Garovga qoʻyilgan mulkni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlari miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (233-son)
03.05.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sugʻurta toʻgʻrisida”, “Garov toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, garov shartnomalari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar mulkining sugʻurta himoyasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Garovga qoʻyilgan mulkni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha eng kam sugʻurta tarifi yiliga mulk qiymatining 0,5 foizi miqdorida belgilansin.
qishloq tovar ishlab chiqaruvchilari uchun garovga qoʻyilgan mulkning majburiy sugʻurta qilish boʻyicha eng kam sugʻurta tarifi yiliga mulk qiymatining 0,25 foizi miqdorida belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-may,
233-son
