Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarning roʻyxatini tasdiqlash haqida (3557-son)
30.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3557]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-son “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-sentabr,
7/94463-01-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 28-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-avgust
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 27-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-sentabrdagi 7/94463-01-son buyrugʻiga ILOVA
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarning
ROʻYXATI
T/r Obyektlarning nomi Koʻrsatkichlar va tavsiflar Energetika obyektlari 1. Atom va yadro sanoati obyektlari uranni qazib olish, saqlash va birlamchi qayta ishlash obyektlari; ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi obyektlar; yadroviy va radioaktiv materiallarni tashuvchi obyektlar; radioaktiv chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish obyektlari; yadroviy va radioaktiv materiallar, radioaktiv chiqindilarni saqlagichlar; atom reaktorlari; gamma qurilmalar, siklotron va tezlatgichlardan foydalanuvchi obyektlar 2. Gidroelektr stansiyalar (GES) quvvati 1 MVt dan yuqori 3. Issiqlik elektr stansiyalari (IES), bugʻ qozonlari quvvatidan qatʼiy nazar 4. Quyosh fotoelektr stansiyasi quvvati 500 kVt dan yuqori 5. Shamol elektrostansiyasi (generatori) quvvati 500 kVt dan yuqori 6. Ochiq taqsimlash qurilmalari (ORU) va yopiq taqsimlash qurilmalari (KRUN, ZRU) kuchlanishi 35 kV va undan yuqori 7. Transformator podstansiyalari (bir yoki ikki transformatorli) kuchlanishi 35/6-10 kV, 35/0,4 kV taqsimlash punktlari; kuchlanishi 110/35/6-10, 110/6-10kV va undan yuqori (220/6-10, 220/35/6-10, 220/110/35/6-10, 500/110/35-10, 500/220/35-10, 750/500 kV) 8. Havo elektr uzatish tarmoqlari (1 va 2 zanjirli) kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan 9. Kabel elektr uzatish tarmoqlari kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan 10. Koʻmir konlari shu jumladan, yer osti shaxtalari 11. Koʻmirni yer osti usulida gazga aylantirish maydonlari barchasi 12. Kislorod va boshqa gazlar ishlab chiqarish obyektlari ishlab chiqarish sexi, hajmi 50 m3/soat quvvatdan yuqori 13. Vodorod ishlab chiqarish obyektlari barchasi Neft va gaz sanoati obyektlari 14. Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, tayyorlash, qayta ishlash va saqlash obyektlari quduqlar (parametrik, qidiruv, tuzilmaviy, ekspluatatsiya va boshqalar); konda va konlararo tashish quvurlari (gaz quvurlarining kirish qismi bloki bilan); kon ichidagi quvurlar va gaz yigʻish kollektorlari; jamlash punktlari; magistral quvur oʻtkazgichlar (nasos, kompressor, gaz taqsimlash va bosimni koʻtarish kompressor stansiyalari bilan); kompressor xoʻjaligi obyektlari (gazni quritish qurilmasi, yordamchi mashina-agregatlar); mahsulotlarni saqlash va tushirish-yuklash obyektlari (rezervuarlar parki, quyish va toʻkish estakadalari bilan) 15. Suyultirilgan tabiiy gazni saqlash va tushirish-yuklash joylari hajmidan qatʼiy nazar 16. Inert gazlar ishlab chiqarish obyektlari hajmidan qatʼiy nazar 17. Biogaz qurilmalari reaktor hajmi 50 m3 dan yuqori 18. Gazgolderlar va retsipiyentlar hajmi va bosimidan qatʼiy nazar 19. Avtokorxonalarning neft omborlari barchasi 20. Avtomobilga yoqilgʻi va gaz quyish stansiyalari dizel, benzin, metan, propan, butan va boshqa gazlar 21. Kemalarga neft mahsulotlari quyish stansiyalari benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi 22. Gaz tarmoqlari yuqori bosimli — 0,3 MPa (3,0 kgs/sm2) dan yuqori 23. Suyultirilgan uglevodorod gazlarni saqlash inshootlari shu jumladan, gaz toʻldirish stansiyalari, gaz toʻldirish punktlari, avtonom gaz taʼminot tizimlari 24. Gaz xoʻjaligi inshootlari gaz bilan taʼminlovchi, gaz taqsimlovchi obyektlar 25. Magistral gaz quvurlari yuqori bosimli 26. Odoranlashtirish uskunalari bilan jihozlangan gaz taqsimlash stansiyalari hajmi 50 m3 dan yuqori Togʻ-kon sanoati obyektlari 27. Togʻ-kon boyitish fabrikalari (kombinatlari) maydalash, boyitish korpuslari, konsentrat omborxonalari 28. Shaxtalar, konlar, ochiq karyerlar boyitish fabrikasi; yer ostidan ruda olish shaxtalari, konlar va ochiq karyerlar; karyer va shaxta oldi sanoat maydonchalari 29. Suyuq holatdagi chiqindilarni saqlash joyining alohida obyektlari (chiqindixonalar) toʻsib turadigan dambalar, filtratsiyadan saqlovchi ekranlar, gidrotexnik inshootlar 30. Qurilish materiallari ochiq holda olinadigan karyer porlatish yoʻli bilan amalga oshiriladigan ishlar 31. Togʻ-kon sanoati obyektlariga xizmat koʻrsatish obyektlari quvvati soatiga 10 Gkal dan yuqori texnologik issiqlik taʼminoti obyektlari va issiqlikni utilizatsiya qilish inshootlari Metallurgiya va elektrotexnika sanoati 32. Payvandlash, metallarga kimyoviy ishlov berish qurilmalari metallni tozalash va unga kimyoviy ishlov berish liniyasi 33. Ruda va konsentratlardan rangli metallarni quyish (qoʻrgʻoshin, qalay, mis, nikel va sh.k.) obyektlari gidroliz yoʻli bilan olish Kimyo sanoati, mineral oʻgʻitlar obyektlari 34. Kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish korxonalari barcha xavfli ishlab chiqarish obyektlari 35. Zaharli kimyo mahsulotlarini va mineral oʻgʻitlarni saqlash ombori muayyan turdagi tashqi taʼsir chogʻida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda oʻz-oʻzidan juda tez tarqaladigan kimyoviy oʻzgaruvchan portlovchi moddalar; portlash-yongʻin xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalar; tirik organizmga taʼsir qilish darajasiga koʻra: I xavflilik darajasi; II xavflilik darajasi; III xavflilik darajasi Ogʻir sanoat va transport mashinasozligi 36. Mashinasozlik korxonalari kimyo-neft sanoati Asbob-uskunalar va dastgohlarni ishlab chiqarish 37. Asbob-uskunalar yoki qurilmalarni ishlab chiqarish korxonalari tarkibida zaharli moddalar boʻlgan asbob-uskunalar Elektrotexnika sanoati 38. Elektrotexnika sanoati obyektlari turbogeneratorlar va yirik elektr mashinalarini ishlab chiqarish zavodi; kuchlanish transformatorlarini ishlab chiqarish zavodi; yuqori kuchlanishli apparatura ishlab chiqaradigan zavod; quvvati 1600 kVA gacha boʻlgan transformator punktlarini ishlab chiqaradigan zavod; elektr lampalari, fonarlar va sh.k. (quyma sexlari boʻlgan va simob ishlatiladigan) 39. Taʼmirlash binolari yuqori kuchlanishli jihozlar va elektr uskunalarni taʼmirlash sexlari Qurilish materiallari sanoat obyektlari 40. Sement zavodi, gips (alebastr), boʻr, ohak ishlab chiqarish korxonalari sement ishlab chiqarish (portlandsement, putsolansement, shlakoportlandsement va boshqalar) 41. Payvandlash ashyolari va materiallarni ishlab chiqarish korxonalari kalsiy karbidini ishlab chiqarish metall elektrodlarni (marganets qoʻllagan holda) ishlab chiqarish 42. Asbest buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari tarkibida asbest moddasi boʻlgan materiallar 43. Loklarni ishlab chiqarish korxonalari yogʻli, spirtli, tipografiyaviy, izolyatsiyalovchi, rezina ishlab chiqish sanoati Farmatsevtika, tibbiyot va mikrobiologiya sanoati obyektlari 44. Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari vaksina va zardob ishlab chiqarish farmatsevtik kaliy tuzlarini (xlorlangan, oltingugurtli, potash) ishlab chiqarish glitserin ishlab chiqarish Un-yorma mahsulotlari va omixta yem ishlab chiqarish 45. Donni saqlash va qayta ishlash korxonalari va obyektlari elevator va tegirmonlar (zavodlar) Suv xoʻjaligi qurilishi, irrigatsiya va melioratsiya obyektlari 46. Damba va toʻgʻonlar (kanallardagi, vaqtincha suv toʻsuvchi inshootlar va baliqxonalardagi dambalar) Dambalarning balandligi 5 metr va undan yuqori boʻlgan 47. Magistral kanallar koʻtarma kanallarning dambalari balandligi 5 metr va undan yuqori boʻlgan 48. Magistral kollektorlar respublika ahamiyatiga ega, chuqurligi 10 metrdan chuqur boʻlgan va sekundiga 10 m3 dan ortiq suv oʻtkazadigan Sogʻliqni saqlash obyektlari 49. Sanitariya-epidemiologiya, virusologiya markazlari (stansiyalari) Laboratoriyalar 50. Yondirish qurilmalari Oʻta xavfli biologik chiqindilarni yoʻq qilish uskunalari, krematoriylar Issiqlik taʼminoti 51. Tuman issiqlik stansiyalari quvvati soatiga 10 Gkal va undan yuqori 52. Markaziy issiqlik punktlari, isitish qozonxonalari quvvati soatiga 10 Gkal va undan yuqori Muhandislik tarmoqlarining boshqa obyektlari 53. Muhandislik tarmoqlari (himoyalovchi) tonnellari va kanallari, yer osti kollektorlar maxsus usullar, yakka tartibdagi konstruksiyalar, yopiq oʻtish joylari qoʻllangan, metropoliten yoki temir yoʻllar kesib oʻtilgan, kommunikatsiyalar aralash oʻtkazilgan, murakkab gidrogeologik sharoitlarda loyihalashtirish va qurish Temir yoʻl transporti infratuzilmasi 54. Temir yoʻllar va infratuzilmasi obyektlari togʻ-kon sanoati temir yoʻllari 55. Metropoliten transporti infratuzilmasi obyektlari umumiy tarmoq temir yoʻllari, tonnellar va estakadalar, bekatlar, xizmat koʻrsatish obyektlari va muhandislik taʼminoti tizimlari Daryo transporti 56. Oʻziyurar va oʻziyurmas kemalar uchun sliplar kemalar sigʻimidan qatʼiy nazar Chiqindixonalar 57. Utilizatsiya qilinadigan chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy qurilmalarsiz (qurilmalar maqsadlari toifalariga koʻra belgilanadi) 58. Chiqindilarni qayta ishlash va saqlash korxonalari (xavflilik darajasiga koʻra) I — V sinfga mansub 59. Zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni maxsus poligonlarda konservatsiya qilish hamda chiqindi turiga qarab rekultivatsiyani amalga oshirish chiqindi, shlamni (koʻmir kukuni) toʻplash yoki koʻmish joylari 60. Zaharli-kimyoviy va boshqa toksik moddalarni zararsizlantirish va koʻmish joylari I va II sinfga mansub toksik moddalar, radioaktiv moddalar 61. Organik va chiruvchi mahsulotlar uchun chiqindixonalar takomillashtirilmagan 62. Biologik kamerali oʻlaksa koʻmish joylari barchasi 63. Oʻlaksalarni utilizatsiya qilish zavodi barchasi Omborxonalar 64. Nooziq-ovqat mahsulotlari ombori Portlovchi, kimyoviy va zaharli moddalar saqlanadigan omborxonalar Maxsus obyektlar va ish turlari 65. Portlovchi moddalar va vositalar bilan ishlash obyektlari komponentlarni saqlash omborlari, tushirish-yuklash joylari, sinash poligonlari va laboratoriyalar 66. Portlash-yonish xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlar hamda zararli va zaharli moddalar ishlatuvchi va saqlovchi obyektlar shuningdek, portlashga xavfi mavjud changsimon va gazsimon aralashmalar hosil boʻladigan obyektlar 67. Kanalizatsiya quvurlari Sutkalik ish hajmi 280.000 m3 dan ortiq boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari
