QL-1216 va QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (4853-IV-son)
17.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1216-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-sentabr,
4853-IV-son
