Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3560-son)
14.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3560]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 10-oktabrdagi 661-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/439, 11/5112 va 108-son “Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1538, 2006-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-sentabr,
775-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-sentabr,
171-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-avgust,
08/513-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 11-sentabrdagi 775-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 4-sentabrdagi 171-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 08/513-son qaroriga ILOVA
Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom tibbiyot muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh tibbiyot hamshiralarining (bundan buyon matnda rahbar xodimlar deb yuritiladi) mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini hamda tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tibbiy muassasalar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh tibbiy hamshiralariga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilingan tibbiyot muassasalariga qoʻllanilmaydi.
2-bob. Tibbiyot muassasalari turlarini aniqlash tartibi
3. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tibbiyot muassasalari turlari ular bevosita boʻysunadigan davlat organlari tomonidan statsionar muassasalar uchun toʻliq davolangan bemorlar sonidan, ambulatoriya-poliklinika muassasalari va sogʻliqni saqlashning boshqa muassasalari uchun xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqadigan koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadi.
4. Tarkibida ambulatoriya-poliklinika boʻlinmalari yoki statsionarlari boʻlgan dispanserlari mavjud davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari mehnatiga haq toʻlash bir tur yuqori muassasalar turiga tegishli boʻladi.
5. Sogʻliqni saqlash boshqaruv organi funksiyalari yuklangan markaziy, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bir tur yuqori muassasalar turiga tegishli boʻladi.
3-bob. Rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryad va tarif koeffitsiyentlari
6. Tibbiyot muassasalari rahbarlariga, muassasalarning turidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari belgilanadi:
Muassasalar turi Razryadi Tarif koeffitsiyenti IV — tur 8 3,137 III — tur 9 3,482 II — tur 10 3,866 I — tur 11 4,252
7. Tibbiyot muassasalari davolash ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlariga, muassasalarning turidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari belgilanadi:
Muassasalar turi Razryadi Tarif koeffitsiyenti IV — tur 7 2,827 III — tur 8 3,137 II — tur 9 3,482 I — tur 10 3,866
8. Tibbiyot muassasalari bosh hamshiralari uchun, muassasalarning turidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
Muassasalar turi Razryadi Tarif koeffitsiyenti IV — tur 5 2,336 III — tur 6 2,570 II — tur 7 2,827 I — tur 8 3,137
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablariga muvofiq, rahbar xodimlarga tarif stavkalari miqdorini belgilash vaqtida muassasalar guruhiga qarab tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
4-bob. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha muassasalar turlari
10. Rahbar xodimlarga ish haqi toʻlashda tibbiyot muassasalari mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq turlarga boʻlinadi.
11. Tibbiyot muassasalarining mazkur Nizomda nazarda tutilmagan rahbarlariga faoliyat ixtisosiga koʻra muassasalarning IV turi rahbari sifatida taʼrif belgilanadi.
Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari va boshqa muassasalar(xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi)T/rMuassasaning nomiMuassasa turlariIIIIIIIV1.Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari va ularning filiallari (bolalar poliklinikasidan tashqari)40,0 va undan ortiq30,0 dan, 40 gacha20,0 dan, 30,0 gacha20,0 gacha2.Shahar va tuman tibbiyot birlashmalari250,0 va undan ortiq200,0 dan, 250,0 gacha150,0 dan, 200,0 gacha150,0 gacha3.Bolalar (stomatologiya) poliklinikalari25,0 va undan ortiq20,0 dan, 25,0 gacha15,0 dan, 20,0 gacha15,0 gacha4.Skrining-markazlari, statsionarga ega boʻlmagan ixtisoslashtirilgan (endokrinologiya, sil, teri-tanosil) dispanserlari3000,0 va undan ortiq2000,0 dan, 3000,0 gacha1500,0 dan, 2000,0 gacha1500,0 gacha5.Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hamda uning hududiy filiallari2000,0 va undan ortiq1500,0 dan, 2000,0 gacha1000,0 dan, 1500,0 gacha1000,0 gacha6.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari (karantinli va alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya stansiyalari)2000,0 va undan ortiq5000,0 dan, 2000,0 gacha500,0 dan, 1000,0 gacha500,0 gachaUmumiy ixtisoslik statsionar tibbiyot muassasalari va boshqa muassasalar(toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi)7.Respublika, viloyat, shahar kasalxonalari, ilmiy-tekshirish institutlari va oliy taʼlim tashkilotlari, bolalar uylarining klinikalari. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari uchun gospitallar15,0 va undan ortiq9,0 dan, 15 gacha4,5 dan, 9,0 gacha4,5 gacha8.Shahar va tuman tibbiyot birlashmalari8,0 va undan ortiq5,0 dan, 8,0 gacha2,5 dan, 5,0 gacha2,5 gacha9.Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi, tugʻruqxonalar (yuridik maqomga ega boʻlganlari) tugʻruq majmualari9,0 va undan ortiq7,0 dan, 9,0 gacha5,0 dan, 7,0 gacha5,0 gacha10.Bolalar reabilitatsiya sihatgohlari14,0 va undan ortiq9,0 dan, 14,0 gacha4,0 dan, 9,0 gacha4,0 gachaQon quyish stansiyalari(qon tayyorlash va qayta ishlash hajmidan kelib chiqib, bir yilda ming kishi)11.Qon quyish stansiyalari7,0 va undan ortiq5,0 dan, 7,0 gacha3,0 dan, 5,0 gacha3,0 gachaBoshqa sogʻliqni saqlash muassasalari(xizmat koʻrsatiluvchi aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi)12.Respublika (hududiy) sud tibbiyot ekspertizasi byurosi2000,0 va undan ortiq1500,0 dan, 2000,0 gacha1000,0 dan, 1500,0 gacha1000,0 gacha13.Patologoanatomik markaz va uning viloyatlardagi byurolari2000,0 va undan ortiq1500,0 dan, 2000,0 gacha1000,0 dan, 1500,0 gacha1000,0 gachaIxtisoslashtirilgan statsionar muassasalar(toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi)14.Ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlari:14.1Sil shifoxonalari (katta yoshdagilar va bolalar kasalxonalari)1,4 va undan ortiq0,9 dan, 1.4 gacha0,4 dan, 0,9 gacha0,4 gacha14.2Sil kasalligi sihatgohlari (katta yoshdagilar va bolalar uchun)5,0 va undan ortiq3,5 dan, 5,0 gacha1,5 dan, 3,5 gacha1,5 gacha14.3Yuqumli kasalliklar (katta yoshdagilar va bolalar uchun), onkologik, teri-tanosil, endokrinologiya7,0 va undan ortiq4,0 dan, 7,0 gacha2,0 dan, 4,0 gacha2,0 gacha14.4Psixiatrik, psixonevrologik (katta yoshdagilar va bolalar uchun), narkologik kasalxonalar5,0 va undan ortiq4,0 dan, 5,0 gacha2,0 dan, 4,0 gacha2,0 gacha15.Neyroxirurgiya, onkologiya (shu jumladan), allergologiya, suyak-yiringli jarrohlik va yiringli jarrohlik, jarohatlari oqibatlari va qandli diabet kasalligining jarrohlik asoratlari, bolalar ortopediyasi respublika tibbiyot markazlari11,0 va undan ortiq7,0 dan, 11,0 gacha3,0 dan, 7,0 gacha3,0 gacha16.Sil, epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tekshirish institutlari7,0 va undan ortiq4,0 dan, 7,0 gacha2,0 dan, 4,0 gacha2,0 gacha17.Bolalar shifoxonalari15,0 va undan ortiq9,0 dan, 15,0 gacha4,5 dan, 9,0 gacha4,5 gachaOITS markazi(xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi)18.OITS markazi va uning filiallari2000,0 va undan ortiq1500,0 dan, 2000,0 gacha1000,0 dan, 1500,0 gacha1000,0 gachaShoshilinch va tez yordam markazlari(toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi)19.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari15,0 va undan ortiq9,0 dan, 15,0 gacha4,5 dan, 9,0 gacha4,5 gachaRespublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari(bir yildagi joylarga chiqish sonidan kelib chiqib, ming kishi)20.Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari75,0 va undan ortiq50,0 dan, 75,0 gacha25,0 dan, 50,0 gacha25,0 gacha
