“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4838-IV-son)
16.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1216-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin.
2. Mazkur qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-sentabr,
4838-IV-son
