“33-modda. Xususiylashtirilgan yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishini belgilovchi hujjatlar va uning oʻziga xos xususiyatlari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-973-son) · Sana: 09.10.2024 · Amalda
Xususiylashtirilgan yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
xususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasining yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
xususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqni hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
xususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqni ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
xususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasining yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqning boshqa shaxsga renta haqi toʻlanishi sharti bilan berilishi nazarda tutiladigan, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
xususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqni meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi hamda er-xotinning umumiy mulkida boʻlgan xususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasining tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;
xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqni yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish toʻgʻrisidagi (agar bu turar joy obyekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga doir huquqni muassisga qaytarib berish toʻgʻrisidagi (agar bu turar joy obyekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;
