Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (679-son)
15.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda axborot tizimlaridan foydalangan holda, ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoniga muvofiq fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibini takomillashtirish, ularni tizimlashtirish va raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma pasporti;
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati pasporti;
Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma pasporti;
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati pasporti;
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat pasporti;
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat pasporti;
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati pasporti;
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa pasporti.
2. Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
3. Belgilansinki, mazkur qarorga ilovaning 2-bandida koʻrsatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun arizani koʻrib chiqish hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun vakolatli organning hisobvaragʻiga kelib tushadigan yigʻimlarning 40 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
679-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “2 — 50-ilovalarda” soʻzlari “2 — 58-ilovalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 51 — 58-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 51-ILOVA
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 52-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 53-ILOVA
Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 54-ILOVA
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 55-ILOVA
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 56-ILOVA
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 57-ILOVA
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 58-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa PASPORTI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni)” 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 1-martdagi 58-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 43-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 74-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro havo kemalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi konvensiyaning aviatsiya uskunalari boʻyicha protokoliga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-453-son Qonuni)” 2019-yil 6-martdagi 194-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 33-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)” 2020-yil 16-yanvardagi 30-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 27, 32 va 39-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 15 va 19-bandlari.
13. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 9 va 12-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ilova.
