23-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-976-son) · Sana: 17.10.2024 · Amalda
Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, tumanga boʻysunadigan shahar ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
19) VI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
