Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (662-son)
10.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-sentabrdagi 772-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2024/2025 oʻquv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Agentlik bilan birgalikda Akademiya va uning hududiy filiallarida mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan tarkibda boshqaruv kadrlarining malaka oshirish kurslarida ishtirokini taʼminlasinlar.
3. 2024/2025 oʻquv yili davomida Akademiyaga jami 46 ta professor-oʻqituvchi shtat birliklari ajratiladi. Ushbu professor-oʻqituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-oktabr,
662-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 662-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2024/2025 oʻquv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari
TARKIBI
