“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1228-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”) (4898-IV-son)
30.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1228-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-sentabr,
4898-IV-son
