Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (661-son)
10.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-oktabrdan boshlab tibbiyot xodimlari ish haqi miqdori 15 foizga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-oktabr,
661-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 661-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning
TARIF SETKASI
Mehnatga haq toʻlash razryadlari Tarif koeffitsiyentlari 1 1,595 2 1,755 3 1,931 4 2,123 5 2,336 6 2,570 7 2,827 8 3,137 9 3,482 10 3,866 11 4,252
Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi”.
