“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4807-IV-son)
09.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 28-avgustda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-sentabr,
4807-IV-son
