʻishlari nazorat oʻlchashlarining xatoliklari chegarasidan oshadi, ammo bunday oʻlchashlar xatoliklarining qoʻshma harakatlari va proyeksiyalash xatoliklari chegarasida qolganda montaj gorizontida oʻlchashlarni tenglashni va shaklni loyihadagigacha reduksiyalashni bajarish kerak.
Proyeksiyaning hech boʻlmaganda bitta elementi uning boshlangʻich gorizontdagi holatidan, nazorat oʻlchashlari va proyeksiyalashning birgalikdagi yoʻl qoʻyarligidan yuqori boʻlgan xatoligida farq qilganda proyeksiyalashni boshlangʻich gorizontdan boshlab takrorlashga yoʻl qoʻyiladi.
187. Binoning rejalash toʻrini montaj gorizontlarida tenglashtirishda, boshlangʻich punktlar, tomonlar va yoʻnalishlar sharti boʻlmagan holda, erkin geodezik toʻrlarni tenglashtirish algoritmini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzgarmas elementlar sifatida shaklning ogʻirlik markazi koordinatalari va uning oʻrtacha direksion burchagi olinishi kerak.
Qabul qilingan yechim (ushbu holatda bazis shakli nuqtalarining koordinatalariga reduksiya tuzatishlari) statik jihatdan optimal hisoblanishi lozim.
188. Belgilarni (otmetkalarni) montaj gorizontiga faqat boshlangʻich gorizontga qoʻyilgan balandlik asosining markalari va reperlaridan uzatish kerak.
189. Montaj gorizontida kamida ikkita ishchi reper boʻlishi kerak. Ishchi reperlari sifatida, montaj qilingan konstruksiyalarda oʻrnatilgan detallar, dyubellar, armaturadagi, konstruksiyalardagi gorizontal boʻyalgan nishonlar xizmat qilishi lozim.
190. Boshlangʻich gorizontdan montaj gorizontiga belgilarni (otmetkalarni) uzatishda boshlangʻich gorizontning belgilari (otmetkalari), asos choʻkishidan qatʼiy nazar, oʻzgarmas deb olinishi lozim.
Montaj gorizontining har bir reperiga belgilari (otmetkalari) alohida, boshlangʻich gorizont reperlariga bogʻliq boʻlmagan holda uzatilishi, uzatish aniqligi montaj gorizonti reperlaridan olingan belgilar (otmetkalar) farqini, nivelirda oʻlchab olingan ular orasidagi nisbiy balandlik ayirmasi bilan solishtirish orqali nazorat qilinishi kerak. Farqning qiymati 2 mm dan 3 mm gacha yoki GIBLda belgilangan qiymatgacha yoʻl qoʻyiladi.
191. Ruletka yordamida nisbiy balandlikni vertikal oʻrnatilgan konstruksiyalar boʻylab boshlangʻich gorizontdagi reperdan montaj gorizontidagi belgigacha bevosita oʻlchash orqali yoki ikkita nivelir va osilgan ruletka yordamida nivelirlash usulida yoki qaytargichsiz lazer ruletkasi yordamida oʻlchashga yoʻl qoʻyiladi.
192. Yuk osilgan ruletka va ikkita nivelirdan foydalanilgan holda, ruletkaning ishchi uzunligiga (nivelirlarning ikki gorizonti orasidagi uning boʻlagi), komparirlashga ∆k, choʻzilishga ∆r va haroratga ∆t tuzatish kiritilishi lozim.
Ruletkaning unga osilgan yuk ostida choʻzilishi uchun tuzatish quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
∆R = Ql/EF
Harorat uchun tuzatish esa quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
∆t = α(t — t0) ·l,
bu yerda:
Q — yuk massasi, kg;
l-ikkita nivelir gorizontlari orasidagi ruletkaning
uzunligi, m;
E — elastiklik moduli, kg/cm2 (poʻlat uchun E = 2*106 kg/cm2);
F — ruletkani koʻndalang kesimining yuzasi, cm2;
α — ruletkaning 1 gradusga harorat deformatsiyasi koeffitsiyenti
(poʻlat uchun α=0,0000125; zanglamaydigan poʻlat uchun α=0,00000205) t va t0 — tegishli ravishda, ruletkaning oʻlchash va komparirlash jarayonidagi harorati.
193. Nisbiy balandlik lazer ruletkasining vertikal nuri boʻyicha, GIBLda koʻzda tutilgan, geodezik tuynuklar orqali aniqlanishi lozim. Oʻlchashlar sxemasi geometrik jihatdan sodda boʻlishi kerak.
194. Montaj gorizontining balandlik belgisiga xuddi shunday nur qaytargich sathli yoki markali taglik tayanib turishi kerak. Lazer ruletkasi yordamida taxminan 2 mm xatolik bilan vertikal masofa hR oʻlchanishi, nomaʼlum nisbiy balandlik h quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim.
h = hR + ∆P + ∆0 + ∆M,
bu yerda:
∆p — plastina qalinligiga tuzatma;
∆o — ruletkaning nol oʻrniga tuzatma;
∆m — nur qaytargich markasining qalinligiga tuzatma.
h nisbiy balandlikni, oʻlchashlar uchun moslamalarni qaytadan oʻrnatib, kamida 2-marta aniqlash kerak.
Montaj gorizonti reperi belgisi (otmetkasi) va nivelir bilan oʻlchangan nisbiy balandlik farqi 3 dan 4 mm gacha yoʻl qoʻyiladi.
3-§. Batafsil rejalash ishlari
195. Boshlangʻich va montaj gorizontlaridagi batafsil rejalash ishlarida montaj nishonlari montaj qilingan tayanch konstruksiyalar yuzasiga tushirilishi va tayanch yuzalarining belgilari (otmetkalari) aniqlanishi kerak.
196. Har bir devor paneli uchun ikkitadan kam boʻlmagan montaj nishonlari koʻchirilishi va mayaklar qalinligini hisoblash uchun kamida ikkita belgilari (otmetkalari) aniqlanishi lozim.
Montaj nishonlariga parallel ravishda ulardan 100 mm masofada, tekislikda oʻqlarga nisbatan panellarni oʻrnatishni nazorat qilish va ularning tekislikdagi geodezik tasvir ishlarini bajarishni yengillashtirish uchun nazorat nishonlari tushirilishi kerak.
197. Koʻp yarusli karkasning har bir ustunidan, avvalroq montaj qilingan ustun kallagining toʻrttala tomoniga oʻqlarni mahkamlash nishonlari koʻchirilishi va kallakning belgisi (otmetkasi) aniqlanishi lozim.
198. Bir qavatli sanoat binolarining ustunlari yoki kesilmaydigan ustunlarni montaj qilishda, binoning butun balandligi boʻyicha poydevor stakanlariga uning toʻrttala tomonidan rejalash oʻqlari koʻchirilishi lozim.
199. Binolarning gʻishtdan koʻtariladigan yer ustki qismini qurishda, tom qoplama plitalarining oʻqlari kesishgan joylariga devorlarning ichki qirralari chiqarilishi va nishonlar yordamida mahkamlanishi lozim.
Sirgʻanma qolipni qoʻllab monolit binolarni qurishda batafsil rejalashni, qolipni poydevorga loyihaviy holatda oʻrnatishdan oldin bajarilishi kerak.
200. Qayta qoʻyiladigan qolipni qoʻllab monolit binolarni qurishda batafsil rejalash har bir montaj gorizontida amalga oshirilishi lozim. Qoliplar elementlarini oʻrnatish uchun nishonlar uzatilishi va mayaklarni hisoblash uchun tayanch yuzalarining belgilari (otmetkalari) aniqlanishi kerak.
201. Montaj gorizontida batafsil rejalash ishlari planli toʻrning proyeksiyalangan punktlaridan teodolit, ruletka, lazerli ruletka yoki elektron taxeometr yordamida bajarilishi kerak.
Tayanch tekisliklarga va montaj gorizontidagi konstruksiyalarga loyihaviy belgini (otmetkani) uzatish geometrik nivelirlash orqali amalga oshirilishi kerak.
202. Montaj gorizontida lazer nuri yordamida beriladigan tayanch chizigʻiga nisbatan batafsil rejalashda lazer asbobi bilan birgalikda (lazerli ruletkalar, lazerli tuzuvchilar, vizirlar va boshqalar) konsolli shtativ, oriyentir markasi va rejalash markasi qoʻllaniladi.
203. Lazer asbobi konsolli shtativga oʻrnatilishi va rejalash oʻqidagi nuqtalarning biriga markazlashtirilishi lozim.
Oriyentir markasi rejalash oʻqining boshqa nuqtasiga markazlashtirilishi kerak.
Asbobning lazer nuri oriyentirlanadi — oriyentirlash markasining markaziga yoʻnaltirilishi kerak.
204. Lazer nuri bilan berilgan stvor boʻylab, rejalash oʻqlarining boshlangʻich nuqtasidan ruletka yordamida loyihaviy masofa qoʻyilishi va uning ekran markaziga lazer nuri tushadigan qilib rejalash markasi oʻrnatilishi lozim.
205. Lazer vizirlari yordamida rejalash oʻqlarini batafsil tuzish aniqligiga quyidagilar taʼsir qiladi:
asbobni markazlashtirish xatosi — to va oriyentir markasi ekranining reduksiyasi — tr;
oriyentir markasi ekraniga lazer nurini yoʻnaltirish — tno;
lazer nuri stvoriga rejalash markasining ekranini kiritish — tn.r;
montaj gorizontida lazer nurini qayta fokuslash — tf;
lazer nuri oʻqini qayd qilish — tfik .
Nuqta oʻqini rejalashning hisobiy oʻrtacha kvadratik xatoligi — traz, mm quyidagiga teng boʻladi:
4-§ Binolarni yer ustki qismining konstruksiyalarini qurishdagi geodeziya ishlari
206. Montaj qilinuvchi qurilish konstruksiyalarining pastki kesimi tayanch yuzasiga (tom qoplamalari, ustunlar kallagi yoki poydevor stakanlari) uzatilgan tegishli nishonlar boʻyicha oʻrnatilishi lozim.
Konstruksiyalar vertikal holatda reyka-shovunlar (devor panellarini) yoki teodolitlar (ustunlarni) yordamida oʻrnatilishi kerak. Ustunlarni guruhli konduktor yordamida montaj qilishda, dastlab uning geometrik parametrlari tekshirilishi va teodolit yordamida rejalash oʻqlari boʻyicha konduktor oʻrnatilishi lozim.
207. Ustunlarni vertikal holatda oʻrnatishda qoʻllaniladigan asbob turi va nazorat qilish usuli ustunlar balandligiga bogʻliq ravishda tanlanishi, ustunlarning balandligi 3 m gacha boʻlganda shovun, 3 m dan ortiq boʻlganda — teodolit, elektron taxeometr yoki lazer asbobi (vizirlar,tuzuvchilar va boshqalar) qoʻllanilishi kerak.
208. Ustunlar toʻgʻriligi tekshirilganda ularning pastki va yuqori kesimlarida rejalash oʻqlariga nisbatan siljishi, ustunlarning balandlik holati aniqlanishi lozim.
Gorizontallik holati tekshirilganda vertikal proyeksiyalash va teodolit yoki reduksiyalash uchun qabul qilgichlar boʻlgan lazerli vizirlar yordamida yonlama nivelirlash hamda elektron taxeometrlar yordamida koordinatlash usullaridan foydalanilishi kerak.
209. Alohida (chekka) ustunlar qatorining gorizontal ogʻishi ikki vertikal tekislikda tekshirilishi lozim.
210. Loyihaviy belgidan (otmetkadan) pastda yoki balandda montaj qilingan metall ustunlarini toʻgʻrilash qulay boʻlishi uchun, ustunlarning tayanch plitalardan yuqorida, poydevorlarning anker boltlariga belgisi (otmetkasi) maʼlum boʻlgan nishon belgilanishi, nishondan ustunlarning tayanch plitalari balandligigacha loyihaviy masofa qoʻyib chiqiladi va ularni balandlik boʻyicha toʻgʻrilash olib boriladigan toʻgʻrilash nishonlari bilan belgilab chiqilishi lozim.
211. Konsollarning yoki temir-beton ustunlarning balandlik boʻyicha holati ustun stakanga oʻrnatilishi bilan uni monolitlashdan oldin tekshiriladi. Buning uchun ustunlarni oʻrnatishdan oldin balandlik belgilari bilan belgilash kerak. Ustun oʻrnatilgandan keyin nivelir yordamida belgilarning haqiqiy belgilari (otmetkalari) aniqlanish lozim.
212. Ustundagi balandlik belgilari holatini ruletka yordamida konsolda yoki kallakda, pastki tomonidagi oʻrnatish taxtachalariga nisbatan aniqlanishi kerak.
Balandlik nishoni ustunning tag qismidan 1,5 m dan 2 m gacha masofada belgilanishi uchun toʻliq metrli sonlar oʻlchab olinishi kerak. Nishon oʻchmaydigan boʻyoq bilan belgilanishi lozim (markirovka qilinadi).
213. Agar ustunlarning loyihaviy balandligi har xil boʻlsa, u holda belgilash uchun ajratiladigan kattaliklar ham, ustunlarni stakanga oʻrnatgandan keyin barcha belgilangan nishonlarni nivelirlash imkoni boʻlishi uchun, har xil qilib olinishi lozim.
Balandligi 6 m gacha boʻlgan ustunlarning konsollarini nivelirlash uchun nivelir reykasi, ustiga reykani konsolga osish uchun kerak boʻlgan G simon tayanch mustahkamlangan uzaytirgich reykaga ulanishi kerak.
214. Montaj gorizontining, tom qoplamalari panellarining, tashqi va ichki panellarning yuqori chekka qismlari, zina maydonchalari va lift shaxtalari elementlarining balandlik holati geometrik nivelirlash orqali aniqlanishi kerak.
215. Montaj gorizontida (montaj qilinadigan chegarada yoki harorat choki orasida) keyingi elementlar oʻrnatiladigan barcha tayanch maydonlar nivelirlanishi lozim.
Reykaning tag qismini (tovonini) ketma-ket tom qoplamalari panellarining toʻrtta burchagiga, tashqi devor panellarining chiqib turgan joylariga, lift shaxtalari hajmiy elementlarining yuqori chekka qismiga oʻrnatib chiqilishi kerak.
216. Montaj gorizontida nivelirlashning boshlangʻich nuqtasi sifatida ishchi reperlardan bittasi qabul qilinishi kerak.
Ishchi reperlar sifatida tom qoplamalari plitalarining oʻrnatish detallariga payvandlangan ugoloklar, armatura oʻzaklari (sterjenlari)dan foydalanilishi lozim.
Ishchi reperlar montaj qilinadigan barcha qismlar orasida nivelir yoʻllari orqali bogʻlanishi lozim.
217. Reyka ishchi reperga nivelirlashning boshida va tugagandan soʻng oʻrnatilganda, uning qora va qizil tomonlaridan sanoq olinishi kerak.
218. Montaj gorizontida belgilar (otmetkalar) montaj gorizontidagi ishchi reperlardan, GIBLda koʻrsatilgan oʻrtacha kvadratik xatolikda aniqlanishi lozim.
219. Liftlar shaxtalarining joylashgan oʻrnini montaj nishonlari yoki rejalash oʻqlaridan oʻlchash orqali aniqlanishi kerak.
Lift shaxtasini qurish jarayonida uning ichki oʻlchamlari va ustunining vertikalligi nazorat qilinishi lozim.
Diagonallar oʻlchamlarini poʻlat ruletka yordamida, vertikalligini-shovun, optik yoki vertikal proyeksiyalovchi lazerli asboblar yordamida tekshirilishi kerak.
220. Stropilli va stropil osti poʻlat fermalar uchun belbogʻlarning (poyas)toʻgʻri chiziqliligi va fermalar tekisligining vertikalligi tayanch tugunlar va shovun orasida tortilgan simga nisbatan nazorat qilinishi lozim.
221. Osma shiftlar holatining nazorati, undan maʼlum masofada oʻrnatilgan lazerli asboblar yordamida amalga oshirilishi lozim. Lazerning yorugʻlik nuri maxsus optik-mexanik qurilma yordamida aylanishi va doimo koʻzga tashlanib turadigan chiziq qoldirilishi kerak.
222. Gʻishtdan quriladigan devorlarni terishning vertikalligi ikki qavat chegarasida shovun yordamida, undan balandroq devorlar qurilishida esa reduksiyalash uchun qaytargichli lazerli asboblar yordamida tekshirishga yoʻl qoʻyiladi.
223. Har qavatda gʻisht terish tugallangandan soʻng geometrik nivelirlash orqali, har 5-6 m da hosil qilingan gorizontning loyihadagiga mosligini tekshirish kerak.
224. Gʻishtli bino qurilishida koʻtarilayotgan devorlarning qalinligi tekshirib borilishi lozim (qirqimi devor qalinligiga teng boʻlgan andoza-reyka bilan).
225. Terilgan gʻishtlar qatorining gorizontalligini gʻisht va qorishma choki qalinligi boʻyicha nazorat qilinishi, qatorlararo gʻisht teriladigan chiziqni koʻrsatuvchi ip tortilishi, devorlarning terilgan elementlarining rejali holati, binoning boʻylama va koʻndalang rejalash oʻqlaridan chiziqli oʻlchashlar orqali nazorat qilinishi kerak.
5-§. Jihozlarni montaj qilishdagi geodeziya ishlari
226. Jihozlar montajini geodezik nazorat qilish uchun quyidagi hujjatlar kerak:
binolar oʻqlarining, poydevorlarning, jihozlar joylashgan joyining, konstruksiyalarning rejalari;
poydevorlar va jihozlar xarakterli qismlarining qirqimlari;
jihozlar poydevorlari va boshqa tayanch yuzalarning ijroiy geodezik tasvirlarining sxemalari;
tayanch yuzalardagi rejalash toʻrining sxemasi.
227. Jihozlarni montaj qilishdan oldin, uning qirralari, tekisligi va sferik tekisligiga geometrik oʻqlar, balandliklar va simmetriya markazlarini qayd qiluvchi oʻrnatish nishonlari (risklari) belgilanishi kerak.
228. Jihozlarni montaj qilinadigan elementlarining tekislikdagi holati, tekisliklardan va montaj qilinuvchi elementlar oʻqlaridan poydevorlarda belgilangan oʻqlargacha chiziqli oʻlchashlar orqali nazorat qilinishi lozim.
229. Montajning talab qilingan aniqligiga koʻra, montaj qilinadigan elementlarning rejadagi oʻzaro holatlarining nazorati andozalar, oxirli oʻlchagichlar, metall yoki lazerli asboblar va elektron taxeometrlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
230. Tekisliklarning gorizontalligi tegishli aniqlikka ega boʻlgan asboblardan foydalangan holda, geometrik yoki gidrostatik nivelirlash usullari yoki maxsus nazorat adilaklari yordamida tekshirilishi lozim.
231. Sanoat korxonalarining koʻp miqdordagi murakkab jihozlarini (prokat stani, domna pechi va boshqalar) montaj qilishda IBLda montaj nazoratini bayon etuvchi boʻlimlar boʻlishi va shunga muvofiq GIBL ishlab chiqilishi kerak.
232. Kranosti toʻsinlarini montaj qilishda, ustunlarni yuqori uchlarining rejalash oʻqlari va konsollar belgilariga (otmetkalariga) nisbatan ogʻishining ijroiy geodezik tasviri materiallari asosida tayyorlanishi lozim.
233. Konsolli toʻsinlar ostiga qoʻyiladigan tagliklar (metall plastinalar) qalinligi, konsolning eng baland belgisi (otmetkasi) va shu konsolning belgisi (otmetkasi) ayirmasi sifatida hisoblanishi kerak.
234. Agar ijroiy geodezik tasvir materiallari boʻyicha boʻylama oʻqqa nisbatan ustun tepa qismining koʻndalang ogʻishi yoʻl qoʻyiladigan miqdorlardan ortiq boʻlmasa, u holda chekkadagi ustunlarning konsollarida ustun qirrasidan loyihada koʻrsatilgan masofada, kranosti toʻsini oʻqlarining nishonlari ustun haqiqiy ogʻishiga boʻlgan tuzatishni hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
Chekka konsollardagi nishonlarga (risklarga) nisbatan, kranosti toʻsinlari oʻqini sim (tor), teodolit yoki lazer asbobi yordamida uzatishga yoʻl qoʻyiladi.
235. Kranosti toʻsinlari va relslar oʻqini simga nisbatan rejalashda, simni binoning qarama-qarshi devorlariga mahkamlangan qisqichlarga osib qoʻyiladi. Qisqichlarda kertiklar yordamida rejalash oʻqi mahkamlanishi lozim. Oʻq simdan konsollarga shovun yordamida koʻchirilishi kerak.
236. Montaj gorizontida joylashgan teodolit yoki lazerli asbob yordamida kranosti toʻsinining oʻqini va relslar oʻqlarini rejalash uchun asbob bilan ishlash maydoni va geodezistning xavfsiz ishlashini taʼminlovchi toʻsiq tayyorlash kerak.
Asbob oʻrnatilgan shtativ yoki konsol maydondagi maxsus mustahkam konstruksiyalarga tayangan boʻlishi kerak.
Asbob rejalash oʻqi ustida markazlashtirilishi lozim.
Vizirlash yoki lazer nuri binoning qarama-qarshi chekkasidagi oʻqni mahkamlash belgisiga yoʻnaltirilishi kerak.
237. Teodolit sexning polida joylashganda, kranosti toʻsinlari oʻqi stvorining nuqtalari, nishonlar va boʻylama rejalash oʻqi belgilaridan oʻlchashlar orqali polda belgilanishi lozim.
Nuqta ustida asbob markazlashtiriladi, qarash trubasi stvor boʻyicha oriyentirlanadi va nuqta konsol chetiga, vertikal doiraning ikkita holatida vertikal proyeksiyalanishi kerak.
238. Toʻsinlar katta balandlikda montaj qilinganda, teodolitni qoʻllash poldan turib proyeksiyalashning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xatoliklari bilan cheklanganda yoki optik koʻrinish sharti bilan cheklanganda, oʻqlar nuqtalari montaj gorizontiga optikaviy yoki lazerli asboblar yordamida proyeksiyalanishi lozim.
239. Kranosti toʻsinlarini tekislik holatining toʻgʻriligini tekshirish, ularni montaj qilib boʻlgandan va vaqtinchalik mahkamlangandan keyin amalga oshirilishi lozim.
240. Parallel relslar oʻqlari nishonlari oraligʻidagi masofa komparirlangan metall ruletka yoki lazerli ruletka yordamida oʻlchanishi kerak.
Toʻsinlarning balandlik holati geometrik nivelirlash orqali aniqlanishi kerak.
241. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan ogʻishlar boʻlganda, toʻsinlar tekislikda va balandlik boʻyicha toʻgʻrilanishi va konsollarda batafsil mahkamlanishi kerak.
242. Kranosti toʻsinlarining tekislikdagi ijroiy sʼyomkasi, ularning takroran uzatilgan boʻylama oʻqlariga nisbatan, balandlik sʼyomkasi esa toʻsinlarning konsollarga tayangan joyidagi yuzasini nivelirlash orqali amalga oshirilishi lozim.
243. Rels yoʻlini montaj qilishdagi geodezik tekshirishni bajarishda, relsning oʻqini toʻsinning tayanch yuzasiga, rels asosi kengligining yarimiga teng masofaga siljitib uzatilishi kerak.
Relslar siljitilgan oʻq nishonlari boʻyicha yotqizilishi va vaqtincha mahkamlanishi lozim.
Relslarning toʻgʻri chiziqliligini, uning oʻqi boʻyicha rels izlarining boshlanish nuqtasiga markazlashtirilgan teodolit yordamida tekshirilishi kerak.
Relsning uzoqdagi chekkasiga, shkalasining noli tirgak yordamida rels boshi markazi ustida joylashtirilgan doimiy marka oʻrnatilishi kerak.
Teodolitning vizirlash nuri markaning nol chizigʻi boʻyicha oriyentirlanishi lozim. Soʻngra koʻchma marka har bir ustun qarshisiga joylashtirilishi va teodolitning qiya nuri bilan uning shkalasi boʻyicha relsning stvordan gorizontal ogʻish qiymati aniqlanishi kerak.
Nivelirning gorizontal nuriga yoki lazer toʻplamiga nisbatan relsning gorizontalligi aniqlanishi lozim.
244. Relsni ikkinchi izining tekislikdagi holati va ikkala rels orasidagi loyihaviy masofalarning saqlanishi birinchi izdan chiziqli oʻlchashlar orqali tekshirilishi lozim. Oʻlchashlar natijalariga koʻra ikkinchi iz tekislikda toʻgʻrilanishi kerak. Nivelirning gorizontal nuriga nisbatan relslar balandlik boʻyicha toʻgʻrilanishi lozim.
245. Kranosti yoʻllarining ijroiy sʼyomkasi, relslarning bosh (ustki) qismlari boʻyicha, koʻprik krani tajriba sifatida yurgizib koʻrilgandan keyin amalga oshirilishi lozim.
246. Kranosti konstruksiyalarini montaj qilish uchun aniq teodolitlar, nivelirlar, elektron taxeometrlar, lazer asboblari, maxsus vizir markalari va shu kabi asbob-uskunalar qoʻllanilishi lozim.
6-§. Sirgʻanma opalubkani montaj qilishda geodeziya ishlari
247. Sirgʻanma opalubkani montaj qilish jarayonida opalubka oʻrnatiladigan oʻqlarni rejalash oʻqlariga nisbatan siljishi nazorat qilinishi kerak.
Siljishni teodolit, elektron taxeometr yoki lazerli asboblar yordamida nazorat qilinishi lozim.
248. Montaj qilish jarayonida gumbaz qolipini balandlik belgilari (otmetkalari) va gorizontalligi tekshirilishi kerak.
Tekshirish nivelir yoki gorizontal tekislik beradigan lazerli asboblar yordamida bajarilishi lozim.
Reyka gumbaz qolipi mahkamlanadigan joylarga oʻrnatilishi, yuqori va pastki gumbaz qoliplarining vertikal tekislikka nisbatan holati, ularni yigʻish paytida shovun yordamida tekshirilishi kerak.
249. Shchitlarni oʻrnatish jarayonida opalubkani konussimonligi, pastki qismiga mm li shkala tushirilgan reyka-shovun yordamida tekshirilishi lozim.
250. Qolipning shchitlari montaj qilingandan soʻng, ularning ustiga ramalarning vertikalligi va joylashtiriladigan oʻrni toʻgʻri boʻlishiga rioya qilingan holda, domkrat ramasi oʻrnatilishi va mahkamlanishi lozim. Bunda, oʻrnatish shovun va teodolit yordamida nazorat qilinishi kerak.
Domkrat ramasi oʻrnatilgandan soʻng yana bir marta opalubka shchitlarining konussimonligi va ramalar orasidagi masofa tekshiriladi.
Konussimonlikni domkrat ramalari yonida, aylana shakllarda esa, ramalar orasida ham tekshirish bajarilishi lozim.
251. Monolit binolar qurilishida sirgʻanma opalubkaning harakatlanish vertikalligi zenit-asboblar (optikaviy yoki lazerli), mexanik shovunlar yordamida va qiya nur bilan proyeksiyalash usulida nazorat qilinishi kerak.
252. Bino perimetri boʻylab shovunlarga nisbatan sirgʻanma opalubka harakatining vertikalligini nazorat qilish uchun, opalubka korpusiga shovun ipi (tros yoki sim) va blokli kronshteyn oʻralgan baraban mustahkam mahkamlanishi kerak.
Bloklar orqali shovun ipi oʻtkaziladi va unga 8-10 kg massali yuk osiladi.
Shovun tebranishini kamaytirish uchun unga osilgan yukni yopishqoq suyuqlik solingan idishga tushirilishi kerak.
Qolip koʻtarilishi davomida tros barabandan yechilib (yozilib) uzayib borishi lozim.
253. Boshlangʻich gorizontda qolipning rejali siljishini aniqlash uchun devorga toʻgʻri burchakli ramkali kronshteyn mahkamlanadi.
Shovun oʻqining koordinatasini oʻlchash uchun ramkada ikkita harakatchan plankalar va raqamlangan shkala mustahkamlanishi kerak.
Oʻrnatilgan ramkalarning tomonlari bino devorlariga parallel boʻlishi kerak.
Shovunning holati boʻyicha ramka shkalasiga nisbatan opalubkaning vertikalligi aniqlanishi lozim.
Bu usul shamolsiz vaqtda, balandligi 10 m gacha boʻlgan binolarda yoʻl qoʻyiladi.
254. Qolipni koʻtarishning vertikalligini teodolitning qiya nuri orqali oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarga nisbatan olib borilishi kerak.
Bino qurilishi boshlanishidan oldin, opalubkaning shchitlarida vizir markalari (nishonlar) mahkamlanishi, boshlangʻich gorizont sathining devor qurilgan uchastkasida esa, gorizontal holatda shkalali reykalar mahkamlanishi lozim.
255. Teodolitni markazlashtirish punkti shkalaning markasi va noliga nisbatan tiklangan devor tekisligiga perpendikulyarda mahkamlanishi, opalubka koʻtarilishi davomida marka teodolit doirasining ikkita holatida shkalaga proyeksiyalanishi, shkala boʻyicha olingan oʻrtacha sanoq, qolipning proyeksiyalash tekisligiga perpendikulyar yoʻnalishda vertikaldan ogʻish qiymati va belgisini aniqlash imkonini berishi lozim.
256. Opalubka koʻtarilishining tikligini vertikal proyeksiyalash usulida nazorat qilish uchun zenit-asboblar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, betonlashdan va opalubkani koʻtarishdan oldin boshlangʻich gorizontda, opalubkaning shakliga mos holda, zenit-asbob ostiga tayanch belgilari oʻrnatilishi kerak.
257. Toʻgʻri burchakli shakldagi binoda belgilar uning burchaklariga, aylana shakldagilarda qolipning ichida joylashtiriladi, oxirgi holatda texnologik tuynuklar va oraliqlar (lift shaxtalari, chiqindi oʻtkazgichlar va boshqalar)dan foydalanilishi kerak.
Barcha hollarda tayanch belgilari keyinchalik proyeksiyalash nuriga toʻsiq boʻlmasligini va asbob bilan ishlashga qulay imkoniyat boʻlishini inobatga olgan holda joylashtirilishi lozim.
258. Opalubkani mustahkam ramasida tayanch belgilari ustida har bir paletkaning markazi nazorat belgisining vertikal oʻqiga mos keladigan holda vizir paletkalari mahkamlangan kronshteynlar oʻrnatilishi kerak.
259. Vizir paletkasi, oʻlchami 250x250x5 mm boʻlgan oq yoki yarim shaffof, zich (puxta) materiallardan tayyorlanishi lozim. Undan tomonlari 10 mm boʻlgan kvadrat shakllari keltiriladi va boʻyaladi hamda toʻrtta chorakka boʻlinishi kerak (har bir qismni tegishli ravishda 1, 2, 3, 4 deb raqamlanadi).
260. Vizir paletkasi gorizontal holda mahkamlanishi va uning koordinata toʻri opalubkaning mustahkam ramasi burchaklari tomonlariga parallel qilib oriyentirlanishi lozim.
261. Opalubka harakatining vertikalligini optik zenit-asboblar yordamida quyidagicha nazorat qilinishi kerak:
asbob tayanch belgisi ustida markazlashtiriladi va ishchi holatiga keltiriladi;
asbobning vizir toʻri gorizontal chizigʻiga nisbatan, uning toʻrtta oriyentirida (0°; 90°;180°;270°) ekranning koordinata toʻri boʻyicha toʻrtta sanoq olinishi kerak;
ekrandagi nazorat belgisi proyeksiyasining holati, toʻrtta sanoqdan hisoblangan koordinatalarning oʻrtacha qiymati boʻyicha olinishi lozim.
262. Qolip siljishining yoʻnalishi va qiymati, shkaladagi nuqta proyeksiyasi koordinatasining oʻzgarishiga bogʻliq ravishda aniqlanishi kerak.
Ekran shkalasining qaysi choragida sanoq olinishiga qarab, unga plyus yoki minus belgisi berilishi lozim.
263. Opalubka harakatining vertikalligi har 1-3 m koʻtarilishdan keyin tekshirib boriladi.
Har bir oʻlchashdan keyin opalubkani tekislikda siljishining vektorlari tushirilgan ijroiy sxema tuzilishi kerak.
264. Opalubkani ishchi polining gorizontalligini nazorat qilish, optik yoki lazerli nivelir yordamida amalga oshirilishi kerak.
Nivelirlash jarayonida reyka domkratlarning traverslariga oʻrnatiladi.
Domkratlarning balandlik boʻyicha ogʻishini, ulardan belgisi (otmetkasi) shartli nol deb qabul qilinadigan bittasiga nisbatan aniqlanishi, nivelirlash uchun domkratlar butun ishchi poli boʻylab bir tekis joylashishini va pol ogʻishining ishonchli chizmasini berishini hisobga olgan holda tanlab olish kerak.
265. Ishchi polning gorizontalligi bino balandligining har 1 — 3 m ida nazorat qilinishi kerak.
266. Opalubkani koʻtarish jarayonida, har bir katakning tomonlari va dioganallarini, shchitlar orasidagi masofalarni oʻlchab, opalubkaning konussimonligi, hamda umumiy gabaritlarini aniqlash orqali uni deformatsiyasi kuzatilishi kerak.
267. Deformatsiyalarni kuzatish aniqligini va sirgʻanma opalubka oʻqlarining ustma-ustligini nazorat qilish, montaj gorizontida tekislikda rejalash toʻri tomonlari boʻylab opalubkaning gabaritlarini takroran oʻlchash orqali amalga oshirilishi lozim.
Oʻlchashlarni komparirlangan poʻlat ruletkalar yordamida, opalubka koʻtarilishi vertikalligini nazorat qilish boshlanguncha yoki u tugallanishi bilan bajarilishi kerak.
268. Opalubkaning deformatsiyasini kuzatish aniqligi batafsil rejalash ishlari aniqligiga mos boʻlishi kerak.
7-§.Qobiqlarni montaj qilishdagi geodezik ishlar
269. Qobiq (obolochka)larning yigʻma elementlari montajini nazorat qilish uchun ichki rejalash toʻri barpo etilishi lozim.
270. Qobiqlarning geodezik nazorati, ustunlarning boʻylama va koʻndalang oʻqlariga oʻrnatiladigan bitta yoki ikkita teodolit, lazerli tekislik tuzuvchilar yordamida ustunlarni vertikal holatda oʻrnatilganligini tekshirishdan boshlanishi lozim.
271. Tayanch kontur ustunlarining balandlik holatini poʻlat ruletkadan foydalanib geometrik nivelirlash yoki lazerli ruletka bilan oʻlchab nazorat qilinishi kerak.
272. Tayanch kontur rigellari oʻqlarining ustma-ust joylashish qiymatlari, reduksiyalash uchun qabul qilgichlari boʻlgan lazerli vizirlar yordamida yondan nivelirlash usulida nazorat qilinishi kerak.
273. Qobiqni yigʻma elementlarining tekislikdagi holati yondan nivelirlash usulida aniqlanishi, buning uchun tekislik tayanch toʻr tomonida maxsus qisqichlar yordamida lenta mahkamlanishi, qisqichlardan bittasi lentani maʼlum kuch — 49, 98 va 147N (5,10,15 kg kuch) bilan tortib turish imkonini beradigan dinamometrik qurilma bilan jihozlanishi lozim.
Teodolitni tekislik toʻri nuqtasiga oʻrnatib, truba toʻri vertikal ipini oldindan oʻrnatilgan plitaning nazorat nuqtasiga toʻgʻrilanishi, soʻngra teodolit trubasi pastga tushirilish va vertikal ip yordamida, oʻlchash lentasidan sanoq olinishi kerak. Bunda, ushbu holat teodolit vertikal doirasining ikkita holatida bajarilishi kerak.
Plita qobigʻini loyihaviy holatga keltirish xatosi oʻlchangan va loyihaviy koordinatalar ayirmasiga teng boʻlishi kerak.
Oʻlchashlar bir vaqtning oʻzida ikki nuqtada oʻrnatilgan ikkita teodolit yordamida bajarilishi lozim.
Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan ogʻish sodir boʻlganda plitaning holati toʻgʻrilanishi, soʻngra plita holati takroran nazorat qilinishi lozim.
274. Yigʻma elementlarni balandlik boʻyicha oʻrnatish osma ruletka — shovun va nivelir yordamida nazorat qilinishi kerak.
Bir xil nomli simmetrik tarzda montaj qilinadigan plitalarning nazorat nuqtalari bitta gorizontal tekislikda joylashgan boʻlishi kerak.
Balandlik boʻyicha farqlar ±5 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
275. Inshootning ichida nazorat oʻlchashlari olib borish imkoni boʻlmagan taqdirda, bazis toʻri nuqtalari tayanch konturiga oʻtkazilishi lozim.
276. Sharoitga bogʻliq ravishda qiya yoki vertikal proyeksiyalash usullari qoʻllanilishi lozim.
Vertikal proyeksiyalash usulida birinchi ijrochi zenit asbobni oʻrnatishi va tayanch konturida rejalash oʻqlarining holati qayd qilinishini nazorat qilish kerak.
Ikkinchi ijrochi tayanch konturida rejalash oʻqining holatini tayanch konturining pastki ichki (tashqi) qirrasida qayd qilinishi va ipli shovun yordamida oʻqni yuqori sathga oʻtkazilishi lozim.
277. Qobiqni birinchi qatorning yigʻma elementlari tayanch konturiga oʻtkazilgan rejalash oʻqlari boʻyicha oʻrnatilishi, boshqa qatorlar elementlari montajining aniqligini nazorati ruletka yordamida amalga oshirilishi, geodezik nazorat oʻlchashlarining natijalari jurnalga yozilishi lozim.
278. Yuqori aniqlikdagi elektron taxeometrlarni qoʻllash, geodezik rejalash ishlar majmuasini va qobiqlarni montaj qilishda, ijroiy sʼyomkani avtomatlashtirishni taʼminlashi lozim.
9-bob. Binolar geometrik parametrlarining aniqligini geodezik nazorati
1-§. Umumiy talablar
279. Binolar geometrik parametrlarining aniqligi quyidagicha geodezik nazorati olib boriladi:
bino va inshootlar elementlarining, konstruksiyalarining, qismlarining va muhandislik tarmoqlarining, ularni montaj qilish va vaqtinchalik mahkamlash (texnologik jarayon davomida nazoratda) jarayonidagi holatining loyiha talablariga mosligini geodezik (instrumental) oʻrganish.
montaj (oʻrnatish, joylashtirish) tugagandan soʻng bino va inshootlar doimiy mahkamlangan elementlarining, konstruksiyalarining va qismlarining hamda muhandislik tarmoqlarining tekislik va balandlik boʻyicha haqiqiy holatining ijroiy geodezik sʼyomkasi.
Yer osti muhandislik tarmoqlarining ijroiy geodezik sʼyomkasini xandaqlar koʻmilishiga qadar bajarish lozim.
280. Qurilish jarayonida bajariladigan geodezik nazorat quyidagilar bilan amalga oshiriladi:
ijroiy geodezik sxemalar, chizmalar, profillar, kesmalar;
geodezik oʻrganish dalolatnomalari, dala jurnallari.
281. Qurilish-montaj ishlari jarayonida nazorat qilinadigan bino va inshootlarning geometrik parametrlari, geodezik nazorat usullari, uning bajarilish tartibi va hajmi GIBLda belgilangan boʻlishi kerak.
282. Qabul qilish nazorati bajarilishida ijroiy geodezik sʼyomkaga tegishli bino va inshootlarning muhim konstruksiyalari va qismlarining roʻyxati loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanishi kerak.
283. Bino va inshootlar elementlarining, konstruksiyalarining, qismlarining tekislik va balandlik holatlari, ularning vertikalligi, anker boltlari va oʻrnatish detallarining holatini bino va inshootning ichki rejalash toʻri belgilaridan, muhandislik tarmoqlari elementlarini esa qurilish maydonining rejalash toʻri belgilaridan, bino va inshootning tashqi rejalash toʻridan yoki kapital bino va inshootning qatʼiy (barqaror) nuqtalaridan aniqlash kerak.
284. Ishlarni boshlashdan avval toʻr punktlari va oriyentirlarining turgʻunligini (oʻzgarmasligini) oʻrganish kerak.
285. Bino va inshootlarning geometrik parametrlari aniqligini geodezik nazorat jarayonida oʻlchashlar xatoligi, shu jumladan muhandislik tarmoqlarini ijroiy sʼyomkasida ogʻish miqdori 0,2 qismidan ortiq boʻlmasligi kerak.
286. Bino va inshootlarni elementlari, konstruksiyalari va qismlarining ijroiy geodezik sʼyomkasi natijalari boʻyicha ijroiy sxemalar, yer osti muhandislik tarmoqlari uchun esa, yangi oʻtkazilgan muhandislik tarmoqlarining tekislik va balandlik boʻyicha holatlarini aks ettiruvchi ishchi chizmalar masshtabiga mos masshtabdagi ijroiy chizmalar tuzilishi lozim.
Ilova sifatida koordinatalar va tarmoqlar elementlarining kataloglarini tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
287. Ijroiy sʼyomka natijalarini grafik shaklda rasmiylashtirishni 1:5000, 1:2000, 1:1000 va 1:500 masshtablardagi yerosti kommunikatsiyalarining topografik rejalarida shartli belgilarni chizishdan foydalangan holda amalga oshirish kerak.
288. Loyiha hujjatlariga kiritilgan tuzatishlar va bino va inshootlar hamda muhandislik tarmoqlari joylashishida yoʻl qoʻyilgan ogʻishlar, ijroiy bosh rejada qayd etilishi kerak.
289. Obodonlashtirishda, vertikal tekislashda, yoʻl qoplamasi uchun joy tayyorlashda, transheyalarda, xandaqlarda, koʻtarma joylar va shu kabilarda tuproq ishlarini amalga oshirish aniqligining nazoratini ham tekislikda, ham balandlik boʻyicha olib borish lozim.
290. Reja (plan)da nazorat qilinadigan nuqtalarning hajmini, quriladigan inshootni rejalashdagi joyga koʻchiriladigan nuqtalar (kartogrammadagi kvadratlarning uchlari, xandaqlar gabaritlari, transheyalar burilish burchaklari va boshqalar) sonining kamida 10 foiz hajmda olish kerak.
291. Poydevor ostidagi qoʻlda tozalanadigan tuproq asosining balandligini tekshirish yalpi nazorat orqali amalga oshirilishi lozim.
Xandaq tubini balandlik boʻyicha tozalash aniqligi geometrik nivelirlash orqali amalga oshirilishi kerak.
2-§. Binolarning geometrik parametrlari aniqligini geodezik nazorat qilishning mazmuni
292. Binolar geometrik parametrlari aniqligini geodezik nazorati qurilish texnologik jarayonining tarkibiy qismi hisoblanishi kerak.
Nazorat oʻlchashlarning geodezik asosi boʻlib, binoning rejalash toʻri belgilari, ularga parallel boʻlgan rejalash oʻqlari va chiziqlari, konstruksiyalar yon qirralariga oʻrnatiladigan nishonlar (riskalar), reperlar, mayaklar va markalar hisoblanishi lozim.
293. Geodezik nazorat konstruksiyalarning tekislikda, balandlik boʻyicha va vertikalga nisbatan haqiqiy holatini, vaqtincha mahkamlash bosqichidagi (texnologik jarayon davomida (operatsion) nazorat) kabi, ularni batamom mahkamlagandan keyingi (qabul qilish nazorati) bosqichida ham aniqlashni oʻzida mujassamlashtirishi lozim.
294. Tekislikda geodezik nazorat orqali konstruksiyalarning tekislikda boʻylama va koʻndalang oʻqlarga yoki ularga parallel chiziqlarga nisbatan haqiqiy joylashishi oʻrganilishi kerak.
Balandlik boʻyicha geodezik nazoratda, bino konstruksiyalarini tayanch tekislik yuzalarining haqiqiy holati oʻrganilishi lozim.
295. Vertikallik boʻyicha geodezik nazoratda, montaj qilinadigan konstruksiyalarning vertikal yoki qiya tekislikka nisbatan holati oʻrganilishi kerak.
296. Binolarni geometrik parametrlari aniqligining maxsus geodezik nazorati quyidagi hollarda amalga oshirilishi lozim:
konstruksiyalarni yoki bino seriyalarini montaj qilishning yangi texnologiyalarini oʻzlashtirishda;
uchastka (ishchilar jamoasi), brigada, zveno ishi sifati darajasini aniqlashning statistik usullarini qoʻllashda.
297. Qabul qilish nazoratida ijroiy geodezik sʼyomka qilinishi kerak boʻlgan binolarning asosiy konstruksiya va qismlari roʻyxati ishchi chizmalarda loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanishi kerak.
298. Binolarni geometrik parametrlari aniqligining geodezik nazorati boʻyicha ishlar boshlanishiga qadar nazorat qilinadigan parametrlar roʻyxati, nazorat usuli, nazorat ishlari rejasi va ularni bajarish tartibi, oʻlchash asboblari, oʻlchashlarning sxemasi aniqlanishi kerak. Bu masalalarning barchasi GIBLda aks ettirilishi lozim.
299. Aniqlikning geodezik nazorati, oʻlchashlarning usullari va sxemalari, maʼlumotlarni yigʻish qoidalari, saqlash, qayta ishlash, nazorat natijalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi standartlar, texnologik xaritalar, nazorat qaydnomalari va boshqa texnologik hujjatlar asosida olib borilishi kerak.
300. Nazorat oʻlchashlarning oʻrtacha kvadratik xatoligi δx, nazorat qilinadigan geometrik parametrning ∆x yoʻl qoʻyiladigan ogʻishiga bogʻliq ravishda qabul qilinadi va quyidagicha ifodalanadi:
δx ≤ ∆x/5.
Bunda, shkalaning yoki mexanik oʻlchashlar vositasi sanoq qurilmasining eng kichik boʻlinmasi, nazorat qilinadigan parametr chekining 0,1 boʻlagidan ortiq boʻlmasligi kerak.
301. Qurilish konstruksiyalarining geometrik aniqligini nazorati, shuningdek teodolit, poʻlat ruletkalar va nivelirlar yordamida ham amalga oshirilishi kerak.
d ≤ 100 masofa uchun burchak xatoligi mβ ≤ 4″,chiziqli xatoligi md ≤ 2 mm boʻlgan oʻlchashlarning jami oʻrtacha kvadratik xatoligini quyidagi ifoda boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyilishi kerak:
δx ≤ ∆x/3.
302. Aniqlik nazoratini bajarish uchun oʻqlarni yoki ularning stvorlarini mahkamlash belgilarining joylashish sxemalari, montaj gorizontida rejalash oriyentirlarining tekislikdagi holati hamda koordinata oʻqlariga bogʻlagan holda konstruktiv elementlarning chizmalari boshlangʻich hujjatlar hisoblanishi kerak.
Agar yigʻma konstruksiyalar elementlarining oʻqlari (tekisliklari) tashqi koordinatalar oʻqlari elementlariga bogʻlash noldan farq qilgan xolda joylashgan boʻlsa, u holda bu elementlarning tashqi qirralari, chekkalari oʻlchamlarini va holatini nazorat qilish kerak.
303. Bino konstruksiyalarini tekislikdagi holatining geodezik nazorati, etalonlashtirilgan oʻlchash asboblari yoki maxsus andozalar qoʻllanilgan holda oʻqlar, oʻrnatuvchi yoki montaj nishon chiziqlar (riskalar) orasidagi hamda montaj qilinadigan detallar qirralari (tekisliklari) orasidagi masofalarni oʻlchash orqali amalga oshirilishi kerak.
304. Obodonlashtirish, vertikal tekislash, yoʻl koʻtarmasiga tayyorlangan maydon, xandaq, kotlovan, koʻtarma va boshqa shunga oʻxshash yer ishlarining aniqligi boʻyicha nazorat tekislik va balandlik boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
305. Quriladigan inshootni rejalangan nuqtalarining (kartogramma kvadratlarining uchlari, kotlovanlarning gabaritlari, xandaqlarning burilish burchaklari va boshqa shunga oʻxshash) sonini 10 foizdan kam boʻlmagan hajmdagi nuqtalarining tekislikdagi holati nazorat qilinishi kerak.
Qoʻlda tekislanadigan poydevor asosining yer balandligi yoppasiga nazorat qilinishi kerak.
Kotlovan tubini balandlik boʻyicha tekislanishini nazorati geometrik nivelirlash orqali bajarilishi lozim.
306. Poydevorlarni oʻrnatish aniqligi tekislik va balandlik boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Poydevorlarning tekislikdagi holati oldingi uzatilgan oriyentirlardan, poydevorlarning geometrik oʻqlarigacha boʻlgan masofani oʻlchash orqali oʻrganilishi, shuningdek poydevorlar oʻqlari orasidagi masofa, baʼzan yuk koʻtaruvchi devorlarning kesishgan joylari, oʻrnatish detallari va anker boltlari asosining holati oʻrganilishi kerak.
307. Qamrab olingan (navbatdagi) ish boʻyicha, oʻrnatilgan poydevorlarning umumiy hajmidan kamida 5 foizi nazorat qilinishi kerak.
100 kv. m gacha boʻlgan maydonda balandlik boʻyicha bitta belgi (otmetka) oʻrganilishi lozim.
308. Poydevor konstruksiyalarining vertikalligi, elementlar yoki bir turdagi elementlar qatorining balandligi bir metr dan ortiq (agar loyiha hujjatlarida boshqa maxsus talab qoʻyilmagan boʻlsa) boʻlganda, shovun bilan reyka yoki adilak yordamida oʻrganilishi, sʼyomka vaqtida nazorat qilingan elementlar nazoratga olinishi kerak.
309. Binolarning yer ustki qismini oʻrnatish aniqligini nazorati tekislikda va balandlik boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Tekislikda montaj qilingan elementlar orasidagi masofa oʻlchanadi va elementlar orasidagi masofani va ularning oʻqlarga bogʻlanganini hisobga olgan holda, yoʻl qoʻyarli ogʻishlar hisoblab chiqilishi lozim.
310. Binolarning yer ustki qismini tashqi qismlarini qurish aniqligining nazoratini amalga oshirish usullari va uslublari mazkur SHNQda keltirilgan.
10-bob. Muhandislik tarmoqlari va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini yotqizishdagi geodeziya ishlari
1-§. Muhandislik tarmoqlari va yerosti muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini joyga koʻchirishga tayyorlash
311. Muhandislik tarmoqlarini yotqizishning geometrik aniqligini taʼminlash uchun ularning trassalari boʻylab tekislik va balandlik boʻyicha rejalash asoslari punktlari mahkamlanadi va ularning koordinatalari kerakli aniqlikda mazkur SHNQga asosan aniqlanishi kerak.
312. Bosimsiz quvuroʻtkazgichlar trassalari boʻylab har 0,5 km dan kam boʻlmagan masofada va trassaning burchaklariga yaqin joylarda doimiy devor yoki grunt reperlari oʻrnatilishi kerak. Ularning belgilari (otmetkalari) quyidagicha aniqlanadi:
quvuroʻtkazgich qiyaligi i ≤ 0,008 boʻlganda, III sinf nivelirlash orqali;
qiyaligi i > 0,005 boʻlganda, IV sinf nivelirlash hamda nivelirlashning yuqoriroq sinfdagi reperlariga bogʻlagan holda, uzunligi 1 km gacha boʻlgan texnikaviy nivelirlash yoʻli orqali.
313. Joyga koʻchirish quyidagilarga taalluqli:
muhandislik tarmoqlari trassasining burilish burchaklari;
muhandislik tarmoqlari ulanadigan va birikadigan joylar, quduqlar, armatura, birlashtirilgan qistirmalar uchun esa qoʻshimcha ravishda asosiy muhandislik tarmogʻining oʻqi.
Muhandislik tarmoqlarining boshqa chiziqli inshootlar bilan kesishish joyi belgilab qoʻyilishi kerak.
314. Muhandislik tarmoqlari trassasi loyihasini joyga koʻchirish uchun quyidagi maʼlumotlar kerak:
muhandislik tarmogʻi loyiha oʻqi va shu bilan birga qurilishni geodezik asosining tekislik va balandlik punktlari tushirilgan muhandislik-topografik reja;
davlat geodezik toʻri punktlari va reperlari yoki trassa oʻtkazilgan hududdagi shahar geodezik toʻri yoki trassa oldi tekislik-balandlik toʻrlarining koordinatalari va balandliklari;
trassaning boshlanish va oxirgi nuqtalari, uning burilish burchagi uchining tekislik-balandlik koordinatalari;
trassani toʻgʻri chiziqli uchastkalarining uzunligi;
trassani egri chiziqli uchastkalarining elementlari;
315. Muhandislik tarmoqlarini joyga koʻchirish usuli, ularning elementlarini tekislik va balandlik holatining aniqligiga, loyihaviy nishablikka rioya qilish texnik talablarga binoan aniqlanishi kerak.
Joyga koʻchirish tegishli sinflardagi tekislik va balandlik geodezik asos punktlariga nisbatan amalga oshirilishi kerak.
Qurilish boʻlgan hududda muhandislik tarmoqlarini tekislikda joyga koʻchirish muhandislik-topografik rejada koʻrsatilgan binolarga nisbatan amalga oshirilishi kerak.
316. Muhandislik tarmoqlarini joyga tekislikda koʻchirishni grafik tayyorlash, qurilish boʻlgan hududning muhandislik tarmoqlari oʻqining holati tushirilgan 1:500 yoki 1:1000 masshtabdagi, muhandislik topografik rejalari asosida bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻqlar nuqtalarining tekislikdagi holati aniq oʻlchanadigan tafsilotlar konturlarigacha boʻlgan uchta, toʻrtta masofa bilan aniqlanishi kerak.
Agar grafik usulning aniqligi, yer ostida yotqizilgan tarmoqlar mavjud boʻlgan koʻcha va tor koʻchalarda muhandislik tarmoqlarini koʻchirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda loyihaviy va mavjud muhandislik tarmoqlari orasidagi minimal masofaga belgilangan yoʻl qoʻyarli chekga rioya qilinganligi oʻrganilishi kerak.
317. Loyihani joyga koʻchirishga grafik tayyorgarlikda, kapital binolar burchaklari va boʻrtiqlari, bino fasadlari boʻylab joylashgan nuqtalardan aniq tayanch konturlari va nuqtalari sifatida foydalanilishi lozim.
Aniq koʻrinib turadigan konturlar boʻlmaganda, trassa boʻylab geodezik asos oʻtkazilishi lozim.
318. Muhandislik tarmoqlari trassasini tekislikda joyga koʻchirish uchun analitik tayyorgarlik, doimiy geodezik asos punktlariga nisbatan amalga oshirilishi kerak.
Muhandislik-topografik rejada geodezik punktlar va muhandislik tarmoqlarining loyihaviy holati koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Trassa oʻqining tekislikdagi koordinatalari analitik yoʻl bilan hisoblab chiqilishi yoki grafik yoʻl bilan aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
319. Analitik tayyorgarlikda trassa nuqtalarini joyga koʻchirish quyidagi usullar bilan hisoblanadi va amalga oshirilishi kerak: qutbiy, chiziqli yoki stvor kesishtirish va perpendikulyar.
Trassani joyga koʻchirish uchun kerakli maʼlumotlar, uning burilish nuqtalari koordinatalari boʻyicha, geodezik toʻrning eng yaqin punktlaridan hisoblab chiqarilishi kerak.
Trassaning oraliq nuqtalari xuddi stvor nuqtalari kabi koʻchirilishi kerak.
Koʻchirilish joyga koʻchirilgan eng yaqin nuqtadan oʻlchashlar orqali nazorat qilinishi lozim.
320. Qutbiy usul ochiq joyda elektron taxeometr, metall ruletka yoki lazer ruletkasi bilan birgalikda teodolit yordamida rejalashda qoʻllanilishi kerak.
321. Geodezik yoki geodezik rejalash asosi punktlariga, kapital qurilish binolariga yaqin joylashgan trassa nuqtalarini koʻchirishda, chiziqli kesishtirish usulidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Kesishtirish tomonlarining uzunligi 50 m gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, tomonlar soni uchtadan kam boʻlmasligi, kesishtirish uchida burchaklar 30o dan 120o gacha boʻlishi kerak.
Koordinatalari maʼlum boʻlgan nuqtalar soni yetarli boʻlganda stvorli kesishtirish usuli qoʻllanilishi lozim.
322. Perpendikulyar usulidan, muhandislik tarmoqlari oʻqini unga yaqin joylashgan geodezik toʻrlar, trassa oldi teodolit yoʻli yoki binolar orasidagi stvor chiziqlarini koʻchirishda foydalanilishi kerak.
Perpendikulyar uzunligi 4 m dan ortiq boʻlganda, nuqtani joyga koʻchirish chiziqli kesishtirish orqali nazorat qilinishi kerak.
323. Ruletka yordamida joyda, koordinatalar boʻyicha hisoblangan yoki rejadan bevosita olingan chiziqlarning berilgan uzunligini qurishda, tuzatmalar qiymati kesma uzunligining 1:10000 qismiga yetadigan boʻlsa, ularga qiyalik (qiyalik burchagi 1,5 gradusdan ortiq boʻlganda), harorat va komparirlash uchun tuzatishlar kiritilishi kerak.
Chiziqlarning kesmalarini joyga koʻchirish 1:2000 dan ortiq boʻlmagan nisbiy xatolikda amalga oshirilishi lozim.
Trassa oʻqi, trassaning burilish burchaklari va mavjud yer osti tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalari bilan kesishgan joylari shtirlar, qoziqlar va shu kabilar bilan mahkamlanishi, ularning holati esa qoʻshimcha ravishda parallel koʻchirmalar yoki stvor belgilari orqali qayd qilinishi va joydagi predmetlarga bogʻlash sxemasida rasmiylashtirilishi lozim.
324. Yer ostida oʻtkazilgan oʻqni transheyali ihota devorining taxtasiga mahkamlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ihota devori trassani toʻgʻri chiziqli uchastkalarining har 40 — 50 m oraligʻida, hamda burilish joylarida, quduqlar, kameralar oʻrnatilgan joylarda joylashtirilishi kerak.
325. Trassani tekislikda rejalashning toʻgʻriligi qizil chiziqlar nuqtalariga, tor koʻchalar oʻqiga nisbatan mavjud aniq kontur nuqtalaridan, trassa oldi teodolit yoʻlidan va geodezik toʻrlarining eng yaqin punktlaridan aniqlanishi lozim.
2-§. Muhandislik tarmoqlarini yotqizishdagi geodezik rejalash ishlari
326. Bosimsiz quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishdan oldin, qoʻshimcha reperlarni balandlik boʻyicha rejalashlarda nivelirdan har ikkita yaqin reperlargacha boʻlgan masofa 100 m dan ortib ketmaydigan qilib oʻrnatish kerak, ularning balandliklari yaqin reperlardan texnikaviy nivelirlash orqali aniqlanishi kerak.
327. Transheya ustidan trassaga koʻndalang holda P-shaklidagi yogʻoch konstruksiyalar koʻrinishida, qurilish ihotalari oʻrnatiladi: tilingan (kesilgan) taxta transheyaning qarama-qarshi tomonlariga oʻrnatilgan ikkita ustunga gorizontal holda mahkamlanishi lozim.
328. Trassa oʻqi transheyaga teodolit yoki shovun yordamida ihotalarni stvor nuqtalari yoki burilish nuqtalari orasida tortilgan simdan proyeksiyalanishi lozim.
329. Transheyaning tag qismi loyihada belgilangan qiyalikka asosan doimiy va yuruvchi vizirkalari, optik nivelirlar yoki lazerli nishabni qayd qiluvchilar yordamida rejalashtirilishi kerak.
Ihota devorlariga mixlar yordamida mahkamlangan doimiy vizirkalarning belgi (otmetka)lari nivelir yordamida transheya tagining loyihaviy nishabligini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
Doimiy vizirkalarning belgi (otmetka)lari ayirmasi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
h = id,
bu yerda:
i — transheyaning loyihaviy nishabligi;
d — vizirkalar orasidagi masofa, m.
330. Yuruvchi vizirkasining balandligi (uzunligi) doimiy vizirka tepasi va transheya tagi belgilari (otmetkalari) ayirmasi sifatida aniqlanishi kerak.
Qiyaligi 0,001 ga teng yoki undan kam oʻzi oqar truboprovodlar asosini balandlik boʻyicha rejalash 5 mmdan oshmaydigan xatolikda bajarilishi, asosni batafsil tayyorlashni nivelir yordamida amalga oshirish kerak.
331. Quduq uchun kotlovanni rejalash, quduq markazini mahkamlashni, transheya qirrasidan 0,6 m dan 0,7 m gacha masofadagi qoziqlar bilan mahkamlangan ihotalarni oʻrnatishni, belgilarni (otmetkalarni) va oʻqlarni ihotalarga uzatishni oʻz ichiga olishi lozim.
332. Bosimli quvuroʻtkazgichni yotqizishda, quvurlarni balandligi va qiyaligi boʻyicha (mayaklar boʻyicha) tayyorlangan asosda yotqizish nazorati adilak yordamida, keyinchalik quriladigan quduqlar va burilish nuqtalari oʻrnida oʻrnatiladigan yuruvchi va doimiy vizirkalar yordamida, nivelir va reyka yordamida amalga oshirilishi kerak.
333. Adilak boʻyicha yotqizish har bir quvurni alohida oʻrnatish orqali amalga oshirilishi kerak.
334. Vizirkalar yordamida quvurlar yotqizilganda doimiy vizirkalar keyinchalik quriladigan quduqlarning ihotalarida, burilish nuqtalarida oʻrnatilishi kerak.
Yondosh ihotalari orasida oʻqlar boʻyicha sim tortilishi lozim. Bu simdan shovunlar yordamida oʻq transheya tubiga proyeksiyalanishi kerak.
Quvurlarni yotqizish uchun belgi (otmetka)larni ihotalarga mahkamlanadigan maxsus tayoqlar orqali olinishi lozim. Maxsus tayoqlar quvur tepasining loyihaviy balandlik belgisidan bir metr ga karrali balandlikda mahkamlanishi kerak.
335. Mayaklar oʻrnatilishida ularni saqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishi kerak.
336. Asosning haqiqiy belgi (otmetka)lari loyiha hujjatlariga toʻgʻri kelishi tekshirilgandan soʻng trubalarni yotqizishga yoʻl qoʻyiladi:
transheya tubi — kanalsiz yotqizishda;
kanal tubi — kanalli yotqizishda;
tayanch konstruksiyalarining belgi (otmetka)lari — yer ustida yotqizishda.
337. Gorizontal tekislikda quvur oʻqlarining toʻgʻri chiziqliligi ip boʻyicha, teodolit bilan, lazer yoki yorugʻlik nuri boʻyicha; nishabliklar toʻgʻriligi — vizirkalar boʻyicha, nivelir bilan yoki lazerli qiyalikni qayd qiluvchi bilan oʻrganilishi kerak.
338. Quvuroʻtkazgichlarni vertikal yoki gorizontal tekislikda toʻgʻri chiziqdan oqqan holda yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quvuroʻtkazgichlarning tekislik va balandlik boʻyicha loyihaviy holatdan ogʻishi chekli qiymatlardan oshib ketmasligi kerak.
339. Diametri 1000 mm va undan ortiq quvuroʻtkazgichlar uchun, joyning relyefiga bogʻliq ravishda, qurilish yoʻlagini dastlabki tekislash koʻzda tutilishi kerak.
340. Bosimsiz quvuroʻtkazgichlar va kollektorlarni foydalanishga qabul qilish, ularning vertikal va gorizontal tekisliklarda loyiha holatiga rioya qilinishi bilan birga tekshirish va quduqlardagi lotoklarning belgilarini (otmetkalarini) instrumental tekshirish bilan birga olib borilishi lozim.
Bunda, lotoklar belgilarining (otmetkalarining) loyihadan ogʻishi ±5mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Gazoʻtkazgich tarmoqlarini yotqizishda, quvurlar yotqizilishining toʻgʻriligi gazoʻtkazgichning barcha tugun nuqtalari va yer osti inshootlari bilan kesishgan joylarini nivelirlash orqali tekshirilishi lozim.
341. Issiqlik tarmoqlari trubalarining yotqizilishini toʻgʻriligi, quvuroʻtkazgichlarning tekislikdagi holatini instrumental oʻrganib, balandlik boʻyicha esa, yotqizilgan quvuroʻtkazgichning barcha tugun nuqtalarini va uning yer osti inshootlari bilan kesishgan joylarini nivelirlash orqali nazorat qilish kerak.
342. Kabelli kanallarni qurish jarayonida, quvuroʻtkazgichlarni yotqizish va kuzatish qurilmalarini oʻrnatishning jarayonlar boʻyicha nazorati amalga oshirilishi kerak.
Jarayonlar boʻyicha nazorat, quvurlarni yotqizish chuqurligini va ulangan joylarining sifatini, quvuroʻtkazgichning toʻgʻri chiziqliligini, gorizontalligini va kuzatish qurilmalarining vertikalligini, oʻrganishdan iborat boʻlishi kerak.
343. Shahar chegarasidan tashqarida yer osti kabel aloqa liniyalari trassalari qoʻriqlash-ogohlantirish belgilari boʻlgan koʻrsatuvchi (opoznavatelniy) ustunlar bilan belgilanishi kerak.
3-§. Quvuroʻtkazgichlarning lazer asboblarini montaj qilish
344. Qurilish va muhandislik tarmoqlarini (kanalizatsiya, suvoʻtkazgich, gazoʻtkazgich, magistral quvuroʻtkazgichlar) yotqizish aniqligini nazorat qilish jarayonida, loyiha yoʻnalishi va qiyaligiga rioya qilish uchun moslamalar bilan lazerli asboblarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
345. Lazerli nivelirning modeli, vizir trubasining aniqlik sinfi va asbobning ishchi tavsifini hisobga olgan holda tanlanishi kerak.
346. Lazerli asboblar yordamida yer osti muhandislik tarmoqlarini yotqizish tayyorlangan transheyada, qiya lazer nuriga nisbatan, optikaviy usuldan umuman farq qilmaydigan usulda bajarilishi lozim.
347. Transheyani qazib boʻlgandan soʻng uning tagiga quvuroʻtkazgichning uzunligi 100 — 150 m gacha boʻlgan toʻgʻri chiziqli uchastkasining boshlangʻich va oxirgi oʻqlarining nuqtalari joyga koʻchirilishi va qoziq (shtir) bilan mahkamlanishi kerak.
Shtirlarning yoki qoziqlarning-mayaklarning yuqori qismiga nivelir yordamida quvuroʻtkazgichning loyihaviy belgi (otmetka)si oʻrnatilishi lozim.
Lazerli asbob uzatilgan oʻq nuqtalari stvorining davomida, quvur yotqizilayotgan tomondagi oʻqlar nuqtasidan 0,3 dan 0,5 m gacha masofada oʻrnatilishi kerak.
Lazer nuri toʻplamining oʻqi, qoziq-mayak ustida quvurni geometrik markazi balandligiga teng balandlikda oʻrnatilishi lozim.
Lazer toʻplami navbatma-navbat qoziq-mayaklarga qoʻyilgan reykalarga toʻgʻrilanishi va ikkala reykalarda mayaklar ustidagi lazer izining balandligi baravar ekanligi tekshirilishi kerak.
348. Yotqizishga tayyorlangan quvurning chekkasida, markazi quvurni geometrik markazi kesimi bilan aniq tutashadigan markali andoza oʻrnatilishi kerak.
Quvuryotqizgich yordamida quvur transheyaga tushirilishi, quvurning bir tomoni oldin yotqizilgan quvuroʻtkazgichning chekkasi bilan ulanishi kerak.
Quvurning boʻsh tomoni, quvuroʻtkazgich oʻqi boʻyicha oriyentirlangan marka markazi lazer tutami bilan tutashishi boʻyicha oʻrnatilishi kerak. Shu holatda truba mahkamlanishi, uning ichidan marka chiqarib olinishi kerak. Xuddi shu tarzda keyingi quvurlar ham montaj qilinishi lozim.
349. Agarda lazer toʻplamini quvuroʻtkazgichning boʻylama geometrik oʻqiga tutashtirib boʻlmasa, asbob shtativda quvur oʻqidan past yoki tepada yoki truba ustiga oʻrnatiladi va lazer nurini quvur oʻqiga parallel siljitilgan montaj oʻqiga oriyentirlanishi lozim. Lazer nuri holatiga asosan nazorat markalari quvurning ichiga va tepasiga tegishli konstruksiyadagi tagliklarga oʻrnatilishi kerak.
350. Lazer asbobini transheya tubida oʻrnatish uchun, asbob balandligini 30 dan 200 cm gacha oʻzgartira oladigan shtangali shtativ yoki konsolli shtativ qoʻllanilishi kerak. Asbobni quvur ichida mahkamlash uchun tirgakli taglikdan foydalanilishi lozim.
11-bob. Geodezik ijroiy sʼyomkalar
1-§. Binolar qurilishidagi ijroiy geodezik sʼyomkalar
351. Ijroiy sʼyomkaning bajariladigan joylari, nuqtalari, parametrlari, usullari, bajarish tartibi va hajmi loyiha hujjatlariga binoan IBL (GIBL)da belgilanishi lozim.
352. Ijroiy sʼyomka uchun boshlangʻich geodezik asos sifatida qurilish uchun geodezik rejalash asosi belgilari, oʻqlarni mahkamlash belgilari, konstruksiyadagi montaj nishon chiziqlari (riskalari) qabul qilinishi kerak.
Sʼyomka boshlangunga qadar boshlangʻich asos belgilarining joylashgan oʻrni (holati) oʻzgarmaganligi oʻrganilishi lozim.
353. Ijroiy sxemalar tuzish uchun loyiha hujjatlarining chizmalari (qavatlar, kommunikatsiyalar rejalari, profillar va boshqalar)dan foydalanilishi, ularga ijroiy sʼyomka maʼlumotlari tushirilishi kerak.
354. Ijroiy sʼyomka natijalari boʻyicha, GOST 23615-79 va GOST 23616-79 talablariga binoan aniqlikni baholash bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Aniqlik koʻrsatkichi sifatida oʻrta arifmetik va kichik yoki umumlashtirilgan holda tanlab olingan miqdorlarning oʻrtacha kvadratik ogʻishi S qoʻllanilishi, oʻlchangan ogʻishlar soni cheklangan taqdirda esa, ularning tebranish kengligi (amplitudasi) R, yaʼni maksimal va minimal oʻlchangan ogʻishlar ayirmasi olinishi kerak.
355. Normal ogʻishlarga yaqin boʻlgan haqiqiy taqsimlashda va S ning aniq xarakteristikalarini aniqlashda, ularni ∆ cheklanish bilan quyidagi sharti boʻyicha solishtirishga yoʻl qoʻyiladi.
∆ ≥ 2tS ,
bu yerda:
t — qabul qilish kamchiligi q qiymatiga bogʻliq ravishda qabul qilinadigan koeffitsiyent.
q = 0,25 foiz boʻlganda t = 3 va q = 0,65 foiz boʻlganda t = 2,7 boʻladi.
Qolgan barcha hollarda oʻlchangan ogʻishlar chekli qiymatlar va yoʻl qoʻyiladigan ogʻishlar bilan taqqoslanishi kerak.
356. Tanlab olingan koʻrsatkichlar soni 5 — 10 ga teng boʻlganda, tebranish kengligi (amplitudasi) quyidagi ifodani hisobga olgan holda taqqoslanishi kerak.
R ≤ A S,
bu yerda:
A — tanlab olingan koʻrsatkichlar soni 5,6,7,8,9,10 boʻlganda tegishli ravishda 4,89; 5,04; 5,16; 5,26; 5,34; 5,43ga teng boʻlgan koeffitsiyent.
357. Tuproqdan qilingan inshootlarning ijroiy sʼyomkasida, tekislikda quyidagilar sʼyomka qilinishi kerak: kotlovanlarning qirralari, transheyalar, planirovkani shakllantiruvchi tekisliklarning chegaralari.
Qirralarning yuqori va pastki qismlari sʼyomkasi oʻyilmalarning chuqurligi yoki koʻtarmalarning balandligi 3 m dan ortiq boʻlgan holda bajarilishi kerak. Boshqa hollarda faqat qirraning pastini sʼyomka qilish lozim.
Balandlik boʻyicha kotlovanlarning yuqori va pastki konturlari, poydevor asosi belgilarining oʻzgarish joylari, quvurlar sʼyomka qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Poydevor asosining ijroiy sʼyomkasida:
birinchi bosqichda — asoslarning oʻlchamlari (gabaritlari) va oʻqlarga bogʻlanganligi, tozalashdan yoki beton quyilishdan oldin asoslarning belgi (otmetka)lari aniqlanishi kerak;
ikkinchi bosqichda — xuddi oʻsha geometrik parametrlar loyiha qiymatlariga yetkazilgandan soʻng aniqlanishi kerak.
358. Qoziqli poydevorlar qoʻllanilganda va qoziqlar bir qatorda joylashganda, ularning boʻylama oʻqlariga nisbatan ogʻishini oʻlchagan holda, barcha qoziqlar sʼyomka qilinishi kerak, chekkadagi qoziqlar esa boʻylama va koʻndalang oʻqlarga nisbatan sʼyomka qilinishi kerak.
359. Qoziqlar ikki va uch qatorda joylashganda chekkalardagi qoziqlar ularning boʻylama oʻqlariga nisbatan ogʻishini oʻlchagan holda, qatorlarning boshi va oxirida joylashgan qoziqlar esa boʻylama va koʻndalang oʻqlarga nisbatan sʼyomka qilinishi kerak.
360. Uzluksiz qoziqli maydonda chekkalardagi qoziqlar maydon massivi konturining oʻqiga nisbatan, burchaklarda joylashganlari esa — boʻylama va koʻndalang qoziqlarga nisbatan sʼyomka qilinishi kerak.
Diametri 0,5 m dan ortiq boʻlgan aylana qoziqlar, burgʻilab kiritiladigan qoziqlar va koʻpriklar qurilishida konduktorlar orqali tushiriladigan qobiq qoziqlar boʻylama va koʻndalang oʻqlarga nisbatan sʼyomka qilinishi kerak.
361. Qoziqlarning balandlik boʻyicha loyihaviy holatdan ogʻishi 2 cm dan 3 sm gacha aniqlikda aniqlanishi lozim.
362. Tushirib qoʻyiladigan quduqlar va kessonlarni ijroiy sʼyomka qilishda, tekislikdagi sʼyomka ikki bosqichda bajarilishi kerak: birinchi bosqichda koʻndalang kesimlarning gabaritlari (uzunligi, kengligi, burilish radiusi, diagonallari), loyihaning qoʻshimcha talablarida esa devorlarning qalinligi ham oʻlchanishi kerak.
363. Ikkinchi bosqichdagi sʼyomka qilishda quduqlar va kessonlar oʻqi ogʻishlari joyda mahkamlangan rejalash oʻqlaridan oʻlchanishi lozim.
Quduqlar oʻqlarining vertikaldan siljishini, uni tushirilgan chuqurligining 0,1 qismiga teng boʻlgan intervallarda, ammo 1 m dan ortiq boʻlmagan holda hamda oxirgi chuqurlikda aniqlanishi kerak.
364. Balandlik boʻyicha sʼyomka, choʻkishi va gruntlar siljishi ehtimoli boʻlgan zonalardan tashqarida joylashgan reperlarda bajarilishi kerak.
Balandlik boʻyicha sʼyomka qilinadigan joylar loyiha hujjatida koʻrsatilishi kerak.
Siljishlar va belgi (otmetka)lar cm largacha aniqlikda yoki quduqlar va kessonlar oʻlchamlari va gabaritlariga nisbatan foizda aniqlanishi lozim.
365. Opalubkalar va tutib turuvchi havozalarning ijroiy sʼyomkasida quyidagi ogʻishlar aniqlanishi va sxemalarda koʻrsatilishi kerak:
tayanchlar orasidagi egiluvchan elementlar masofalaridagi, vertikal tutib turuvchi konstruksiyalarning 1 m uzunlikdagi va butun oraliqqa har 1 m intervalidagi bogʻlanishlari;
vertikaldan yoki opalubka tekisligining loyihaviy qiyaligidan va ularning kesishish chizigʻidan 1 m ga va konstruksiyaning butun balandligiga 1 m dan kam boʻlmagan intervaldagi ogʻishni;
poydevor opalubkasi, devorlar, ustunlar, toʻsinlar, tayanch ustunlar, arkalar oʻqlari ogʻishini;
domkratlar ramalari ustunlari holatining va domkratlar oʻqlarining vertikaldan ogʻishini;
inshoot oʻqiga nisbatan surilgan va oʻrni almashtirilgan opalubka oʻqidagi ogʻishni;
toʻsinlar, ustunlar, devorlar opalubkalari ichki oʻlchamlarining loyiha oʻlchamlaridan ogʻishini.
366. Sxemalarda yuqoridagi gumbaz tekisliklari belgilarining yoki ishchi polning sirgʻanma opalubka yuzasining farqi, sirgʻanma opalubkaning konussimonligi, loyihada alohida koʻrsatilgan holatlarda esa, ikki metrli oraliqda opalubkaning notekisliklari koʻrsatilishi kerak.
Oxirgi holatda oʻlchashlar ikki metrli reyka tekisligidan, maʼlum yoʻnalishda tekislikni bir vaqtda oʻlchash amalga oshirilishi kerak. Bunda, ikki metrli reykani tekshiriladigan tekislikka quyidagi tartibda qoʻyib borilishi kerak: 0-dan 2 m gacha; 1-dan-3 m gacha; 2-dan — 4 m gacha va boshqalar.
367. Monolit temir-beton konstruksiyalarning ijroiy sʼyomkasida tekisliklarning va ular kesishgan chiziqlarning vertikaldan yoki poydevorlar konstruksiyalari, devorlar, ustunlar, gorizontal tekisliklarning loyihaviy qiyaligidan ogʻishi aniqlanishi va sxemalarda koʻrsatilishi, sʼyomka konstruksiyaning butun balandligi yoki uchastka tekisligining balandligi boʻyicha bajarilishi kerak.
Sʼyomka nuqtalari orasidagi interval, agarda loyiha hujjatlarida boshqa talablar koʻzda tutilmagan boʻlsa, 1 m bilan chegaralanishi lozim.
Sirgʻanma opalubka usuli bilan quriladigan monolit turar-joy binolarida sʼyomka bajarilishi va sxemalarda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
tekislikda — devorlar kesishgan joylar;
balandlik boʻyicha — oraliqlar, uymalar, tuynuklar va pollarning belgi (otmetka)lari.
368. Yigʻma elementlarning ijroiy sʼyomkasida rejalash oʻqlariga nisbatan poydevor bloklari va stakanlari oʻqlarining loyihaviy belgisi (otmetkasi) hamda yigʻma elementlarning oʻqlari yoki qirralariga nisbatan ogʻishlari aniqlanishi va sxemalarda koʻrsatilishi kerak.
Loyiha hujjatlarida belgilangan holda, tayanch maydonlari oʻlchamlari va konstruksiyalar elementlari orasidagi tirqishlar aniqlanishi lozim.
369. Hajmiy blokli binolarda quyidagilarning ijroiy sʼyomkalari amalga oshirilishi kerak:
tekislikda — bloklarning boʻylama qirralari (chiziqli tayanishda), burchaklar (bloklar burchaklar boʻylab tayanganda);
balandlik boʻyicha — yuk koʻtaruvchi devorlarning tayanch maydonlari.
370. Sanoat binolari va inshootlarida quyidagilar qoʻshimcha ijroiy sʼyomka qilinishi kerak:
tekislikda — ustundan toʻsinlarning oʻqigacha boʻlgan masofalar, kranosti relsining toʻsin oʻqidan siljish masofasi;
balandlik boʻyicha — toʻsin tepasi va relslar bosh qismi belgilarining loyihadan ogʻishi aniqlanishi kerak.
371. Yirik panelli binolarning tekislikdagi ijroiy sʼyomkasida yuk koʻtaruvchi va chegaralovchi devorlar, liftlar, sanitar-texnik va boshqa hajmiy elementlar, tom qoplama panellari (plitalari) sʼyomka qilinishi kerak.
Balandlik boʻyicha harorat choklari orasidagi chegarada tom qoplama plitalarining gorizontalligi va tayanch maydonlarini tashkil etuvchi, tekislikda yonma-yon turgan elementlar belgilarining bir-biridan farqi aniqlanishi lozim.
372. Karkasli bino qurilishida quyidagilarning ijroiy sʼyomkasi bajarilishi kerak:
ustunlar, rigellar, tirgak plitalar, diafragmalar, fermalarning tekislik-balandlik holati;
yuk koʻtaruvchi elementlar tayanch maydonchalarining oʻlchamlari;
elementlar orasidagi tirqishlar;
yuk koʻtaruvchi elementlar tayanch maydonchalarining, chegaralovchi konstruksiyalarning va tashqi devorlarning gorizontalligi.
373. Tirqishlarning qiymatlari, yuk koʻtaruvchi elementlar tayanch maydonchalarining oʻlchamlari, elementlar oʻqlarining bir-biriga toʻgʻri kelmasligi yoki tekislik yuzalarining bir-biriga mos kelmasligi, elementlar oʻqlarining vertikaldan ogʻish qiymati, oʻrnatish detallarining va quduqlarning anker boltlariga toʻgʻri kelgan holati bevosita oʻlchashlar bilan oʻrganilishi hamda oʻqlar yoki qirralar orasidagi masofani nazorat qilish bilan oʻrganilishi kerak.
374. Liftlarning ijroiy sʼyomkasi ikki bosqichda bajarilishi kerak.
375. Birinchi bosqichda shaxtaning qurilish qismi butun balandligi boʻyicha nazorat qilinishi lozim. Sʼyomka jarayonida quyidagi ogʻishlar oʻlchanishi kerak:
shaxta devorlarining vertikal tekislikdan ogʻishi, devorlar enining loyihadagi qiymatidan ogʻishi;
tekislikda har bir yarus kesimida diagonallarning farqi;
shaxta devorlarida agregat va blok xonalari pollaridagi tuynuklarning oʻlchamlari va joylashgan oʻrni hamda shaxtaning barcha balandligi boʻyicha oʻrnatish detallarining (metall karkas yuzasiga tirkaladigan zina maydonchalari va marshlarining chekkalari) oʻlchamlari va joylashgan oʻrni;
metall karkas shaxtalarining pastki ramasi va belbogʻining gorizontal yuzadan ogʻishi, ustunlarning — vertikaldan ogʻishi;
shaxta eshiklari oraliqlari oʻqlarining umumiy vertikal oʻqqa nisbatan ogʻishi;
buferlarni oʻrnatish uchun tumbalarni tayanch yuzalarining gorizontal tekislikdan ogʻishi;
ankerli bufer tagliklarining tumbalarida (yoʻnaltiruvchi tekislikdan) qoldiriladigan quduqlarning vertikal oʻqlari ogʻishi.
Sʼyomkaning ikkinchi bosqichida quyidagi ogʻishlar oʻlchanishi lozim:
xonalardan yoʻnaltiruvchilar va posangining vertikaldan ogʻishi;
xonalardan yoʻnaltiruvchilari (posangi)ning bosh qismlari orasidagi oʻlchamlarning ogʻishi;
yoʻnaltiruvchi tekisligidan bunkerning vertikal oʻqiga va tik chiziqdan va shu kabi ogʻishlar.
376. Tosh konstruksiyalarini ijroiy sʼyomka qilishda quyidagilar aniqlanishi va sxemalarda ogʻishi koʻrsatilishi kerak:
konstruksiyalarning oʻlchamlari (qalinligi), tayanch yuzalari, ikki deraza orasidagi devorning, oraliqlarning, deraza va eshik oʻrinlarining, eni;
oʻqlardan — gʻisht terish burchaklari va kapital devorlarni kesishgan joyining pastki kesimida, vertikaldan — har bir qavat chegarasida va uning balandligi 2 qavatdan yuqori boʻlganda, butun binoga;
gʻisht terish qatorining gorizontaldan har bir metrdan kam boʻlmagan uzunlik oraligʻi;
balandlik boʻyicha — tom qoplamasining devorlarga tayangan maydonlari.
377. Metall konstruksiyalarning ijroiy sʼyomkasini asosan ikki bosqichda bajarilishi lozim.
Birinchi bosqichda poydevorlar tayangan joylar, oʻrnatish detallari, anker boltlarining balandlik boʻyicha ogʻishlarini va siljishlarini, loyihada (alohida) maxsus koʻrsatilganda, yiriklashtirilgan yigʻishlardan keyin konstruksiyalarning gabaritlarini sʼyomkasi bajarilishi va sxemalarda koʻrsatilishi kerak.
Ayrim ishlab chiqarish binolari turlarida ustunlar va boshqa tayanch fermalar, rigellar, oraliq qurilmalar, kranosti toʻsinlari, poʻlat toʻshamalar, minora va minorasimon inshootlar, quvurlar, bunkerlarning, har xil qurilmalarning gʻiloflari, kopyorlar, belbogʻlar, traverslar va shunga oʻxshashlar sʼyomkasi ikki marta (zaruriy sinovlar oʻtkazilguncha va undan keyin) bajarilishi lozim.
Ikkinchi bosqichning ijroiy sʼyomkasi, ularning soniga bogʻliq boʻlmagan xolda, barcha sinovlar oʻtkazib boʻlingandan soʻng amalga oshirilishi kerak.
Sʼyomka boʻladigan joylar, sʼyomka natijalarini aks ettirish shakli, oʻlchash aniqligi loyiha hujjatida belgilanishi lozim.
378. Yogʻoch konstruksiyalarning ijroiy sʼyomkasida quyidagi ogʻishlar aniqlanishi va sxemalarda koʻrsatilishi lozim:
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari oʻlchamlarida uzunligi boʻyicha, balandligi boʻyicha, ular oʻqlari orasidagi masofalardagi ogʻishlar;
vertikaldan siljishlardagi tayanch tugunlar markazlarining tayanch maydonlari markazlaridan ogʻishlar;
oʻyilmaning chuqurligidagi koʻndalang siljishlarning oʻlchovlaridagi ogʻishlar.
379. Pollarni ijroiy sʼyomkasi ikki bosqichda bajarilishi kerak:
birinchi bosqichda pol elementlarining quyidagi belgilari aniqlanishi va qayd qilinishi kerak: asoslarning toʻshama qatlamlarining, yigʻma elementlarning (shu jumladan, tom qoplamasi plitalarining) va boshqalar;
ikkinchi bosqichda qanday materiallardan qilinganidan qatʼiy nazar pol yuzasining belgilari qayd qilinishi kerak. Bu bosqichda polni har bir elementi yuzasining barcha yoʻnalishlarida, agar loyiha hujjatlarida boshqa miqdor koʻrsatilmagan boʻlsa, 1 m dan siyrak boʻlmagan takrorlanishda ravonligi oʻrganilishi lozim.
Bajarilgan ishlar toʻgʻriligining mezoni boʻlib, ikki metrli toʻgʻri chiziqli reyka va pollar yuzasi orasidagi masofa (boʻshliq)ning kattaligi hisoblanishi kerak.
380. Binolarni qurishda ijroiy sʼyomka yordamida quyidagilar aniqlanishi kerak:
elementlar orasidagi tirqishlar, avval yotqizilgan elementlarga montaj qilinadigan elementlar tayanch maydonchalarining uzunliklari;
bir-biriga ulanadigan elementlarning bir oʻqda yotmasligi, elementlar yuzalarining bir-biriga mos kelmasligi;
tik montaj qilingan elementlarning vertikaldan ogʻishi;
qiya montaj qilingan elementlarning loyihaviy qiyalikdan ogʻishi.
381. Qurilmalar va quvuroʻtkazgichlarni montaj qilish uchun quriladigan poydevorlarning ijroiy sʼyomkasi ikki bosqichda bajarilishi lozim:
birinchi bosqichda sement qorishmasi quyilishiga qadar, poydevor qistirmalari payvandlanishidan oldin balandlik sʼyomkasi bajarilishi kerak. Birinchi bosqich sʼyomkasi natijasiga koʻra quyilgan qorishmaning balandligi aniqlanishi lozim;
ikkinchi bosqichda montaj qilingan qurilmalar ijroiy sʼyomka qilinishi lozim.
Texnologik qurilmalarni montaj qilish uchun oʻrnatilgan poydevorning, oʻrnatish detallarining, qistirmalarning va anker boltlarining balandlik boʻyicha ijroiy sʼyomkasi, agar loyiha hujjatlarida boshqa talablar belgilanmagan boʻlsa, 1 mm gacha aniqlikda bajarilishi lozim.
Balandlik sʼyomkasi geometrik nivelirlash yoʻli bilan, gruntlar choʻkadigan zonalardan, oʻrnatiladigan qurilmalar uchun tayanch qurilish konstruksiyalari konturlaridan tashqari zonalarda oʻrnatilgan reperlardan bajarilishi kerak.
Qurilmalar va quvuroʻtkazgichlar montaji uchun quriladigan poydevorlarni tekislikdagi holatining ijroiy sʼyomkasi oʻqlardan yoki ularga parallel boʻlgan chiziqlardan bajarilishi kerak. Bu oriyentirlar qistirma metall buyumlarga chizish uskunalari yoki kernlar yordamida tushirilishi lozim.
Elementlar orasidagi tirqishlar (masofalar), montaj qilinadigan elementlar tayanch maydonlari uzunligi, elementlarning bir oʻqda yotmasligi yoki tekislik yuzalarining bir-biriga mos kelmasligi, vertikal emaslik hamda oʻrnatish detallarining holati toʻgʻriligini, oʻqlar yoki qirralar orasidagi masofalarni bevosita oʻlchab tekshirish lozim.
382. Binolar va inshootlar ijroiy sʼyomkasida lazer asboblaridan, nivelirlardan, gorizontallar hosil qiluvchi asboblardan va boshqalardan foydalanish kerak.
2-§. Kranosti yoʻllarini ijroiy sʼyomkasi
383. Kranosti yoʻllarining ijroiy sʼyomkasini bajarish relslarning toʻgʻri chiziqliligini, ular oʻqlari orasidagi masofani, relslar bosh qismi belgilarining gorizontal tekislikdan ogʻishini aniqlashni oʻz ichiga olishi kerak.
384. Rels oʻqlari orasidagi masofa komparirlangan ruletka, lazer ruletkasi yoki bilvosita oʻlchash usuli orqali aniqlanishi lozim.
Bilvosita oʻlchash usuli boʻyicha temir yoʻl izining eni, rels oʻqlari nuqtalari koordinatalari boʻyicha analitik yoʻl bilan hisoblanishi kerak. Bu koordinatalar sexda tuziladigan ichki rejalash toʻri punktlari orqali aniqlanishi lozim.
385. Relslarning toʻgʻri chiziqliligi va balandlik holati, har xil usullar bilan elektron taxeometrlar yoki reduksiyalash qabul qilgichli qurilish lazerli asboblar yordamida aniqlanishi kerak.
386. Relslarning loyihaviy oʻqi stvorida joylashgan (yoki parallel stvorda) gorizontal nur yordamida kranosti yoʻllarining ijroiy sʼyomkasini bajarishda lazer asbobi rels izi oraligʻining boshlanishida, maxsus taglikka oʻrnatilgan va oʻsha stvordagi oraliqning qarama-qarshi chekkasida oʻrnatilgan lazer boʻyicha oriyentirlanishi lozim.
Oriyentirlangan vizir yoki lazer nuri loyiha oʻqiga parallel boʻlgan vertikal tekislikda, relsdan 20 — 30 sm balandda joylashishi kerak.
Vizir yoki lazer nurini relsning loyihaviy oʻqi stvori bilan aniq moslashtirish 2-3 yaqinlashishda bajarilishi lozim.
Nurning ogʻishi 1-2 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
387. Relsni sʼyomka qilish oraliqning oxirgi nuqtasidan boshlanadi va lazer asbobini navbatma-navbat berilgan joylarga oʻrnatib, oraliqning boshlangʻich nuqtasida tugatilishi kerak.
388. Rels yoʻllarining sʼyomkasi barcha usullarda ham toʻgʻri va teskari yoʻnalishlarda (2 priyomda) bajarilishi lozim.
Birinchi va ikkinchi priyomlar maʼlumotlari orasidagi farq 2-3 mm dan oshmasligi kerak. Ogʻishlarning 2 ta qiymatidan oʻrtachasi hisoblab chiqilishi kerak.
Sʼyomka natijalari boʻyicha relslarning profillari va oraliqdagi ustunlarning rels oʻqlari orasidagi ogʻish va masofalar miqdorini koʻrsatgan holda, rels yoʻlining rejasi tuzilishi lozim.
389. Kranosti yoʻllari sʼyomkasi yetarli darajadagi aniqlikda, oraliqning uzunligi 120 — 130 m gacha boʻlganda teodolit, nivelir yoki elektron taxeometr yordamida, oraliqning uzunligi 100 m gacha boʻlganda esa lazerli asboblar yordamida bajarilishi kerak.
3-§. Yerosti muhandislik tarmoqlarining ijroiy sʼyomkasi
390. Yer osti muhandislik tarmoqlarining ijroiy sʼyomkasi trassa uchastkasidagi transheya va kotlovanlar koʻmilishiga qadar bajarilishi kerak.
Muhandislik tarmoqlari va inshootlarning ijroiy sʼyomkasi davlat geodezik toʻrini tekislik va balandlik belgilariga yoki qurilish maydoni va joyning trassa oldi yoʻl qismining geodezik rejalash asosiga nisbatan bajarilishi lozim.
Tekislikdagi sʼyomka topografik rejada koʻrsatilgan, yaqinda joylashgan mavjud binolarga nisbatan bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
391. Ijroiy sʼyomkalarni bajarish quyidagi ish turlarini oʻz ichiga olishi lozim:
geodezik yoki rejalash toʻrlarining saqlanganlik holatini aniqlash va bu toʻr belgilarini tiklash;
muhandislik tarmoqlari va inshootlar qismlarini sʼyomka qilish va nivelirlash;
ijroiy chizmalar va rejalar tuzish.
392. Har bir yer osti muhandislik tarmoqlari va inshootlari boʻyicha quyidagilar sʼyomka qilinishi kerak:
kanalizatsiya, suvoʻtkazgich, drenaj boʻyicha-trassa oʻqlari, quduqlar, burilish burchaklari, profildagi tarmoqlarning siniq joylari, ulangan va tushirib qoldirilgan joylar, yomgʻir qabul qilgichlar, burilish burchaklaridagi tirgaklar, suv oʻtkazgichlardagi tozalash inshootlari, suvni nasos yordamida uzatish stansiyalari;
gazoʻtkazgich boʻyicha — trassa oʻqi, burilish burchaklari, kameralar, trassaga ulanish joylari, kirish qismlari, profildagi siniqlar, nazorat oʻlchash asboblari (NOʻA) va avtomatika asboblarini oʻrnatish joylari, bosim regulatorlari, kondensatsiya tuvaklari, GTS va GTP gabaritlari;
suvoʻtkazgich (neftoʻtkazgich) boʻyicha — trassa oʻqi, quduqlar, kirish qismlari, avariya paytida tushirib qoldiriladigan joylar, artezian quduqlari, profildagi siniqlar, suv olish kolonkalari va yongʻin gidrantlari, zadvijkalar, zaglushkalar, burilish burchaklarining tirgaklari;
issiqlik tarmoqlari boʻyicha — trassa oʻqi, kameralar, burilish burchaklari, kompensatorlar, ulanish joylari, kirish qismlari, havo oʻtkazgichlar oʻrnatiladigan va drenaj joylari, qoʻzgʻalmas tayanchlar, issiqlik punktlari gabaritlari, qistirma turi va kanal turi;
telefon tarmoqlari boʻyicha — trassa oʻqi, quduqlar, taqsimlash shkaflari, kirish va ulanish joylari, quduqlarning toʻliq kesimi, har bir oraliqdagi kanallarning umumiy soni;
kuchlanishli kabel tarmoqlari boʻyicha — trassa oʻqi (yotqizish usulidan qatʼiy nazar), quduqlar, tunnellar va kollektorlar, shaxsiy nomerlari bilan transformator podstansiyalari, muftalar, kabel zaxirasi ilmoqlari, tayanchlar va bino devorlariga chiqish joylari, RP va TP binolari gabaritlari.
Trassaning toʻgʻri chiziqli uchastkalarida sʼyomka qilinishi kerak boʻlgan nuqtalar orasidagi masofa 1:500, 1:1000, 1:2000 masshtabli chizmalarni tuzish uchun tegishli ravishda 20, 30, 50 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Yer osti tarmoqlarining barcha turlari uchun quyidagilar sʼyomka qilinishi kerak:
tarmoqlar oʻqlari kirishlari (chiqishlari)ning bino va inshootlar tashqi qirralari bilan kesishish nuqtalari;
quvurlar diametrlari oʻzgargan joylar.
393. Barcha turdagi bosimli quvuroʻtkazgichlarda plastik quvurlardan foydalanilganda uni yoniga yotqizilgan diametri 2,5 — 4,0 mm2 boʻlgan izolyatsiyalangan mis simni metall quvurni boshlangʻich va oxirgi qismlari bilan ulangan joylari sʼyomkada koʻrsatilishi, bunda yotqizilgan simda uzilishlari boʻlmasligi zarur va u tok oʻtkazuvchi yagona zanjir hosil qilishi kerak.
394. Ijroiy sʼyomkada yer osti qistirmalari, teshiklar, quvurlar materiallari, quduqlar, kanallarning soni toʻgʻrisida, quvurlar va kanallar diametrlari oʻlchamlari toʻgʻrisida, gaz tarmoqlaridagi bosim va kabel tarmoqlaridagi kuchlanish toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻilishi kerak.
395. Yer osti muhandislik tarmoqlari bloklar va tunnellarda joylashgan taqdirda, ularning faqat bir tomoni sʼyomka qilinishi kerak.
Bunda, ikkinchi tomoni oʻlchashlar maʼlumotlari boʻyicha tushirilishi lozim.
Yer osti muhandislik tarmoqlarining chiqib turgan joylari va ular elementlarining konstruksiyalari bir-biri bilan oʻlchashlar orqali bogʻlanishi va nazorat oʻlchashlari orqali qurilish joyining eng yaqin boshlangʻich konturiga bogʻlanishi kerak.
396. Kabellar toʻplamining ijroiy sʼyomkasida bogʻlashlar boʻyicha oʻlchashlar, toʻplamning eng chekkasidagi kabellargacha bajarilishi lozim.
397. Ijroiy sʼyomka olib boriladigan trassa oldi yoʻl qismining eni trassa oʻqining ikkala tomoniga 20 m dan kam boʻlmasligi yoki texnik topshiriqda belgilangan boʻlishi kerak.
Geodezik ishlarni olib borishda quduqlarning, kameralarning, burilish burchaklariga loyiha hujjatlariga mos keladigan tartib raqamlari qoʻllanilishi lozim. Inshootning qoʻshimcha, shunga oʻxshash elementlari aniqlanganda, oshib borish tartibida bundan oldingi element nomeri berilishi kerak. Bu holda, bu raqam “shtrix” belgisi bilan belgilanishi lozim.
Kuzatish quduqlarining doirasimon lyuklarida, lyuk qopqogʻining markazi, toʻgʻri burchakli lyuklarda esa — ikkita burchagi aks ettirilishi (qayd qilinishi) lozim.
398. Transheyalar qazilganda ochilgan, qistirmalarni kesib oʻtgan va transheyaga parallel joylashgan barcha yer osti inshootlari albatta sʼyomka qilinishi kerak.
Yuqorida koʻrsatilgan muhandislik tarmoqlari elementlari sʼyomkasi bilan bir qatorda oʻtkazilayotgan trassaga yaqin (yondosh) barcha binolarning sʼyomkasi ham bajarilishi kerak.
399. Qurilish elementlari bir metr dan ortiq chuqurlikka oʻrnatilganda, ularning nuqtalari yer yuziga shovun yoki doiraviy adilakli reyka yordamida chiqarilishi lozim.
Elementlarning aylanma qismlarining sʼyomkasi tuzilayotgan reja masshtabida ularning geometrik oʻxshashliklari aks ettirilgan holda bajarilishi lozim.
400. Quduqlar va kameralar ijroiy sʼyomkasida inshootlarning ichki va tashqi gabaritlari, ularning konstruktiv elementlari oʻlchanishi kerak. Quvurlar va uni turli qismlarining holati quduq qopqogʻi markazidan oʻtadigan tik chiziqqa nisbatan aniqlanishi kerak.
Quduqlar va kameralar maqsadi va konstruksiyalari, gaz va suyuqliklarning harakat yoʻnalishi koʻrsatilgan holda, ularda mavjud boʻlgan armaturalarning tavsifi aniqlanishi lozim.
401. Gaz va issiqlik tarmoqlari uchun alohida sxema tuzilishi kerak.
Unda quvuroʻtkazgichlarning payvandlab biriktirilgan joylari quduqlar yoki kameralar lyuklariga nisbatan koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
402. Yer osti muhandislik tarmoqlari ijroiy sʼyomkasi jarayonida abris tuzilishi kerak.
Abrisda tafsilotning teodolit yoʻli nuqtalari va tomonlariga nisbatan chizilgan xomaki chizmalar beriladi, teodolit yoʻli va qurilish obyektlariga tarmoq elementlari bogʻlanishining sxemalari va miqdoriy qiymatlari, inshootning tekislikdagi oʻlchamlari, kesimlari va boshqalar koʻrsatilishi lozim.
403. Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan quduqlarda faqat lyuk markaziga nisbatan markazdan chetlashganligi va lotokning oriyentatsiyasi aniqlanishi lozim. Markazdan chetlashganlik, shovun va ruletka yordamida aniqlanishi kerak.
404. Barcha yer osti muhandislik tarmoqlari va ularga taalluqli inshootlarning tekislikdagi holati quyidagicha aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi:
qurilish boʻlgan hududlarda — kapital qurilishning boshlangʻich nuqtalaridan, geodezik yoki rejalash toʻrlaridan va sʼyomka asosidan, maxsus oʻtkazilgan poligonometriya yoki teodolit yoʻllari nuqtalaridan;
qurilish boʻlmagan hududlarda — sʼyomka asosidan, geodezik toʻr punktlaridan yoki maxsus oʻtkazilgan poligonometriya yoki teodolit yoʻllaridan.
Yer osti muhandislik tarmoqlarining chiqqan joylari va ularning burilish burchaklari qurilish boʻlmagan hududda koordinatasi aniqlanishi lozim.
405. Qurilish boʻlgan hududda quduqlar va burilish burchaklari nuqtalarini koordinatasini aniqlash faqat qoʻshimcha texnik topshiriqqa asosan bajarilishi kerak.
406. Yer osti muhandislik tarmoqlari elementlarini tekislikdagi holatining ijroiy sʼyomkasi quyidagi usullardan bittasi yordamida amalga oshirilishi lozim:
poʻlat lenta yoki lazer ruletkasi yordamida kamida uchta asos nuqtadan chiziqli kesishtirish usuli bilan. Bu holda kesishtirish chiziqlarining uzunligi poʻlat oʻlchagich lentaning uzunligidan (20-50 m) ortiq boʻlmasligi kerak, aniqlanadigan nuqtada kesishishadigan chiziqlar orasidagi burchaklar 30 gradusdan kam va 120 gradusdan ortiq boʻlmasligi kerak (lazer ruletkasi uchun kesishtirish masofasi yoritilganlik ortishiga bogʻliq ravishda 20-30 m gacha kamayadi);
uzunligi 4 m dan ortiq boʻlmagan perpendikulyarlar usuli bilan, sʼyomkani asoslash nuqtalarini biriktiruvchi chiziqlardan, poligonometriya yoki teodolit yoʻllari yoki kapital qurilish nuqtalaridan hamda ularning stvorini davom ettiruvchi chiziqlardan. Stvor davomining uzunligi stvorning chekka nuqtalari orasidagi masofaning yarmidan ortiq boʻlmasligi, ammo 60 m dan ortiq boʻlmasligi lozim;
qutbiy usulda, tayanch geodezik toʻrlari punktlaridan, sʼyomkani asoslash va teodolit yoʻllari nuqtalaridan yoki geodezik kesishtirish bilan ishonchli tarzda aniqlangan yordamchi nuqtalaridan.
407. Sʼyomkaning qutbiy usulida elektron taxeometr yoki optik teodolit qoʻllanilishi lozim.
Asbobning nol limbi asbobdan 50 m dan kam boʻlmagan masofada joylashgan geodezik toʻrning qoʻshni nuqtasiga oriyentirlanishi, elektron taxeometr yordamida sʼyomka bajarilganda qutbiy yoʻnalish uzunligi 500 m gacha olinishi, teodolit va ruletka yordamida sʼyomkada qutbiy yoʻnalish uzunligi 30 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Lazer ruletkasi yordamida esa jadallik va yoritilganlikka bogʻliq ravishda 100 m gacha boʻlishi lozim.
408. Yer osti muhandislik tarmoqlari nuqtalarining sʼyomkasi har qanday usullar yordamida bajarilganda ham, majburiy tarzda ular orasidagi masofalarning nazorat oʻlchovlari amalga oshirilishi kerak.
409. Sʼyomkalarda barcha chiziqli oʻlchashlar elektron ruletkalar, poʻlat ruletkalarda amalga oshirilishi lozim. Chiziqlarni tasmali ruletkalarda oʻlchashga yoʻl qoʻyilmaydi.
410. Transheyalar ichida joylashgan yer osti muhandislik tarmoqlari nuqtalari, sʼyomka paytida, yer yuziga shovun yordamida uzatilishi kerak.
411. Sʼyomka qilinishi kerak boʻlgan yer osti muhandislik tarmoqlari elementlarining barcha nuqtalari, navbatma-navbat, sʼyomka davomida dala chizmalari va jurnallarda raqamlanib borilishi lozim.
412. Yer osti muhandislik tarmoqlari elementlarining planda oʻzaro holatining chekli xatoligi 50 m gacha masofada 0,2 mmdan ortiq boʻlmasligi kerak.
413. Muhandislik tarmoqlarining barcha nuqtalarida balandlik sʼyomkasi qilinishi kerak.
Yer osti muhandislik tarmoqlari elementlarining balandlik holati transheyalar koʻmilishiga qadar nivelir tarmogʻi reperlariga nisbatan texnikaviy nivelirlash yoʻli bilan aniqlanishi, oʻtib ketadigan kollektorlar polining balandlik holati ularning ichida oʻtkazilgan nivelir yoʻllari orqali aniqlanishi, yer osti muhandislik tarmoqlarining balandlik koordinatalarini shartli tizimda aniqlash taqiqlanishi kerak.
414. Tekislikdagi sʼyomka jarayonida belgilangan nuqtalarning raqamlanishi, nivelirlashda oʻzgartirilmasligi lozim.
415. Nivelirlash orqali kollektor poli, kabel kanalizatsiyasi paketi (bloki)ning tepalari, zirhli kabel tepasi, oʻzioqar quvuroʻtkazgichlar, bosimli lotoklarining tepa qismi, xarakterli joylarda (transheyalar chetida) yer yuzasi, kuzatish lyuklari chekkalari va tekislikda sʼyomka qilinishi kerak boʻlgan boshqa barcha nuqtalar aniqlanishi, bundan tashqari yangi muhandislik tarmoqlarini qurishda ochilgan barcha eski tarmoqlar elementlarining balandlik belgilari aniqlanishi kerak.
416. Yer osti tarmoqlari juda chuqurda yotqizilganda, ularni nuqtalarining balandlik holati metall ruletka (yoki lazer ruletkasi) bilan yer yuzasi sathida joylashgan, balandlik belgisi maʼlum boʻlgan turgʻun nuqtadan vertikal masofani oʻlchash natijalari boʻyicha yoki boshqa belgilarni olishning kerakli aniqligini taʼminlovchi usullar bilan olinishi kerak.
4-§. Yer osti muhandislik tarmoqlari ijroiy sʼyomkasini rasmiylashtirish
417. Muhandislik tarmoqlari ijroiy sʼyomkasi materiallari qayta ishlab chiqilgandan soʻng, qurilish loyihasi masshtabida ijroiy chizma yoki ijroiy sʼyomka natijalari rejasi tuzilishi lozim.
418. Yer osti muhandislik tarmoqlari ijroiy chizmasini tuzishda trassa oʻqidan ikki tomonga 20 m dan kam boʻlmagan tasma (agarda sʼyomka enining boshqa miqdori texnik topshiriqda belgilanmagan boʻlsa) uchun binolar konturi, ularning tavsifi, koʻchalar qoplamalarining turlari, daraxtlar, elektr uzatish liniyalari ustunlari, devorlar va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
419. Ijroiy chizma tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim:
uchastkalarning 1:2000 masshtabdagi, uchastkaning joylashgan joyi va barcha muhandislik tarmoqlari uchun yaqin boʻlgan koʻchalar va tor koʻchalar koʻrsatilgan tafsilotlar rejasi;
trassa rejasi;
gorizontal masshtabi tekislik masshtabiga teng, vertikal masshtabi esa, gorizontaldan 10-marta katta boʻlgan boʻylama profil;
tarkibidagi materiallari, ogʻzining (gorlovina) balandligi, quduqqa kiritiladigan quvurlarning joylashishi va bogʻlanishi, yondosh quduqqa yoʻnalishlari va kirishlari, kollektorlar, kanallar, gʻiloflar, bloklar, toʻshamalarning xarakterli kesimlari koʻrsatilgan holda quduqlarning (kameralarning) oʻlchamlari.
420. Ijroiy chizmalarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
ijroiy sʼyomkani bajargan tashkilotning nomi, telefonlari, elektron manzili;
ishlar bajarilgan uchastkaning manzili;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotning nomi va hujjatlar chiqarilgan sana;
loyiha hujjatlarini muvofiqlashtirish raqami va sanasi;
ishlarni bajarish huquqini beruvchi orderning raqami va sanasi;
raqam va nazorat geodezik sʼyomka oʻtkazilgan sana yoki ijroiy chizma toʻgʻri tuzilganligini va asliga mosligi tasdiqlanganligi.
421. Yer osti muhandislik tarmoqlari loyihadan chekingan holda yotqizilganda, tarmoqning haqiqiy joylashgan joylari tarmoq ishchi chizmalar va profillariga qizil rangda tushirilishi kerak.
422. Qogʻozda chizilgan chizmalardan tashqari ularni raqamli moslashtirilgan vektor formati koʻrinishida topshirishga yoʻl qoʻyiladi.
423. Barcha ijroiy chizmalar va ijroiy sʼyomkalar boʻyicha yer osti muhandislik tarmoqlari qayta yotqizilguncha yoki rekonstruksiya qilinguncha va yangi ijroiy chizma tuzilguncha saqlanishi kerak.
5-§. Qurilish maydonining operativ ijroiy geodezik rejasi
424. Agar qurilish jarayonida loyiha hujjatlariga uzluksiz ravishda aniqliklar, qoʻshimchalar va hokazo oʻzgartirishlar kiritishda qurilish maydonining operativ ijroiy geodezik rejasi (OIGR) tuzib borilishi kerak.
425. OIGRda maʼlum sanadagi qurilish maydonidagi inshootlarning holati qayd qilinishi lozim.
426. OIGR hujjatlari tarkibiga asosiy, mufassal va yordamchi hujjatlar kirib, OIGRning asosiy grafik hujjatlariga quyidagilar kirishi lozim:
1:10000-1:50000 masshtablardagi rayonning obzor kartalari;
1:2000-1:10000 masshtablardagi asosiy obyektlar va tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishining jamlovchi rejasi;
1:500-1:2000 masshtablardagi qurilish maydonining rejasi;
1:500-1:2000 masshtablardagi qurilayotgan turar-joy majmuasi, mikrorayon, kvartal rejasi;
1:500-12000 masshtablardagi yordamchi bino va inshootlarning qurilish rejasi;
1:1000-1:2000 masshtablardagi turar-joy majmualari bilan qurilish materiallari yirik karyerlarining rejalari.
427. Rejaning masshtablari qurilishning zichligi, obyektlarning xarakteri va ularni aks ettirishning mufassalligiga boʻlgan talablarga bogʻliq ravishda tanlanishi, obyektlarning nomlari, jadval koʻrinishida berilishi, unda rejada koʻrsatilgan barcha obyektlarning roʻyxati keltirilishi lozim. Obyektlarning nomeri ularning tasviridagi doirachalar ichida yozilishi kerak.
428. Qurilish rayonining umumiy koʻrinish xaritasi, tashqi muhandislik tarmoqlarini qoʻshib hisoblaganda 10 km2 dan kam boʻlmagan hududni egallagan yirik obyektlar uchun tuzilishi lozim.
429. Qurilishning umumiy koʻrinish rejasida asosiy qurilish obyektlari, mavjud va endi foydalanishga kiritilayotgan muhandislik tarmoqlari, asosiy muhandislik tarmoqlari bilan birga yordamchi inshootlar koʻrsatilishi lozim.
430. Umumiy koʻrinish rejasiga geodezik va rejalash toʻrining punktlari, joyning relyefi, tashqi chiziqli inshootlar va shunga oʻxshash tafsilotlar tushirilishi kerak.
431. Qurilish maydonining yirik masshtabli rejasida koordinatalar va qurilish toʻrlari, geodezik toʻr punktlari, bino va inshootlarning asosiy va xarakterli nuqtalarining koordinatalari, muhandislik tarmoqlari va inshootlar, relyef koʻrsatilishi kerak.
432. Aniqlik kiritilishi kerak boʻlgan tafsilotlar va relyef rejaga qalamda tushirilishi lozim.
433. Batafsil (obyektlar boʻyicha) grafik hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
yer usti va yer osti muhandislik tarmoqlari va inshootlarining, havo yoʻllari va kommunikatsiyalarining sxemalarini;
geodezik tekislik va balandlik asosini, binolar rejalash oʻqlarining belgilari mahkamlangan, ishchi reperlar oʻrnatilgan joylarni, hamda vertikal tekislash boʻyicha materiallar va tuproq ishlarining kartogrammalarini.
434. Batafsil grafik hujjatlar asosiyni toʻldirishi va uni takrorlamasligi kerak. Bunday hujjatlar ixtiyoriy masshtablarda tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, aniq raqamli maʼlumotlarni (koordinatalar, balandliklar, oʻlchamlar va boshqalar) oʻz ichiga olishi lozim.
435. OIGRning yordamchi tushuntiruvchi hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
geodezik asos punktlarining koordinatalar va balandliklar katalogi, shu jumladan qurilish toʻrlari, binolarning oʻqlari va xarakterli nuqtalari;
yoʻl trassalari va boshqa chiziqli inshootlar burilish burchaklarining, toʻgʻri va egri chiziqlarining qaydnomalari;
binolarni rejalashni va ijroiy sʼyomkalarini hisobga olish qaydnomalari;
geodezik punktlar chizmasi (abrisi), shu jumladan yer osti muhandislik inshootlari, ularning turlari boʻyicha (suvoʻtkazgich, kanalizatsiya, gaz va boshqalar);
qurilish maydonlari xarakterli joylarining qirqimlari va profillari;
inshootlarni rejalash va ijroiy sʼyomkalar boʻyicha hisoblash materiallari.
12-bob. Bino va inshootlar deformatsiyalarini geodezik kuzatishlar
436. Bino va inshootlar joyini oʻzgartirishi va deformatsiyalarining geodezik kuzatuvlari (qurilish obyektlarining geodezik monitoringi) quyidagi maqsadlarda olib borilishi lozim:
ularning absolyut va nisbiy deformatsiyalari miqdorini hisoblash usullarini eksperimental yoʻl bilan tekshirish;
turli turdagi zamin gruntlari hamda bino va inshootlar uchun deformatsiyalarning yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy chekli miqdorlarini aniqlash;
ekspulatatsiyadagi bino va inshootlarda deformatsiyalar roʻy berishining sabablari va xavflilik darajasini aniqlash, yuz bergan deformatsiyalarni bartaraf qilish boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar qoʻrish uchun raqamli va geometrik maʼlumotlarni olish.
437. Qurilish jarayonida bino va inshootlar, ularning zamini va konstruksiyalari deformatsiyasini (choʻkishi, siljishi, ogʻishini) geodezik kuzatishlar loyiha tashkiloti tomonidan, bino va inshootlarni belgilangan maqsadi va konstruktiv yechimlarini hisobga olgan holda tuziladigan maxsus texnik topshiriq boʻyicha amalga oshirilishi, texnik topshiriqda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
bino va inshootlarning kuzatilishi kerak boʻlgan qismlari;
tayanch (boshlangʻich) va nazorat markalari va reperlarining joylashishi;
vaqt boʻyicha kuzatuvlarning davriyligi;
talab qilingan aniqlik;
hisobot hujjatlari roʻyxati.
Texnik topshiriqqa quyidagilar ilova qilinishi kerak: qurilish maydonida binolar va muhandislik tarmoqlari joylashishining rejasi, deformatsiya markalari oʻrnatilishi moʻljallangan birinchi qavat poydevorlarining rejalari, oʻq oʻlchamlari va balandlik belgi (otmetka)lari bilan binolarning (boʻylama, koʻndalang) kesimlari.
438. Kuzatuvlar poydevorlar qurilishi bosqichlaridan yoki qurilish tugallangandan soʻng, binolarda kuchli deformatsiyalar belgilari koʻringanda boshlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
439. Bino va inshootlarning siljishlari va deformatsiyalarini geodezik kuzatishni qurilishning butun davri davomida va ularni ekspluatatsiya qilish davrida, deformatsiyaning shartli barqarorlashishi tegishli parametrlarga yetguncha olib borish kerak.
Ekspluatatsiyadagi binolar deformatsiyasi va siljishlarini kuzatishlar darzlik paydo boʻlishi, choklarning ochilishi hollarida hamda zamin gruntlari barqaror holatini keskin buzilishi holatlarida olib borilishi kerak.
440. Binolar siljishlari va deformatsiyalarini kuzatishni tayyorlash, kuzatuv jarayonlari quyidagi bosqichlardan tashkil topishi lozim:
oʻlchashlar dasturini ishlab chiqish;
tekislik va balandlik toʻrlarini tayanch geodezik belgilarining konstruksiyalarini, oʻrnatish joylarini tanlash va oʻrnatish;
oʻrnatilgan tayanch geodezik belgilarini balandlik va tekislikda bogʻlash;
binolarda deformatsiya markalarini oʻrnatish;
vertikal va gorizontal siljishlar va ogʻishlarni shartlanilgan vaqt oraliqlarida davriy (sikl) instrumental oʻlchashlari;
oʻlchashlar natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
441. Bino va inshootlar choʻkishini kuzatish geometrik nivelirlash usullari yordamida olib borish kerak. Bunda, choʻkishni kuzatishdagi yoʻl qoʻyarli xatolar quyidagilardan oshmasligi lozim:
1 mm — qoyatosh va yarim qoyatosh gruntlarda quriladigan bino va inshootlar uchun;
2 mm — qumli, gilli va boshqa siqiluvchan gruntlarda quriladigan bino va inshootlar uchun;
5 mm — uyilma, choʻkuvchan va boshqa oʻta siqiluvchan gruntlarda quriladigan bino va inshootlar uchun.
442. Bino va inshootlar qismlarining siljishlarini (gorizontal siljishlar) stvor kuzatuvlari, alohida yoʻnalishlar boʻyicha, triangulyatsiya, trilateratsiya, fotogrammetriya va kombinatsiyalangan usullar yordamida oʻlchashga yoʻl qoʻyiladi. Siljishlar miqdorini aniqlashda xatoliklar quyidagilardan oshmasligi kerak:
1 mm — qoyatosh va yarim qoyatosh gruntlarda quriladigan bino va inshootlar uchun;
3 mm — qumli, gilli va boshqa siqiluvchan gruntlarda quriladigan bino va inshootlar uchun;
10 mm — uyilma, choʻkuvchan va boshqa oʻta siqiluvchan gruntlarda quriladigan bino va inshootlar uchun;
15 mm — tuproq inshootlari uchun.
443. Bino va inshootlar ogʻishini optik usullar (vizirlash, proyeksiyalash, koordinatsiyalash) yoki mexanik usullar (shovunlar, yoki ogʻishni oʻlchagichlar) oʻlchashlar yordamida amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ogʻishlarni oʻlchashda yoʻl qoʻyiladigan xatoliklar quyidagilardan oshmasligi kerak:
fuqaro va sanoat bino va inshootlar devorlari balandligining 0,0001 qismidan;
aloqa inshootlari machtalari va elektr uzatish liniyalarining, tutun chiqaruvchi moʻrilarining va shu kabi inshootlar balandligining 0,0005 qismidan;
mashinalar va agregatlar poydevorlarining balandligining 0,00001 qismidan.
Proyeksiyalash usulida bino va inshootlarning ogʻishini aniqlashda ustiga qoʻshimcha ravishda oʻrnatiladigan adilak bilan taʼminlangan teodolitlar yoki vertikal proyeksiyalash asboblari qoʻllanilishi lozim.
444. Bino va inshootlar deformatsiyalarini geodezik kuzatishda oʻlchash usullari, asboblar va tayanch va nazorat marka va reperlarini joylashtirish, oʻlchashlarning zaruriy aniqligini va atrof-muhit holatini hisobga olgan holda ular natijalarining ishonchliligini taʼminlashi kerak.
445. Binolar siljishlari va deformatsiyalarini oʻlchash ishlari jarayonida oʻlchashlarning har bir siklida olingan natijalari quyidagicha qayta ishlashnishi kerak:
dala jurnallarini oʻrganish;
geodezik toʻrlarni tenglash;
markalar choʻkishi, yoʻnalishlarni (burchaklarning) absolyut va nisbiy ogʻish qiymatlarini, deformatsion markalarni fazoviy siljishlarining balandlik belgilarining qaydnomalarini tuzish;
oʻtkazilgan oʻlchashlarning aniqligini yoʻl qoʻyilgan xatolarni (yoki bogʻlanmasliklar) ushbu usulni chekli xatosi va oʻlchashlar aniqligining sinfi bilan solishtirishni ham qoʻshib baholash;
oʻlchashlar natijalarini grafik koʻrinishida rasmiylashtirish.
446. Bino va inshootlar siljishi va deformatsiyalarini oʻlchash natijalarining har bir davri boʻyicha oraliq yoki yakuniy texnik hisobot tuzish kerak. Birinchi va yakuniy davrlar hisobotiga quyidagilar kiritilishi lozim:
ushbu obyektda deformatsiyalarni oʻlchash maqsadining qisqacha bayoni;
zamin geologik tuzilishining, gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlarining tavsifi va poydevorlar ostidagi zaminlar muhandislik — geologik qirqimlari;
binoning va uning poydevorini konstruktiv xususiyatlari;
oʻrnatilgan reperlar, tayanch va oriyentir belgilari, deformatsiya markalari, darzliklar rivojlanishini oʻlchash qurilmalari konstruksiyalarining bayoni;
tayanch va deformatsion belgilarining joylashish sxemalari;
qoʻllanilgan oʻlchash usullari;
deformatsion belgilarning koordinatalari va siljishlarining qaydnomalari;
vertikal, gorizontal siljishlar, ogʻishlar, darzliklarning zamonda rivojlanishi, zaminga bosimning ortishi grafiklari va epyuralari;
deformatsiyalar paydo boʻlish imkonini tugʻdiradigan omillar roʻyxati;
oʻlchashlar natijalari toʻgʻrisida xulosalar.
447. Oraliq hisobotlarga geodezik belgilarining joylashish sxemalari, deformatsion belgilarining koordinatalari va siljishlarining qaydnomalari, deformatsiyalar grafigi, joriy xulosalar va takliflar kiritilishi lozim.
13-bob. Qurilishda geodezik ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi
448. Balandliklar farqi 1,3 m dan ortiq boʻlgan joyda ishlovchi geodezistlarning ish joylari muhofaza devori yoki signallari bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
449. Balandda bajariladigan ishlarga tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar qoʻyilishi lozim.
450. Xandaqlarning devorlari osilib turgan joylar yaqinida, mustahkamlanmagan tuproqli yonbagʻirlarining chetida, yuk koʻtaruvchi mexanizmlar strelasi ostida, yuk koʻtaruvchi mexanizmlar ishlayotgan vaqtida ularning yonida turib (ular ishlamayotgan boʻlsa ham) geodezik ishlarni olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
451. Qish paytida grunt yoki beton elektr toki yordamida isitilayotganda, chiziq oʻlchashlarni poʻlat lenta yoki ruletkani elektr kuchlanishi ostida boʻlgan armaturaga tegizmasdan olib borish kerak. Geodeziya ishlarini izolyatsiyalanmagan elektr simlar oʻtgan joylarda olib borilganda, bu liniyalarni tok manbaidan uzib qoʻyish kerak. Geodezik asboblar va moslamalarni yoritish zarurati tugʻilganda, faqat shaxtyorlar yoki choʻntak elektr fonarlaridan foydalanish kerak.
452. Geodezistlarni asboblar bilan birga bino tepasiga faqat toʻsiqlari boʻlgan zinapoyalardan chiqarishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Zinalar ishga yaroqli (butun) boʻlib, mustahkam mahkamlangan boʻlishi kerak. Loylardan, qor va muzdan tozalanmagan zinalarda asboblar bilan yurmaslik lozim. Uzil-kesil mahkamlanmagan va toʻsiqlari boʻlmagan opalubkalar boʻylab yurish taqiqlanadi. Vertikal boʻyicha trosdan, kanatdan foydalangan holda, hamda montaj gorizontining chetida, kashak, pardevor, kapital devor boʻylab harakatlanish taqiqlanishi lozim.
453. Yuqorida ustundan ustunga, rigeldan rigelga asboblar bilan oʻtishga faqat toʻsiqlari boʻlgan havozalar va koʻchma koʻpriklar orqali yoʻl qoʻyiladi. Xavfli joylarda ishlayotgan paytda ijrochi oʻzini saqlash kamari yordamida qattiq mahkamlangan konstruksiyalarga bogʻlashi, asboblar qulab ketishining oldini olishi kerak.
454. Geodezist montaj gorizontida ishlayotgan paytda uning uchun xavfli boʻlgan barcha teshik va tuynuklar yopilgan yoki toʻsilgan boʻlishi kerak.
455. Vertikal proyeksiyalash usuli bilan rejalash toʻri nuqtalarini binoning qavatlariga uzatishda, tom qoplamalaridagi tegishli teshiklardan turli predmetlar tushib ketishini oldini olish uchun ularning atrofi toʻsilishi kerak.
456. Qurilish maydonida ishlarni bajarayotgan geodezist xavfli zonadan tashqarida boʻlishi kerak. Geodezik asboblar montaj qilinayotgan elementdan uning 1,5 balandligiga teng masofadan nariga oʻrnatilishi kerak.
457. Suvoʻtkazgich, kanalizatsiya va boshqa quduqlar ichida ijroiy sʼyomka amalga oshirilishidan oldin ularda zaharli yoki zararli gazlar yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak.
458. Geodeziya ishlarini bajarishga quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyilmaydi:
kuchi olti balldan ortiq keskin shamol boʻlgan paytda, kuchli qor, yomgʻir yogʻishida, tumanda, kuchsiz yorugʻlikda va boshqa koʻrish masofasini qisqartiradigan sharoitlarda;
montaj gorizontida himoya kaskalari va kamarlarisiz, yuk koʻtarish mexanizmlari montaj qilinayotgan va ular ishlayotgan zonalarda;
qurilish maydonida (yer muzlab toygʻoq boʻlgan paytda);
shosse yoʻllarining transport yuradigan qismlarida va temir yoʻllarining transport gabaritlari zonasida.
459. Qurilish maydonida lazer nurlaridan foydalangan holda ish bajarilganda quyidagi ehtiyot choralarini koʻrish kerak:
lazer asbobi va taʼminlash manbai blokining korpusini yerga ulash;
lazer asbobi va taʼminlash manbai blokini ishlayotgan paytda ochish qatʼiyan man qilinishi (bu paytda asbobning “chiqishi” 1500-2500V kuchlanish ostida boʻladi);
boʻlinmalarni tokdan chiqarish, elektr toki bilan taʼminlash manbai blokini oʻchirgandan soʻng kamida 1,5 min oʻtgandan soʻng amalga oshirilishi;
asbobning ulanish kabellari shikastlanmagan boʻlishi;
qurilish maydonida ishlayotgan barcha mutaxassislar lazer nurining koʻz toʻriga zararli taʼsir koʻrsatishidan xabardor boʻlishi;
lazer nuri imkon boricha ishlovchilarning boshidan yuqori yoki belidan pastda oʻtishi va bevosita koʻzga tushmasligi;
lazer nur tutami yoʻliga koʻzgu yoki yarqiroq metall predmetlar qoʻyilmasligi;
lazer nurini uni qoʻllash zonasidan tashqariga chiqarmaslik;
ishlar olib boriladigan joy atrofi oʻralgan boʻlishi va ogohlantirish signali, signal lampasi yoki ogohlantirish plakati bilan boʻlishi.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Qurilishdagi geodezik ishlarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Qurilishdagi geodeziya ishlarni taʼminlash uchun tavsiya etiladigan asboblar
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Geodezik rejalash tarmoqlarini barpo etish sxemasi
1-rasm. Qurilish maydonida geodezik rejalash asoslarining sxemasi
2-rasm. Qurilish obyektida oʻqlarni mahkamlash sxemasi:
a) — murakkab shaklli bino oʻqlarini tekislikda koʻrinishi;
b) — v) — toʻgʻri burchak shaklli bino oʻqlarini tekislikda koʻrinishi
rejalash asosini tayanch tomonini stvor nuqtasiga nisbatan YEYE oʻqni va radial oʻqlar kesishish markazi 0 ni joyga koʻchirish
teodolit yoʻlini yaqin punktlarga nisbatan binoni AA asosiy oʻqini joyga koʻchirish
tayanch geodezik toʻrining punktlari (DGT)
geodezik rejalash asosini punktlari
15-16 tomondagi stvor punkti S
chiziqli va burchakli rejalash elementlari binoni asosiy oʻqlari mahkamlangan punktlar (binoni geodezik asosi).
3-rasm. Geodezik rejalash asosining sxemasi va inshoot oʻqlarining nuqtalarini joyga koʻchirish
4-rasm. Qurilish maydonidagi qurilish toʻri shaklidagi rejalash toʻri
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Geodezik belgilar turlari va ularni mahkamlash sxemalar
1-200x200 mmli plastina; 2-koordinata boʻrtigʻi; 3-diametri 5070 mm boʻlgan quvur; 4-gruntning muzlash chegarasi; 5-langar; 6-rels; 7-burgʻu qudugʻi; 8-qoziqoyoq; 9-sferik yuza; 10-boʻshang grunt qatlami; 11-qoziqoyoqning mustahkam gruntlarga kirish chuqurligi.
4-rasm. Belgilar sxemalari:
a, b) mavsumiy muzlash zonasi uchun; v) boʻshang gruntlar zonasidan pastda oʻrnatish uchun; d) beton tom qoplama plitalariga oʻrnatish uchun.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
5 qavatgacha boʻlgan binoning, qurilishi 0,5 yilgacha davom etadigan balandligi 15 m gacha boʻlgan inshootning, maydon ichi muhandislik tarmoqlarining, belgi toʻsigʻining asosiy yoki bosh rejalash oʻqlarini mahkamlash
5-rasm.
a) 5 qavatgacha boʻlgan binoning, qurilishi 0,5 yilgacha davom etadigan balandligi 15 m gacha boʻlgan inshootning, asosiy yoki bosh rejalash oʻqlarini mahkamlash:
1-diametri 16mm boʻlgan sterjen; 2-V7,5 sinfli beton;
b) belgi toʻsigʻi:
3-oʻlchami 1800x80x80 mm li yogʻoch ustun yoki diametri 30 — 50 mm li metall quvur;
4-oʻlchami 1500x80x20 mm li taxta yoki oʻlchami 25x25x2 mm li metall burchak.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
5 qavatdan baland boʻlgan binoning, qurilishi 0,5 yilgacha davom etadigan balandligi 15 m dan ortiq boʻlgan inshootning asosiy yoki bosh rejalash oʻqlarini mahkamlash
6-rasm.
1-yogʻoch qopqoq;
2-oʻlchami 200x200x10 mm li plastina;
3-diametri 30 mm li metall quvur;
4-langar;
5-V7,5 sinfli beton;
6-qum.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Qurilishi 0,5 yildan ortiq davom bino (inshoot) ning asosiy yoki bosh rejalash oʻqlarini mahkamlash
7-rasm.
1-oʻlchami 200x200x15 mm li plastina; 2-metall mix parchin; 3-diametri 15 mm li anker; 4-diametri 50-70 mm li metall quvur; 5-V7,5-V12,5 sinfli betonlar; 6-langar; 7-qum; 8-RCH = 320 ruberoidi 2 qavat; h 1 — gruntning eng chuqur muzlash chuqurligiga mos keladi; h 2 — jadvaldan aniqlanadi.
Belgining toʻsigʻi 5-ilovaga koʻra bajariladi.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Rejalash oʻqlarini qoyatosh va betonda mahkamlash
8-rasm
1-dyubel mix;
2-qoyatosh, beton;
3-markaning belgisi (boʻyoq).
Belgining toʻsigʻi toshlardan qurilgan “tur” koʻrinishida bajariladi.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Chiziqli inshootlar rejalash oʻqlarini mahkamlash
9-rasm
a, b) geodezik belgilar;
v) rejalash oʻqlari belgilarini mahkamlash sxemasi:
1-yogʻochdan yoki diametri 15 — 30 mm li metalldan yasalgan vaqtinchalik belgi;
2-diametri 50 — 80 mm li tanituvchi qoziq;
3-diametri 100 mm li yogʻoch, yoki diametri 80 mm li metalldan yasalgan doimiy belgi.
Konstruksiyalarda oʻqlarni mahkamlash
10-rasm
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 10-ILOVA
a — asosiy (A-A) va yordamchi oʻqlar orasidagi masofa;
an,av — ustunning tepa va pasti, reyka boʻyicha teodolit yordamida oʻlchangan, ustun toretsidan yordamchi oʻqgacha masofa;
1. reyka; 2 — teodolit.
11-rasm. Teodolit yordamida ustunlarning vertikalligini tekshirish:
a) ikki tekisliklikda;
b) boʻylama stvorga nisbatan;
v) ustunlar tepa toretsining ijroviy sʼyomkasi.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 11-ILOVA
Bino rejalash tarmoqlarining sxemasi
12-rasm. Bino rejalash tarmoqlarining sxemasi
a) tashqi; b) ichki.
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 12-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 13-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 14-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 15-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 16-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 17-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 18-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 19-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 20-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 21-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 22-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 23-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 24-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 25-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 26-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 27-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 28-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 29-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 30-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 31-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 32-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 33-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 34-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 35-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 36-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 37-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 38-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 39-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 40-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 41-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 42-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 43-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 44-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 45-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 46-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 47-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 48-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 49-ILOVA
SHNQ 3.01.03-24 “Qurilishda geodeziya ishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 50-ILOVA
