SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-60-son)
23.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 26-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 297]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 2-apreldagi 22-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.09.07-96 “Chorvachilik, parrandachilik va hayvonchilik binolari va inshootlari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-avgust,
01/2-60-son
Kelishildi:
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
2024-yil 20-avgust
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 10-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 11-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 15-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 01/2-60-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik norma va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal va joriy taʼmirlanadigan chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlarini loyihalash va qurishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.01.19-09 “Binolar, binolar va tashqi qurilmalarning portlash va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.03.10-19 “Tom va tom qoplamalar”;
SHNQ 2.03.13-23 “Pollar”;
SHNQ 2.04.01-19 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoq va inshootlar”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.09-07 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi”;
SHNQ 2.09.01-19 “Qishloq xoʻjalik korxonalarining bosh rejalari”;
SHNQ 2.09.02-19 “Ishlab chiqarish binolari”;
SHNQ 2.09.04-09 “Maʼmuriy va maishiy binolar”;
SHNQ 2.10.01-23 “Yassi va chiziq tarzidagi inshootlar qurilishi uchun yer maydonlari oʻlchamlarini aniqlash”;
GOST 121.005 “Ishchi zona havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari”;
OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
bostirma — hayvonlar va ularning ozuqalarini quyosh nurlari, yomgʻir va boshqa noqulay ob-havo taʼsiridan himoyalash uchun moʻljallangan maxsus inshoot;
chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari (bundan buyon matnda binolar deb yuritiladi) — chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Binolarni loyihalash SHNQ 2.01.02-04 va SHNQ 2.01.19-09 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4. Binolarning umumiy maydoni tashqi devorlar ichki yuzasi yoki chekka ustunlarining (tashqi devorlar boʻlmagan tarafdan) oʻqi, galereya, maydonchalar, antresollar (balandligi 1,8 m dan past boʻlgan ochiq xonalar, yertoʻlalar (goʻng uchun), chordoq, toʻsini va osma shiplar ustida joylashgan xonalardan tashqari) chegarasigacha boʻlgan barcha xonalar maydoni yigʻindisi sifatida aniqlanishi lozim.
5. Yordamchi (qoʻshimcha) binolarni SHNQ 2.09.04-09 ga muvofiq loyihalashtirish kerak.
6. Hayvonlar boqiladigan binolarni loyihalashda ortiqcha quyosh nuridan isib ketish, chang, shamol va hayvonlar rivojlanishiga aks taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa omillar inobatga olinishi kerak.
7. Hayvonlarning harakatlanishi uchun ajratilgan binolarni SHNQ 2.09.04-09 asosida loyihalash kerak.
4-bob. Hajm-rejalash ishlari va konstruktiv yechimlar
8. Binolar SHNQ 2.09.04-09 va SHNQ 2.09.02-19 ga muvofiq bir qavatli qilib loyihalashtirilishi lozim.
9. Binolardan tashqari mazkur SHNQ ga muvofiq quyosh nurlari tushmaydigan yozgi bostirmalar loyihalashtirilishi lozim.
10. Binolarni loyiha topshirigʻiga muvofiq loyihalashtirish kerak.
11. Dagʻal ozuqa omborlari SHNQ 2.09.01-19 ga muvofiq maxsus ajratilgan maydonchalarda joylashtirilishi kerak.
12. Binolarda favqulodda hollarda eshiklarni uzoqdan avtomatik ochish moslamalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
13. SHNQ 2.01.01-19 ga asosan binolarning tomlari iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tabiatda roʻy beradigan hodisalarni (kuchli shamollarni) hisobga olib, ularning minimal qiyaligi 10 foiz (5°31') boʻlishi kerak.
14. SHNQ 2.03.10-19 ga asosan profnastilli tom yopmalarni bir-birining ustiga kamida 20 mm chiqarilishi kerak.
15. Hoʻl va nam sharoitli boʻlgan binolarni SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq yonmaydigan yoki yonishi qiyin boʻlgan materiallardan loyihalash kerak.
16. Loyiha topshirigʻiga asosan loyihalarni ishlab chiqish va tomning optimal oʻlchovlarini tanlab olishda tomning qiyaligini turlicha belgilashga toʻgʻri kelsa, u holda qiyaliklar quyidagi formulalardan foydalanib aniqlanadi:
U = V / D (1)
bu yerda:
U — tom qiyaligi;
V — tom balandligi;
D — tom qiyaligi asosining uzunligi.
Qiyalikning foizlar (%) da ifodalangan qiymatini quyidagi formula orqali aniqlash lozim:
U = V / D ∙ 100 % (2)
Qiyalikning graduslarda ifodalangan qiymatini quyidagi formula orqali aniqlash lozim:
tgα = V / D (3)
17. Qiyalikni turli ifodalarini aniqlash uchun mazkur SHNQning 1-jadvalida keltirilgan qiyaliklar chizmasidan foydalanish kerak.
Qiyalikni belgilash jadvali
18. Binolarning pollarini SHNQ 2.03.13-23 ga asosan loyihalashtirish kerak.
19. Polning issiqlik oʻtkazuvchanlik koʻrsatkichi (V) toʻshamasiz joylarda quyida keltirilgandan oshmasligi kerak:
boʻrdoqiga boqilayotgan buzoqlar va uch oylik choʻchqachalar uchun V ≤ 13 kcal/m2 ∙ C1/2 °C;
qoʻylardan tashqari boshqa barcha hayvonlar uchun V ≤ 10 kcal/m2 ∙ C1/2 °C.
20. Binolar, shuningdek ochiq maydonchalar polining asosiy turlarini mazkur SHNQning 1-ilovasiga, pol va toʻshamalarining asosiy konstruksiyalari mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
21. Sut sogʻish zallari, sutni qayta ishlash va uni saqlash, inkubatsiya, joʻja ochishi, yuvish xonalari, laboratoriyalar, mollarni sunʼiy qochirish hamda ozuqa tayyorlash xonalarining devorlari poldan 1,8 m balandlikkacha plita bilan qoplanishi kerak.
22. Binolarning devorlari va pollari vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilinishi yoki suv bilan yuvilishi lozim.
23. QMQ 2.01.04-97 ga muvofiq binolarning toʻsiq konstruksiyalari (toʻsiqlarning ichki yuzasini issiqlik uzatish koeffitsiyenti) quyidagicha qabul qilinadi:
agar xona polining 1 m2 yuzasiga ogʻirligi 80 kg li tirik vaznli hayvonlar saqlanadigan boʻlsa, u holda xona devorlari uchun 10 kcal/m2 c °C;
agar hayvonlarning vazni 80 kg va undan kam boʻlsa, barcha chorvachilik va parrandachilik bino shiftlari uchun — 7,5 kcal/m2 ∙ c °C.
24. Seysmik hududlardagi binolarni loyihalash QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
25. Binolarning oraliq masofasi SHNQ 2.10.01-23 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
26. Binolarni hududlarning bosh tarhiga joylashtirishda SHNQ 2.09.01-19 ga asosan shamol yoʻnalishi eʼtiborga olinishi kerak.
Binolardan chiqadigan hidlar aholi punktlariga tarqalmasligi lozim.
5-bob. Ichimlik va oqava suv tarmoqlari
27. Binolarda xoʻjalik-ichimlik suvi va ishlab chiqarish uchun kerakli suv miqdorini SHNQ 2.09.21-22, SHNQ 2.04.01-19 va QMQ 2.04.02-19 larga muvofiq loyihalash lozim.
28. Binolarda xoʻjalik-ichimlik suvi va ishlab chiqarish maqsadlari uchun moʻljallangan suv taʼminot tizimlari SHNQ 2.04.02-19 ga muvofiq boʻlishi lozim
29. Xoʻjalik-maishiy ehtiyojlar, hayvonlar, parrandalarni sugʻorish, ozuqa tayyorlash, mollarni yuvish, sut idish uskunalarini yuvish va uskunalarni sovitish uchun yetkazib beriladigan suv sifati OʻzMSt 133:2024 ga muvofiq boʻlishi kerak.
30. Qafaslarda saqlanadigan parrandalar uchun talablar SHNQ 2.09.21-22, SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.04.09-07 va SHNQ 2.09.04-09 ga asosan belgilanishi kerak.
31. SHNQ 2.09.21-22 ga asosan oʻt oʻchirish uchun suv tashqi suv manbalaridan olinganida binolardagi ichki suv tarmogʻining kirish joylarida idish (rezervuar, hovuz) larni toʻldirish uchun diametri 50 mm li ulash moslamalari boʻlishi lozim.
32. Suv tarmogʻining isitilmaydigan xonalarga kiritilgan shoxobchalarida toʻsuvchi ventillar, bu shoxobchalarning isitilmaydigan xonalardagi quruq boʻlaklarga suv chiqarib yuborish moslamalari boʻlishi kerak.
Binoda isitiladigan xonalar boʻlmasa, suv tortish kolonkalarini yoki isitilmaydigan bino ichida suv oʻtkazish tarmogʻini va quduqlar ichida suv toʻplash, shuningdek suvni chiqarib yuboruvchi moslamalarni oʻrnatish kerak.
33. Binolarga kiritilgan suv tarmogʻiga suv oʻlchash asboblarini oʻrnatish loyiha topshirigʻiga asosan bajarilishi lozim.
34. Devor qalinligi va diametriga nisbatan qalin boʻlgan poʻlat quvurlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quvurlarni payvandlash, flanetslar, uyma izlar yoki yelim yordamida ulash koʻzda tutilishi kerak.
35. Magistral quvurlar, tarmoqning tarqalgan shoxobchalari, asbob va uskunalar yaqinidagi suv olish joylari suv oqish shoxobchasi (kran)ga tomon 0,002 qiyalikda loyihalanishi lozim.
37. Hayvonlarni avtomatik sugʻorish moslamalaridan sugʻorishda suv sarfi mazkur SHNQning 1-ilovasiga binoan aniqlanishi lozim.
38. Maxsus asboblarning suv sarfi va ularning bir vaqtdagi harakati (foiz hisobida) mazkur SHNQning 3-ilovasiga binoan qabul qilinishi lozim.
39. Binolarning issiq suv taʼminoti, ichimlik va oqava suv tarmoqlari SHNQ 2.04.01-19 ga va loyiha topshirigʻiga asosan loyihalashtirilishi kerak.
40. Issiq suv bilan taʼminlash tizimida loyiha topshirigʻida qayd etilgan qalinlikdagi plastmassa quvurlar qoʻllanilishi lozim.
41. Izolyator, karantin, qushxona va utilizatsiya boʻlimlarining oqava suvlari alohida oqava suv tarmogʻiga toʻplanib, umumiy oqava suv tarmogʻiga qoʻshib yuborishdan avval dezinfeksiyadan oʻtkazilishi kerak.
42. Parrandachilik binolarida oʻrnatilgan oqar suvli suvdonlardan ortgan oqava suvni magistral tizimlarida parranda pati va turli chiqindilarni ushlab qoladigan moslamalar oʻrnatish kerak.
43. Sutni qabul qilish, ishlov berish uskunalari, shuningdek sut idishlarini yuvadigan texnologik uskunalar eng kamida 20 mm boʻlgan oqava suv tarmogʻiga qoʻshilishi lozim.
44. Chigil yozish maydonchalarining oqava (qoldik) suvlari ochiq ariqlar yoki diametri kamida 300 mm boʻlgan quvurlar orqali umumiy saqlash joylariga yoki umumiy kanalga oqizilishi lozim.
45. Binolarda yuqori samaradorlikka ega mahalliy suv tozalash inshootlari oʻrnatilishi kerak.
46. Binolarda havo almashtirish moʻrisi boʻlishi lozim.
6-bob. Isitish va havo almashtirish tarmogʻi
47. Binolarning isitish va havo almashtirish tarmoqlari SHNQ 2.04.05-22 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
Issiqlik tashuvchisi sifatida 150 °C li qaynoq suv, texnologik ehtiyojlar uchun 95 °C gacha isitilgan suv yoki bugʻ qabul qilinishi kerak.
48. Binolar ichidagi havoning belgilangan harorati, nisbiy namligi, havo tozaligi va uning havo harakatining tezligi binolarning texnologiyasiga binoan qabul qilinishi lozim.
49. Ichkari havo parametrlari belgilanmagan xonalar uchun koʻrsatkichlar GOST 121.005-76 ga muvofiq belgilanishi lozim.
50. Tashqi toʻsiq konstruksiyalarning issiqlik oʻtkazishga talab etilgan qarshiligini aniqlashda tashqaridagi havoning belgilangan harorati SHNQ 2.01.01-22 ga asosan aniqlanishi lozim.
51. Sogʻilmaydigan sigirlar va boʻrdoqiga boqilayotgan buzoqlar uchun xonaning ichki harorati 5 °C va namligi 75 — 80 % deb qabul qilinishi lozim. Yozda xona ichkarisidagi harorat 33 °C dan ortiq boʻlganida parrandalar boqiladigan bino havosini moʻtadil holda saqlash imkoniyati koʻzda tutilishi lozim.
52. Barcha chorvachilik binolarida nisbiy namlik 75 % dan ortiq boʻlmasligi kerak.
53. Binolar havo almashtirish uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
54. Binolar havosining tarkibidagi zararli gazlarning ruxsat etilgan eng yuqori miqdori mazkur SHNQning 2-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
55. Hayvonlar boqiladigan binoga kirayotgan issiqlikni aniqlashda devorlar orqali bino ichkarisiga tushgan quyosh nurlari hisobga olinmasligi lozim.
56. Bino devorlarining derazasidan tushgan quyosh nurlari radiatsiya bilan birgalikda hisobga olinishi lozim.
57. Usti ochiq va namlangan yuzalardan ajralib chiqqan namgarchilik miqdori quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
Wpov = Wot Fot + Wsm ∙ Fsm
bu yerda:
Wot va Wsm — texnologiya talablarni mazkur SHNQning 4-ilovasi 3- va 4-jadvallaridan olinadi;
Fot va Fsm — usti ochiq suv va namlangan yuzalari maydoni.
58. Xona havosidagi ortiqcha nam chiqarib yuborilgach, havo almashuvi quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
σpr = Wvdv-dnσpr = WB dv – dn
bu yerda:
WB — xona havosiga ajralib chiqayotgan namlik miqdori, g/s;
dv va dn — ish zonasi havosida ruxsat etilgan namlik miqdori, tashqaridan kirgan havodagi namlik miqdori, vg/kg.
Havo almashinuvida havo tarkibidagi CO2 miqdorini quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
L = KgazSv-SnL = Kgaz Sv – Sn
bunda:
Kgaz — zararli moddalarning ajralib chiqishi, g/l;
Sv — Sn, — chiqarib yuborilgan havodagi zararli modda miqdori, mg/m3, va binoga kirayotgan havodagi zararli modda miqdori Sn mg/m3;
σpr — haydab kiritilgan havo tarkibidagi zararli modda miqdori, mg/m3.
Xona havosidan bir vaqtning oʻzida issiqlik va namni haydab chiqarishda havo almashuvi J — d diagrammasi boʻyicha jarayon yoʻnalishi yordamida hisoblanishi lozim.
59. Panjarasimon pollarda qoramollarni boqishda pol ostidan minimal havo almashuvining miqdori kamida 30 % hajmda havo yangilanib turishini koʻzda tutish kerak.
Kanallarni tozalab turish uchun binolar tuynuklar bilan jihozlanishi lozim.
60. Qish mavsumida molxona ichiga yuborilayotgan havo oqimi binoning yuqori qismiga yoʻnaltirilishi kerak.
Havo tizimini qish mavsumida eng kam va yoz mavsumida eng koʻp havo sarflanishini inobatga olib loyihalashtirish kerak.
Tabiiy havo almashuvini eshik va derazalar orqali amalga oshirilishi lozim.
61. Binolarda ishlatilayotgan isitish-havo almashtirish uskunalarining shovqin darajasi 70 dB dan oshmasligi kerak.
62. Qoramollar tugʻish boʻlmalarida ona choʻchqa va choʻchqachalar, yosh quyonlar va parrandalar boqiladigan binolarning devoriga oʻrnatiladigan isitish tizimlaridan foydalanish kerak.
63. Isitish asboblari yuzasining haroratini quyidagicha qabul qilish kerak:
parrandalar polda boqiladigan binolarda koʻpi bilan 105 °C;
parrandalar qafasda va jonivorlarni boqishga moʻljallangan binolarda koʻpi bilan 150 °C.
64. Isitish va havo almashtirish tizimlarining isitish asboblari hayvonlar va parrandalardan xoli joyda oʻrnatilishi, muhofaza toʻsigʻiga ega boʻlishi, isitish asboblari va quvurlarni dezinfeksiya qilish va tozalash imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
65. Binolarning issiq suv taʼminotini SHNQ 2.04.01-22 ga muvofiq loyihalashtirish lozim.
66. Issiq suv harorati va uning sarfini loyiha topshirigʻiga binoan qabul qilish lozim.
67. Binolar havosini talab darajasida tutish va uskunalar ishdan chiqishining oldini olish maqsadida loyihalarda isitish va havo almashtirish tizimlarining ishini avtomatik tarzda moslash va toʻxtatish moslamalari koʻzda tutilishi lozim.
7-bob. Elektrotexnika uskunalari
68. Elektr uskunalarini oʻrnatish loyiha topshirigʻiga asosan va SHNQ 2.01.05-19, QMQ 2.04.17-98, SHNQ 2.09.02-19 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
69. Binolarni yoritish loyiha topshirigʻiga koʻra bajarilishi lozim.
Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi QMQ 2.09.03-02 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
70. Binolarning elektr uskunalarini oʻrnatish loyiha topshirigʻiga muvofiq qabul qilinishi lozim.
8-bob. Yongʻin xavfsizligi talablari
71. SHNQ 2.01.19-09 ga asosan binolarning yongʻinga bardoshlik darajasi inobatga olinib, yongʻinga qarshi devorlar oraligʻidagi xonalar maydoni mazkur SHNQni 3-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Ishlab chiqarish toifasi V boʻlgan, parrandalar va qoʻylarni saqlash uchun moʻljallangan olovga bardoshligi V darajali binolarning yongʻinga qarshi devorlar oraligʻidagi pol maydonini 10 kv.m. gacha koʻpaytirish kerak.
72. I — IV darajali olovga bardoshli binolarda chordoqning yogʻoch konstruksiyalarida olovdan himoya qilish choralari koʻrilishi lozim.
73. Olovga bardoshli binolarni loyihalashda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
tom qismi yonmaydigan materiallardan ishlanishi;
chordoqdagi elektr simlarini mexanik shikastlanishdan himoya qilish;
chordoq tomonidan yogʻoch orayopmalarni yonuvchan issiqlik qoplamasi ustidan kamida 20 mm qalinligida loy qorishmasi bilan himoyalash;
olovga bardoshligi II va III darajali binolarda kamida R45 va olovga bardoshligi IV darajali binolarda kamida R15 boʻlgan lyuklarni chordoqning orayopmasida oʻrnatish.
74. Binolarning ichiga yoki yoniga qoʻshib qurilgan portlash yoki yonish xavfi boʻlgan bino xonalari, shuningdek dagʻal yem saqlaydigan binolar bir-biridan hamda boshqa binolardan olovga bardoshligi kamida R60 boʻlgan yongʻinga qarshi toʻsiqlar va orayopmalar bilan ajratilishi, shuningdek bevosita tashqariga chiqish yoʻlagiga ega boʻlishi kerak.
Devorlardagi (toʻsiqlardagi) tuynuklar (eshik, darvoza, deraza va texnologik tuynuklari) olovga kamida R30 bardosh beradigan yonmaydigan materiallardan boʻlishi kerak.
Eshik va darvozalar oʻzini-oʻzi berkitish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
75. Portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida SHNQ 2.01.19-09 ga muvofiq yengil olib tashlanadigan tashqi toʻsiq konstruksiyalar boʻlishi lozim.
76. Qoʻshimcha qurilgan binolarda saqlanadigan dagʻal yem zaxirasi olovga bardoshligi II darajali binolar uchun 30 tonna va olovga bardoshligi III, IV va V darajali binolar uchun 20 tonnadan oshmasligi lozim.
77. “V” va “D” toifali ishlab chiqarishga ega boʻlgan binolarda quyidagilar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi:
olovga bardoshligi III va IV darajali binolarda — 180 mm yoki diametri kamida 160 mm boʻlgan, alangalanishdan himoyalanmagan ichki yogʻoch ustunlar;
olovga bardoshligi IV darajali binolarda — yonuvchan materiallardan yasalgan chordoq orayopmalari;
olovga bardoshligi I — V darajali binolarda — yonuvchan materiallardan yasalgan frontonlar va chordoq orayopmaning issiqlik qoplamalari;
olis yaylovlarda joylashgan binolarda — mahalliy yonuvchan materiallardan (qamish, somon va boshqalar) yasalgan tom.
78. Binolardan odamlarni evakuatsiya qilish yoʻllari (evakuatsiya chiqishlarning soni va joylashuvi, ish joylaridan chiqishgacha boʻlgan masofa, oʻtish joylari, yoʻlaklar, eshiklar va boshqalarning oʻlchamlari) SHNQ 2.09.02-19 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Ishchi xodimlarni evakuatsiya qilish uchun darvozalarda chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochiladigan eshiklar (ostonasiz yoki ostonasi 0,1 m dan past boʻlgan) oʻrnatilishi lozim.
Binolardan chiqish joylari, agar ular evakuatsiya yoʻllari talablariga javob bersa, ushbu chiqish joylaridan xodimlarni evakuatsiya qilinishini hisobga olish kerak.
79. Yongʻin vaqtida yorugʻlik yoki aeratsiya fonarlari boʻlmagan xonalardan tutunni haydab chiqarish tizimlari QMQ 2.04.05-97 ga muvofiq belgilanishi kerak.
Yongʻin sodir boʻlganda tortuvchi shaxtalarini avtomatik ravishda ochish uchun moslama bilan jihozlanishi talab qilinmaydi.
80. Portlash xavfi mavjud xonalarda bugʻ va changning portlovchi konsentratsiyasining shakllanishi haqida ogohlantiruvchi avtomatik signalizatsiya tizimini nazarda tutish kerak.
81. Binolar uchun olovga bardoshlilik darajasi hamda konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
82. Binolar uchun avtomatik yongʻin oʻchirish hamda signalizatsiya vositalari SHNQ 2.04.09-07 ga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
Avtomatik yongʻin oʻchirish va signalizatsiya qurilmalari oʻrnatilishi lozim boʻlgan binolar roʻyxati mazkur SHNQning 5-ilovasida keltirilgan.
83. Yongʻinga bardoshligi I — IV darajali binolarda chordoqning yogʻoch toʻsinlarini olovdan saqlash chora-tadbirlari koʻrilishi lozim.
Qoʻshimcha qurilgan binolarda saqlanadigan dagʻal ozuqa zaxirasi II daraja olovga bardoshli binolar uchun 30 tonna va III, IV va V daraja olovga bardoshli binolar uchun 20 tonnadan oshmasligi kerak.
“V” va “D” toifali ishlab chiqarishga ega boʻlgan binolarda quyidagilar boʻlishi lozim:
IV darajali olovga bardoshli binolarda — kamida 180 x 180 mm yoki diametri kamida 160 mm boʻlgan, oʻt olishidan muhofazalanmagan ichki yogʻoch toʻsiqlar;
IV darajali olovga bardoshli binolarda — oʻt oluvchi materialdan yasalgan chordoq toʻsigʻi;
I — IV darajali olovga bardoshli binolarda — chordoqning oʻt oluvchi materialdan yasalgan frontonlar.
84. SHNQ 2.01.02-04 va SHNQ 2.01.19-09 larga asosan binolarning ichiga yoki yoniga qoʻshib qurilgan portlash yoki oʻt olish xavfi boʻlgan alohida bino (xona)lar (ozuqa sexlari, ichki yonuv dvigatelli nasos xonalari, issiqlik generatorlari binolari, shuningdek dagʻal yem — pichan, somon saqlaydigan binolar) bir-biridan hamda boshqa bino (xona)lardan olovbardoshligi kamida 1 h, olov oʻtkazmaydigan toʻsiqlar bilan ajratilishi va alohida tashqariga chiqish yoʻlagiga ega boʻlishi kerak.
85. SHNQ 2.01.02-04 ga asosan toʻsiqlardagi tuynuklar (eshik, darvoza, deraza va texnologiya tuynuklari) olovga kamida 0,6 h bardosh beradigan, yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materiallar bilan berkitilishi kerak.
86. SHNQ 2.01.02-04 ga binoan oʻz-oʻzidan yopiladigan eshik va darvozalar maxsus moslama qatlamiga ega boʻlishi lozim.
SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik norma va qoidalariga 1-ILOVA
Chorvachilik binolari va chigil yozish maydonchalari polining asosiy turlari
SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik norma va qoidalariga 2-ILOVA
Pol va toʻshamalar asosiy turlarining konstruksiyalari
SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik norma va qoidalariga 3-ILOVA
Maxsus asboblarning suv sarfi va ularning bir vaqtdagi harakati, foiz hisobida
Texnologik uskunalarning (maxsus yuvish, sovitish moslamalari va h.k.) suv sarfi loyiha topshirigʻiga binoan qabul qilinishi lozim.
SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik norma va qoidalariga 4-ILOVA
Chorva, parranda va moʻynali hayvonlarni sugʻorish moslamalari yordamida sugʻorishga ketadigan suv sarfini aniqlash
Sugʻorish moslamalari orqali sugʻorishga ketadigan taxminiy suv sarfi S l/s quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
R = Ri ∙ P, (1),
bunda:
Ri — 1-jadvalga koʻra qabul qilinadigan, chorva, parranda va moʻynali hayvonlarni sugʻorish surʼati.
P — tarmoqning hisobga olingan uchastkasidagi bir vaqtning oʻzida ishlayotgan avtomatik sugʻorish moslamalarining miqdori boʻlib, 2-jadvalga koʻra, mazkur uchastkada oʻrnatilgan avtomatik sugʻorish moslamalarining miqdoriga, yaʼni Po ga, va ular ishlash:
V = Rd ∙ Kh ∙ C/86400 ∙ Ri,
formulasiga binoan aniqlanadigan V ehtimoliyligiga bogʻliq ravishda qabul qilinadi.
Ushbu formulada:
Rd — texnologiya meʼyorlariga koʻra qabul qilinib, jonivorlarni sugʻorishga qilinadigan suv sarfi, l/s;
Kh — texnologiya meʼyorlariga koʻra qabul qilinadigan soatlar boʻyicha nomuntazamlik koeffitsiyenti;
C — tarmoqning mazkur uchastkasida oʻrnatilgan har bir avtomatik sugʻorish moslamasiga toʻgʻri keladigan jonivorlar miqdori.
Jonivorlarning suv idishlari (avtomatik sugʻorish moslamalaridan tashqari) suvning hisobiy sarfi mazkur SHNQ 2-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
SHNQ 2.09.07-22 “Chorvachilik, parrandachilik hamda moʻynachilik bino va inshootlari” shaharsozlik norma va qoidalariga 5-ILOVA
