4975-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, xoʻjalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (163-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashning rad etilganligi ustidan yuqori sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin, u muddatni tiklashga va ishni xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha koʻrib chiqishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilishi lozim.
