“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi QL-1205-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4871-IV-son)
19.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 17-sentabrda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasiga qaytarilgan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi QL-1205-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-sentabr,
4871-IV-son
