Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (651-son)
09.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash, shuningdek, sohada nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq kiritilsin:
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) shakllantirish va kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
Dasturga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
investitsiyalarni boshqarish tizimini iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan tadbirlarni hisobga olgan holda isloh qilish;
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini raqamlashtirish va shaffofligini oshirish.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-oktabr,
651-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qushimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 61 va 62-bandlar bilan toʻldirilsin:
“61. Belgilansinki, budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni saralash, baholash va tasdiqlash Davlat investitsiyalarini boshqarish (Public Investment Management — PIM) tamoyillari asosida iqlim oʻzgarishi omillarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
62. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shaharsozlik qurilish normalarini ishlab chiqish hamda amaldagi shaharsozlik qurilish normalarini takomillashtirishda iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan omillar hisobga olinishini taʼminlab borsin”.
2. 1-ilovada:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“infratuzilma loyihasi — iqtisodiy oʻsishni qullab-quvvatlash va aholining hayot sifatini yaxshilash maqsadida ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashuvchan va oqibatlarini yumshatishga qaratilgan loyiha”;
b) 4-band:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qurilish sohasida loyiha yechimlarini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, iqlim oʻzgarishi va uning oqibatini yumshatish hamda loyihalarni uglerod chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni inobatga olgan holda amalga oshirish;
respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida mahalliy investitsiya xarajatlarini ularga mutanosib yoʻnaltirib borish”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 6-banddagi, 19 — 21-bandlardagi, 24-banddagi, 27-banddagi, 29-banddagi, 30-bandning birinchi xatboshisidagi, 32-banddagi, 38-banddagi, 51-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Tashabbuskorlar har yili 15-yanvarga qadar loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda Hududiy ishchi guruhlar hamda 21-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuman (shahar) ishchi guruhlarini tuzadilar”;
d) quyidagi mazmundagi 271 va 272-bandlar bilan toʻldirilsin:
“271. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-martga qadar joriy yil uchun qurilish sohasida narxlarning oʻzgarish deflyatori prognoz koʻrsatkichlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
272. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 1-aprelga qadar narxlarning oʻzgarish deflyatori prognoz koʻrsatkichlarini chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yil uchun moʻljallangan qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlarining sohalar boʻyicha oʻrtacha qiymatini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi”;
e) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbuskorlar bilan birgalikda 1-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun shakllantiradi”;
j) quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
“321. Loyiha tashabbuskorlari 1-mayga qadar xalqaro moliya institutlarining kreditlari ishtirokida belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha markazlashgan manbalar hisobidan budjet mablagʻlari kapital qoʻyilmalarga boʻlgan talablarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi”;
z) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining takliflarini oʻrganish yakunlari boʻyicha 10-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tashabbuskorlarga tavsiyalar bilan birga yuboradi”;
i) 34-bandda:
birinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Dasturga kiritish taklif etilayotgan har bir infratuzilma loyihalari boʻyicha ularni baholash jarayonini amalga oshirish uchun quyidagilarni oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplamini:
mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasining pasporti;
obyektning texnik holati toʻgʻrisida maʼlumot;
infratuzilma loyihasining asosiy xatarlari, shu jumladan, iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfi haqidagi maʼlumotlar;
arxitektura va qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha hujjatlari;
yangi boshlanayotgan obyektlar boʻyicha muhandislik tadqiqot va loyiha ishlarini bajarish uchun budjet xarajatlari hisobi;
infratuzilma loyihasining smeta qiymati (loyihaoldi va loyiha hujjatlari tasdiqlangan obyektlar boʻyicha);
ulushli moliyalashtirishda mahalliy budjetdan koʻzda tutilgan mablagʻlar, tashqi yordam mablagʻlari, qarz va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
loyihaning amal qilish muddati davomida operatsion va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha dastlabki xarajatlar (shu jumladan, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish tadbirlarini amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan xarajatlar);
mahalliy budjetdan birgalikda moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihalar boʻyicha xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar Kengashining bayonlari;
investitsiya loyihalarining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarga taʼsiri boʻyicha maʼlumotlar;
qiymati 10 mln AQSh dollari va undan ortiq boʻlgan yirik infratuzilma loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot”;
k) 35-bandda:
birinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha milliy maqsadlarni inobatga olgan holda rivojlantirish strategiyalari (konsepsiyalari) va Davlat dasturlariga kiritilgan infratuzilma loyihalari”;
l) quyidagi mazmundagi 411-band bilan toʻldirilsin:
“411. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlariga asosan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritilishi belgilangan, biroq Dasturda nazarda tutilmagan loyihalar (obyektlar) kelgusi yillar dasturlarini shakllantirishda ustuvor ravishda inobatga olinadi”;
m) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 20-iyunga qadar tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma loyihalarini koʻrib chiqib, Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi”;
n) quyidagi mazmundagi 442 va 443-bandlar bilan toʻldirilsin:
“442. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturning tasdiqlangan dastlabki parametrlari doirasida yangi tashkil etiladigan quvvatlar, shuningdek, loyihalarni ishga tushirish muddatlarini hisobga olgan holda, kelgusi davr uchun oʻz tasarrufidagi obyektlar boʻyicha budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan texnik xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlariga boʻlgan ehtiyojlar hisoblab chiqilishini taʼminlaydi.
443. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10-oktabrga qadar kelgusi yil uchun tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasidan kelib chiqqan holda, tashabbuskorlarga Dastur doirasida tarmoqlar va hududlar boʻyicha prognoz limitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (qayta koʻrib chiqish va muvofiqlashtirish uchun) yuboradi”;
o) quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturning yakuniy loyihasiga davlat-xususiy sheriklik ishtirokidagi hamda xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarning budjet kapital qoʻyilmalari qismi boʻyicha alohida ilovalarni kiritadi”;
p) 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10-noyabrga qadar kelgusi yil “Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonunida nazarda tutilgan prognoz limitlar doirasida dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi”;
r) 49-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Dasturga quyidagi hollarda:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan — Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan qoʻshimcha loyihalar (obyektlar) kiritilishi, amalga oshirilmagan loyihalar (obyektlar) chiqarib tashlanishini, shuningdek, kapital qoʻyilmalarning buyurtmachilar (tashabbuskorlar) oʻrtasida qayta taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan — loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) yakunlariga muvofiq Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) parametrlariga buyurtmachilar (tashabbuskorlar) boʻyicha belgilangan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida tuzatish va aniqliklar kiritilishi mumkin.
Bunda Dasturning asosiy parametrlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosli takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida nazarda tutilgan Davlat budjetining xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartiblariga qatʼiy amal qilgan holda kiritiladi”;
s) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Loyihalar portfelini shakllantirish SXEMASI*
*Loyihalar portfeli kelgusi yil uchun har yili oʻrnatilgan tartibda aniqlashtirib boriladi”;
t) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha hududiy ishchi guruhning NAMUNAVIY TARKIBI
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga zarur mutaxassislar jalb qilinishi mumkin”;
u) quyidagi mazmundagi 21-ilova bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 21-ILOVA
Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhining NAMUNAVIY TARKIBI
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga zarur mutaxassislar jalb qilinishi mumkin”;
f) 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash SXEMASI
* Dasturga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga asosan tuzilgan tegishli tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishiladi”;
x) 6-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Baholash mezonlari va tarmoq mezonlari quyida keltirilgan tartibda baholanadi:
5-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 7-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
* Loyiha koʻrsatkichlariga erishish yili koʻrsatiladi.
Izoh. Loyiha pasporti har bir soha va tarmoqning xususiyati boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan alohida tartibda ishlab chiqiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Vazirlik, idora rahbari F.I.O., lavozimi”;
3. 2-ilovada:
a) 2-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“shaxsiy kabinet — loyiha tashabbuskorlari va buyurtmachilarga elektron platformada maʼlumotlarni kiritish, yuklash, saqlash, yuborish va tasdiqlash funksiyalarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan sahifa;
elektron platforma — dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
qurilishlarning manzilli roʻyxati — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida har bir obyektda qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish muddatini, ularning hajmi va quvvatini, umumiy va qoldiq qiymatlarini, joriy moliya yilida ajratiladigan kapital qoʻyilmalar miqdorini, foydalanishga topshiriladigan quvvatlarini, obyekt boʻyicha olingan ekspertiza xulosasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda pudrat tashkilotining nomini oʻzida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat;
ID raqam — Dastur doirasida loyihani amalga oshirishdan boshlab uning foydalanishga topshirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron platformada identifikatsiya qilish uchun bir loyihaga beriladigan maxsus raqam”;
b) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) 14-bandda:
ikkinchi xatboshi “yer uchastkasini tanlash va ajratish” soʻzlaridan keyin “boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xavf-xatar toifasidan qatʼi nazar, barcha obyektlarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazish va nazoratga olinishini taʼminlash”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni, qishloq xoʻjaligi nobudgarchiliklari va daraxtlar hamda koʻp yillik butalarni koʻchirish ishlarini tashkil etish”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“foydalanuvchi tashkilot tasarrufiga oʻtkazish uchun avizoni rasmiylashtirish;
pudrat shartnomasida belgilangan kafolat muddati yakuni bilan foydalanuvchi tashkilotning eʼtirozlari mavjud yoki mavjud emasligini bildiruvchi rasmiy xabarnomasini olish”;
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 4-bob quyidagi mazmundagi 331-band bilan toʻldirilsin:
“331. Tegishli tartibda pudrat shartnomasi bekor qilingan obyektlarda qurilish-pudrat ishlarni yakunlash uchun buyurtmachi tomonidan:
shartnoma bekor boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda obyektning qoldiq ish hajmlari nazorat oʻlchovi orqali aniqlanadi va xatlov dalolatnomasi rasmiylashtiriladi;
obyektning aniqlangan qoldiq ish hajmlari joriy narxlarda aniqlashtiriladi va davlat ekspertizasi xulosalari olinadi;
ekspertiza xulosalariga muvofiq qoldiq ish hajmlari boʻyicha belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) amalga oshiriladi;
obyektda amalga oshirilgan ishlardan hosil boʻlgan 5 foizlik kafolat toʻlovlari, bajarilgan ish hajmlari qiymatiga qarab pudrat tashkilotlari oʻrtasida taqsimlanadi va toʻlab beriladi.
Bunda qurilish-pudrat ishlarini yakunlash uchun amalga oshirilgan qoʻshimcha loyiha-qidiruv ishlari Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan kapital quyilmalar hisobiga roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga oʻtish toʻgʻrisida” 2003-yil 11-iyundagi 261-son qaroriga muvofiq buyurtmachining boshqa xarajatlari hisobidan qoplanadi”.
d) 34-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dastur tasdiqlangandan keyin elektron platformada har bir obyekt boʻyicha ID raqam ochiladi”;
e) 35-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar doirasida budjet darajasi, sohalar va yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan tartibda xarajatlar yoyilmasi tuziladi va ajratilgan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilarga ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritilishini taʼminlaydi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joriy yilda ajratilgan mablagʻlar elektron platformada obyektlar (ID raqamlar) boʻyicha rejalashtiriladi.
Bunda qayta taqsimlanadigan mablagʻlar sohalar kesimida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi”;
j) 36-banddagi “avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida” soʻzlari “elektron platformada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 37-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali har bir obyekt boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar smetasi va unga oʻzgartirish (qoʻshimcha)lar kiritiladi”;
i) 40-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) quyidagi mazmundagi 411 — 413-bandlar bilan toʻldirilsin:
“411. Bajarilgan qurilish-montaj va loyiha ishlari hamda yetkazib berilgan jihozlar uchun toʻlovlarga elektron hisobvaraq-faktura asoslovchi hujjat hisoblanadi, davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar bundan mustasno”.
412. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlariga asosan loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda qurish (obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish) muddati tugagandan soʻng va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish muddati davomida elektron hisobvaraq-faktura orqali rasmiylashtirilgan bajarilgan qurilish-montaj ishlari moliyalashtirilishi mumkin.
Bunda davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
413. Loyihalashtirish ishlari ikki bosqichli (texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (TIA/TIHK) va ishchi hujjat) boʻlgan obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarish va moliyalashtirish tasdiqlangan ishchi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Bunda ishchi hujjat belgilangan tartibda davlat ekspertizasi xulosasi asosida tasdiqlanadi”;
l) 45-banddagi “Moliya vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dastur doirasida kreditor qarzdorliklarni qoplash uchun sohalar kesimida ajratilgan mablagʻlarni avvalgi yillarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarning 5 foizlik kafolat summasini buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida moliyalashtirish choralarini koʻradi”;
n) quyidagi mazmundagi 471-band bilan toʻldirilsin:
“471. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan hamda har yili iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq tartibda amalga oshiriladi”.
o) 48-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya” soʻzi “iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 1-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tashabbuskorlar, buyurtmachilar, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻzlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda “Kapital qoʻyilmalar” avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi”;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “tizim orqali Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar)” soʻzlari “platforma orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Prognoz qiymatlar buyurtmachilar tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra ishlab chiqiladi va tasdiqlangan xarajatlar smetasini iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etadi”;
9-bandda:
birinchi xatboshi “va elektron platformaga yuklanadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (maʼlumotlarning)” soʻzlaridan keyin “elektron platformaga yuklanishiga hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Buyurtmachilar ishlab chiqilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni kelishish uchun talab etilayotgan mablagʻlar boʻyicha asoslovchi hisob-kitoblarni ilova qilgan holda elektron platforma orqali vakolatli organga taqdim etadi.
Bunda Dastur doirasida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obyektlarning) manzilli roʻyxatlari tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishiladi”;
11-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul rahbarlar dastlabki manzilli roʻyxatlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
13. Dastlabki manzilli roʻyxatlar tasdiqlangandan soʻng buyurtmachilar tomonidan ikki ish kuni ichida xarajatlar smetasi belgilangan tartibda iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi”;
14-banddagi “Moliya organlari” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya organlari xarajatlar smetasiga asosan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandda:
beshinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (maʼlumotlar va talab etilayotgan mablagʻlar boʻyicha asoslovchi hisob-kitoblarning) toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Manzilli roʻyxatlar vakolatli organ bilan kelishish uchun talab etilayotgan mablagʻlar boʻyicha asoslovchi hisob-kitoblarni ilova qilgan holda elektron platforma orqali taqdim etiladi;
Bunda Dastur doirasida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obyektlarning) manzilli roʻyxatlari tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishiladi”.
18-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
kuyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“manzilli roʻyxatlarning Dasturning yangi ishga tushiriladigan quvvatlar, kapital qoʻyilmalar va asosiy fondlarni oshirish boʻyicha parametrlariga muvofiqligi;
yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha ishlarning qoldiq qiymati va xarajatlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar asosliligi;
manzilli roʻyxatlarda qurilish-montaj ishlari hajmi, jihozlar (mebel, jihozlar) va buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun prognoz qilingan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri aks ettirilishi”;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Manzilli roʻyxatlar kelishilgandan soʻng tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul rahbarlar tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi”;
20-bandning birinchi xatboshisidagi “tizim” soʻzi “platforma” soʻzi bilan almashtirilsin;
21-banddagi “xabarnomada” soʻzi “elektron platformada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Vakolatli organ elektron platformada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni kelishmasdan qaytarishga haqli. Bunda kamchiliklarni elektron platformada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bogʻliq kamchiliklar bundan mustasno”;
23-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va Moliya vaziri” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “vakolatli organlar bilan kelishilgan” soʻzlari “tasdiqlangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
r) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kapital qoʻyilmalar koʻrinishidagi budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish SXEMASI
s) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan hamda har yili iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarni shakllantirish TARTIBI
1. Mazkur Tartib Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartib-taomillarini belgilaydi.
2. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari har yili iqtisodiyot va moliya organlarida mazkur Tartibga ilovaga muvofiq shaklda roʻyxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida buyurtmachilar tomonidan shakllantiriladi.
3. Budjet tashkilotini saqlash xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida tuzilgan binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarida quyidagilar hisobga olinadi:
oʻtgan yilgi bino va inshootlarini kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarida koʻzda tutilgan bajarilgan ishlar va xizmatlar, obyektlar boʻyicha yetkazib berilgan qurilish materiallari va jihozlar uchun kreditorlik qarzdorligini qoplash;
oʻtgan yilgi aniq roʻyxatlarda hisobga olingan kapital taʼmirlash obyektlarining tugallanishi;
texnik pasportlari va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga olingan davlat ekspertizasi xulosasi hamda xarid qilish tartib-taomillari natijalari;
kamchiliklar dalolatnomalariga asosan kapital taʼmirlanishi zarur boʻlgan obyektlarning loyiha hujjatlarini, jumladan, resurs smetasini ishlab chiqish.
Kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish jarayonida budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj ishlab berilmagan boʻnaklar boʻyicha debitorlik qarzini va yakunlangan yilda buyurtmachi xarid qilgan moddiy-texnik resurslar qiymatini chegirgan holda aks ettiriladi.
4. Obyektlarni kapital taʼmirlash manzilli roʻyxatlarga kiritishning majburiy shartlari boʻlib, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, jumladan, resurs smetasi yoki ishlar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarining roʻyxati mavjudligi, shuningdek, obyektlarning kapital taʼmirlanishini asosan hisobot yili davomida amalga oshirish hisoblanadi.
5. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiradigan binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashning shakllantirilgan manzilli roʻyxatlari quyidagicha kelishilgan holda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasdiqlanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirishda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtirishda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari bilan kelishib;
d) tuman va shaharlar mahalliy budjetlaridan moliyalashtirishda — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari bilan.
Bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning tasdiqlangan va kelishilgan manzilli roʻyxatlarini budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tegishli tuman (shahar) Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari va xizmat koʻrsatuvchi banklarga taqdim etadilar.
6. Obyektlar boʻyicha pudrat va loyiha tashkiloti hamda kapital taʼmirlash ishlarining shartnomaviy qiymati qurilish sohasida belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Xarid qilish tartib-taomillari boʻyicha aniqlangan kapital taʼmirlashning shartnoma qiymati, agar ish bir kalendar yildan ortiq amalga oshirilgan boʻlsa va bu ishlarni bajarish hamda ularni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirdagina, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.
7. Kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlariga yil davomida qoʻshimcha obyektlar kiritilishga avariyali vaziyatlarda, shuningdek, moliyalashtirish manbalari tasdiqlanganda yoʻl qoʻyiladi. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning qoʻshimcha manbalari mavjud boʻlmaganida, qoʻshimcha obyektni inobatga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida aniqlashtiriladi.
Bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning aniqlashtirilgan aniq roʻyxatlari budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan moliyalashtiruvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
8. Har chorakda budjet tashkilotlari bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari kelishilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga bino va inshootlarni kapital taʼmirlash mablagʻlarining shartnomaviy narxlarda oʻzlashtirilishi, shuningdek, ushbu manzilli roʻyxatlarga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadilar.
9. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlash Davlat budjeti xarajatlarini iqtisodiy tasniflashning 4-guruhi xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashning umumiy summasi doirasida qatʼiy moliyalashtiriladi.
10. Mazkur Tartib talablariga rioya etmaganlik uchun masʼuliyat budjet tashkilotlarining birinchi rahbarlari — obyektlarni balansda saqlovchilari zimmasiga yuklanadi.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibiga ILOVA
4. 3-ilovada:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shaxsiy kabinet — loyiha tashabbuskorlari va buyurtmachilarga elektron platformada maʼlumotlarni kiritish, yuklash, saqlash, yuborish va tasdiqlash funksiyalarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan sahifa;
elektron platforma — dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“ID raqam — Dastur doirasida loyihani amalga oshirishdan boshlab uni foydalanishga topshirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron platformada identifikatsiya qilish uchun bir loyihaga beriladigan maxsus raqam”;
b) 2-bob quyidagi mazmundagi 21 — 23-bandlar bilan toʻldirilsin:
“21. Monitoringni yuritish maqsadida buyurtmachi tomonidan elektron platformaga shaxsiy kabineti orqali har bir obyektning ID raqami boʻyicha kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
a) doimiy amal qiladigan oʻzgarmaydigan (bir marta kiritiladigan) maʼlumotlar:
obyektning joylashgan manzili;
yer maydonini ajratish qarori, obyektning loyihalashtirish uchun berilgan arxitekturaviy rejalashtirish topshirigʻi (ART);
binoning texnik holati xulosasi;
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash yuzasidan ekspertiza xulosasi, qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma;
loyiha topshirigʻi, foydalanishga topshirish dalolatnomasi;
b) doimiy ravishda yangilanib boriladigan va oʻzgaradigan maʼlumotlar:
obyekt (loyiha)ning dastlabki, joriy va yakuniy holati boʻyicha foto surati;
obyekt (loyiha) qurilish jarayonining jonli video kuzatuvi;
mualliflik nazorati kitobi, qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari koʻrsatmalari va taqdimnomalari.
22. Dastur qabul qilinib, obyekt (loyiha)ga ID raqam biriktirilgandan soʻng buyurtmachi tashkilot oʻzining shaxsiy kabineti orqali quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) doimiy amal qiladigan oʻzgarmaydigan (bir marta kiritiladigan) maʼlumotlar har oyda, obyekt (loyiha)ni loyihalashtirish va qurish-taʼmirlash ishlari jarayonlaridan kelib chiqib, majburiy koʻrsatkichlarni toʻliq ravishda kiritib boradi;
b) doimiy ravishda yangilanib boriladigan maʼlumotlar:
obyektning dastlabki, joriy va yakuniy holati boʻyicha kamida 3 ta fotosurati rasmiylashtirilgan hisob-fakturalarga qarab, har chorak yakuni boʻyicha va foydalanishga topshirilgandan soʻng hisobot davrining 10-sanasiga qadar kiritib boradi;
mualliflik nazorati kitobi, qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari koʻrsatmalari va taqdimnomalari nazorat tadbirlari oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 5 (besh) kun ichida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib boradi;
v) moliyalashtirish uchun iqtisodiyot va moliya organlariga yuboriladigan maʼlumotlar:
obyekt (loyiha) uchun tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan shaxsiy gʻazna varagʻini ochish uchun arizani belgilangan tartibda yuboradi;
obyekt (loyiha)ning tender (tanlov) savdolari yakunlariga koʻra tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq ajratilgan mablagʻlar doirasida xarajatlar smetasini va unga kiritiladigan oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda yuboradi.
23. Axborot tizimlari bilan ID raqami asosida elektron platformani integratsiya qilish orqali quyidagi maʼlumotlar shakllantiriladi:
a) “Shaffof” qurilish milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiradigan maʼlumotlar:
buyurtmachi nomi, STIRi;
loyiha tashkilotini tanlash boʻyicha lot raqami, loyiha tashkiloti STIRi;
pudrat tashkilotini tanlash boʻyicha lot raqami, pudrat tashkiloti STIRi;
topoxarita va geologiya qidiruvini bajaruvchi tashkilotni aniqlash lot raqami;
texnik holatni oʻrganadigan tashkilotni aniqlash lot raqami, ekspertiza oʻtkazishda lot raqami;
loyiha-smeta hujjatlariga davlat ekspertizasi xulosasi;
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi;
geodeziya (geologiya) xulosasi;
obyektning tasdiqlangan bosh rejasi;
topoxaritasi;
obyektning shartnomasi va unda bajariladigan ishlar grafigi;
obyektning tanlov (tender) savdolari yakuni boʻyicha bayon va boshqa maʼlumotlar;
b) “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladigan maʼlumotlar:
obyekt (loyiha)ning gʻazna hisobvaragʻi;
obyekt (loyiha) toʻlov topshiriqnomalari;
obyekt (loyiha) boʻyicha xarajatlar smetasi.
v) “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda xarid hujjatlari boʻyicha kompleks ekspertiza xulosasi boʻyicha maʼlumotnomalar;
g) soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda qurilish-montaj ishlari boʻyicha elektron hisob faktura boʻyicha maʼlumotnomalar”;
v) 9-banddagi “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi)” soʻzlari “elektron platformadan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar elektron imzo bilan tasdiqlangan holda” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 12-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarining holati, loyiha pasportida aniqlangan asosiy xavflarning holati, shu jumladan, xavf darajasi va ularni kamaytirish strategiyasining samaradorligi, ularni moliyalashtirish va mablagʻlarning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni”;
e) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Monitoringni tashkil etish va amalga oshirish jarayonlarida loyihalar tashabbuskorlari (buyurtmachilar):
maʼlumotlarni toʻliq, toʻgʻri, haqqoniy va oʻz vaqtida kiritish hamda yuklash;
belgilangan muddatlarda obyekt (loyiha)ning fotosuratlari va video kuzatuv jarayonlarini yuklab borish;
loyihalarning oʻz vaqtida, toʻliq hamda sifatli amalga oshirilishini taʼminlash va bu boradagi ishlarni doimiy nazorat qilish, shuningdek, elektron platformaga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi”;
j) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Dastur doirasida foydalanishga topshirilgan obyektlarni monitoring qilish ishlari elektron platforma yordamida amalga oshiriladi”;
z) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “kuyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi” soʻzlari “elektron platforma orqali quyidagi maʼlumotlarni kiritadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 4-bob quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishining yakuniy natijalaridan kelib chiqib:
koʻzlangan maqsadlarga erishilishi;
loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishi;
yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar;
mavjud muammolar va ularni kelgusida bartaraf etish boʻyicha takliflar yuzasidan sohalar va hududlar kesimida tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi.
Tahliliy maʼlumotlar yuzasidan tayyorlangan axborot Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi”;
k) ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
