Oʻzbekiston Respublikasining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmani tasdiqlash haqida (3556-son)
27.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3556]
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son “Hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-avgust,
1-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 21-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 1-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini aniqlash boʻyicha
USLUBIY QOʻLLANMA
Mazkur Uslubiy qoʻllanma (bundan buyon matnda Uslubiy qoʻllanma deb yuritiladi) shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini aniqlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Uslubiy qoʻllanmada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul);
aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar.
2. Mazkur Qoʻllanmada quyidagilar xarajatlar nazarda tutilmagan:
topografiya sʼyomkalarni bajarish (shu jumladan, topografik xaritalarni sotib olish);
buziladigan bino-inshootlarni narxlash va buzish smetalarni ishlab chiqish;
chizmalarning nusxalarini, shuningdek koʻchalarning yoyilma koʻrinishlarini, qurilish va obodonlashtirish loyihalari fragmentlarini tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
arxeologiya ishlarini bajarish;
tarixiy-arxitektura tayanch rejasini tuzish;
loyihalash uchun dastlabki ishlarni bajarish va boshlangʻich maʼlumotlarni yigʻish;
loyihalashtirish topshirigʻini tayyorlash;
loyiha yechimlari variantlarini ishlab chiqish (konsepsiya yoki texnik-iqtisodiy asoslardan (TIA) tashqari);
xavfli geologik jarayonlar va hodisalardan (koʻchki, sel, qor koʻchishi va boshqalar) himoyalash inshootlarini loyihalash;
fuqarolar muhofazasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlarni loyihalash.
3. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini hisoblashda buyurtmachi tomonidan loyihalashtirish uchun zarur boshlangʻich maʼlumotlarni, loyihalashtirish topshirigʻini hamda shartnomani taqdim etish muddatlari hisobga olinmaydi.
4. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:
loyihalash muddati;
loyihalash ishlarining hajmi;
murakkablashtiruvchi (yengillashtiruvchi) omillarni hisobga oluvchi tuzatish koeffitsiyentlari.
5. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishning boshlangan yilidan keyingi yilga oʻtgan ishlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda tomonlarning kelishuviga koʻra shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
6. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini hisoblashda bir nechta oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilganda, mazkur koeffitsiyentlarning faqat kasr qismi (butun qismini hisobga olmagan holda) bir-biriga qoʻshiladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini hisoblashda bir nechta pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilganda, mazkur koeffitsiyentlarning faqat kasr qismi (butun qismini hisobga olmagan holda) bir-biriga qoʻshiladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini hisoblashda oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bir vaqtda qoʻllanilganda, umumiy koeffitsiyent ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga muvofiq aniqlangan oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni oʻzaro koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
7. Mazkur Uslubiy qoʻllanmada belgilangan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlari qonunchilik hujjatlari va loyihalashtirish topshiriqlariga muvofiq toʻliq loyiha hajmi uchun qoʻllaniladi hamda loyiha hujjatlarining bajarilmaydigan qismlari tegishli foizlar asosida kamaytirilgan holda hisoblanadi.
Bunda, loyiha hujjatlari qismlarining qiymati loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlarning hajmini hisobga olgan holda mustaqil belgilanadi.
2-bob. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxini hisoblash
8. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Q = Ab x KBHM x KIS
bunda:
Q — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxi;
KBHM — bazaviy hisoblash miqdori (narxni hisoblash kunida amalda boʻlgan miqdori qoʻllaniladi);
Ab — shaharsozlik hujjatlarining tarkibidan kelib chiqib hisoblanadigan ishlab chiqish qiymati (tegishli jadvallar boʻyicha olinadi);
KIS — ijtimoiy soliq stavkasini koʻzda tutuvchi koeffitsiyent.
9. Shaharsozlik hujjatlari ikki bosqichda, yaʼni birinchi bosqichda loyihaning konsepsiyasi yoki texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) va ikkinchi bosqichda asosiy loyiha (shaharsozlik hujjatlari) ishlab chiqilishi rejalashtirilganda, shaharsozlik hujjatini ishlab chiqish narxiga 1,25 koeffitsiyent qoʻllaniladi. Bunda, shaharsozlik hujjatini ishlab chiqish narxining:
32 foizi — loyihaning konsepsiyasi yoki texnik-iqtisodiy asoslari (TIA);
68 foizi — asosiy loyihaning (shaharsozlik hujjatlari) qiymati hisoblanadi.
10. Mazkur Uslubiy qoʻllanma asosida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxi hisoblab chiqilganidan soʻng xizmat safari xarajatlari (agar xizmat safariga yuboriladigan boʻlsa) va qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshiladi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining hududi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish qiymati
11. Oʻzbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini hamda viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish qiymati quyidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi:
12. Oʻzbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini hamda viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish qiymatiga quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda hisoblanadi:
4-bob. Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish qiymati
13. Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish qiymati quyidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi:
T/rLoyihalarning nomiLoyihalarning koʻrsatkichlariBXM barobari (Ab)1.Aholi soni 500 ming kishidan ortiq boʻlgan shaharlar bosh rejalarining konsepsiyasi yoki texnik-iqtisodiy asoslari (TIA), aholisi soni ming kishi (ikki bosqichli loyihalashda)500 dan 750 gacha2 981750 dan 1000 gacha3 5191000 dan ortiq3 8172.Aholi punktlarining (shahar, shaharcha) bosh rejasi, aholisi soni ming kishi (bir bosqichli loyihalashda)1 gacha3681 dan 2 gacha3892 dan 5 gacha4655 dan 10 gacha60010 dan 25 gacha89525 dan 50 gacha128450 dan 100 gacha2137100 dan 250 gacha3223250 dan 500 gacha4805500 dan 750 gacha5523750 dan 1000 gacha66471000 dan ortiq71583.Aholi punktlarining (shahar, shaharcha) joylashish holati tarhi, km2 (bosh rejaga qoʻshib ishlanadi)500 gacha151500 dan 2000 gacha2972000 dan ortiq4434.Aholi punktlari (qishloq, ovul, mahalla) hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari, ming gektar4 gacha5914 dan 10 gacha79210 dan 20 gacha103720 dan ortiq11495.Aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari, km2 10 gacha83210 dan 50 gacha96150 dan 100 gacha1 030100 dan ortiq1 6726.Shaharning sanoat hududini, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalari hududlarini rejalashtirish loyihalari, gektar50 gacha80050 dan 100 gacha1 193100 dan 250 gacha1 783250 dan 500 gacha2 186500 dan ortiq 2 981
14. Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish qiymatiga quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda hisoblanadi:
Izoh: mazkur jadvalning 10-bandida keltirilgan ekologiya va atrof-muhitga taʼsirini baholash loyihasi (bosh reja, sanoat hududi, maxsus iqtisodiy zonalar va boshqalar) shaharsozlik hujjatining tarkibiy qismi boʻlsa-da, alohida ishlab chiqiladi va uning narxi shaharsozlik hujjatini ishlab chiqish narxiga alohida satrda qoʻshib hisoblanadi.
15. Aholi punktining bosh rejasi batafsil rejalashtirish loyihasi (BRL) bilan birgalikda ishlab chiqilganda, bosh rejani ishlab chiqish qiymatining 50 foizi, batafsil rejalashtirish loyihasi (BRL) va boshqa loyihalarni ishlab chiqish qiymatlari toʻliq qoʻshib hisoblanadi.
5-bob. Aholi punktlarining hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlab chiqish qiymati
16. Batafsil rejalashtirish loyihasi (BRL) va master rejani ishlab chiqish qiymati quyidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi:
17. Batafsil rejalashtirish loyihasi (BRL) va master rejani ishlab chiqish qiymatiga quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda hisoblanadi:
6-bob. Shaharsozlik hujjatlari tarkibiga kiruvchi ayrim loyihalarni ishlab chiqish va ular bilan bogʻliq ishlarni bajarish qiymati
1-§. Shaharsozlik hujjatlarining muhandislik jihatdan tayyorlash tadbirlari boʻyicha tarhlarni ishlab chiqish qiymati
18. Shaharsozlik hujjatlarining muhandislik jihatdan tayyorlash tadbirlari boʻyicha tarhlarni ishlab chiqish qiymati quyidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi:
Izoh: Noqulay tabiiy sharoitda joylashgan aholi punktlari uchun (yuza nishabligi 0,005 ‰ dan kichik yoki 0,05 ‰ dan katta boʻlgan murakkab relyefli joy, botqoq va suv bosadigan; tuproqlari choʻkuvchan, koʻpchiydigan, karstli, koʻchki va jarlik hosil boʻlish jarayonlari mavjud boʻlgan) ushbu jadvalning 1, 2, 4, 5, 6, 7 va 13-bandlarida nazarda tutilgan tarhlarni ishlab chiqish qiymatiga 1,2 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda aniqlanadi.
2-§. Shaharsozlik hujjatlarining maketlari, 3D-materiallari va taqdimot materiallarini ishlab chiqish qiymati
19. Shaharsozlik hujjatlarining maketlarini tayyorlash va kompyuter dasturlari yordamida 3D-materiallarni ishlab chiqish qiymati shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqish qiymatiga nisbatan quyidagi jadvaldagi koeffitsiyentlar boʻyicha aniqlanadi:
20. Shaharsozlik hujjatlarining taqdimot materiallarini ishlab chiqish qiymati shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqish qiymatiga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, ularni Internet butunjahon axborot tarmogʻi va boshqa axborot dasturlariga joylashtirish ishlarining qiymati shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqish qiymatiga nisbatan 0,05 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblanadi.
21. Shaharsozlik hujjatlarining maketlari, 3D-materiallari va taqdimot materiallarini tayyorlash ishlari buyurtmachi tomonidan berilgan topshiriq hamda shartnoma asosida tomonlarning oʻzaro kelishgan narxlarida bajariladi.
3-§. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari boʻyicha mualliflik nazoratini amalga oshirish qiymati
22. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari boʻyicha bir marotaba mualliflik nazoratini amalga oshirish qiymati quyidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi:
Izoh: Nazorat davriyligi buyurtmachi bilan kelishilgan nazorat reja-jadvalida belgilanadi.
23. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari boʻyicha mualliflik nazoratini amalga oshirish qiymatiga nazorat davriyligi koʻpaytirilgan holda ushbu Uslubiy qoʻllanmaning 8-bandida keltirilgan formula asosida hisoblanadi.
7-bob. Yakuniy qoida
24. Mazkur Uslubiy qoʻllanma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
