Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-iyundagi 352-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida (613-son)
30.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi punktlarining ekologik holatini yaxshilash, respublikada atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-iyundagi 352-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi 5701-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 5701. 8705 90 800 5 Daraxtlarni koʻchirish uchun moʻljallangan maxsus texnikalar ”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-sentabr,
613-son
