SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-42-son)
07.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 8-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 282]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Birinchi oʻrinbosar S. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-avgust,
01/2-42-son
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 20-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
2024-yil 3-iyul
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 26-iyul
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 22-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 10-iyul
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
2024-yil 10-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 01/2-42-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) madaniyat tashkilotlari obyektlari (bundan buyon matnda madaniyat obyektlari deb yuritiladi) hamda ularning yordamchi va maʼmuriy-maishiy binolarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizlik”;
SHNQ 2.01.08-19 “Shovqindan himoya”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.01.18-18 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari”;
QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki vodoprovodi va kanalizatsiya”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
Oʻz MSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”;
Oʻz DSt ISO 3382-1:2019 “Teatr konsert zallari, xonaning akustik parametrlarini oʻlchash akustika 1-qism”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
madaniyat tashkilotlari — kinoteatrlar, teatrlar, repetitsiya zali, muzeylar, koʻrgazmalar zallari, kutubxonalar, sirklar, madaniyat va boʻsh vaqtni oʻtkazish markazlari.
avansahna — tomosha zali va qizil chiziq oʻrtasidagi qism;
videozal — disklar, kassetalar va boshqa video tashuvchilarga yozib olingan dasturlar, filmlar, videolarni namoyish qilish uchun moʻljallangan zal;
videoteka — video yozuvlar bilan raqamli ommaviy axborot vositalarini qabul qilish va chiqarish uchun moʻljallangan bino yoki xonalar guruhi;
rampa — sahnaning old qismidagi yorugʻlik moslamalarini tomoshabinlardan yashiradigan kichik toʻsiq;
reverberatsiya vaqti — tovush energiyasi manba oʻchirilgandan soʻng boshlangʻich miqdorining 1/1000000 gacha tushadigan vaqt;
rirproyeksiya — aktyorlar va sahna elementlarining yorugʻlik-tarqatish ekranidagi fon bilan proyeksiya kombinatsiyasiga asoslangan klassik kino ishlab chiqarish texnologiyasida keng qoʻllaniladigan kombinatsiyalangan kino suratga olish usuli;
furka (sahna furasi) — sahna uskunalarining bir qismi, sahnada dekoratsiya qismlarini koʻchirish uchun ishlatiladigan roliklardagi koʻchma maydon.
3. Ushbu SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
YONM — yonmaydigan material;
TYAS — televizion yarim statsionar.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Madaniyat obyektlari binolarining tarkibiga quyidagilar kiradi:
zalning tomoshabinlar qismi;
kinoteatrlar;
teatr;
sahna;
ssenografiya;
akustika;
artistlar uchun binolar kompleksi;
repetitsiya zali;
muzey va koʻrgazmalar zallari;
kutubxona;
madaniyat va boʻsh vaqtni oʻtkazish markazlari;
sirk;
tomoshabinlar kompleksi xonalari;
maʼmuriy-xoʻjalik xonalar;
texnik xonalar va obyektlar;
omborxonalar.
5. Tomoshabinlar zallariga ega boʻlgan madaniy tadbirlarga moʻljallangan binolar ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq loyihalanishi kerak.
6. Yoritishni hisoblash va loyihalash QMQ 2.01.05-19ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
7. Tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida madaniyat obyektlarining binolari va hududlarida obyektning maqsadiga qarab turniket (lazer-datchikli), oʻtkazish nazorat punkti va shlyuzlar kabi xavfsizlik tizimlari loyihalanishi kerak.
8. Madaniyat obyektlari hamda ularga tutash hududlarda muhandislik-texnologik asbob-uskunalar oʻrnatish va demontaj qilish jarayonida quyidagilar taʼminlanishi lozim:
atrof-muhitni muhofaza qilish talablari;
hududdagi daraxt, butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik.
9. Madaniyat obyektlarining quriladigan bino-inshootlari va uning obyektlarining oʻzi hamda tutash hududlarida “yashil bogʻ” va “yashil belbogʻ”lar loyihalash kerak.
10. Madaniyat obyektlarining bino-inshootlari qurilishi lozim boʻlgan maydonlarga ajratilgan hududdagi yerlarning kamida 25 foizini koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratish va ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish lozim.
11. Madaniyat obyektlari hududida binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari loyihalanishi kerak.
12. Avtoturargohlar boʻyicha talablar SHNQ 2.07.01-23ga muvofiq boʻlishi lozim.
13. Madaniyat obyektlari nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq loyihalanishi lozim.
14. Madaniyat obyektlarini seysmik hududlarda loyihalash va qurishda tayanch konstruksiyalarni hisoblash QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4-bob. Hajmiy-rejaviy yechimlar
1-§. Zalning tomoshabinlar qismi
15. Tomosha zalida polning (oʻtish yoʻlagi panduslari) nishabi 1:7 nisbatdan katta boʻlmasligi, yoʻlak pogʻonali boʻlganda pogʻonaning balandligi 0,2 m dan oshmasligi zarur.
16. Zal va sahna oʻrtasidagi aloqani hamda ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-rasmda keltirilgan toʻqqizta turdan birini tanlash lozim.
17. Zallarning sigʻimi 80 ta oʻringacha boʻlganda tomoshabinlar oʻrindiqlari bir-biriga oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak.
Bogʻlanmagan oʻrindiqlarni soni 12 tadan oshmaydigan lodjiyalarda agar ulardan mustaqil chiqish mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
18. Zallarda tomoshabinlar oʻrindiqlari 24 dan ortiq boʻlganda, oʻrindiqlar polga mahkamlangan boʻlishi kerak.
19. Zaldagi tomoshabin oʻrindiqlari gorizontal, nishabli yoki pogʻonali asosda parter, amfiteatr, balkon, yarus, lodjiya va galereyalar shaklida joylashtirilishi mumkin.
Ushbu turlarning turli xil uygʻunlashgan (kombinatsiya)laridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
20. Tomoshabinlar oʻrindiqlarining turlari quyidagicha boʻlishi lozim:
oʻrindiq (skameyka)lar;
tirsak quygichlar yordamida joylarga ajratilgan oʻrindiq (skameyka)lar;
yopiladigan oʻrindiqli (otkidnoy) qattiq kursilar;
statsionar qattiq kursilar;
yarim yumshoq va yumshoq statsionar kursilar;
oʻzgartiriladigan elementlar (aylanuvchi oʻrindiqlar, yotadigan suyanchiqlar va boshqalar)ga ega kursilar.
21. Tomoshabinlar oʻrindiqlarining parametrlari va qatorda ketma-ket oʻrnatilgan oʻrindiqlarning soni ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq olinishi kerak.
22. Tomosha zalining maydoni (balkon, lodjiya va qavat (yarus)larni oʻz ichiga olgan holda) oʻrab turgan konstruksiyalar chegarasida quyidagicha aniqlanishi zarur:
kinoteatrlar uchun — estradani qoʻshgan holda;
teatrlar, konsert zallari, universal zallar uchun — estrada yoki avansahnaning oldi chegarasigacha (yoki orkestr chuqurligi toʻsigʻigacha).
23. Tomosha zallaridagi oʻrindiqlar, stullar, skameykalar yoki ularning boʻgʻin (zveno)lari (sigʻimi 12 ta oʻringacha boʻlgan balkon va lodjiyalar bundan mustasno) polga mahkamlash uchun moslamalar bilan taʼminlanishi kerak.
24. Zallar sigʻimi 200 oʻrindan oshmasa (kinoteatrlardagi tomosha zallari bundan mustasno), oʻrindiqlar, stullar va skameykalar yoki ularning boʻgʻin (zveno)larini polga mahkamlamasdan, ularning agʻdarilishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan taʼminlash orqali oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
25. Ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 2-rasmda tomoshabinlar joylashishi mumkin boʻlgan uchta sifat darajasiga ega boʻlgan zonalar keltirilgan.
26. Oldingi qatordagi tomoshabinning boshi ustida erkin koʻrish nurining optimal ortishi — C = 0,14 m, oʻtirgan odam koʻzining balandligi — 1,2 m, C = 0,14 m dan oshib ketish tomoshabinlarning oʻzaro joylashuvi holatlarining 70 foizidan ortigʻiga toʻgʻri kelishi (0,12 m holatlarning atigi 50 foiziga toʻgʻri keladi) lozim.
27. Joylarning turli xildagi sifati ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 3-rasmga koʻra sahnada markazlashtirilgan nuqtalarni toʻsiqsiz (C = 0,14 m) koʻrishga javob berishi kerak.
28. Koʻrish nurlari oldinda oʻtirgan tomoshabinning boshi ustidan 0,14 m da oʻtib, III — zonadan yuqori boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tomoshabinlar oʻrindiqlari profilini zalning uzunligi boʻylab polning 3 tadan 5 tagacha toʻgʻri qismlarni inobatga olgan holda mazkur SHNQning 2-ilovasi 4-rasmga muvofiq qismlarda qurishga yoʻl qoʻyiladi.
29. Zalda portalli estrada inobatga olingan boʻlsa, zonalarning asosiy parametrlari oʻzgarmasligi, biroq tarhda zonaning yon chegaralari ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 5-rasmga muvofiq estradaning chuqurligi bilan bogʻliq boʻlishi lozim.
30. Toʻsiqning balandligi zal profilining qurilishiga koʻra, biroq 0,7 m dan past boʻlmagan holda aniqlanishi kerak.
31. Xavfsizlik toʻsiqlari, xavfsizlik ustunlari va nazorat punktlari talab qilingan yoʻnalish yoki evakuatsiya yoʻliga toʻsqinlik qilmasligi lozim.
32. Tomosha zallarining sigʻimi texnik topshiriqqa muvofiq loyihalanishi kerak.
33. Tomosha zallarining oʻlchamlari sahnadan yaxshi koʻrinish va eshitish boʻyicha texnologik talablarni hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
34. Teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat markazlari, konsert-filarmoniyalarning tomosha zallari ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 2-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda loyihalash kerak.
35. Tomosha zalining uzunligi dramatik va musiqa-dramatik teatrlarda sahnaning qizil chizigʻidan oxirgi qatorgacha boʻlgan masofani 25 — 27 m, opera-balet teatrlarida 30 — 35 m da boʻlishi zarur.
36. Yigʻilishlar uchun foydalaniladigan bino, xona yoki maydonda joylashgan 50 yoki undan ortiq oʻrinli balkonlar, galereyalar yoki matbuot lodjiyalari uchun kamida ikkita evakuatsiya yoʻllari, har bir balkon, galereya yoki matbuot lodjiyasining har ikki tomonida bittadan loyihalanishi lozim.
37. Tomoshabin koʻrish nuri yoʻnalishining oldingi qatorda oʻtirgan tomoshabin koʻzidan koʻtarilish balandligi kamida 0,06 m ga teng boʻlishi zarur.
38. Qoʻzgʻalmas suyanchiqli oʻrindiqlar oʻrnatilgan tomosha zallarida oʻtish yoʻlagining kengligi kamida 0,8 m boʻlishi, oʻrindiqlarning soni 300 gacha boʻlgan kichik zallarda hamda lodjiya va balkonlarda, yozgi kino-konsert zallarida oʻtish yoʻli kengligini 0,65 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
39. Oʻrindiqlar kengligi (tirsak suyanchiqlarining oʻqlari orasidagi masofa) kamida 0,52 m, kursilarning kengligi kamida 0,45 m boʻlishi kerak.
40. Tomosha zalida qatorlari soni uchtadan oshmagan yaruslar yoki balkonlarni loyihalashda poldan shift ostidagi chiqib konstruksiyalarning pastki qismigacha boʻlgan balandlik 2,1 m dan kam boʻlmasligi, qatorlar soni uchtadan koʻp boʻlganda bu balandlik 3,0 m dan kam boʻlmasligi lozim.
41. Kino-konsert zallarida, shuningdek madaniyat markazlarida estrada va qurilish portali hamda avansahnaning oʻlchamlari zalning vazifasini hisobga olgan holda texnologik talablar boʻyicha belgilanishi kerak.
42. Orkestr chuqurining parametrlari bir nafar sozandaga (orkestrantga) kamida 1,2 m2 maydon boʻlishini hisobga olgan holda loyihalanishi hamda orkestr chuqurining kengligi kamida 2,5 m, chuqurligi esa kamida 1,9 m boʻlishi lozim.
43. Orkestr chuquri toʻsigʻining balandligi 0,9 m ga teng boʻlishi va ushbu toʻsiqdan tomoshabinlar oʻrindiqlarining birinchi qatorigacha boʻlgan masofa 0,9 m dan kam boʻlmasligi kerak.
44. Oʻrindiqlari 200 va undan koʻp boʻlgan tomosha zallari bir oʻringa 1,0 — 1,2 m2 toʻgʻri kelishini hisobga olgan holda tomosha zallarining normalari boʻyicha loyihalanishi lozim.
45. Estrada oldidagi prezidium uchun moʻljallangan joyning yuzasi kamida 12 m2 boʻlishi kerak.
Tomosha zallari oldida kuluarlar (zaldagi bir oʻringa 0,3 m2) boʻlishi lozim.
2-§. Kinoteatrlar
46. Kino namoyishi uchun tomosha zali va kinoekran parametrlariga qoʻyiladigan talablar ushbu SHNQning 3-ilovasida keltirilgan.
47. Kinoteatrlar va boshqa madaniy obyektlar tarkibidagi kinozallarning sigʻimi kino namoyishining shakllari, texnologik jihozlar va texnik xizmat koʻrsatish ehtiyojlariga koʻra qabul qilinadi.
Kino namoyishining turli shakllari uchun moʻljallangan kinozallarning taxminiy sigʻimi ushbu SHNQning 4-ilovasidagi 1-jadvalda keltirilgan.
48. Teatrlar, kinoteatrlar, kutubxonalar, muzeylar va koʻrgazma zallarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
koʻrgazmalarda tashrif buyuruvchilarga tushuntirish, yordam berish va ularni yoʻnaltirish uchun audio-gidlar boʻlishi;
akustik maʼlumotni taqdim etishda induksion halqalar boʻlishi.
49. Kinozallarning anʼanaviy seans rejimiga ega boʻlgan va umumiy tomosha zallaridan navbatma-navbat foydalanadigan koʻp zalli kinoteatrlarning sigʻimi quyidagicha boʻlishi lozim:
1 darajadagi qulaylik uchun — kattaroq zalning teng sigʻimi;
2 darajadagi qulaylik uchun — kattaroq zalning sigʻimidan 0,8;
3 darajadagi qulaylik uchun — kattaroq zalning sigʻimidan 0,6.
50. Kinoteatrning yordamchi xonalari maydoni tomosha zallarida bir oʻrin uchun ushbu SHNQning 4-ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq qabul qilinishi, bunda foye, bufet va sanitariya uzellarning maydoni kinoteatrning hisoblangan sigʻimidan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
51. Kinoteatrlarning tomosha zallaridagi estradalar zalning maqsadi, ekran ostidagi joyning oʻlchamlariga koʻra loyiha topshirigʻi asosida loyihalash zarur.
52. Koʻp zalli kinoteatrlar xonalarini kinoproyeksiyasini guruhida bir turdagi xonalarni birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
53. Kinoteatrlarni loyihalashda 400 va undan ortiq oʻrinli maydoni 10 m2 dan kam boʻlmaganda, muhandis va operator xonasi loyihalanishi lozim.
54. Ushbu SHNQning 4-ilovasidagi 3-jadvalga koʻra, bir tomonlama pandusda qator uzunligi boʻyicha joylar 12 m dan, ikki tomonlama pandusda 24 m dan oshmasligi kerak.
55. Panduslarning oʻlchamlari SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq boʻlishi lozim.
56. Kino zali yertoʻlada joylashgan kinoteatrlar uchun kutish zali birinchi qavatda loyihalashtirilishi kerak.
57. Xoll hojatxona, foye, kassa, zinapoyalar va boshqa qoʻshimcha joylarga ulangan boʻlishi lozim.
58. Kassa xonasida tashrif buyuruvchilarni hisobga olish uchun bir nechta darcha va kompyuterli stol uchun joy loyihalash kerak.
59. Hojatxonada har 25 tashrif buyuruvchiga bitta santexnika jihozi (pribori) oʻrnatiladi, ulardan 65 foizi ayollar va 35 foizi erkaklar uchun loyihalanishi kerak.
60. Odam hojatxonaga yetib borishi uchun bir qavatdan koʻproq yuqoriga koʻtarilmasligi yoki pastga tushmasligi uchun sanuzellar qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak.
Sanuzellar QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq yoritish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
61. Xodimlar uchun kichikroq tomonining kengligi kamida 3 m boʻlgan sanuzelli kiyinish xonasi loyihalanishi kerak.
62. Oʻrinlar barcha tomoshabinlar ekranni aniq va toʻsiqsiz koʻrishlariga moʻljallangan holda loyihalanishi zarur.
63. Oʻrindiqlar qatorlari orasidagi masofa, oʻtirgan tashrif buyuruvchilarning tizzalari orasidan oʻtishda qulay boʻlishi uchun kamida 450 mm boʻlishi lozim.
64. Kinoteatrda oʻrindiq suyanchigʻidan keyingi oʻrindiq suyanchigʻigacha boʻlgan masofa 900 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
65. Tomoshabin ekranga perpendikulyar joylashgan va ekranning chetini kesib oʻtadigan ekran chekka chizigʻi orqasida oʻtirmasligi kerak.
66. Zalning qiyaligi 10 foizni tashkil etishi yoki har bir qatorning farqi koʻpi bilan 160 mm boʻlishi lozim.
67. Ekranning balandligi va kengligining nisbati 1: 2,34; 1: 2; 1: 1,85; 1: 1,66 . boʻlishi kerak.
68. Ekranning oldida, orqasida joylashgan asosiy dinamiklar ovozni auditoriyaga yetkazishi uchun ekran mustahkam va yetarlicha ovoz oʻtkazuvchan boʻlishi zarur.
69. Ekranning pastki cheti poldan kamida 1200 mm balandlikda boʻlishi kerak.
70. Ekran yoy shaklida, yoyni tashkil etuvchi aylananing markazi oxirgi qatorning oʻrta oʻrindigʻi qarshisida boʻlishi, birinchi qatordan ekranning markazigacha boʻlgan koʻrish burchagi 30 º dan oshmasligi zarur.
Oxirgi qatordan ekranning markazigacha boʻlgan koʻrish burchagi 38 º dan oshmasligi lozim.
71. Ushbu SHNQning 4-ilovasidagi 1-rasmga koʻra ekranni oxirgi qatordan qamrab olish burchagi 38o dan oshmasligi kerak.
72. Kino zallar sunʼiy yoritilishi, film namoyishi oʻtkaziladigan xonalarda tabiiy yorugʻlik yoki derazalar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
73. Kinoapparat va akkumulyator xonalari uchun havoni mustaqil ravishda tortib chiqaruvchi va tortib kirituvchi ventilyatsiya tizimi loyihalanishi lozim.
74. Kinoproyeksiya xonasining havo chiqarib tashlash tizimini boshqa tizimlar bilan qoʻshishga (plyonkani qayta oʻrash, tarjimon kabinasi va kuchaytirgichlar javonidan havo chiqaruvchi tizimlar bundan mustasno) yoki proyeksion xonalardan boshqa tizimlarning tranzit havo kanallarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
75. Oʻrindiqlari soni 100 tagacha boʻlgan tomoshabinlar zallariga ega boʻlgan binolarning kinoproyeksion xonalariga havo kiritilishini havoni tortib kirituvchi umumiy ventilyatsiya tizimi orqali amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
76. Kinoteatrlardagi tomosha zallarining parametrlari, kinoproyektorlarning tiplari va soni, kinoproyeksiya xonalarining tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha ushbu SHNQning 3-ilovasini hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
77. Kinoproyeksiya xonalari guruhining tarkibida quyidagilar boʻlishi kerak:
kino tasmasini oʻraydigan joyga ega boʻlgan proyeksiya xonasi;
ustaxonaga ega boʻlgan kinomexanik xonasi;
radiouzel;
sanitariya uzeli.
78. Mavsumiy kinoteatrlar, konsert zallari hamda teatrlarni shaharlardagi istirohat bogʻlari va yashil hududlarda loyihalash lozim.
79. Kinoteatrlar, simfonik va konsert zallari, tomoshabinlarni qabul qiladigan tele va radio studiyalari hamda teatrlarda tomoshabinlarga joy boʻlmaganda vestibyulda yoki shunga oʻxshash xonada kutishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, ushbu vestibyul yoki shunga oʻxshash xona evakuatsiya yoʻllarining minimal kengligi yoki talab qilingan oʻtkazish quvvatini cheklamasligi lozim.
80. Teatrlar, kinoteatrlar va konferensiya zallarda subtitr, imo-ishora tili va audio tavsiflarga sharoitlar (bular spektakllarda inobatga olingan boʻlsa) taʼminlanishi lozim.
81. Balkonli, lojali, pogʻonali zallarning maydoni ajratib turuvchi konstruksiyalar quyidagi chegaralarda aniqlanishi lozim:
kinoteatrlar uchun — estradani qoʻshgan holda;
teatrlar, konsert zallari, universal zallar uchun — estrada yoki avansahnaning oldi chegarasigacha (yoki orkestr chuqurligi toʻsigʻigacha).
3-§. Teatr
82. Teatrlar hamda 15x7,5 m; 18x9 m; 21x12 m va undan katta oʻlchamli boʻlgan sahnali madaniyat markazlarining binolarida sahna va tomosha zali ustidagi tomyopmaning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini (fermalar, toʻsinlar, toʻshamalar) YONM guruhdagi materiallardan qurish lozim.
83. Ustki qurilgan qavat boʻshliqlarining maydoni 100 m2 dan ortiq boʻlmagan boʻlaklarga diafragmalar bilan ajratilgan boʻlishi, bunda ularning balandligi 1,2 m dan yuqori boʻlganda boʻshliqlarni koʻzdan kechirish (tekshirish) uchun kirish joylari boʻlishi kerak.
84. Tomosha zallaridagi oʻrindiqlar, kursilar yoki ularning boʻgʻinlarini polga mahkamlash moslamasi bilan birgalikda loyihalash zarur (balkon va lodjiyalardagi 12 kishilik oʻringa moʻljallangan oʻrindiqlar, kursilar bundan mustasno).
85. Arena-zal poli ustiga tomoshabinlar uchun transformatsiyalanadigan oʻrindiqlar joylashtirilganda, ularning agʻanashi va siljishining oldini oluvchi moslamalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
86. Dinamik proyeksiya uchun jihozlangan yorugʻlik proyeksiya xonasining derazalari va tuynuklarini qoraytirilgan oyna bilan himoya qilish zarur.
87. Teatr binolarida tomoshabinlar xonalari majmuasida ikkitadan kam boʻlmagan zinapoya va sahnaga xizmat koʻrsatuvchi xonalar majmuasida tabiiy yoritiladigan, chordoqqa yoki tomga olib chiquvchi yopiladigan zinapoya kataklari hamda ikkita kolosnikli zinapoya boʻlishi lozim.
88. Baland kolosnikli sahnaga ega boʻlgan teatrlar va madaniyat markazlarining tomosha zallarida havo bosimining 10 foiz oshirilishini taʼminlash uchun chiqariladigan havo hajmi kiritiladigan havoning 90 foizini tashkil etishi, bunda zaldan chiqariladigan umumiy havo hajmining 17 foizidan koʻp boʻlmagan qismi sahna orqali chiqarilishi kerak.
89. Teatr zallarida anʼanaviy kalosnikli sahnalar (sahna karmonlari, sahna qutilari, ishchi galereyalar) bilan bir qatorda har xil tipli estrada va sahnalar (markazlashgan, arenali, panoramali, aylanasimon) qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
90. Sahnaning tipi, parametrlari, sahna va kalosniklar karmonlarining gabaritlari texnologik talablar boʻyicha belgilanishi lozim.
91. Oʻrinlar soni 300 gacha boʻlgan kichik zallarda sahnalarning kengligi 12 — 18 m, eni 8 — 12 m, balandligi 10 — 13 m boʻlishi zarur.
92. Oʻrinlar soni 400 va undan koʻp boʻlgan zallarda sahnalar kengligi kamida 20 m, eni 12 — 18 m, balandligi 18 — 20 m (karmonlari bilan rejada 6x12 m va balandligi kamida 1,9 m boʻlgan tryumli) sahnalar boʻlishi lozim.
93. Sahna va avansahna, aryersahnalar plansheti va karmonlarning poli bir sathli qilib loyihalanishi kerak.
94. Avansahna qurilish portali kengligi chegaralarida va avansahnadan tomosha zaliga chiquvchi kamida ikkita chiqish yoʻlagi loyihalanishi lozim.
95. Sahna poli tekisligi bilan sahna tomonidan qurilish portali tekisliklarining kesishgan chizigʻini sahnaning qizil chizigʻi deb hisoblash zarur.
96. Sahna (avansahna, estrada) planshetining birinchi qator poli sathidan balandligi 1,1 m dan katta boʻlmasligi, 300 oʻringacha boʻlgan kichik sigʻimli zallarda 0,8 m ga teng boʻlishi kerak.
97. Texnologik asoslar boʻyicha sahnaning qiya planshetlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
98. Namoyishlarda yoritish ishlarini boshqarish uchun texnologik vazifadagi xona loyiha topshirigʻiga muvofiq loyihalanishi lozim.
99. Dramatik teatrlarda ikki-uchta repetitsiya zali, musiqa-dramatik va opera-balet teatrlarida kamida uchta repetitsiya zali loyihalanishi zarur.
100. Balet repetitsiyasi oʻtkaziladigan xonalarning balandligi kamida 4,2 m boʻlishi lozim.
101. Teatr binosida tomoshabinlar uchun moʻljallangan xonalar kompleksida ikkitadan koʻp boʻlmagan zinapoyalar ochiq (eshiklarsiz) boʻlishi, biroq qolgan zinapoyalar yopiq zinapoya katagiga ega boʻlishi kerak.
4-§. Sahna
102. Orkestr uchun joylar quyidagicha joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi:
poli chuqurlashtirmasdan oʻralgan zallarda;
tomosha zali darajasidan past polga ega statsionar orkestr chuqurida (asosiy tur);
orkestrni lodjiya, sahna, sahna yuqorisi, zalning yon tomonida.
103. Orkestr musiqachilarini xavfsiz evakuatsiya qilish taʼminlanishi, simfonik orkestrlar konsert variantida sahna, estrada yoki tushish maydonchasining yuqori (sahna darajasidagi) holatida joylashtirilishi lozim.
104. Kolosnik sahnasi boʻlgan zallarda orkestr (orkestr chuquri) xonasining oʻlchamlari ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq olinishi hamda 1 ta musiqachi uchun maydon kamida 1,3 m2 boʻlishi kerak.
105. Orkestr 50 va undan ortiq kishilik xonasida kamida ikkita evakuatsiya chiqish yoʻli boʻlishi lozim.
Orkestr binosidan evakuatsiya yoʻllaridagi eshiklarning balandligi va kengligi 1,9 va 1,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
106. Orkestr chuqurining oʻrnini yopish, uning toʻsigʻi va polini oʻzgartirish imkoniyatini hisobga olish zarur.
107. Orkestr xonasi orkestr foyesi, musiqa asboblarni saqlash joyi, ularni sozlash xonasi, dirijor, orkestr inspektori yoki orkestr mudiri xonasi va orkestr musiqachilarining dam olish xonasi bilan qulay va qisqa funksional aloqalar taʼminlanishi lozim. Notalarni saqlash joyi boshqa qavatda joylashganda lift yoki koʻtargich boʻlishi kerak.
108. Anʼanaviy chuqurlikdagi kolosnik sahnasining rivojlangan turi sahna, avansahna, aryersahna, sahna karmonlari va ishchi galereyalar hamda kolosniklarga ega boʻlgan sahna qutisidan iborat boʻlishi zarur.
Sahna uchun xizmat koʻrsatish xonalarining tarkibi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
109. Chuqurlikdagi kolosnik sahnasi fazoviy rivojlanish darajasi va sahnalashtirish imkoniyatlari bilan farqlanadigan quyidagi tuzilish sxemalariga ega boʻlishi kerak:
ikki karmonli va aryersahna;
bir karmonli va aryersahna;
ikki karmonli va aryersahna qismlari boʻlmagan;
bir karmonli;
karmonsiz aryersahna bilan;
aryersahna va karmonsiz.
110. Ishchi galereyalarining qavatlari orasidagi poldan polgacha boʻlgan masofa 2,5 m dan 3,0 m gacha boʻlishi kerak.
111. Yon ishchi galereyalarining kengligi quyidagicha boʻlishi kerak:
galereyalarda koʻtarilishlarning elektr priborlarini oʻrnatishda — kamida 2,8 m;
elektr uzatgichlarni sahna qutisidan tashqarida oʻrnatishda, shuningdek koʻtarilishlarni mexanik boshqarishda va yoritish galereyalarida — 1,5 dan 1,8 m gacha.
112. Sahnaning orqa devoridagi ishchi galereyalarning kengligi kamida 0,8 m boʻlishi lozim.
113. B guruhi sahnalarining yuqori qismidagi ishchi galereyalarga xizmat koʻrsatish uchun tryum pol darajasidan kolosnik toʻshamasigacha boʻlgan ikkita kolosnik zinapoya panjaralari boʻlishi kerak.
Zalning sigʻimi 800 oʻrindan kam boʻlganda, zinapoyalardan birini tryum qavatidan emas, balki pastki galereya qavatidan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
114. Sahna, avansahna, aryersahna plansheti va karmon pollari bir darajada loyihalashtirilishi kerak.
115. Sahna planshetining (avansahna, estrada) balandligi gorizontal polli zallarda tomoshabinlar oʻrinlarining birinchi qatorining pol sathidan 1,1 m dan, kam sigʻimli (300 oʻringacha) zallarda planshet balandligi 0,8 m dan oshmasligi lozim.
Koʻchma (egiluvchi) va koʻtarish-tushirish planshetlarini oʻrnatilishi, balet teatrlari uchun sahna esa plansheti elastik konstruksiyalardan loyihalanishi kerak.
116. B guruhi sahnalari plansheti ostida rejadagi oʻlchamlari ushbu sahnalarning oʻlchamiga teng boʻlgan tryum, A guruhi sahnalari plansheti ostida esa tryum boʻlishi kerak.
Tryum xonasining chiqib turgan konstruksiyalarning ostki qismigacha boʻlgan balandligi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 3-jadvalga muvofiq 2,2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Tryumda oʻrab qoʻyilgan dekoratsiya seyfini, qalqon sahnasi va suflyor xonasini loyihalash kerak.
117. Kolosnik toʻshamasining chiqib turgan konstruksiyalarning ostki qismigacha boʻlgan balandligi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 3-jadvalga, estradalar va chuqur kolosnik sahnalarining turlari va oʻlchamlari mazkur SHNQning 5-ilovasidagi 4-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
118. Estradalar va chuqurlikdagi kolosnik sahnalarining turlari hamda oʻlchamlari ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 4-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Boshqa turdagi estrada va sahnalar (uch tomonlama, panoramik, markaziy va boshqalar)ni loyihalashtirish loyiha topshirigʻi asosida amalga oshirilishi zarur.
119. Kolosniklar qoplamasi sahna portaliga perpendikulyar holda, kolosniklar orasida 0,05 m li boʻshliq bilan joylashtirilishi kerak.
Sahnaning yon va orqa devorlari boʻylab ishchi galereyalarning qavatlari inobatga olinishi, quyi galereyani qurilish portalidan 1 m balandlikda, biroq aryersahna teshigi (proyom) yuqorisidan plyus 0,5 m dan past boʻlmagan holda joylashtirish lozim.
Yondagi ishchi galereyalar oʻrtasida kengligi kamida 0,6 m boʻlgan oʻtish koʻpriklarini hisobga olish lozim.
Ishchi galereyalar va oʻtish koʻpriklari uzluksiz toʻshama, balandligi 1,2 m dan toʻsiqlar va balandligi 0,15 m dan kam boʻlmagan oʻchirish burusi boʻlishi kerak.
120. Aryersahnadan sahnaga oʻtish teshigi (proyom) balandligi qurilish portali balandligidan 0,5 — 2,5 m yuqoriroq boʻlishi, oraliq miqdorlar sahnani oʻlchamiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq holda aniqlanishi, S-4, S-6 va S-7 sahnalar uchun karmondan sahnaga chiqish balandligi qurilish portali balandligidan 0,5 m yuqori, S-8 va S-9 sahnalar uchun esa uning balandligi bilan teng boʻlishi lozim.
121. Avansahna zalga toʻgʻri chiziqli yoki tomoshabinlar oʻrinlarining old qismini aylanib oʻtadigan, qavariq shaklda loyihalashtirilishi zarur.
122. Avansahnadan zalga olib boradigan kamida ikkita zinapoya yoki panduslar boʻlishi kerak.
123. Orkestr chuquri ustidagi avansahnaning osilib turishi musiqiy-dramatik teatrlar uchun kengligining ⅓ qismini hamda musiqali komediya, opera va balet teatrlari uchun ¼ — ni tashkil qilishi zarur.
124. Sahna yoritishlarini boshqarish uchun xonalar va ularning joylashishi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 5-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
125. Barcha sahnaga chiqish imkoniyatini taʼminlash uchun koʻtarish platformasi yoki pandusi hisoblanishi lozim.
126. Sahnada yordamchi eshitish tizimidan foydalanish imkoniyati boʻlishi kerak.
127. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun 300 dan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladigan binolarda dush, kiyinish xonasi va ochiq koʻzguli joyni oʻz ichiga olgan hojatxonaga ega boʻlgan qulay sahna orti maydoni boʻlishi zarur.
128. Sahna bilan sahna orti oʻrtasidagi yoʻl ochiq boʻlishi kerak.
129. Teatr tomoshalari uchun sahna va yordamchi xonalar, shuningdek ustaxonalar, grim xonalari va omborxonalarda sprinklerlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
130. Issiqlik bilan ishlaydigan qurilmalar yordamida avtomatik ravishda ochilishi uchun moʻljallangan va umumiy boʻsh ochilish maydoni sahna maydonining kamida 5 foizini tashkil etadigan ikki yoki undan ortiq shamollatish teshiklari markazga yaqin va sahnaning eng baland qismining tepasida joylashgan boʻlishi kerak.
Ventilyatorlarni mexanik boshqarish uchun qoʻshimcha vositalar hisoblanishi lozim.
5-§. Ssenografiya
131. Maydoncha va zalning meʼmoriy parametrlariga eng keng tarqalgan va sezilarli taʼsir koʻrsatadigan ssenografiya uslublari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
oʻyin maydonini asosiy va yordamchi zonalarga fazoviy ajratishdan;
harakatni yumshoq va qattiq dekoratsiyalarning tasviriy muhitiga koʻchirishdan;
konsert tomosha muhitining tez oʻzgarishidan;
oʻyin maydonining illyuzor ravishda (xayoliy) kengayishidan;
voqeani tomoshabinga yaqinlashtirishdan;
ijrochilarning oʻyin maydonchasidagi rasmlar va joylashuvi xususiyatidan.
132. Oʻyin maydonchasining asosiy va yordamchi zonalarini boʻlinishi pol relyefi hisobiga quyidagi usullar yordamida amalga oshirilishi kerak:
oʻyin maydonchasi planshetining turli joylarida joylashgan oʻzgartiriladigan koʻtarish va tushirish moslamalari;
old rejadagi orkestr chuquri koʻrinishidagi hamda asosiy oʻyin maydonchasi planshetiga nisbatan koʻtarilgan va yon taraflari hamda orqasida joylashgan galereyalar koʻrinishidagi statsionar yordamchi maydonchalar.
133. Ikkinchi usulda pogʻonali pol va dirijor uchun televizor ekrani boʻlishi lozim.
134. Sahnada quyidagi turdagi dekoratsiyalar boʻlishi kerak:
rang-barang dekoratsiyalar (anilin boʻyoqlar bilan boʻyalgan va kompyuter usulida tasvirlangan bamperlar);
tyul pardalari;
rasm pardalari (baʼzida yengil pardalar bilan almashtiriladigan tanaffus pardalari);
video va yorugʻlik proyeksiyasi uchun ekranlar;
teleekranlar (ijrochining yirik plandagi sinxron tasviri).
135. Konsert dasturlarida yumshoq dekoratsiyalar oʻyin maydonchasining orqa rejasida, old tomonda asosiy (tanaffus) parda yoki super parda va tyul parda joylashtirilishi kerak.
136. Qattiq osma dekoratsiyalarni gorizontal va vertikal koʻchma shlyuzlar sifatida inobatga olinishi, qattiq, osma boʻlgan dekoratsiyalardan parda (shirma)lar va devorlar, shuningdek alohida tekis elementlar shaklida foydalanish lozim.
137. Teleekranlar zalning konfiguratsiyasi va toʻldirilishiga qarab, odatda maydonning orqa tomonidagi yoʻlakda yoki old tomonida — yon tomonida joylashtirilishi lozim.
138. Butaforiya chiziqli oʻlchamlari asosan 2 m dan oshmaydigan kichik tasviriy detallar shaklida qoʻllanilishi, bunda ayrim detallar balandroq boʻlishi kerak.
139. Oʻyin maydonchasini loyihalashtirishda qattiq dekoratsiya va butaforiyalarni osib qoʻyish uchun konstruksiyalar bilan taʼminlanishi kerak.
140. Yumshoq dekoratsiyalar (pardalar) va ularni harakatlantirish mexanizmlarini joylashtirish, shuningdek mexanik uskunalar elementlariga xizmat koʻrsatish uchun xizmat koʻrsatish maydoni boʻlishi lozim.
Uning oʻlchami va joylashuvi dekoratsiyalar soni va ularning oʻyin maydonchasi chuqurligiga, oʻyin maydonining oʻlchamlari va pardalarning turiga bogʻliq holda aniqlanishi zarur.
141. Oʻyin maydonining yaqinida omborxona joylashgan boʻlishi, unda kichik butaforiyalar, mebel, nomerlar orasida oʻzgarib turadigan qattiq dekoratsiya (pardalar va boshqalar) elementlari saqlanishi lozim.
Ushbu omborxona ijrochilar uchun funksional uskunalar (stollar, pyupitrlar, xor uchun dastgohlar)ni hamda yirik musiqa asboblari (royal, klavesin va boshqalar)ni saqlash uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
142. Dekoratsiya elementlari va konsert jamoalari yuklarini vaqtincha saqlash uchun namoyish maydonining yaqinida maxsus xona loyihalanishi, uning joylashtirilishi yukning tezkor omborxona va transportga yuklash joyiga qulay yetkazib berilishini taʼminlashi kerak.
143. Oʻyin maydonchasining “kiyimi” (yumshoq pardalar, padugalar va boshqalar) uchun uni saqlash joylari, oʻyin maydonchasi bilan bogʻliq boʻlgan yigʻib qoʻyilgan dekoratsiyalarni saqlash uchun teatr seyfi yoki oddiy xona boʻlishi lozim. Bunda ogʻir va katta dekoratsiyalarni tashish imkoniyatini inobatga olish kerak. Seyf yoki xona hajmi oʻyin maydonchasining oʻlchamiga, “kiyim” va almashtiriladigan fond zaxirasi toʻlaligiga bogʻliq boʻlib, 40 m3 dan kam boʻlmasligi lozim.
144. Ijrochilar oʻyin maydonchasining chetini koʻra olmasligini oldini olish maqsadida rampani orkestr chuqurining bortiga joylashtirmaslik kerak.
145. Oʻyin maydonchalarini loyihalashda quyidagi sahnalashtirish usullari va vositalari boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi:
oʻyin maydonchasiga chiqish paytida oʻyin maydonchasiga yoki sahna hududiga (sahna orti qismiga) tutash bir yoki bir nechta xonalar;
ijrochilarning oʻyin maydoniga chiqish joyini oʻzgartirish imkoniyati taʼminlash (folklor ansambllari uchun birinchi va ikkinchi planning yon chiqish joylari inobatga olish);
xoreografik konsertlar uchun oʻyin maydonchasining yon va old tomonlaridan chiqishni taʼminlashi;
estrada va terma konsertlar uchun yon chiqish joylari, shuningdek oʻyin maydonchasidan tomoshabinlar zaliga chiqish joylarini taʼminlashi (asosan markaziy oʻq boʻylab);
katta filarmoniya konsertlari uchun oʻyin maydonchasiga kamida ikkita yon tomondan chiqish yoʻli (imkon qadar old planda) va old tomondan markaz boʻylab qoʻshimcha chiqish yoʻlini taʼminlashi.
146. Xoreografik konsertlar uchun artistlar toʻplanadigan zonani oʻyin maydonchasiga ulash zarurligini hisobga olgan holda loyihalash lozim.
Artistlarning estrada, xoreografiya, jamoaviy konsertlarda chiqishlari uchun kenglik 2 m kam boʻlmagan (bir qatorda uch nafar raqschi), balandlik esa 4 m (qoʻlini koʻtargan odamning ikki baravari) boʻlishi lozim.
Estrada konsertlari uchun 3 m balandlikdagi sahna asbob-uskunalari boʻlgan furaning harakatlanishi uchun 2x4 m kam boʻlmagan oʻtish joyi boʻlishi kerak.
147. Asosiy va yordamchi maydonchalar oʻrtasidagi vizual va akustik aloqalarni taʼminlash uchun quyidagilar boʻlishi lozim:
orkestr chuqurining chuqurligi 1,8 dan 2,2 m gacha;
yon galereyalar orasidagi masofa 22 m dan oshmasligi;
namoyish maydonining orqa planida joylashgan yordamchi orkestr maydonchalari pogʻonali polga ega boʻlishi va dirijor uchun televizion ekran.
148. Konsert dasturlarining mizansahnalarini oʻrnatish jarayonida furalarni yoki asosiy oʻyin maydonchasining planshetini oʻzgartirish imkoniyatini hisobga olib loyihalanishi kerak.
6-§. Akustika
149. Zaldagi tinglovchilarga bevosita manbadan toʻgʻridan-toʻgʻri tovush va zalning oʻrab turgan yuzalaridan bir qator tovush aksi yetib borishi kerak.
150. Toʻgʻridan-toʻgʻri tovushga nisbatan kechikish vaqti musiqa zallari uchun SHNQ 2.01.08-19 ga muvofiq olinishi lozim.
Tovush chiqarish moslamalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri tovush va birinchi aks etishning sxemasi ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 1-rasm talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
151. Tovushning kechikish vaqtini hisoblashda manbaning balandligi estrada polining ustidan 1,5 m (ijrochi ogʻzining darajasi), qabul qilish nuqtasining balandligi esa polning ustidan 1,2 m (oʻtirgan tinglovchining quloq darajasi)ga teng deb qabul qilinishi kerak.
152. Birinchi foydali aks ettirishlarga erishish uchun oʻyin maydonchasining yaqinida tovushni yaxshi qaytaruvchi materiallardan tayyorlangan ogʻirligi kamida 50 kg/m2 boʻlgan tovush qaytaruvchi konstruksiyalar boʻlishi lozim.
153. Birinchi akslar tinglovchilarga ruxsat etilgan vaqtdan kechikib yetib boradigan baland shiftli zallarda shiftning old qismi qiya yoki qavariq koʻrinishidagi aks ettirgich shaklida bajarilishi yoki maxsus aks ettirgich osib qoʻyilishi kerak.
154. Zalning akustikasini yaxshilash uchun shift va oʻyin maydonchasini oʻrab turgan devorlar oʻlchamlarini qisqartirish usuli qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
155. Kino qurilmalari bilan jihozlangan zallarda, dinamiklar kino ekranining orqasida joylashgan boʻlsa, ekran orqasidagi devor uchun 100 dan 4000 Nz gacha boʻlgan chastota diapazonida ovozni yutish koeffitsiyenti 0,6 dan kam boʻlmagan ovoz yutish qoplamasini inobatga olish kerak.
Ovoz yutish qoplamasi kinoni proyeksiya qilish va ovozni boshqarish xonalarida ham taʼminlanishi lozim.
156. Zallardagi optimal akustik sharoitlarni ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq, zalning maqsadiga koʻra, 1 tomoshabin oʻrindigʻiga nisbatan xona hajmidan kelib chiqib aniqlash kerak.
157. Zal, xor va orkestr xonalarini pardozlashni tanlashda hisob-kitob qilish uchun zarur boʻlgan akslanish (reverberatsiya) vaqtini ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 2-rasmdan grafik boʻyicha aniqlash kerak.
Opera va balet teatrlarining tomosha zallarida 125 Nz chastotali akslanish (reverberatsiya) vaqtini 20 foizgacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
158. Zal shiftining yoki osilgan aks ettirgich balandligi nurlarning grafik tuzilishi yoki modellashtirish orqali aniqlanishi kerak.
Zaruriy balandlik 10 m dan oshmasligi lozim.
Aks ettirilgan tovushni yaxshi tarqatadigan, qoʻshni seksiyalardan aks etadigan chiziqlar toʻgʻri tanlangan boʻlsa, shiftni loyihalashtirish ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 3-rasmga koʻra boʻlaklarga boʻlingan seksiyalar koʻrinishida amalga oshirilishi kerak.
159. Yon tovushni aks ettiruvchi yuzalarning ishchi balandligi pol sathidan 4 m gacha boʻlishi lozim.
160. Zallarning nisbiy akustik hajmi va maksimal uzunligi SHNQ 2.01.08-19 ga muvofiq belgilanishi kerak.
161. Kutubxonalar, galereyalar va muzeylarning binolaridagi atrof-muhitdagi shovqinning hisoblangan darajasi 40-50 dB dan oshmasligi lozim.
Ovoz yozish studiyalari, kinoteatrlar, konsert zallari va opera teatrlarining maxsus binolariga talablar loyiha topshirigʻiga koʻra belgilashi zarur.
162. Tovushni yaxshi qaytishi yoki tarqatish uchun aks ettiruvchi sirtlar ustiga tushadigan tovush toʻlqinining uzunligi kamida 1,5 ga teng boʻlishi kerak.
163. Tovush qaytaruvchi element (ekran)larning qoʻshimcha kichikroq boʻgʻinlari tovush chastotalarining keng diapazonida tarqalishini taʼminlashi, bunda eng katta taʼsirni egri chiziqli qavariq shakldagi elementlar boʻlishi lozim.
164. Aks ettiruvchi sirtning bir boʻlagi boʻlgan elementlarning chuqurligi, balandligi va kengligi ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 4-rasmga muvofiq bajarilishi zarur.
165. Namoyish maydonchasi yaqinidagi tovush qaytargichlarning oʻlchamlari kengligi kamida 5 dan 6 m gacha boʻlishi, ovoz manbai (ijrochi)ning oʻrni oʻyin zonasida oʻzgarganda, tinglovchilar joylari maydoni birinchi yoʻnaltirilgan foydali akslar bilan bir xil qoplanishi taʼminlanishi, tarqalgan (diffuz) aks ettirish uchun ajratilgan sirtlarning kengligi 1,5 dan 2 m gacha, chuqurligi 2 dan 4 m gacha boʻlgan boʻlinish bosqichida 0,5 dan 1 m gacha boʻlishi kerak.
166. Balkonlar uchun akustik shart-sharoitlar ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 5-rasmga koʻra, A1 ning balkon osti boʻshligʻining oʻrtacha balandligi h1 ga nisbati 1,5 dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Agar balkon tepasida boshqa balkon joylashmagan boʻlsa, unda A2 : h2 nisbati 2 dan oshmasligi lozim.
167. Zalni doira, oval shaklda, devorlarining yuzasi egilgan va gumbaz yoki qubba koʻrinishida loyihalanishi kerak.
Tovush konsentratsiyasini oldini olish uchun zalining orqa devorining egri chizigʻi radiusi R ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 6-rasmga koʻra zalning chuqurligidan (egilgan devorning ichki yuzasi va estradaning tashqi cheti yoki sahnaning qizil chizigʻi orasidagi masofa) kamida 2 baravar katta boʻlishi lozim.
Katta zaldagi shiftning egri chizigʻi radiusi Rv esa xona balandligidan kamida 2 baravar katta boʻlishi kerak.
168. Orkestr va xorlar ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 6-rasmga muvofiq orkestr kengligi 22 m dan, xor esa 46 m dan oshmaydigan maydonga joylashtirilishi lozim.
169. Zalda aks-sado paydo boʻlishini oldini olish uchun devorlarni parallellikdan (3 ° dan 5 ° gacha) chetga surib, zalning ichki qismiga egib qoʻyish kerak.
170. Zalda ikki yoki undan ortiq bir xil oʻlchamlar boʻlmasligi lozim.
171. Ishchi loyiha bosqichida chastotalar uchun reverberatsiya vaqti DSt ISO 3382-1:2009 boʻyicha qabul qilinishi lozim.
172. Reverberatsiya vaqtini hisoblashda zalning tinglovchilar bilan toʻldirilishi 75 foizga teng boʻlishi lozim.
173. Reverberatsiyaning hisoblangan vaqti talab etiladigan optimal qiymatdan katta boʻlsa, zalning ichki bezaklariga tovush yutuvchi materiallarini qoʻllash kerak.
174. Tovushni yutuvchi materiallarni yon devorlarning yuqori qismiga, orqa devorda va oldingi tovush qaytaruvchi tomonda loyihalash lozim.
175. Zalda tovush maydoni tarqalishini oshirish va tovushni tezlikda yutilishi uchun tovush yutuvchi materialni oʻlchami 1 dan 5 m gacha boʻlgan alohida tekisliklarda joylashtirish zarur.
Balkon usti va ostidagi boʻshliqlarni yopib qoʻymaslik kerak.
176. Konsert zallarining qulay akustik sharoitlari uning tovush izolyatsiyasini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Konsert zaliga kirib keladigan begona tovushlarning umumiy darajasi (oktava diapazonlari) ushbu SHNQning 6-ilovasidagi 2-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
177. Kuchli shovqin va tebranish manbalariga ega boʻlgan xonalar (ventilyatsiya kameralari, nasos xonalari, lift shaxtalari va ularning mashina xonalari, transformator xonalari) zalga va xonalarga tutashmasligi kerak.
Shovqinli qurilmalar mavjud boʻlgan xonalarda, ularning binoda toʻgʻri joylashuvidan tashqari, qurilmalarning shovqin va tovushdan izolyatsiya qilinishini, shuningdek shovqinni pasaytirish uchun maxsus izolyatsiya materiallaridan foydalanish lozim.
7-§. Artistlar uchun binolar kompleksi
178. Qulaylik darajasiga koʻra har bir artist uchun sanitariya uzellarining maydoni ushbu SHNQning 7-ilovasidagi 1-jadvalga va Oʻz MSt 133:2024 ga muvofiq boʻlishi kerak.
179. Loyihalash topshirigʻiga koʻra, qoʻshimcha xonalarga ega boʻlgan kengaytirilgan sanitariya uzelli “lyuks” turidagi artistlar sanitariya uzeli loyihalanishi lozim.
180. Musiqachilar uchun xonalarning maydoni qulaylik darajasiga koʻra ushbu SHNQning 7-ilovasidagi 2-jadval boʻyicha loyihalanishi kerak.
181. Artistlarga xizmat koʻrsatuvchi xonalar ularning sahnaga chiqishlarini kutish xonalari, navbatchi grimyor-sartaroshxona, kostum xonalari hamda dam olish xonasini oʻz ichiga olishi kerak.
182. Sanʼatkorlarning sahnaga chiqishlarini kutish xonalari sahnaning ikki tomondan tutashtirib loyihalanishi, bunda xonalar maydoni har bir xonada bir vaqtning oʻzida boʻladigan sanʼatkorlar soni boʻyicha loyihalash topshirigʻi bilan belgilanishi lozim.
Xonalar oldida sanitariya uzellari loyihalanishi lozim.
183. Erkaklar va ayollar uchun navbatchi grimyor-sartaroshxona va kostumlar xonalarini artistlarning sanitariya uzellari yaqinida joylashtirish kerak.
Har bir xonaning maydoni loyiha topshirigʻiga asosan, har bir xonada bir vaqtning oʻzida boʻladigan artistlar soniga koʻra belgilanishi, bunda bir nafar artist uchun 2 m2 deb qabul qilinishi lozim.
Kalosnik sahnasiga ega teatrlardagi binolarning taxminiy koʻrsatkichlari ushbu SHNQning 7-ilovasidagi 3-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
184. Artistlar uchun umumiy dam olish xonasining maydoni ushbu xonada bir vaqtning oʻzida boʻladigan odamlar sonidan kelib chiqib loyihalash topshirigʻi bilan aniqlanishi kerak.
185. Mashgʻulot va dam olish xonalari tabiiy yorugʻlik bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
186. Sanitariya uzellarining bir tomonlama joylashishi uchun yoʻlak (koridor)larning kengligi kamida 2 m, ikki tomonlama uchun kamida 3 m boʻlishi kerak.
187. Artistlarning sahnaga chiqish oldidan kutib turish xonasi sahnaga qoʻshilgan holda joylashtirilishi va bir nafar artistga 1,8 — 2,0 m2 maydon toʻgʻri kelishi zarur.
188. Artistlar uchun grim xonalari quyidagi maydon koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak:
xonalarda bir nafar kishiga — 9 m²;
balet, sirk artistlari uchun bir kishiga — 11 m²;
ikki nafar kishiga — 6 m2;
balet artistlari uchun har bir kishiga — 7,5 m²;
uch nafarga — 4,5 — 5,0 m²;
4 nafarga — 3,5 — 4,5 m²;
6 nafarga — 3 — 3,5 m²;
6 nafardan koʻp boʻlganda — 3 m2.
189. Dushga ega boʻlgan sanitariya uzellari solistlarning grim xonalari oldida loyihalanishi, artistlar xonalari oldidagi sanitariya uzellarida quyidagilar boʻlishi kerak:
3, 4 nafar artistga 1 ta unitaz va 1 ta dush;
har bir grim va hojatxona oldida qoʻl yuvish jihozi.
8-§. Repetitsiya zali
190. Turli teatr truppalari uchun repetitsiya zallarining oʻlchamlari va vazifasi ushbu SHNQning 8-ilovasidagi 1-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
Ularni artistlar uchun moʻljallangan xonalarga yaqin joylashtirish kerak.
191. Turli teatr truppalari uchun repetitsiya zallari va yakka tartibdagi mashgʻulotlar xonalarining soni, vazifasi va maydoni, shuningdek ularning yonidagi yordamchi xonalarning tarkibi va maydoni ehtimoliy gastrol truppalarini hisobga olgan holda loyihalash topshirigʻiga asosan loyihalanishi kerak.
192. Katta repetitsiya zallarini nuqtali (tochechniy) koʻtarish shaklidagi mexanik uskunalar bilan taʼminlashiga yoʻl qoʻyiladi.
193. Katta repetitsiya zallarida kamida ikki guruh artistlar sanitariya uzeli, sahnaga (zalga) chiqishni kutish xonasi, dekoratsiya, butaforiya, mebel va rekvizitlar, joriy repertuarning yoritish apparatlari, shuningdek yorugʻlik va ovoz apparatlari, yorugʻlik proyeksiyalari omborlari boʻlishi lozim.
194. Kichik repetitsiya zallarida jihozlar (inventar)lar saqlash xonasi boʻlishi kerak.
195. Balet repetitsiyasi zalida har bir mashgʻulotiga 2,15 m hisobidan balet uskunasini hisobga olish lozim.
196. Orkestr va xor repetitsiyasi uchun moʻljallangan zallarning toʻsiq konstruksiyalari xonalarni zarur darajada tovushdan izolyatsiya qilishni taʼminlash kerak.
197. Artistlarning pedagoglar bilan yakka tartibdagi mashgʻulotlari uchun xonalar tarkibi va maydoni quyidagicha boʻlishi lozim:
drama teatrlarida — har biri 12 dan 15 m2 gacha boʻlgan ikki xonadan iborat;
musiqa teatrlarida — har biri 16 dan 20 m2 gacha boʻlgan 3 yoki 4 xonadan iborat;
opera teatrlarida — 5 yoki 6 xonadan 20 dan 25 m2 gacha boʻlgan xonalardan iborat.
9-§. Muzey va koʻrgazmalar zallari
198. Muzeylar va koʻrgazmalar zallari ekspozitsiyalar hamda vaqtinchalik koʻrgazmalar uchun zaruriy maydonlarga ega boʻlishi, asosiy va yordamchi xonalar, xizmat koʻrsatish xonalarining tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻiga muvofiq belgilanishi lozim.
199. Yordamchi xonalarga quyidagilar kiritilishi kerak:
kommunikatsiya va rekreatsiya xonalari;
axborot-maʼlumot va madaniy-maʼrifiy vazifalardagi xonalar.
200. Xizmat koʻrsatish xonalari tarkibiga quyidagilar kiritilishi zarur:
vestibyullar;
garderoblar;
sanitariya uzellari;
bufetlar;
xoʻjalik va texnik xonalar.
201. Ekspozitsiya zallari uchinchi qavatdan yuqori boʻlmagan qavatlarga joylashtirilishi lozim.
202. Zallarning rejasi ularni transformatsiyalash variantlarini hisobga olgan holda ekspozitsiyalarni tomosha qilish qulayligini taʼminlash kerak.
203. Ekspozitsiya zallari tashrif buyuruvchilarni qabul qilish joylari va xizmat koʻrsatish xonalari hamda eksponatlarni ekspozitsiyaga tayyorlash, fond saqlash xonalari bilan bogʻlangan boʻlishi lozim.
204. Ekspozitsiya maydoni, zallarning gabaritlari eksponatlarning oʻlchamlarini va ularni tomosha qilishning qulayligini, shuningdek zaldagi tashrif buyuruvchilarning sonini hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
205. Kichik gabaritli ekspozitsiya uchun bir nafar tashrif buyuruvchiga 6 — 8 m2 maydon toʻgʻri kelishini hisobga olgan holda 36 — 50 m2 maydonli zallar, oʻrtacha gabaritli eksponatlar uchun kamida 60 m2 maydonga ega boʻlgan zallar loyihalanishi lozim.
206. Asosiy eksponatlar oldida 6 — 15 m2 boʻsh maydon boʻlishi, zaldagi oʻtish yoʻlaklarining kengligi 2,4 m dan kam boʻlmasligi kerak.
207. Kichik gabaritli ekspozitsiyalar zallarining balandligi 3 — 3,6 m, katta gabaritli ekspozitsiyalar galereyasi zallarining balandligi esa 4,5 m yoki undan katta boʻlishi lozim.
208. Fond saqlash xonalari eksponatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va saqlash xonalarini, ilmiy xodimlarning tadqiqot xonalarini hamda tashrif buyuruvchilar uchun xonalarni oʻz ichiga olishi kerak.
209. Fond saqlash xonalari eksponatlarni saqlash texnologiyasini hisobga olgan holda loyihalanishi, eksponatlarni saqlash rejimlariga ega boʻlgan alohida xonalarga boʻlinishi lozim.
210. Eksponatlarni qabul qilish xonasi ularni vaqtinchalik va doimiy saqlash joylari, izolyator va kimyoviy ishlov berish dezokameralari, restavratsiya ustaxonalari bilan bogʻlangan xolda loyihalanishi kerak.
211. Vestibyullar, garderoblar, foye, bufetlar, axborot-maʼlumot va madaniy-maʼrifiy vazifalardagi xonalar, sanitariya uzellari tomoshabinlar uchun kompleks xonalarning hisobiy normalarini hisobga olgan holda bir vaqtning oʻzida tashrif buyuruvchilar maksimal sonining 25 — 50 foizga moʻljallangan boʻlishi zarur.
212. Muzeylar va koʻrgazmalar xonalariga tashrif buyuruvchilarning soni madaniyat obyektining bir vaqtdagi maksimal sigʻimining 10 foiz miqdorida qabul qilinishi lozim.
213. Muzeylar va koʻrgazmalar xonalarining tarkibi madaniyat obyektining vazifasi, qulaylik darajasi va ish shakliga koʻra loyihalash topshirigʻiga asosan bajarilishi kerak.
Muzeylar va koʻrgazmalar xonalarini avtonom boʻlimda yoki alohida turgan binoda joylashtirishda ularning tarkibida vestibyul xonalarini inobatga olish lozim.
214. Madaniy obyektlardagi muzeylar va koʻrgazmalar xonalarining tarkibi hamda maydonlari ushbu SHNQning 9-ilovasidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Madaniyat obyektlaridagi qulaylik darajasi boʻyicha har xil boʻlgan koʻrgazma va muzey xonalarining tarkibi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq bajarilishi kerak.
215. Muzey binolari yuqori rang uzatish indeksi boʻlsa, rang uzatish indeksi 80 dan 100 gacha boʻlishi lozim.
216. Doimiy ekspozitsiya xonalari maydonining hisob-kitoblarga asosan koʻrsatkichi 1 m2 ga 1 dan 4 tagacha eksponatga teng boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ekspozitsiya uskunalari egallagan umumiy maydon 10 foizdan 15 foizgacha, yirik eksponatlar boʻlganda esa zal maydonining 30 foizigacha boʻlishi kerak.
217. Vaqtinchalik ekspozitsiya uchun moʻljallangan xonalar koʻrgazma konstruksiyalarining turli yigʻiladigan va boʻlaklarga ajraladigan qismlarini oʻrnatish va tez-tez oʻzgartirish imkoniyatini hisobga olgan holda loyihalashtirilishi lozim.
218. Kam hajmli madaniyat obyektlarida koʻrgazma xonalaridan uchrashuvlar va muhokamalar uchun auditoriya sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, oʻrindiqlar qatorlarini polga mahkamlash qurilmalari va ularni saqlash xonasini hisobga olish kerak.
Koʻrgazmalarni madaniyat obyektlarining foye maydonida yoki kuluarlarida oʻrnatilishi lozim.
219. Muzeylar va koʻrgazmalar xonalarini madaniyat obyektining tuzilmasida alohida loyihalashtirish va boshqa binolar guruhlarini chetlab oʻtib, ularga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatini taʼminlab, vestibyuliga yaqin joylashtirish kerak.
Tegishli asoslash bilan koʻrgazma binolari uchun alohida kirish yoʻllarini oʻrnatishga, shuningdek ularni alohida blokda yoki binoda joylashtirish lozim.
220. Ekspozitsiya xonalarining yorugʻlik darchalari gorizontning shimoliy tomoniga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Gorizontning janubi-gʻarbiy sektorida 180 ° dan 270 ° gacha boʻlgan darchalarda quyoshdan himoya qilish moslamalari boʻlishi, fond omborining madaniyat obyekti tuzilmasidagi joylashuvi uning kelajakda kengaytirish imkoniyatini inobatga olgan holda loyihalanishi zarur.
221. Rasm galereyasida yoritish parametrlarini loyihalashtirishda ushbu SHNQning 9-ilovasidagi 1-rasmdagi talablarni hisobga olish lozim.
222. Fond omborxonasi xonalari tarkibida quyidagi yordamchi xonalar inobatga olish kerak:
eksponatlarni qabul qilish va ularga ishlov berish (izolyator va dezinfeksiya kamerasi bilan) xonasi;
ilmiy arxiv xonasi;
xodimlar ishlashi uchun xona.
223. Fond omborxonalarini namli ishlar amalga oshiriladigan xonalarning yonida, ularning usti va ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
224. Muzeylar va koʻrgazmalar binolarining laboratoriyalari va ustaxonalari tarkibida fotolaboratoriya, restavratsiya hamda badiiy ustaxonalar boʻlishi kerak.
225. Ekspozitsiya va fond omborlarini jihozlash boʻyicha joriy ishlarni bajarish uchun hunarmandchilik ustaxonasi, maket-model, dekorativ bezaklash, toʻqimachilik, duradgorlik, chilangarlik va elektrotexnika ishlari hisobga olinishi lozim.
226. Muzey va koʻrgazmalar xonalarining kattaligiga koʻra ushbu ish turlari uchun alohida xonalar ajratilishi kerak.
227. Ustaxonalarning (duradgorlik, chilangarlik, matolarga naqsh solish xonalari) balandligi kamida 3,6 m boʻlishi, bunda dastgohlar yordamida tayyorlanadigan dekoratsiyalarni montaj qilish xonasining balandligi sahna karmoni balandligidan kam boʻlmasligi zarur.
228. Kichik ustaxonalar kamida 15 m2 maydonga ega boʻlishi kerak.
229. Muzey va koʻrgazmalarning ekspozitsiya zallarida, muzeylarning nodir kitoblar va qoʻlyozmalar saqlanadigan xonalarida hamda 1 mln birlik va undan koʻp fond hajmiga ega boʻlgan kutubxonalarning kitoblar saqlanadigan xonalarida havoni konditsionerlash tizimi loyihalanishi kerak.
Muzeylar va kutubxonalar yilning sovuq davri uchun havoning hisobiy haroratini va havoni almashtirish karraligini ushbu SHNQning 9-ilovasidagi 2-jadval boʻyicha aniqlash lozim.
10-§. Kutubxonalar
230. Kutubxonalar kitob fondini saqlash birligi va zallardagi oʻqish oʻrin-joylarining sonini hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.
231. Kutubxonalardagi xonalarning tarkibi va maydonlari ularning vazifalari, ixtisoslashganligini hisobga olgan holda texnologik talablar boʻyicha belgilanishi, bunda xonalarning tarkibi va maydonlari ushbu SHNQning 10-ilovasidagi 1-jadvalda keltirilgan asosiy koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi zarur.
232. Vestibyullar oldida zalning 100 foiz sigʻimi boʻyicha garderob va buyumlarni saqlash xonasi, nusxa koʻchirish hamda muqovalash-jildlash xizmati xonalari boʻlishi kerak.
233. Avanzal kataloglar bilan ishlash joyini, adabiyotlarning koʻrgazma stendlarini, adabiyotlarning ishchi fondini oʻqish zaliga berish va vaqtinchalik saqlashni oʻz ichiga olishi avanzalning maydoni kamida 30 m2 boʻlishi lozim.
234. Abonement zonasi kitoblarni berish va qayta qabul qilish kafedrasini oʻz ichiga olishi, ushbu zona oʻqish zalidan nostatsionar pardadevor bilan ajratilishi, bunda boʻlimning maydoni kamida 20 m2 boʻlishi kerak.
235. Bibliografik maʼlumot boʻlimining umumiy maydoni kamida 20 m2 boʻlishi lozim.
236. Kitoblarni butlash (komplektlash) va ularga ishlov berish boʻlimida quyidagi zonalar boʻlishi kerak:
xizmat katalogi;
xodimlarning ish joylari;
kitoblarni butlash va ularga ishlov berish joylari.
237. Zallarga kompyuterlar, vidiokoʻrish, musiqa yozuvlarini eshitish xonalari joylashtirilishi zarur.
238. Kutubxonalar oldida qoʻshimcha zal-auditoriyalar, konsert uchun zallar, fonoteka, koʻrgazma va muzey zallari, internet-kafe zallari boʻlishi kerak.
239. Maxsus oʻqish zallari notalar, noyob kitoblar, patentlar, sanʼat albomlari va boshqa fondlar saqlanadigan tegishli boʻlimlar qoshida joylashtiriladi hamda zallar maydoni muayyan sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Zallarda kompyuterlar, vidiokoʻrish, musiqa yozuvlarini eshitish kabinalari joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kutubxonalar qoshida qoʻshimcha zal-auditoriyalar, konsert zallari, fonoteka, koʻrgazma va muzey zallari, internet-kafe zallar loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
240. Kutubxona fondlarining hajmi va oʻquv oʻrinlarining soni madaniyat obyektining maqsadi, qulaylik darajasi va ish shakliga qarab loyihalash topshirigʻiga koʻra bajarilishi kerak.
241. Ochiq foydalanish fondi hajmi kutubxona fondi hajmining 15 foizidan koʻp boʻlmasligi, obuna uchun ochiq kirish fondi hajmi esa 50 ming saqlash birligidan oshmasligi kerak.
Kitobxonlik oʻrinlari soni kutubxona fondining 1000 ta saqlash birligi hajmiga 0,8 kitobxonlik oʻrinidan oshmasligi lozim.
Kutubxona tarkibida oʻquvchilarga xizmat koʻrsatish, matbuot asarlarini saqlash, xizmat va xizmat-xoʻjalik xonalari guruhlariga yoʻl qoʻyiladi. Kutubxonani avtonom blokda yoki alohida turgan binoda joylashtirishda garderob bilan vestibyul boʻlishi lozim.
242. Fondlarni ochiq saqlash joyining maydoni 1 ming saqlash birligiga 4,5 m2 toʻgʻri kelishini, fondlarni yopiq saqlash joyining maydoni 1 ming saqlash birligiga 2,5 m2 maydon toʻgʻri kelishini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
243. Kutubxonaning bir nafar xodimi uchun 6 m2 ish maydoni belgilanishi kerak.
244. Kitoblar fondi 25 mingtagacha boʻlgan kutubxonalarni bitta joyga (xona) joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
245. Kutubxonaning xonalari madaniyat obyekti xonalarining boshqa guruhlaridan rejali ravishda ajratib qoʻyilishi kerak.
246. Kutubxonalar fondi 50 ming va undan ortiq boʻlsa alohida xizmat yoʻlagi hamda 500 ming va undan ortiq fondga ega boʻlsa vestibyuli xizmat yoʻlagi inobatga olinishi lozim.
247. Oʻqish zallari 100 kishidan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga moʻljallangan boʻlishi, oʻqish zallarini tomosha zali, umumiy ovqatlanish xonalari, taʼmirlash ustaxonalari, texnik va madaniyat obyektining shovqin, tebranish va manbalarga ega boʻlgan boshqa xonalari bilan tutash, tomosha zali ustida va uning ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
248. Bolalar boʻlimi kutubxona tarkibiga kiritilganda bolalar va kattalarga alohida xizmat koʻrsatish taʼminlanishi lozim.
249. 30 mingdan ortiq kitob saqlash birligi fondlari boʻlgan bolalar boʻlimlarida maktabgacha yoshdagi bolalar va 1 — 3-sinf oʻquvchilariga 4 — 8-sinf oʻquvchilardan alohida xizmat koʻrsatish, shuningdek bolalar bilan ommaviy ishlash uchun xona (kamida 25 m2 + 5 m2), dam olish zonasi va sanitariya shoxobchalari taʼminlanishi kerak.
Bolalar boʻlimi xonalari ikkinchi qavatdan yuqori boʻlmasligi lozim.
250. Saqlash boʻlimi xodimlarining ish xonalari omborxonalar bilan tutash holda joylashtirilishi kerak.
Saqlash xodimining ish joyi tartibga koʻra tabiiy yorugʻlikka ega boʻlishi lozim.
251. Saqlash xonasining balandligi koʻtarilib turadigan konstruksiyalarning pastki qismigacha kamida 2,25 m boʻlishi zarur.
252. Oʻqish zallari va oʻqish uchun moʻljallangan boshqa xonalarning, oʻquvchilarning guruh va yakka tartibdagi mashgʻulotlari xonalarining, xodimlarning ish xonalarining yorugʻlik darchalari shimol, shimoli-sharqiy, sharqiy va janubi-sharqiy tomonga yoʻnaltirilishi kerak.
Bino maydonining 20 foizdan koʻp boʻlmagan qismini janubi-gʻarbiy va gʻarbga yoʻnaltirilgan yorugʻlik darchalari orqali insolyatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
253. Oʻqish zallarini kutubxonaning va madaniyat obyektining boshqa boʻlinmalari tashrif buyuruvchilarining, saqlash xonalarini esa kutubxonaning va madaniyat obyektining boshqa boʻlinmalari xodimlarining oʻtib yurishiga moslashtirib loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
254. Oʻqish zallari va boshqa oʻqish xonalari, omborxonalar va ishlab chiqarish xonalari ustida sanitariya uzellari va ishlarni bajarish bilan bogʻliq boshqa xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
255. Xizmat va xizmat-xoʻjalik xonalari, shuningdek laboratoriyalar, ustaxonalar va boshqaruv binolari uchinchi qavatdan yuqoriga joylashtirilmasligi lozim.
256. Ikki qavatli stellajlarni faqat kutubxona binolarini rekonstruksiya qilishda va har bir qavat avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlsagina yoʻl qoʻyiladi.
257. Kutubxonadagi oʻrinlar sonini aniqlash ushbu SHNQning 10-ilovasidagi 2-jadvaliga va kutubxona xizmat koʻrsatadigan hududdagi aholi soniga muvofiq hisoblanishi lozim.
258. Kutubxona stulining kengligi 450 mm va chuqurligi 430 mm dan oshmaydigan, oldingi chetida toʻlqinli shaklga ega boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Stul oʻrindigʻining balandligi poldan 380 dan 520 mm gacha boʻlishi lozim.
259. Kutubxonada kompyuter bilan ishlaydigan stol yuzasining balandligi foydalanuvchi tirsagi balandligida yoki undan biroz pastda boʻlishi kerak.
Bosh va boʻyin charchashini minimallashtirish uchun monitorni koʻz darajasi va koʻz chiziqlaridan 45 ° pastga burilgan chiziq oʻrtasida joylashtirish kerak.
260. Mediateka xonasi tabiiy va sunʼiy yoritilishi zarur.
261. Tabiiy yorugʻlikning asosiy oqimi chap tomonda boʻlishi lozim.
Tabiiy yorugʻlikning asosiy nur oqimini kompyuterda ishlayotgan kishining orqa va old tomoniga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
262. Chiroqlar va derazadan kiradigan yorugʻlik nurlari kompyuter monitorining ekranida aks etmasligi lozim.
263. Sunʼiy yoritishda stol yuzasining yoritilishi QMQ 2.01.05-19ga muvofiq boʻlishi kerak.
264. Kompyuterli xonalarda ushbu SHNQning 10-ilovasidagi 3-jadval boʻyicha, havoning organik antropogen moddalar va karbonat angidrid bilan ifloslanishi tufayli barcha iqlim zonalari uchun harorat va namlik sharoitlarini taʼminlaydigan havo oqimini tortuvchi ventilyatsiyasiga loyihalanishi zarur.
265. Havo oqimini tortuvchi ventilyatsiya boʻlmasa, maishiy konditsionerlar yordamida havoni konditsiyalanishini tashkil qilish lozim.
266. Mediateka issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan qoʻl yuvish jihozi (umivalnik) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
267. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun mediateka xonasi 2 ta karbonat angidridli oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
268. Yerning yuzasi tekis, oʻyiqsiz, silliq boʻlishi, tozalash va nam tozalash uchun qulay boʻlishi, antistatik xususiyatlarga ega boʻlishi kerak.
269. Mediateka xonasidagi ish joyida shovqin darajasi SHNK 2.01.08-19 ga muvofiq boʻlishi lozim.
270. Ikki yuz ming va undan koʻp kitob saqlash fondiga ega boʻlgan kutubxonalarning oʻqish, maʼruza zallari va kitob saqlash xonalarida, muzeylarning ekspozitsiya zallari va ekspozitsiyalarni saqlash zallarida havoni tortib kirituvchi ventilyatsiya yoki havoni konditsionerlash tizimi bilan qoʻshilgan havo yordamida isitish tizimi va tabiiy ravishda ishlaydigan havo chiqaruvchi ventilyatsiya tizimi loyihalanishi lozim.
Ushbu binolarning boshqa xonalari uchun suv yordamida isitish tizimi loyihalanishi kerak.
271. Ellik mingtagacha kitob saqlash fondiga ega boʻlgan ommaviy kutubxonalarda oʻqish joylari kitob fondi bilan bir xonada joylashganda tabiiy ravishda ishlaydigan ventilyatsiya tizimini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi, bunda havo bir martadan kam boʻlmagan holda almashtirilishi lozim.
272. Ikki yuz ming va undan koʻp kitob saqlash fondiga ega boʻlgan kutubxonalarning kitoblarni saqlash xonalari, maʼruza va oʻqish zallarida havoning retsirkulyatsiya qilinishi nazarda tutilishi va tashqi havo sarfi hisoblash orqali aniqlanishi kerak. Hujjatlar saqlanadigan xonalarda havo sarfi umumiy kiritiladigan umumiy havo sarfining 10 foizidan oshmasligi zarur.
273. Muzey va kutubxona binolarida havoning nisbiy namligi 50 — 55 foiz boʻlishi kerak.
11-§. Madaniyat va boʻsh vaqtni oʻtkazish markazlari
274. Madaniyat markazlari (klublar), dam olish, boʻsh vaqtni oʻtkazish xonalarida olib boriladigan mashgʻulotlarga qatnashish uchun keluvchilarning oʻrin-joylari sonini tomosha zallaridagi tomoshabinlarning oʻrindiqlari soni kabi loyihalash lozim.
275. Aholi punktlarining madaniyat markazlaridagi toʻgarak, dam olish va koʻngil ochish mashgʻulotlari bilan shugʻullanish joylarining sigʻimi 30 — 50 dan 300 — 500 gacha boʻlgan oʻrin-joylardan iborat hamda tomosha zallariniki 100 — 800 oʻringacha boʻlishi kerak.
276. Madaniyat va boʻsh vaqtni oʻtkazish markazlari madaniyat markazlari-studiya xonalari bilan birgalikda oʻz ichiga har xil yoʻnalishga moʻljallangan tomosha zallarini, maʼruza oʻqish, konferenszallar, kino zallari, konsert va teatr zallari (kichik va katta) hamda koʻrgazma va muzey majmualari, studiya xonalarini kiritishi zarur.
277. Dam olish, koʻngil ochish hamda madaniyat markazlari-toʻgarak va studiya mashgʻulotlariga, shuningdek axborot berishga moʻljallangan xonalarning maydonlari bir nafar foydalanuvchiga (shugʻullanuvchiga) toʻgʻri keladigan yuzani hisobga olgan holda quyidagicha belgilanishi lozim:
stol atrofida 1 nafar kishiga — 3 m2;
kompyuteri oldida 1 kishiga — 4 — 6 m2;
haykaltaroshlik, musiqa va xoreogafiya sinflarida hamda aerobika bilan shugʻullanuvchi bir nafar kishiga — 5-6 m2;
mashgʻulotlarning ayrim turlari uchun — 7-8 m2;
mashgʻulotlar uchun studiyalar — 9 — 12 m2;
pedagog ishtirokidagi mashgʻulotlar uchun — 12 — 15 m2;
ikkita royalda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun kamida — 18 m2;
10 — 15 kishiga moʻljallangan mehmon va toʻgarak xonalari kamida — 30 m2;
orkestr, raqs, xoreografiya mashgʻulotlari xonalari 50 — 60 m2 va undan katta.
278. Madaniyat markazlaridagi vestibyul guruhi xonalarining tarkibi va maydonlari bir nafar tashrif buyuruvchi hamda zaldagi bir oʻrindiqqa hisoblanib, ushbu SHNQning 11-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
279. Maʼmuriy va xizmat koʻrsatish xonalari shtat birligi boʻyicha bir xodimga 6 m2 maydon toʻgʻri kelishini hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.
280. Madaniyat markazlarining tomosha zallari ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 2-jadval koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
281. Estrada zallaridagi maydon yuzasining oʻlchami quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
oʻrinlar soni 100 ta boʻlganda — 27 m2;
oʻrinlar soni 150 — 200 oʻrinli zallarda esa estrada kamida — 36 m2.
282. Estradalar oldida prezidium va artistlar xonalari — 15 m2.
283. Foye va raqs zallari hamda kichik auditoriya-zallaridagi estrada maydoni kamida 12 m2 (4x3 m) boʻlishi lozim.
284. Madaniyat markazlari, konsert va teatr zallarining tomoshabinlar uchun moʻljallangan xonalarini tomosha muassasalarning talablarini hisobga olgan holda loyihalash zarur.
285. Raqs zali maydonida quyidagilar inobatga olish kerak:
raqs maydonchasi — kamida 0,7 m²/oʻrin;
kutib turish zonasi — kamida 0,3 m²/oʻrin;
sahna maydoni — kamida 0,1 m²/oʻrin, biroq kamida 9 m.
286. Diskotekalar maydonida quyidagilar hisobga olish kerak:
disk-jokey pulti bilan raqs maydonchasi kamida 0,5 m²/oʻrin yoki 6 dan 12 m² gacha estradani;
stollar bilan kutib turish zonasi — kamida 0,7 m²/oʻrin;
bufet (bar) — kamida 0,1 m²/oʻrin.
287. Maʼruza-axborot guruhi xonalarining tarkibi va oʻrtacha maydonlari qulaylik darajasiga koʻra ushbu SHNQning 11-ilovasi 2-jadvali boʻyicha qabul qilinadi.
288. Madaniyat markazlari majmuasi binolarining balandligi ushbu SHNQning 11-ilovasidagi 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
289. Madaniyat markazlari, kinoteatrlar va teatrlarning tomosha zallari uchun havo bilan isitish tizimi ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlari bilan birga qoʻshilganda havo haroratini tomoshabinli va tomoshabinsiz rejimlarda belgilash kerak.
Bunda, ichki havoning retsirkulyatsiyasiga yoʻl qoʻyiladi.
12-§. Sirklar
290. Sirk manejining (arenasi) diametri 13 m ga teng boʻlishi, uning balandligi 0,5 m va toʻsigʻining kengligi 0,5 m boʻlishi lozim.
291. Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlarning birinchi qatorini manej toʻsigʻining tashqi tomoniga 1,2 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
292. Asosiy chiqish joyi yonida artistlar va hayvonlarning manejga chiqish oldida kutib turish joyi boʻlishi, uning maydoni texnologik talablar boʻyicha belgilanishi zarur.
293. Estradani asosiy chiqish joyining ustiga joylashtirish va uning oldida orkestr xonasi boʻlishi lozim.
294. Sirk maneji (arenasi) ustidagi gumbaz osti fazosining balandligi texnologik talablar boʻyicha belgilanishi kerak.
295. Sirklarda hayvonlarning arena oldidagi xonalari arena poli sathida va arenaga chiqish joyiga yaqin qilib joylashtirilishi, ushbu xonalar tabiiy yorugʻlik bilan yoritilishi va tashqariga qaratilgan alohida chiqish joylariga ega boʻlishi zarur.
296. Xoreografiya, aerobika, sheyping, raqs zallarining balandligi kamida 4,2 m, akrobatika va sirk mashgʻulotlari zallarining balandligi 6 — 8 m boʻlishi lozim.
Bunda, zallar oldida dushxonali kiyim almashtirish xonalari boʻlish zarur.
297. Manej toʻshamasi va gilamlari sirpanchiq, yirtilgan, qoʻpol choklar va notekisliklar ega boʻlmasligi lozim.
298. Manej ostidagi tryumlar va oʻtish joylarining balandligi kamida 2 m, oʻtish joylarining kengligi esa kamida 1 m boʻlishi kerak.
299. Orkestr lojasida musiqachilar uchun qulay ish oʻrinlari, ikkita chiqish joyi va tomosha zali tomonida balandligi kamida 60 sm boʻlgan balustrada (naqshinkor panjara) boʻlishi lozim.
300. Sirk apparatlarini mahkamlash uchun texnologik qurilmalar bardoshli va ishlatish uchun qulay boʻlishi kerak.
Ularning mustahkamligi texnik hisob-kitoblar bilan asoslanishi lozim.
301. Sirk muassasalarini jamoat markazlarida joylashtirish kerak.
Ularning joylashuvi va uchastka maydonlari SHNQ 2.07.01-23 talablari boʻyicha qabul qilinishi lozim.
13-§. Tomoshabinlar kompleksi xonalari
302. Tomoshabinlar uchun kompleks xonalar tarkibida maʼlumot olish xonalari va boʻsh vaqtni oʻtkazishga moʻljallangan xonalar, koʻrgazmalar zallari, artistlar uchun kafe va boshqalar joylashishi kerak.
303. Kirish guruhidagi xonalarning maydonlari muassasaning qulaylik darajasiga qarab ushbu SHNQning 12-ilovasidagi 1-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
304. Rekreatsiya xonalarining tarkibi va maydonlari ushbu SHNQning 12-ilovasidagi 2-jadvaliga koʻra muassasalarning qulaylik darajasiga koʻra qabul qilinishi lozim.
305. Gardirob xonasining toʻsigʻi oldidagi joy kengligi 3 m dan kam boʻlmasligi lozim.
306. Foye koʻrgazma stendlarini joylashtirish uchun ishlatilganda, uning maydonini 1 nafar tomoshabin uchun 0,15 m2 ga koʻpaytirish kerak.
307. Foye (ballar, intermediyalar) koʻp maqsadlarda ishlatilganda, uning maydoni tomosha zalida 1 oʻrin uchun kamida 0,3 m2 ga koʻpaytirilishi kerak. Bunda, 1 nafar tomoshabin uchun kamida 0,03 m2 hisobidan omborxona inobatga olish lozim.
Loyihalash texnik topshirigʻiga asosan qishki bogʻ (yoki yashil hovli)ni rekreatsiya maydonida yashil va suvli burchaklarni (akvarium, favvora), shuningdek konsert zallari tarkibida muzey-koʻrgazma xonalarini va yordamchi xonalarni loyihalash jarayonida inobatga olinishi kerak.
308. Kassa xonalari vestibyul maydonida joylashtirilishi, uning maydoni bir nafar kassir uchun kamida 5 m2 hisobidan loyihalanishi kerak.
309. Kassadagi xonalar soni madaniyat markazlari va kinoteatrlarda 400 tomoshabin uchun bitta xona va teatrlarda 500 tomoshabin uchun bitta xona hisobidan qabul qilinishi lozim.
310. Kassa yoki kirish vestibyulida toʻgʻridan-toʻgʻri taqsimlash vestibyuliga bevosita ulangan 8 dan 10 m² gacha boʻlgan navbatchi maʼmuriyat xonasi boʻlishi kerak.
Katta va oʻrta hajmli konsert zallarida 12 dan 20 m² gacha boʻlgan bosh administrator xonasini ham hisobga olish lozim.
311. Maʼmuriyat xonasini toʻgʻridan-toʻgʻri taqsimlash vestibyuliga ulanishi kerak.
Agar kassa vestibyuli alohida joylashtirilgan boʻlsa, navbatchi maʼmuriyat xonasini kassalar yonida joylashtirilishi lozim.
Vestibyulda inventarni saqlash uchun kamida 3 m2 boʻlgan omborxona boʻlishi kerak.
312. Xizmat koʻrsatish byurolari, shuningdek musiqa mahsulotlari, kitoblar sotiladigan kioskalar, asosiy tashrif buyuruvchilar oqimidan chetda, taqsimlash vestibyulida joylashtirilishi kerak.
313. Tomoshabinlar uchun ovqatlanish xonalari 12 nafar tomoshabinga bitta oʻrindiq hisobida loyihalashtirilishi kerak
314. Bufetning asosiy xonalarini bir darajaga, qolganlarini esa bufet stendlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Tomoshabinlar uchun bufet xonalarini loyihalash tavsiya etiladi.
Konsert zali majmuasida kafe yoki restoran loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
315. Garderobchilar, chiptachilar va farroshlar uchun dam olish xonasini garderob xonasiga yaqin joyda joylashtirish hamda 15 dan 20 m2 gacha boʻlgan qoʻl yuvish jihozi bilan jihozlanishi lozim.
Farroshlar uchun alohida javonlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
14-§. Xizmat-maʼmuriy xonalar
316. Xizmat-maʼmuriy xonalarga quyidagilar kiradi:
tomosha zalidagi, madaniyat markazlari majmualaridagi artistik truppalar uchun badiiy rahbarlik xonalari;
sanʼatkorlarga, sahnaga xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlarning xonalari;
maʼmuriy-xoʻjalik xodimlarining xonalari.
Maʼmuriy va xizmat koʻrsatish xonalarining tavsiya etilgan tarkibi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq olinishi lozim.
317. Binoning qulaylik darajasiga koʻra kolosnik sahnasiga ega musiqali teatrlarning artistik truppalari badiiy rahbariyati xonasining tarkibi va maydoni ushbu SHNQning 13-ilovasidagi 1-jadval boʻyicha belgilanishi kerak.
Musiqa va drama truppalari uchun qoʻshimcha xonalarning maydonlari ushbu SHNQning 13-ilovasidagi 2-jadval boʻyicha aniqlanishi lozim.
318. Kolosnik sahnasiga xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlar xonalarining tarkibi va maydoni ushbu SHNQning 13-ilovasidagi 3-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
319. Maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari xonalarining tarkibi va maydoni ushbu SHNQning 13-ilovasidagi 4-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
15-§. Texnik xonalar va obyektlar
320. Quyi yoritish lodjiyasining pol sathidan sahna (estrada) plansheti darajasigacha boʻlgan masofa kamida 2,5 m boʻlishi lozim.
Bir-birining ustida joylashgan lodjiyalarning pollari orasidagi masofa kamida 2,5 m boʻlishi kerak.
Lodjiyalarning chuqurligi kamida 2,0 m boʻlishi lozim.
321. Tomosha zalining har bir tomonidagi yoritilgan lodjiyalarning soni quyidagicha qabul qilinishi lozim:
tomosha zalining sigʻimi 800 va undan ortiq boʻlganida C-6 — C-9 sahnalari uchun — kamida ikkita;
zalning sigʻimi 800 oʻrindan kam boʻlgan C-4 va C-6 sahnalari uchun — bitta;
zalning sigʻimi 800 va undan ortiq oʻrin boʻlganda C-2 va C-5 sahnalari uchun — bitta;
C-1 va C-3 sahnalari uchun zalning sigʻimi 600 dan kam boʻlganda, shuningdek zalning har qanday sigʻimi boʻlgan estradalar uchun koʻrgazma zalining yon devorlarida yoritish apparatlari joylanishi.
322. Yorugʻlik proyeksiya xonasining uzunligi quyidagi sahnalar uchun kamida quyidagicha qabul qilinishi kerak, m:
S-8 va S-9 — 5;
S-5 — S-7 — 4;
S-1 — S — 4, shuningdek estradalar uchun C — 4 va C — 6 — 3.
Yorugʻlik proyeksiyasi xona polining darajasi tomosha zali qavatining unga tutash boʻlgan qismi darajasidan kamida 0,9 m yuqori boʻlishi kerak.
323. Orqa proyeksiya (rirproyeksiya) polining sathi qurilish portali balandligining yarmiga teng boʻlgan aryersahnaning pol darajasidan belgilanishi kerak.
324. Yorugʻlikni boshqarish xonasini zalning orqa devorining tekisligiga qurilish portali proyeksiyasi doirasida joylashtirish kerak.
Yorugʻlikni boshqarish xonasining uzunligi kamida 4 m boʻlishi lozim.
Yorugʻlikni boshqarish xonasi alohida kirish joyiga ega boʻlishi kerak.
Frontal yoritish xonasining pol sathi oʻyin portalining yuqori qismidan past boʻlmasligi kerak.
325. Tiristor xonasining pol sathi birinchi ishchi galereyaning pol belgisidan past boʻlmasligi kerak.
326. Sahnaning old tomonidagi gorizontal yoritish uchun yoritish apparatlarini zalning orqa devori ortida (yoki zalning devorida, yoki balkon va sahna tomoniga qaragan qavatning old devorida) oʻyin portali proyeksiyasi doirasida joylashtirish kerak.
327. Sahna yoritgichlarini joylashtirish parametrlari ushbu SHNQning 14-ilovasidagi 1-rasmga muvofiq boʻlishi zarur.
328. Sahna orti mashinalari (tryumda joylashgan relslar boʻylab sahna planshetining oʻyiqlarida harakatlanuvchi), burilish doiralari (oʻyib oʻrnatiladigan, baraban, ustki, aylanadigan halqalar), koʻtarish-tushirish va harakatlanish maydonchalarining ishlashi uchun quyidagi alohida xonalar taʼminlanishi kerak:
trum maydonida yaxshi tovush izolyatsiyasi boʻlgan xonada joylashtiriladigan burilish doiralarini boshqaradigan elektr lebyodka (chigʻir);
harakatlanish maydonchalarini olib tashlash uchun (sahna choʻntagi);
elektr oʻtkazgichlar uchun yongʻinga qarshi parda;
sahna qalqonlari.
329. Pardalarni quyidagilarga boʻlish kerak:
a) ochish usuli boʻyicha:
koʻtarish-tushirish, siljish, shaklli, uygʻunlashgan (kombinatsiyalan);
b) foydalanish turlari boʻyicha:
tanaffus, oʻyin, yorugʻlik va sahna taʼsirlarini taʼminlaydigan pardalar.
330. Sahnaning yuqoriga osilgan uskunalari shtanketli, individual va sofitli koʻtarilishlardan, oraliq qurilmalaridan iborat boʻlishi kerak.
Yuqoridagi qurilmalarning ishlashi uchun tryumdan kolosniklargacha boʻlgan qutining butun balandligi boʻylab qarshi vaznlarning harakatlanishini taʼminlash uchun sahnaning yon devorlarida shaxtalar hisobga olish lozim.
Qarshi vaznsiz tizim oʻrnatilganida esa lebyodkalarning quvvati (2 dan 2,5 baravargacha) hamda ularning gabariti sezilarli darajada oshirilishi kerak.
331. Yuqoriga osilgan uskunalarning ishlashi uchun quyidagi xonalar talab etiladi:
koʻtarish troslarini boshqarish uchun lebyodka (xonalar tovushdan himoyalangan boʻlishi va sahna uch tomoni boʻylab oʻtadigan galereyalarda joylashtirilishi kerak);
kolosnik toʻshamalari (ustundan 2 m balandlikda yuqori bloklar joylashtiriladi, ularning arqonlari kolosnik ustunidagi tirqishlar orqali oʻtadi).
332. Zal va sahnani ovoz bilan taʼminlash xonalarini qurishda ovoz apparati, ovoz operatori (ovoz rejissori)ning xonasi, suxandon va tarjimonlar xonalari (sahnani toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish imkoniyati bilan joylashtiriladi) loyihalanishi kerak.
Tovush apparatlari xonasini sahna toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinishini taʼminlamagan holda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
333. Studiya va apparatli ovoz yozish xonalari yonma-yon joylashtirilishi, ularning orasida koʻrish oynasi boʻlishi kerak.
334. Har bir zalning proyeksiya xonalaridagi kinoproyektorlar soni quyidagicha qabul qilinishi lozim:
yil davomida ishlaydigan kinoteatrlarda keng formatli proyeksiya zallarida — 4;
200 va undan ortiq oʻrinli, yil davomida faoliyat koʻrsatuvchi kinoteatrlarda — 3;
mavsumiy ishlaydigan kinoteatrlarda, madaniyat markazlarilarda, har zamonda bir kino koʻrsatadigan zallarda — 2;
sahnalashtirish maqsadlari va 16 mm filmlar dinamik proyeksiyasi uchun — 1.
Har xil turdagi apparatlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Koʻp zalli kinoteatrlarda ekranning oʻlchamiga koʻra har xil quvvatdagi yorugʻlik manbalari bilan bir xil turdagi kinoproyektorlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
335. Kinoproyeksiya guruhi xonalarining tarkibi ushbu SHNQning 14-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Xonalar maydoni qabul qilingan texnologik asbob-uskunalarga muvofiq loyihalash topshirigʻi yoki loyihasi bilan belgilanishi lozim.
336. TYAS yertoʻla yoki tashqi tomonga qaragan birinchi qavatga joylashtirilishi kerak.
Bunda, koʻchma televideniya stansiyasi va kamida beshta avtomobil kirishi uchun maydoncha inobatga olish lozim.
TYASni har biri kamida 8 m² boʻlgan ikkita apparat xonasidan loyihalashtirilishi kerak.
337. Zallari 500 va undan ortiq oʻrinli boʻlgan kinoteatrlarda kinofilmlarning ovoz uzatish (zvukovoye soprovojdeniye) sifatini oshirish uchun stereofonik ovoz chiqarish apparatlari oʻrnatilishi kerak.
338. Kinoproyeksiya xonasining rejalashtirilishi va oʻlchamlari ushbu SHNQning 14-ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
339. Kinoproyeksiya polining belgisi yoʻlakning rejalash belgisi darajasiga nisbatan 3 m dan yuqori boʻlganda koʻtargich (podʼyomnik) hisobga olinishi kerak.
340. Karnaylarni ekranning orqasiga joylashtirish sxemalari ushbu SHNQning 14-ilovasidagi 2-rasmga koʻra bajarilishi kerak.
341. Yon yorugʻlik xonalari zalning uzun oʻqi tomonga 55 ° va 65 ° burchaklar bilan chegaralangan zonada, avansahnaning old chegarasida joylashgan tepalik bilan joylashtirilishi kerak.
Yorugʻlik lodjiyasi oʻrni (proyom)ning kengligi kamida 1,8 m boʻlishi lozim.
342. Tomoshabinlar sigʻimi 500 yoki undan kam boʻlgan C-1 — C-3 sahnalari uchun koʻtarish va tushirish sofitini inobatga olishga yoʻl qoʻyiladi. S-1 — S-3 sahnalari va 5,5 m va undan kamroq estradasi boʻlgan tomosha zali balandligida yoritish apparatlarini shiftga statsionar ravishda mahkamlashga yoʻl qoʻyiladi.
343. Kinoproyeksiya polining belgisi yoʻlakning rejalash belgisi darajasiga nisbatan 3 m dan yuqori boʻlganda koʻtargich (podʼyomnik)ni hisobga olish lozim.
344. Ekran ortida karnaylarni joylashtirish uchun maydonchalarni, parda yoʻliga xizmat koʻrsatish uchun esa galereyalarni loyihalash topshirigʻi boʻyicha joylashtirish kerak.
345. Ventilyatsiya asbob-uskunalari, havo konditsionerlash tizimlari asbob-uskunalari, kompressorlar, sovitish qurilmalari joylashtiriladigan xonalar tomosha va repetitsiya zallari, kutubxonalarning oʻqish zallarining toʻsiq konstruksiyalariga tutash boʻlmasligi kerak.
346. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
koʻp funksiyali binolarda tomosha zali va proyeksiya xonasi orasidagi devorlarda ventilyatsiya kanallarini oʻrnatishga;
havo oʻtkazgichlari boshqa xonalarni taʼminlayotgan boʻlsa, proyeksiya va qayta oʻrash xonasi (peremotochnaya) orqali tomosha va oʻqish zallari boʻylab havo quvurlarini oʻrnatishga.
Sahna tryumi uchun mexanik harakatga keltiriluvchi alohida ventilyatsiya kamerasini inobatga olish kerak.
347. Boylerli issiqlik punkti toʻgʻridan-toʻgʻri shamollatish uskunalari xonasiga joylashtirilishi, shuningdek konditsioner qurilmalar xonasi bilan birlashtirilishi mumkin.
348. Asosiy texnik xonalarning maydonlari ushbu SHNQning 14-ilovasidagi 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
Ushbu xonalarning balandligi ularda joylashtirilgan uskunalar va kommunikatsiyalarning gabaritlari bilan belgilanishi kerak.
349. Texnik xizmat koʻrsatish xonalari, oshxonalar, bufetlar, kinoapparat xonalari va boshqa ishlab chiqarish xonalari uchun mustaqil ishlaydigan havo tortib chiqaruvchi ventilyatsiya tizimlari loyihalanishi lozim.
16-§. Omborxonalar
350. Madaniy binolar omborxonalari ikki guruhga boʻlinadi:
teatr tomoshalari uchun omborxonalar;
madaniyat markazlari majmuasi uchun omborxonalar.
Birinchi guruh omborxonalarining tavsiya etiladigan tarkibi ushbu SHNQning 5-ilovasidagi 2-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
351. Navbatchi bezak omborlari, sahna elektro-tovush uskunalari, mebel, butaforiyalar va rekvizitlar uchun navbatchi ombori sahnaga yaqin joyda joylashtirilishi kerak.
352. Zaxira omborlar teatr binosi yaqinidagi alohida korpusda joylashtirilishi kerak.
Ayrim hollarda ularni teatr binosida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
353. Dekoratsiyalarning navbatchi omborlari kengligi 2,5 m boʻlgan va 3 m li qadam bilan omborning balandligiga teng balandlikdagi boʻlinadigan vertikal konstruksiya (ikki ustun oraligʻi) bilan jihozlanishi kerak. Dekoratsiyalar ustunlari oʻrtasidagi oʻtish yoʻllarining kengligi 2,5 dan 3 m gacha boʻlishi lozim.
354. Omborlar maydoni sahna hajmi, teatr repertuari va sahnalashtirishning ijodiy xususiyatlariga qarab belgilanishi kerak. Omborxonalarning zarur maydonini aniqlashda quyidagilardan kelib chiqish lozim:
har bir spektaklning dekoratsiyalari sahna maydonining taxminan 10 foizini egallaydi;
navbatchi omborda 2 yoki 3 ta spektakl uchun dekoratsiyalar saqlanadi, joriy mavsum omborida mavsumning qolgan barcha spektakllari uchun dekoratsiyalar saqlanadi;
zaxira omborning maydoni navbatchi ombor maydonidan kam boʻlmasligi kerak.
355. Oʻrab qoʻyilgan yumshoq dekoratsiyalar (seyf) omborining kengligi agar konsol tokchalari ikki qatorda joylashgan boʻlsa 2,5 m dan kam va bir qatorda joylashgan boʻlsa 1,8 m dan kam boʻlmasligi kerak. Seyf xonasining uzunligi sahna oʻyin portali kengligining 1,5 ga teng boʻlishi lozim.
356. Butaforiya, rekvizit, mebelning navbatchi omborlari parametrlari stellajlar va saqlash tizimining oʻlchamiga bogʻliq:
bir qatorda saqlashda xona kengligi kamida 3,7 m boʻlishi kerak;
ikki qatorda — kamida 4 m.
357. Sahna apparatlari, elektr apparatlari, elektr rekvizitlari hamda ovoz texnikasi apparatlari omborxonalarining balandligi yorugʻlikda kamida 3,6 m, eshik oʻrni oʻlchamlari kamida 1,0×2,4 m boʻlishi kerak. Sahnaga xizmat koʻrsatuvchi elektr apparaturasi omborining maydoni 15 dan 20 m2 gacha boʻlishi kerak.
5-bob. Yongʻin xavfsizligi
1-§. Umumiy talablar
358. Madaniyat obyektlari xonalarining chiqish eshiklari tashqi tomonga qarab ochilishi kerak.
359. Yoʻlaklar (koridor), vestibyullar, xollar, lift xollari, zinapoya kataklari, evakuatsiya yoʻllari va boshqa xonalardagi shiftlar, devorlar hamda pollarning pardozi SHNQ 2.01.02-04 da keltirilgan parametrlarga (koʻrsatkichlar) muvofiq boʻlishi, shuningdek yuqori tutun hosil qilish xususiyatiga ega boʻlgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi pol qoplamalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
360. Sigʻimi 800 oʻringacha boʻlgan tomosha zallarining pollariga gilam (kovrolin) toʻshashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda gilamning asosi yonmaydigan YONM guruhidagi materiallardan boʻlishi lozim.
361. Ikki va undan ortiq tomoshabinlar zallariga ega boʻlgan madaniy-tomosha tadbirlariga moʻljallangan binolarning olovbardoshlik darajasi II dan past boʻlmasligi lozim.
362. Qishloq va ovullar joylaridagi madaniyat obyektlari uchun III va IV olovbardoshlik darajalaridagi binolarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
363. Tomoshagoh binolarida tomoshabinlar zali va foye ikkinchi qavatga joylashtirilganda ular tagidagi orayopmaning olovbardoshlik chegarasi REI 60 boʻlgan yongʻinga qarshi 2-tipda boʻlishi kerak.
364. Olovbardoshlik darajasi III, IV boʻlgan binolarda yertoʻla va sokol qavatlari ustidagi orayopmani olovbardoshlik chegarasi REI 60 boʻlgan 2-tipli yongʻinga qarshi plitalardan (konstruksiya) qurish lozim.
365. Olovbardoshlik darajasi III boʻlgan binolarda tomoshabinlar zalining tepa qismida joylashgan chordoq maydonini maydonidan olovbardoshlik chegarasi REI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar yoki olovbardoshlik chegarasi EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi pardadevorlar bilan ajratish zarur.
366. Yonuvchan materiallarni saqlash yoki qayta ishlashga moʻljallangan ustaxona va omborlarni tomosha zallari ostiga joylashtirmaslik lozim.
367. Apparat va yorugʻlik proyeksiyasi xonalaridan tomoshalar majmuasi xonalariga chiqish olovbardoshlik darajasi EI 30 dan kam boʻlmagan yonmaydigan materiallardan qurilgan va eshigi oʻzi yopiladigan tamburlar orqali yoki ichki yoʻlaklar (koridor) boʻylab amalga oshirilishi lozim.
368. Yongʻinga chidamlilik chegaralari va yuqori yorugʻlik fonarlarining yongʻin xavfi sinflari, shu jumladan zenit tipidagi fonarlari va boshqa yorugʻlik qaytaruvchi uchastkalari qoplamalar ustiga yotqizilganda yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi teshiklarni toʻldirishning yongʻinga chidamlilik chegaralari meʼyorlashtiriladi.
369. CO va C1 konstruktiv yongʻin xavfi sinflari binolarining tomlaridagi yorugʻlik qaytaruvchi teshiklarni toʻldirish uchun konstruksiyalar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
370. Tutun chiqaruvchi klapanlardan xonaning eng uzoq nuqtasigacha boʻlgan masofa 20 m dan oshmasligi zarur.
371. Havoni tortib chiqaruvchi kanallar QMQ 2.04.05-97* talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
372. Madaniyat obyektlari binolarining ichki yongʻinga qarshi suv quvuroʻtkazgichlariga qoʻyiladigan talablar QMQ 2.04.01-98ga va ushbu SHNQning 15-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
373. Oʻrindiqlar soni 1500 dan ortiq boʻlgan zallar, shuningdek kutubxonalarning kitoblar, xizmat kataloglari va roʻyxatga olish xonalarining devorlari hamda shiftlarini YONM guruhidagi yonmaydigan materiallardan pardozlash lozim.
374. Kutubxonalarning binolari olovbardoshlik darajasi I va II qilib loyihalanishi lozim.
375. Kutubxonalarning kitoblar va hujjatlar saqlanadigan xonalarini olovbardoshlik chegarasi EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi pardadevorlar bilan 600 m2 dan katta boʻlmagan yongʻinga qarshi boʻlmalarga (otsek) boʻlishi, bunda har bir yongʻinga qarshi boʻlmalardan evakuatsiya chiqish joylari ikkitadan kam boʻlmasligi hamda olovbardoshlilik chegarasi EI 30 boʻlgan 2-tipli yongʻinga qarshi eshiklar oʻrnatilishi kerak.
376. Nodir va kamyob nashrlar saqlanadigan xonalarni boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar va orayopmalar bilan ajratish zarur.
377. Kutubxonalar va arxivlarning 36 m2 dan katta maydonga ega boʻlgan kitob saqlash xonalarida hamda maydoni xuddi shunday boʻlgan omborxonalar va inventar xonalarida derazalar boʻlmaganda, ularda havoni tortib chiqaruvchi kanallar boʻlishi va ushbu kanallar koʻndalang kesimining yuzasi pol maydonining 0,2 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Bu kanallar har bir qavatda avtomat va distansion yuritgichli klapanlar bilan taʼminlanishi zarur.
378. Olovbardoshlik darajasi II boʻlgan yozgi kino-konsert zallarida tomoshabinlarning oʻrinlari soni normalanmasligi, olovbardoshlik darajasi III boʻlgan yozgi kino-konsert zallarida oʻrinlar soni 800 dan oshmasligi zarur.
379. Videokassetalar, foto va fotomateriallarni berish va qabul qilish hamda ularni saqlash xonalari portlash va yongʻin xavfi boʻyicha V2 toifasiga tenglashtiriladi.
380. Oʻrab qoʻyilgan dekoratsiyalarni, yongʻinga qarshi pardalarning chigʻiriqlari (lebyodkalari) seyfini, sahna shchiti xonalarini 2,4 m balandlikdagi tryumlarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
381. Teatr binosining namoyish etish majmuasiga texnologik xizmat koʻrsatish xonalarini (sahna orayopmasi oʻlchamlari chegarasida joylashgan sahna yorituvchi xonalardan tashqari) shu binoning tomosha qilishga moʻljallangan qismidan olovbardoshlik chegarasi EI 45 dan past boʻlmagan yongʻinga qarshi toʻsiqlar va olovbardoshlik chegarasi REI 45 dan past boʻlmagan yongʻinga qarshi orayopmalar bilan ajratish zarur.
382. Sahna planshetining yuk koʻtaruvchi elementlari YONM guruhdagi materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
383. Ushbu elementlar ustiga yotqiziladigan toʻshama (nastil) hamda panjarali toʻshama va ishchi galereyalarning toʻshamasi uchun yogʻoch qoʻllanilganda, yogʻochga olovdan himoya qiluvchi vositalarni shimdirish bilan uning yonuvchanligi Yo1 yoki Yo2 guruhlardagi materiallarning yonuvchanligigacha tushirilishi lozim.
384. Tomoshabinlar zalining balkonlari, amfiteatr va parterning yonmaydigan yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari ustiga qurilgan qavat karkasini pogʻonasimon pol yoki talab etilgan nishablikni hosil qilish uchun YONM guruhdagi materiallardan tayyorlash zarur.
385. Tomosha zallaridagi osma shiftlarning sinch (karkas) boʻshliqlarining toʻldirmalarini, sigʻimi 800 oʻrindan ortiq boʻlgan sahnali madaniyat markazlari, teatr zallari devorlari va shiftlarining panjarasini sinchini (karkas) YONM guruhdagi materiallardan tayyorlash, bunda ushbu zallarning sigʻimi 800 oʻrindan kam boʻlganda ushbu panjaralar uchun Yo1 guruhdagi materiallardan foydalanish lozim.
386. Yaxlit osma shiftlarda ovoz kuchaytirgichlar, qandillarni oʻrnatish uchun qoldirilgan teshiklarni ustki tomondan olovbardoshlik chegarasi EI 30 boʻlgan yonmaydigan qopqoqlar bilan himoya qilish zarur.
387. Tomosha zallarining ustiga xonalar joylashtirilganda ular orayopmalarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari (ferma, toʻsin va boshqalar) tepa va past tomonlardan olovbardoshlik chegarasi REI 60 dan kam boʻlmagan YONM guruhdagi materiallar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
388. Tomosha zali orayopmasining gabariti chegaralarida joylashgan va sahnani yoritishga moʻljallangan xonalarni olovbardoshlik chegarasi REI 45 boʻlgan 1-tipli yongʻinga qarshi pardadevorlar bilan boshqa xonalardan ajratish lozim.
389. Rirproyeksiya xonalaridan sahna yoki aryersahnaga, kinoproyeksiya, apparat va yorugʻlik proyeksiya xonalaridan tomosha zaliga qaratilgan derazalar va boʻsh oraliqlarni olovbardoshlik chegarasi EI 15 dan past boʻlmagan darparda yoki qopqoqlar bilan himoya qilish lozim.
390. Tomoshabinlar zali va chuqurlikdagi kolosnikli sahna orasida olovbardoshlik chegarasi REI 150 boʻlgan 1-tipli yongʻinga qarshi devor (yoki maxsus yongʻinga qarshi konstruksiya) boʻlishi kerak.
391. Sigʻimi 800 oʻrin va undan koʻp boʻlgan zallarda sahnalar qurilish portalining eshik oʻrni boʻshligʻini olovbardoshlik chegarasi EI 60 boʻlgan 1 h dan kam boʻlmagan yongʻinga qarshi darparda bilan himoya qilish zarur.
392. Darpardaning issiqlik izolyatsiyasi zaharli moddalar ajratib chiqarmaydigan yonmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi kerak.
393. Sahna tom qoplamasidagi yongʻinga qarshi qoplamaga (ekran) va tutun lyuklarining qurilmalariga qoʻyiladigan talablar ushbu SHNQning 15-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
394. Tryum va sahna plansheti sathida joylashgan yongʻinga qarshi devorlardagi eshik oʻrni boʻshliqlarini hamda kolosnikli zinapoyalardan tryum va sahnaga chiqish joylarini (yongʻinga qarshi darparda boʻlgan holda) 1-tipli tambur-shlyuzlar bilan himoya qilish kerak.
395. Omborxonalar, ustaxonalar, dastgoh va hajmli dekoratsiyalarni montaj qilishga moʻljallangan xonalar, yongʻinga qarshi darpardani koʻtarish chigʻiriqlari va tutun lyuklari xonalari, chang haydovchi kameralar, ventilyatsiya kameralari, akkumulyator xonalari, transformator podstansiyalari olovbardoshlik chegarasi REI 45 boʻlgan 1-tipli yongʻinga qarshi pardadevorlarga, olovbardoshlik chegarasi REI 45 boʻlgan 3-tipli orayopmalarga, olovbardoshlik chegarasi EI 30 boʻlgan eshiklarga ega boʻlishi lozim.
Mazkur xonalarni tomosha zali va sahna planshetining tagiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻrab qoʻyilgan dekoratsiyalar saqlanadigan seyflar, yongʻinga qarshi darpardani koʻtarish chigʻiriqlari, tutun lyuklari hamda moy toʻldirilmagan koʻtarib-tushirish qurilmalari bundan mustasno.
396. Seyfning eshik oʻrni boʻshligʻini olovbardoshlik chegarasi EI 60 dan kam boʻlmagan shchitlar bilan himoya qilish zarur.
397. Dekoratsiyalar saqlanadigan omborxonalarning eshik oʻrni boʻshliqlarida sahna va karmonlar tomonidan olovbardoshlik chegarasi EI 60 boʻlgan 1-tipli yongʻinga qarshi eshiklar (yoki darvozalar), kolosnikli zinapoyalarda esa olovbardoshlik chegarasi EI 30 boʻlgan 2-tipli eshiklarni loyihalash lozim.
398. Orkestr chuqurligidagi toʻsuvchi konstruksiyalar (pardadevorlar — 2-tipli EI 15, orayopmalar — 3-tipli REI 4) yongʻinga qarshi boʻlishi kerak.
399. Tutun lyuklarini YONM guruhdagi materiallardan tayyorlash, klapanlarni esa Yo1 guruhidagi qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlash zarur.
400. Tutun lyuklari ustidagi konstruksiyalar (ust qurilmalar) tutun lyuklarining shamoldan saqlanishini taʼminlashi kerak.
401. Yongʻin xavfsizligi posti dispetcherlik xonasini tabiiy yorugʻlik tushadigan qilib loyihalash, uni sahna (estrada) plansheti sathida yoki tashqariga chiqish joyi yaqinida yoxud tashqariga olib chiquvchi zinapoya yaqinidagi pastki qavatga joylashtirish zarur.
402. Yongʻin va xoʻjalik suvoʻtkazgichining nasos xonasi, avtomatik yongʻin oʻchirish stansiyalari yonma-yon holda yoki yongʻin xavfsizligi posti dispetcherlik xonasi ostiga joylashtirilishi hamda ular orasida qulay bogʻlanish va tashqariga chiqish imkoni taʼminlangan boʻlishi kerak.
403. Drama va musiqa teatrlarining zallaridagi (sigʻimi qanday boʻlishidan qatʼi nazar) devor va shiftlarni YONM va Yo1 guruhlaridagi yonmaydigan yoki qiyin yonuvchan materiallardan pardozlash kerak.
404. Teatrlar va madaniyat markazlarining asosiy binolariga ustaxona va boshqa ishlab-chiqarish xonalarini hamda rezerv omborxonalarini joylashtirishda ularni boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratish lozim.
2-§. Evakuatsiya yoʻllari
405. Evakuatsiya yoʻllarida ular tekisligidan chiqib turgan va uchta pogʻonadan kam boʻlgan (0,45 m) balandlikda baland-pastliklar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
406. Binoga kirish joyi yogʻingarchiliklardan himoyalangan, kirish joyi maydonchasi gorizontal va sirpanmaydigan holatda boʻlishi, suv oqimini oʻtkazuvchi panjaralar kichik katakli (katak oʻlchamlari 1,5 sm dan oshmasligi) panjaralar maydoncha yuzasi bilan bir xil sathda yotishi lozim.
407. Yoʻlakdan (koridor) zinapoya katagiga olib boruvchi evakuatsiya chiqish joyining enini belgilashda mazkur chiqish joyidagi 1 m kenglik orqali evakuatsiya qilinadigan odamlar soni va zinapoya katagining olovbardoshlik darajasi hisobga olinishi lozim.
Bunda, zinapoya katagining olovbardoshlik darajasi I, II boʻlganda 1 min davomida evakuatsiya qilinadigan odamlar soni 165 kishidan, zinapoya katagining olovbardoshlik darajasi III boʻlganda 1 min davomida evakuatsiya qilinadigan odamlar soni 115 kishidan, zinapoya katagining olovbardoshlik darajasi IV boʻlganda 1 min davomida evakuatsiya qilinadigan odamlar soni 80 kishidan oshmasligi inobatga olinishi kerak.
408. Zinapoya kataklarining tashqi devorlarida tabiiy yorugʻlik tushiradigan derazalar boʻlishi kerak (yertoʻla zinapoyalari va tomosha koʻrsatishga moʻljallangan binolarning aylanali (kolosnik) zinapoyalari bundan mustasno).
409. Sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-19 da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
410. Olovbardoshlik darajasi I-III boʻlgan binolarda vestibyuldan ikkinchi qavatga chiquvchi ichki zinapoya ochiq (eshiklarsiz) boʻlishi, bunda vestibyulni yoʻlaklar (koridor) va boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi pardadevorlar va olovbardoshlik chegarasi REI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi orayopmalar bilan ajratish kerak.
411. Ochiq zinapoya yoki pandusning uzunligi ichki yoʻlakning eng uzoq nuqtasidan evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofaga kiritiladi, biroq uning maydoni asosiy evakuatsiya oʻtish yoʻlaklarining maydoniga qoʻshilmaydi.
412. Ochiq zinapoyalardan evakuatsiya yoʻlaklari sifatida foydalanishga yoʻl quyiladi, bunda ular vestibyul poli sathidan keyingi qavat poli sathigacha boʻlgan balandlikda loyihalanishi kerak.
Keyingi qavatlarda tomoshabinlar xonalari kompleksidan yopiq zinapoyalar katagiga alohida evakuatsiya oʻtish yoʻllari loyihalanishi zarur.
413. Madaniyat tashkilotlaridagi xonalarning (tomosha va savdo zallari) chiqish joylaridan bittasi vestibyulga, qavatlardagi xollga yoki foyega toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlangan boʻlishi, vestibyul, qavatlardagi xoll yoki foye ochiq zinapoyaga birikkan boʻlishi lozim. bunda
414. Madaniyat markazlari binolarida evakuatsiya uchun moʻljallangan zinapoya kataklaridan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vestibyul orqali tashqariga chiqish joylari boʻlishi, bunda, odamlarni vestibyul orqali tashqariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish joyiga ega boʻlmagan zinapoya katagidan evakuatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
415. Garderoblarda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlaydigan tutun oʻchirish moslamalari va avtomatik yongʻin oʻchirish tizimlari oʻrnatilsa garderoblarni vestibyul (foye)dan ajralmagan holda joylashtirishga yoʻl qoʻyildi.
416. Bir vaqtning oʻzida qavatda boʻladigan eng koʻp odamlarni hisoblangan evakuatsiya qilish sigʻimini inobatga olgan holda qavatdagi xonalarni loyihalash kerak.
Tomoshabinlarning balkondan chiqishi tomosha zali orqali amalga oshirilmasligi kerak.
417. Sahnadan (estrada), ishchi galereyalar va kolosnik toʻshamadan, tryumdan, orkestr chuqurligi va oʻrab qoʻyilgan dekoratsiyalar seyfidan kamida ikkita evakuatsiya chiqish yoʻllarini hisobga olish kerak.
418. Koʻrgazma zalidan bir vaqtda (doimiy) 50 dan ortiq kishi boʻlishiga moʻljallangan xonalar orqali evakuatsiya qilish yoʻllarini loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
419. Plyonkali proyektorlar ishlatiladigan kinoproyeksiya xonalaridan evakuatsiya chiqish yoʻllarini bevosita koʻchaga, binoga kirish yoʻlini esa oʻz-oʻzidan yopiladigan eshiklarga ega tambur orqali boʻlishi lozim.
420. Bitta xonada yoki oʻzaro tutashgan (pardadevor bilan ajratilmagan) xonalarda pollarning sathi 1 m dan ortiq farq qilganda tepa qism perimetri boʻyicha odamlarning yiqilib tushish ehtimolining oldini oladigan toʻsiq (yoki balandligi 0,8 m dan kam boʻlmagan boshqa qurilma) boʻlishi kerak.
421. Tomoshabinlar kursilari (oʻrindigʻi yoki stul) qatorlar oraligʻida 0,45 m dan kam boʻlmagan yoʻlakcha hosil qilib oʻrnatilishi kerak.
Qatorlar suyanchiqlari orasidagi masofa 0,9 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Qatorlardan chiqish bir tomonlama boʻlganda ushbu qatorlarga uzluksiz oʻrnatiladigan oʻrindiqlar soni 26 tadan oshmasligi, qatordan chiqish ikki tomonlama boʻlganda uzluksiz oʻrnatiladigan oʻrindiqlar soni 50 tadan oshmasligi kerak.
422. Bir vaqtning oʻzida 50 kishidan ortiq odamlarga moʻljallanmagan xonalarda (tomoshabinlar zalining amfiteatr va balkonlarini hisobga olgan holda) oʻtish yoʻllari boʻyicha eng uzoq oʻrindiqdan evakuatsiya chiqish (eshigi) joyigacha masofa 25 m dan oshmasa, ikkinchi evakuatsiya chiqish joyini (eshigi) loyihalamaslikka yoʻl quyiladi.
Balkondagi tomoshabinlarni evakuatsiya qilish tomosha zallari orqali amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
423. Yertoʻla yoki sokol qavatdagi vestibyuldan alohida joylashgan garderob oldidagi kiyim almashtirish xonalaridan chiquvchi evakuatsiya joylari kengliklarining yigʻindisini garderob toʻsigʻi oldida turgan odamlar sonini (garderob sigʻimining 30 foizini) hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
424. Sahna qutisi ikkita 2-turdagi P2 boʻlgan sahna tom tepasigacha va ishchi galereya hamda panjaralar (kolosnik) bilan bogʻlovchi yongʻin zinapoyalari bilan taʼminlanishi kerak.
Panjaralar (kolosnik) zinapoya katagi boʻlmaganda, ishchi galereyalardan evakuatsiya qilish tashqaridagi yongʻin zinapoyalari orqali taʼminlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
425. Binolarning evakuatsiya yoʻllarini ajratuvchi ichki devor va pardadevorlari 28 m dan baland boʻlganda (yorugʻlik oʻtkazuvchan materiallardan qurilgan) yongʻinga qarshi olovbardoshlik chegarasi EI 45 boʻlgan hamda YONM guruhidagi materiallardan loyihalanishi kerak.
426. Yertoʻla yoki sokol qavatlarining vestibyulidan alohida joylashgan kiyim-kechak almashtirish xonalaridagi yechinish xonalaridan evakuatsiya chiqish joylarining umumiy kengligini hisoblash toʻsiq oldidagi odamlarning sonidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak.
Kiyim-kechak almashtirish xonasining toʻsigʻi oldidagi xona kengligi 3 m dan kam boʻlmasligi kerak.
427. Sahna (estrada), ishchi galereya va kolosnik pol toʻshamasi, orkestrlarning chuqurligi va oʻrab qoʻyilgan dekoratsiyalar seyfidan evakuatsiya chiqish joylari ikkitadan kam boʻlmasligi zarur.
428. Foyega ega boʻlmagan mavsumiy kinoteatrlarni loyihalashda tomosha zalidan ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
429. Yoʻlovchi liftlari kinozal qavati va yongʻinga chidamli foyega xizmat qilishi kerak.
430. Sigʻimi 500 kishidan ortiq boʻlgan estradali tomosha zallarida va sigʻimi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, kinoteatrlarda zal orqali oʻtish yoʻlagidan, estradadan ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
431. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan tomoshabinlar zallaridan evakuatsiya qilish vaqti mazkur SHNQning 17-ilovasi 1-jadvalidagi koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi, bunda olovbardoshlik darajasi III va IV boʻlgan binolar uchun koʻrsatkichlar 30 foizga kamaytirilishi lozim.
432. Zalli xonalardan evakuatsiya chiqish joylari zal pol sathidan xonaning yarmi yoki undan ortiq balandligida joylashgan boʻlsa, evakuatsiya uchun zaruriy vaqt ushbu SHNQning 17-ilovasidagi 1-jadvalida keltirilgan koʻrsatkichlardan ikki baravar kam hisoblanishi kerak.
433. Zalning hajmi (W) 60 ming m³ dan yuqori boʻlganda uning ichidan zaruriy evakuatsiya vaqti quyidagi formula bilan aniqlanishi, biroq 6 min dan ortiq boʻlmasligi zarur.
(1)
434. Mazkur SHNQning 1-formulasi bilan hisoblangan zaruriy evakuatsiya vaqtini evakuatsiya chiqish joylari xona balandligining yarmisida joylashganida 35 foiz va zal balandligining 0,8 qismida joylashganda 65 foizga kamaytirish kerak.
435. Zaruriy evakuatsiya vaqti oraliq yoki kichik miqdorlarda boʻlganda interpolyatsiya boʻyicha, katta miqdorlarida ekstrapolyatsiya boʻyicha qabul qilinishi kerak.
436. Hajmi 60 ming m³ dan oshiq zalli binolardan zaruriy evakuatsiya chiqish vaqti 10 min dan oshmasligi lozim.
437. Sahnadan insonlarning zaruriy evakuatsiya vaqti 1,5 min dan oshmasligi, evakuatsiya qilinadiganlarning soni 2 m² sahna plansheti maydonidan bir kishi hisobi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
438. Yongʻin sodir boʻlganda odamlarni sahna va tryumdan evakuatsiya qilish uchun kengligi kamida 1,3 m va balandligi kamida 2,4 m boʻlgan evakuatsiya oʻtish joylariga kamida ikkita chiqish yoʻlini taʼminlash kerak.
Koʻrish zallarida 500 dan ortiq oʻrinli estradada (kino zallarida — sigʻimidan qatʼi nazar) ikkinchi evakuatsiya chiqish yoʻli sifatida zal orqali oʻtishga yoʻl qoʻyiladi.
439. Ish galereyalari, kolosnik qoplamasi va oʻrab qoʻyilgan dekoratsiyalar seyfi xonasidan kamida ikkita evakuatsiya qilish uchun chiqishlar inobatga olinishi kerak.
440. Evakuatsiya yoʻllari QMQ 2.01.05-19ga muvofiq yoritilishi va yorugʻlik tarqatuvchi koʻrsatkichlar bilan jihozlanishi, asosiy elektr taʼminoti oʻchirilgandan keyin 1 h davomida koʻrsatkichlarning ishlashini taʼminlashi lozim.
441. Binoga kirish joyining tashqi zinapoyalari yoki ularning qismlariga 0,8-0,9 m balandlikdagi tutqichli toʻsiqlar oʻrnatilishi kerak.
442. Zinapoya marshida har xil balandlik va kenglikdagi pogʻonalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
443. Egri chiziqli asosiy zinapoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda zinapoyaning burilgan tor qismidagi pogʻonalar kengligi 22 cm dan kam boʻlmasligi lozim.
444. Zinapoya marshlari va maydonchalari 0,8-0,9 m balandlikdagi tutqichlar va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
445. Yertoʻla, sokol qavatlari va chordoqqa olib boruvchi zinapoya marshlari hamda yerusti qavatlaridagi (odamlarni evakuatsiya qilishga moʻljallanmagan) zinapoyalarning qiyaligi 1:1,5 nisbatda boʻlishi kerak.
446. Zinapoya marshining kengligi zinapoya katagiga chiqish joyi kengligidan kichik boʻlmasligi va uning kengligi quyidagicha boʻlishi zarur:
1,35 m (F1 sinfdagi binolarda, bir vaqtda 100 nafardan ortiq odamlar boʻladigan binolarda, madaniyat va aholi dam olish markazlari, kinoteatr binolarida);
1,2 m (madaniyat markazlari va teatr binolarining bloklarida);
0,9 m (bir vaqtda 5 nafardan ortiq odam boʻlmaydigan xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun).
447. Zinapoya maydonchalarining kengligi marsh kengligidan kichik, shuningdek uning toʻgʻri marshidagi oraliq maydonchasining kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
448. Odamlarni binoning yerusti, sokol va yertoʻla qavatlaridan evakuatsiya qilishga moʻljallangan zinapoya kataklarida yertoʻla yoki sokol qavatlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi alohida chiqish joylari (eshiklar) boʻlishi hamda ular bitta qavat balandligida yaxlit yongʻinga qarshi (olovbardoshlik chegarasi EI 45 boʻlgan I turdagi) pardadevor bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
449. Yertoʻla yoki sokol qavatini birinchi qavat bilan bogʻlash uchun moʻljallangan (birinchi qavatdagi ichki yoʻlak, xoll yoki vestibyulga chiquvchi) alohida zinapoyalar odamlarni yertoʻla yoki sokol qavatidan evakuatsiya qilishda hisobga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Agar zinapoya yertoʻla yoki sokol qavatidan birinchi qavat vestibyuliga chiqqan boʻlsa, binoning yerusti qismida joylashgan barcha zinapoyalar toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish joyiga (eshigi) boʻlishi kerak (vestibyuldagi zinapoya bundan mustasno).
450. Evakuatsiya yoʻllarida aylanma (vintsimon) zinapoyalarni, qochirma (qirralari parallel boʻlmagan yaʼni ichki tomoni tashqi tomonidan kichik boʻlgan) pogʻonalarni hamda zinapoya katagi chegarasidan chiqib turgan zinapoya maydonchalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
451. Sokol yoki yertoʻla qavatlarida foye, kiyim-kechak almashtirish xonasi, hojatxonalar joylashtirilsa sokol yoki yertoʻla qavatlaridan birinchi qavatga olib chiquvchi ochiq zinapoyalar loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
452. Talab etilgan qiyaliklarni bajarish imkoni boʻlmagan hollarda panduslar qiyaligini binolar ichida 1:6, tashqarisida 1:8 nisbatda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
453. Evakuatsiya yoʻllarida ochiq zinapoyalarni, shuningdek egri chiziqli zinapoyalar SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
6-bob. Foydalanish vaqtida xavfsizlikni taʼminlash
454. Madaniyat obyektlarining binolari va ularga tutash hududlar foydalanish uchun belgilangan talablarga rioya qilganda piyodalar, bolalar va keksalarning harakatlanishi, transport vositalarini koʻchirish, elektr asboblari va qurilmalar, liftlardan yoki boshqa muhandislik uskunalardan foydalanish natijasida baxtsiz hodisalar, odamga shikast yetkazish va uning hayoti uchun xavf tugʻdirish ehtimoli minimallashtirilgan tarzda loyihalashtirilishi va qurilishi kerak.
455. Madaniyat obyektlari xonalarining shovqin darajasi SHNQ 2.01.08-19ga muvofiq boʻlishi kerak.
456. Bino yoki inshootlarning qurilish konstruksiyalarida texnologik va muhandislik uskunalaridan vujudga keladigan tebranish, bino va inshootlar xonalarida grunt, qurilish materiallari, elektr uzatish liniyalari va uskunalar tomonidan vujudga keladigan ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanish darajasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlaridan kelib chiqib, ruxsat etilgan maksimal qiymatlardan oshmasligi kerak.
7-bob. Energiya samaradorligini taʼminlash
457. Binolarda quyidagi yuqori samarali muqobil tizimlarni oʻrnatishning (texnik, ekologik va iqtisodiy) imkoniyatlarini hisobga olish lozim:
qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan markazlashtirilmagan energiya taʼminoti tizimlari (isitish va issiq suv taʼminoti, sovitish tizimlari uchun quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasosi issiqlikni qayta tiklash tizimi) qoʻllashni joriy etishni;
uskuna va asboblar (kogeneratsiya qurilmalari, yangi samarali qurilmalar, energiya isteʼmolini optimallashtirish uchun taymerlar, kutish rejimlarida xarajatlarni kamaytirish, reaktiv quvvatni kamaytirish uchun kondensatorlarni oʻrnatish, past yoʻqotishli transformatorlar);
mintaqaviy va blokli isitish va sovitish (toʻliq yoki qisman qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan energiyaga asoslangan boʻlsa);
issiqlik nasoslari, yangi tejamkor qozonlar, markaziy isitish yoki sovitish tizimlarini samarali modernizatsiya qilish.
458. Madaniyat tashkilotlarida foydalaniladigan elektr jihozlari energiya samaradorligi sinfi “B” va undan yuqori toifadagi energiya sarflovchi elektr uskunalardan foydalanishi taʼminlanishi lozim.
459. Tizim talablari texnik, iqtisodiy va funksional jihatdan maqsadga muvofiq boʻlsa, quyidagi hollarda qoʻllanilishi kerak:
isitish tizimlari;
issiq suv taʼminoti tizimlari;
havoni konditsionerlash tizimlari;
yirik ventilyatsiya tizimlari;
ushbu tizimlarning kombinatsiyasi.
460. Binolarda xodimlarning uchun harorat, namlik va havo sarfini individual ravishda tartibga solish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
Xonada issiqlik-namlik qulayligini tartibga solish uchun quyidagilarni qoʻllash kerak:
isitish asboblaridagi termostatik elementlar;
berilgan issiqlik-sovuqlik manbaining parametrlarini markaziy tartibga solish;
xonaga tashqi havo berishni markaziy tartibga solish;
boshqariladigan oynalardan foydalanish;
konditsionerlash tizimini markaziy tartibga solish;
individual tartibga solish imkoniyati bilan ish joyiga toza havoni individual yetkazib berish.
461. Madaniyat obyektlarining energiya samaradorlikni taʼminlash QMQ 2.01.18-18ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Izoh:
1. Olovbardoshlik darajasi III boʻlgan binolarda, olovbardoshlik va olov tarqalishi chegaralari olovbardoshlik darajasi II boʻlgan binolar uchun talab qilinadigan, yogʻoch konstruksiyali tepa qoplama, devorlar, ustunlar, zinapoyalar va qavatlar ora qoplamalari mavjud. 1-qavatga joylashtiriladigan tomoshabinlar zalining sigʻdira olishlik miqdori 600 oʻrindan koʻp boʻlmasligi kerak.
2. Yil davomida faoliyat koʻrsatadigan kinoteatrga ochiq maydonli mavsumiy faoliyat koʻrsatadigan qismi bloklab qurilganda (olovbardoshlik darajalari farqli) ular orasiga yongʻinga qarshi 2-turli REI 45 boʻlgan devor loyihalanishi kerak.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Tomoshabinlar oʻrindiqlarining parametrlari va qatorda ketma-ket oʻrnatilgan oʻrindiqlar soni
* Oʻrindiqlar uchun koʻrsatkichlar — 0,05 metrga kam boʻlishi lozim.
* Sigʻdira olishlik miqdori va stollar bilan jihozlanishiga bogʻlangan holda.
Qavs ichida yoʻl qoʻyiladigan parametrlar.
Izoh. Keltirilgan kattaliklardan zalning solishtirma hajmi koʻrsatkichlari ogʻishi ventilyatsiya, konditsiyalashtirish hisoblaridan 20 foizga kamayishiga yoʻl qoʻyiladi.
1-rasm. Sahna turlari. Zal va sahnani oʻzaro bogʻlash sxemalari
2-rasm. Estrada zalida ochilgan sahna oldidagi tomoshabinlar joylari
3-rasm. Turli toʻsiq zonalarining fokus nuqtalari
4-rasm. Pol profilini kesish uchun koʻrish nurining Sn dan oshishi
5-rasm. Estrada portali oldidagi tomoshabinlar joylashuvi zonasi rejasi
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Kino namoyishi uchun tomosha zali va kinoekran parametrlariga qoʻyiladigan talablar
Tomoshabinlar uchun oʻrin-joylar ushbu ilovaning 1-rasmida keltirilgan hudud chegarasida loyihalanishi, bunda:
D — zal oʻqi boʻyicha kinoekrandan oxirgi qator suyanchigʻigacha boʻlgan uzunlik;
G — zal oʻqi boʻyicha kinoekrandan birinchi qator suyanchigʻigacha boʻlgan masofa G= 0,36 D.
Kinoekran oʻlchamlari 1-rasmda keltirilgan, bunda:
L — kinoekran (xordasi boʻyicha egri chiziqli) ishchi maydonining kengligi;
N — ekran ishchi maydonining balandligi.
N va L nisbatlari:
Nf*1: Lf = 1 : 2,2;
Nsh : Lsh = 1 : 2,35;
Nk : Lk = 1 : 1,66;
No : Lo = 1 : 1,37.
Ekran kengligi (L) zal uzunligi (D) ga bogʻliq holda quyidagicha belgilanishi kerak:
Lf = 0,6D (0,54D)*2;
Lsh = 0,43D (0,39D);
Lk = 0,34D (0,3D);
Lo = 0,25D (0,22D).
Ekrandan birinchi qator suyanchigʻigacha boʻlgan masofa (G) ekran kengligi (L) ga bogʻliq holda quyidagicha belgilanishi lozim:
Gf kamida 0,6 Lf;
Gsh kamida 0,84 Lsh;
Go kamida 1,44 Lo;
Kinoteatrning egrilik radiusi D dan kam boʻlmasligi zarur.
Kinoproyeksiya jihozi oʻrnatiladigan tomoshabinlar zalining parametrlari mazkur ilovaning 1-rasmida keltirilgan, bunda:
P — proyeksiya masofasi*3kamida 0,85 D;
G — koʻpi bilan 7*4 kinoproyektor optik oʻqining kinoekran markazidagi normaldan ogʻish burchaklari;
v — kamida 8°;
i — kamida 3°;
K — yuqoridan oʻtuvchi proyeksiya nuridan shiftning eng yaqin sirtigacha boʻlgan masofa kamida 0,6 m;
m — pastdan oʻtuvchi proyeksiya nuridan tomoshabinlar oʻrin-joylari zonasidagi polgacha boʻlgan masofa kamida 1,9 m;
T — ekran ortidagi boʻshliqning boʻylama kengligi *5;
keng ekran boʻlganda — 0,9 m;
keng formatli ekran boʻlganda — 1,5 m;
R — ekran chetidan devorgacha boʻlgan masofa:
yassi ekranda boʻlganda — kamida 0,985 m;
egri chiziqli ekran boʻlganda — kamida 0,1 L;
Hisobiy kuzatish nuqtasida *6 koʻrinuvchanlikni loyihalashda oldingi qatorda oʻtirgan tomoshabinning koʻrish sathi ustidan ushbu nuqtaga yoʻnaltirilgan koʻrish nurining koʻtarilishi 0,14 m da (rekonstruksiya qilishda 0,12 m da) belgilanishi kerak.
Tomoshabinning oʻtirgan holatdagi koʻz sathi balandligi pol sathidan 1,2 m qilib belgilanishi lozim.
1-rasm. Kinoekran va tomoshabinlar zalining koʻrsatkichlari
*1 — L, N va G parametrlardagi indekslar quyidagi ekranlarni belgilaydi:
f — keng formatli ekran;
l — keng ekran;
k — kashetirlangan ekran;
o — oddiy ekran.
*2 — qavs ichida berilgan oʻlchamlar — madaniyat markazlari, teatrlar va mavsumiy ishlaydigan kinoteatrlar uchun.
*3 — mahalliy ishlab chiqarilgan kinoproyeksiya jihozidan foydalanilganda kamida 34,5 m.
*4 — madaniyat markazlari va teatrlarda koʻpi bilan 9° da belgilanishi kerak.
*5 — tovush bitta kanal orqali chiqarilganda yoki tovush kuchaytirgich ekran tomonlariga joylashtirilganda 0,1 — 0,3 m ga yoʻl qoʻyiladi.
*6 — kinoteatrlarda kinoekranning pastki qirrasi.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Kino namoyishining turli shakllari uchun moʻljallangan kinozallarning sigʻimi
Kinoteatrning yordamchi xonalari maydonlari
Izoh. Har bir zalda seanslar boshlanishi oʻrtasidagi intervalga rioya qilish sharti bilan.
1-rasm.
1 — tomoshabinlar oʻrinlarining yon tomondan maksimal cheklanishi, 2 — oxirgi qator; 3 — projeksiya ekrani, 4 — orqa devor
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Kolosnik sahnasi boʻlgan zallarda orkestr (orkestr chuquri) xonalarining oʻlchamlari
Turli xil qulaylik darajasidagi madaniyat obyektlarining asosiy xonalari tarkibi
+/- belgisi ushbu xonaning mavjudligi (yoki mavjud emasligi) loyihalash uchun berilgan topshiriq yoki loyiha bilan belgilanadi.
Sahnaga xizmat koʻrsatish uchun tavsiya etiladigan xonalar tarkibi
Estradalar va chuqurlikdagi kolosnik sahnalarining oʻlchamlari (kamida)
Izoh:
Estradalar, sahnalar, arersahnalar va karmonlarning oʻlchamlari qurilish konstruksiyalarining oʻqlarida koʻrsatilgan, avansahnalarning oʻlchamlari — orkestr chuqurligining ichki chegarasidan yoki avansahnaning old chekkasidan sahna (estrad)ning qizil chizigʻigacha.
Sahnaning balandligi planshet darajasidan shiftgacha (texnologik uskunalar) olinishi kerak.
Sahna balandligi planshet darajasidan kolosnik qoplamasi ustigacha, karmonlarning balandligi — pol sathidan pastki pol sathigacha, arersahnaning balandligi — planshet darajasidan qavatlar aroyopmagacha boʻlishi kerak. Arersahnaning koʻrsatilgan balandligi uning ustida kolosnik usti mavjud boʻlganda qabul qilinadi.
1 S-4, S-6 — S-9 sahnalar uchun qurilish portali kengligini 1,5 metrga, balandligini 0,5 dan 2,5 metrgacha boʻlgan masofada oshirishga yoʻl qoʻyiladi, sahna oʻlchamiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan oʻrtacha chegaralarni belgilaydi.
2 Avansahnaning chuqurligini oshirishda sahna chuqurligini tegishlicha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi, lekin 25 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.
3 Toʻgʻrilab turish aylanasini loyihalashtirishda arersahnaning chuqurligi va karmonning oʻlchamlari loyiha bilan belgilanadi.
Sahna yoritgichlarini boshqarish uchun xonalar va ularning joylashishi
1 Yorugʻlik asboblarining optik oʻqlari burchaklari bilan chegaralangan zonalarda joylashtiriladi.
2 Hozirda tiristorsiz yangi tizimlar mavjud.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
1-rasm. Toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz sxemasi.
Tovush nurlari aks ettirishining grafik tuzilishi:
I — tovush manbai;
S — tinglovchi;
N — aks ettiruvchi sirtga nisbatan normal;
α1 — tushish burchagi;
α2 — aks ettirish burchagi.
2-Rasm 500 Gs dan 2000 Gs gacha boʻlgan chastotalarda har xil maqsaddagi zallar uchun ularning hajmiga qarab tavsiya etiladigan reverberatsiya vaqti
1 — opera va balet teatrlari, 2 — musiqa va drama teatrlari, kino zallari, madaniyat markazlari, 3 — drama teatrlari va auditoriyalar
3-rasm. Shift yuzasining shakli
A — akustik jihatdan qulay;
B — akustik jihatdan noqulay;
I — foydali aks ettirishlardan mahrum boʻlgan tinglovchilar joylari zonasi.
4-rasm. Diffuzli aks ettiruvchi sirtning boʻlinish oʻlchamlari
A — aks ettirilgan tovushning samarali tarqalishi maydoni;
a — elementning chuqurligi;
b — elementning kengligi;
v — boʻlinish davri;
f — chastotasi, Gs.
5-rasm. Balkon boʻshligʻining maqbul nisbatlari
1 — balkon ostidagi boʻshliq;
A1 ≤ 1,5 h1
2 — yuqori balkon ustidagi boʻshliq;
A2 ≤ 2 h2 (A2 — balkonning chuqurligi, h2 — balkon usti boʻshligʻining oʻrtacha balandligi).
6-rasm. Egri yuzalardan aks etish
A — orqa devordan; B — shiftdan;
1 — egrilik markazining yoʻl qoʻyilmaydigan holati;
2 — egrilik markazining yoʻl qoʻyiladigan holati;
O — egrilik markazi;
I — tovush manbai;
F — aks ettirilgan nurlar konsentratsiyasi nuqtasi;
R — sirtning egrilik radiusi;
L — tovush manbasidan egilgan yuzagacha boʻlgan masofa;
N — xona balandligi.
Zalning vazifasiga qarab bir tomoshabin oʻrniga xonalarning eng kam hajmi
Koʻrsatkichni 20 foizga oshirish yoki kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Begona tovushlarning umumiy darajasi (oktava diapazonlari)
Izoh. Havo ventilyatsiyasi va konditsionerlik qurilmalari tomonidan keltirib chiqariladigan tovushlarning yoʻl qoʻyiladigan darajasi jadvalda koʻrsatilganidan 5 dB past.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Qulaylik darajasiga qarab har bir artist uchun sanitariya uzellarining maydoni
1 Koʻproq odamlarga moʻljallangan sanuzellar xor, kardebale va bolalar truppalari uchun moʻljallangan. Loyiha topshirigʻi boʻyicha qabul qilinadi. Har bir 1 va 2-darajali sanuzelda 4 kishi uchun 1 ta sanitar qurilma hisobidan sanitar uzellarni inobatga olish lozim.
2 Har bir sanuzelning maydoni loyihalashtirishda 10 foizga koʻpaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Musiqachilar uchun xonalarning maydonini hisoblash
Qulaylik darajasiga qarab, kalosnik sahnasiga ega teatrlardagi binolarning taxminiy koʻrsatkichlari
1 Koʻrsatkichlarning kichik qiymatlari dramatik truppalarning tomosha zallariga, kattalari esa musiqa zallariga tegishli.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Turli teatr truppalari uchun repetitsiya zallarining oʻlchamlari va vazifalari
Izohlar
1. Zalning oʻlchamlari uzunligi × eni × balandligi.
2. Rejadagi oʻlchamlar qurilish konstruksiyalarining oʻqlarida koʻrsatilgan, poldan yuqoriga koʻtarilgan konstruksiyalarning pastki qismigacha boʻlgan balandlik koʻrsatilgan.
3. Musiqa va drama teatrini loyihalashtirishda ikkita truppa — drama va musiqa truppalari uchun balet, orkestr, xor kabi repetitsiyalar uchun zallar hisobga olinishi kerak.
4. Dramatik va musiqali-dramatik teatrlarni loyihalashtirishda loyiha topshirigʻiga koʻra repetitsiya-jismoniy tarbiya zalini inobatga olishga yoʻl qoʻyiladi.
Qulaylik darajasiga qarab, har bir ishtirokchiga toʻgʻri keladigan zallarning minimal maydoni va hajmi
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Madaniy obyektlardagi muzeylar va koʻrgazmalar xonalarining tarkibi
1-rasm. Yorugʻlik parametrlari
Muzeylar va kutubxonalar yilning sovuq davri uchun havoning hisobiy harorati va havoni almashtirish karraligi
2-jadval
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 10-ILOVA
Kutubxonalardagi xonalarning tarkibi va maydonlari
Izoh
1. Kataloglar xonasi quyidagi hisobda qabul qilinadi: 1 ta kitob javoni 20 ming saqlash birligiga (1000x500x1450 mm) 48 ta yashikli — 3.5 m2 .
Shuningdek kataloglarni elektron nusxada saqlash uchun bir kompyuter ish oʻrniga 4 — 6 m2 maydon hisobidan joy koʻzda tutiladi.
2. Suratlarni tiklash, kseronusxasi, fotonusxa, pereplet-jildlash laboratoriyalarini qabul qilish: 1000 ta saqlash birligiga — 2,0 m2; har bir xona kamida 12 m2; gigiyenik ishlov va restavratsiya laboratoriyalari kamida 15 m2 (har biriga).
Kutubxonadagi oʻrinlar sonini aniqlash
Kompyuterli xonalarning parametrlari
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 11-ILOVA
Madaniyat markazlari va tomosha muassasalarining vestibyul guruhidagi xonalarning hisobiy koʻrsatkichlari
Izoh. Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar boʻyicha belgilanishi kerak.
Maʼruza-axborot guruhi xonalarining tarkibi va oʻrtacha maydonlari
1 Xonalar maydoni va tarkibini ushbu SHNQning 13-ilovasidagi 2-jadvali boʻyicha qabul qilish kerak.
2 Maydon uskunalarning oʻlchamlarini hisobga olgan holda loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi.
Madaniyat markazlari majmuasi xonalarining tavsiya etiladigan balandligi
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 12-ILOVA
Kirish guruhidagi xonalarning maydoni muassasaning qulaylik darajasiga qarab
1 Kassa vestibyuli tomoshabinlar kompleksidan tashqarida boʻlishi mumkin
2 Koʻrsatilgan raqamlar umumiy saqlash maydoni meʼyorini belgilaydi, bir nechta qatlamda saqlash imkoniyatini hisobga olmaydi.
Rekreatsiya xonalarining muassasaning qulaylik darajasiga qarab tarkibi va maydoni
1 Foye yonidagi ombor uni koʻp maqsadli foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa, hisobga olish lozim.
2 Bufet (kafe, bar va boshqalar) umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash meʼyorlariga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 13-ILOVA
Kolosnik sahnasiga ega musiqali teatrlarning artistik truppalari badiiy rahbariyati xonasining tarkibi va maydoni
1 Rassomlik-dekoratsiya ustaxonasi yonida joylashgan.
Musiqa va drama truppalari qoʻshimcha xonalar maydoni
Texnik xodimlar xonalarining tarkibi va maydoni
1 Kichik raqam drama truppalari, katta raqam musiqa truppalari uchun.
Maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari xonalarining tarkibi va maydoni
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 14-ILOVA
1-rasm. Sahna yoritgichlarini joylashtirish sxemasi
Kinoproeksiya guruhi xonalarining tarkibi
* Har bir zalning proeksiya xonalarida kinoprojektorlar soni quyidagicha qabul qilinishi tavsiya etiladi: 600 va undan ortiq oʻrinli zallarda yil boʻyi faoliyat koʻrsatuvchi kinoteatrlarda, 200 va undan ortiq oʻrinli zallarda yil boʻyi faoliyat koʻrsatuvchi kinoteatrlarda, mavsumiy faoliyat koʻrsatuvchi kinoteatrlarda, madaniyat markazlarilarda, epizodik kino koʻrsatadigan zallarda, 200 va undan ortiq oʻrinli yil boʻyi faoliyat koʻrsatuvchi kinoteatrlarda.
** 16 mm koʻchma kino qurilmasidan kino namoyishi uchun foydalanishda zalda maydoni 4 m2 boʻlgan toʻsiq bilan oʻralgan joyni hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
Kinoproyeksiya xonalarining oʻlchamlari va rejalashtirilishi
2-rasm. Ikki (a), uch (b), beshta (v) karnaylarni ekranning orqasiga joylashtirish sxemalari
Asosiy texnik xonalar maydoni
1 Kirish ventilyatsiyasi qurilmalari uchun binolar bilan birlashtirilishi mumkin.
2 Raqamlar uskuna turiga qarab loyihada aniqlanadi.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 15-ILOVA
Madaniyat obyektlari binolarining ichki yongʻinga qarshi suv quvuroʻtkazgichlariga qoʻyiladigan talablar
1. Madaniyat obyektlarining binolarida quyidagilarni inobatga olish lozim:
sigʻimi 700 oʻringacha boʻlgan estradali kinoteatr va madaniyat markazlarida yongʻinni oʻchirish joʻmraklari, kolosniklarga ega va sigʻimi 700 oʻrindan koʻp boʻlganda yongʻinni oʻchirish joʻmraklari va ushbu ilovaning 9-bandiga asosan drencher qurilmasi;
12,5x7,5 m, 15x7,5 m, 18x9 m va 12x12 m oʻlchamli sahnaga va 700 oʻrinli tomosha zaliga ega boʻlgan madaniyat markazlarida yongʻinni oʻchirish joʻmraklari va drencher qurilmasi;
18x9 m, 21x12 m oʻlchamli sahnaga va 700 dan koʻp oʻrinli tomosha zaliga ega boʻlgan madaniyat markazlarida, sigʻimi qanday boʻlishidan qatʼi nazar 18x18 m va 21x15 m oʻlchamli sahnaga ega boʻlgan madaniyat markazlarida, shuningdek teatrlarda yongʻinni oʻchirish joʻmraklari, drencher va sprinkler qurilmalari;
600 va undan koʻp oʻrinli va panoramali, uch tomonli, markaziy sahnalari boʻlgan teatrlarning namoyish majmualarida yongʻin oʻchirish qurilmalari.
2. Teatr binosining hududida alohida korpusga joylashtirilgan ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlarida, xoʻjalik-ishlab chiqarish xonalari va teatr binosini joylashtirishda ichki yongʻinni oʻchirish joʻmraklari va sprinkerli qurilmalar ushbu ilovaning 4 va 11-bandlari talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
Ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlarini teatr binosi hududidan tashqaridagi korpusga joylashtirishda sprinkler qurilmalar ushbu ilovaning 11-bandiga muvofiq loyihalanishi, yongʻinni oʻchirish joʻmraklarining suv sarfi QMQ 2.04.01-98 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
3. Binolarda ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklarining suv sarfi quyidagicha belgilanishi kerak:
tomosha zalining sigʻimi 300 oʻringacha boʻlgan estradali kinoteatr va madaniyat markazlarida 2 ta oqim (struya)da kamida 2,5 l/s, oʻrinlari 300 koʻp boʻlgan kinoteatr va madaniyat markazlarida har bir oqimda kamida 5 l/s;
sigʻimi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, sahnali madaniyat markazlari va teatrlarda 2 ta oqim (struya)da kamida 2,5 l/s va har birining suv sarfi 5 l/s boʻlgan 2 ta oqim (struya).
4. Yongʻin oʻchirish joʻmraklari tomosha zali va sahnaga yoki zinapoya maydonchasiga kirish joyida oʻrnatilishi lozim.
18x12 m, 21x12 m, 21x15 m oʻlchamli sahnaga ega boʻlgan madaniyat markazlarida, shuningdek, teatr binolarida 19 mm li purkagich va 10 m uzunlikdagi shlang ulangan 65 mm diametrli qoʻshimcha yongʻin joʻmraklari sahna planshetiga oʻrnatilishi kerak.
16 mm li purkagich va 10 m uzunlikdagi shlang ulangan 50 mm diametrli yongʻin oʻchirish joʻmraklari kolosniklar va ishchi galereyalarga oʻrnatilishi, shlangasining uzunligi 20 m boʻlgan yongʻin oʻchirish joʻmraklari teatrning boshqa barcha xonalariga oʻrnatilishi lozim.
5. Maydoni 500 m2 boʻlgan sahna planshetida 3 ta, 500 m2 dan katta maydonga ega boʻlgan sahna planshetida 4 ta yongʻin oʻchirish joʻmraklari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Har bir ishchi galereyada va kolosniklarda kamida ikkita yongʻin oʻchirish joʻmraklari oʻrnatilgan boʻlishi, ushbu joʻmraklar sahnaning chap va oʻng tomonida joylashgan boʻlishi lozim.
Joʻmraklarni javonsiz ochiq holatda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
6. Yongʻin oʻchirish joʻmraklari xonalarning har qanday nuqtasiga 2 ta oqimda suv sepilishini taʼminlashi kerak.
7. Yongʻin oʻchirish joʻmraklarining ichki tarmogʻi halqa koʻrinishida va ikkita kirish joyi bilan tashqi tarmoqqa va ikkita kirish joyi bilan sprinklerli va drencherli tizimning suv tarqatish tarmogʻiga ulanishi kerak.
Suv tarqatish zadvijkalari tarmoqqa ikkitadan koʻp boʻlmagan tarmoqlanishga ega boʻlgan uchastkalarni berkitish imkonini taʼminlagan holda oʻrnatilishi lozim. Ikkitadan koʻp yongʻin oʻchirish joʻmraklari boʻlgan vertikal quvurlar (stoyaklar)ning asosiga (pastki qismiga) ventillar va zadvijkalar oʻrnatilishi zarur.
8. Yongʻin oʻchirish joʻmraklaridagi erkin suv bosimi xonaning eng yuqori qismiga suvni sachratib yetkazishi kerak.
Sahna planshetidagi yongʻin oʻchirish joʻmraklaridagi suv bosimi planshetdan kolosnik qoplamasigacha boʻlgan masofadan 2 m uzoqqa suv sachratilishini taʼminlab berishi kerak.
9. Drencherlar sahna va aryersahna kolosniklarining ostiga, ishchi galereyalar (ularni birlashtiruvchi koʻrikchalar) pastki yarusining tagiga, oʻralgan dekoratsiyalar seyfiga va sahnaning barcha boʻsh oraliqlariga, sahnaning ichki qurilgan jihozlarining konstruksiyalari joylashgan tryumlarga va koʻtarish-tushirish qurilmalariga oʻrnatilishi kerak.
Yongʻinga qarshi qoplama (ekran)ga sahna tomondan suv sepilishi lozim.
10. Drencher va sprinkler suv purkagichlari bitta suv purkagich bilan himoyalanadigan pol maydoni, oʻrtacha suv sepish intensivligida 1 m2 pol maydoniga kamida 0,1 l/s sarf boʻlganda, koʻpi bilan 9 m2 qabul qilinadi; sahnaning tirqishiga suv purkash sarfi 1 m tirqishga 0,5 l/s, sahna portaliga sepishga — 1 m portal kengligi, 7.5 m gacha balandligiga kamida 0,5 l/s va 1 m kenglik, 7.5 m balandlikdan koʻp boʻlgan holiga 0,7 l/s boʻlishi kerak.
11. Eng uzoq va baland joylashgan purkagichda erkin suv bosimi kamida 0,05 MPa (5 m) boʻlishi zarur.
Bitta binoda barcha purkagichlar teshigi diametri bir xil boʻlishi kerak.
12. Yongʻin nasos agregatlari 100 % li zaxira bilan boʻlishi va ular alohida isitiladigan, tashqariga yoki zinapoya katagiga chiqish joylari bor xonalarga joylashtiriladi.
Faqat yongʻin oʻchirish joʻmraklari bilan jihozlangan kinoteatr v madaniyat markazlari (madaniyat markazlari) binolarida nasoslarni isitish qozonxonasiga joylashtirish mumkin.
13. Ichimlik-xoʻjalik suv taʼminoti nasoslari vibraizolyatsiyali asoslarga oʻrnatilgan va kirish tarmogʻi, hamda ichki tarmoqdan elastik oraliq quvurchalari bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
14. Kutubxona va arxivlar binolarida yongʻinga qarshi suv taʼminoti bino hajmi 7500 m3 va undan koʻp boʻlgan hollarda loyihalanishi kerak.
Suv sarfi va ichki yongʻin oʻchirish oqimi (struyasi) hisobining normalarini QMQ 2.04.01 ga asosan qabul qilish lozim.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 16-ILOVA
Sahna tom qoplamasidagi yongʻinga qarshi qoplamaga (ekran) va tutun lyuklarining qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
1. Yongʻinga qarshi qoplama (ekran) gaz oʻtkazmaydigan boʻlishi va qurilish portalining boʻsh oraligʻini yon tomonlaridan 0,4 m va yuqoridan 0,2 m da yopib turishi kerak.
Dekoratsiya omborlarining yongʻinga qarshi qoplamasi (ekrani) va yongʻinga qarshi eshiklarining (shtoralari) karkasini loyihalashda (hisoblashda) tomosha zali tomonidan beriladigan gorizontal bosim hisobga olinishi, bu bosim sahna balandligining har bir metr balandligida 10 Pa ga teng boʻlishi, bunda ortiqcha yuklanish koeffitsiyenti 1,2 teng qilib belgilanishi, karkasdagi metall elementlarning hisobiy boʻsh oraliqdagi solqiligi 1/200 dan oshmasligi zarur.
Yongʻinga qarshi qoplama (ekran) oʻzining ogʻirligi taʼsirida kamida 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanishi (tushishi yoki koʻtarilishi), darpardaning tushishi yoki koʻtarilishini masofadan (distansion) boshqarish uchta joydan, yongʻin postidan, sahna planshetidan va yongʻinga qarshi qoplamaning (ekran) chigʻirigʻi (lebyodkasi) joylashgan joydan amalga oshirilishi kerak.
Ushbu qoplamaning (ekran) tushishi va koʻtarilishini bildiruvchi tovush va yorugʻlik signalizatsiyasi loyihalanishi kerak.
2. Ochiq lyuklarning maydoni tryum polidan sahna tomyopmasigacha boʻlgan balandlikning har 10 m da hisoblash orqali yoki kolosnikli sahna maydonining 2,5 foizga ga teng qilib belgilanishi lozim.
Lyuklarning klapanlari ularni ushlab turuvchi qurilmadan yechish vaqtida oʻz ogʻirlik kuchi taʼsirida ochilishi, bunda perimetr boʻyicha klapan qirralarining muzlab yopishib qolish kuchi 0,3 kN/ m ga teng boʻlishi hisobga olinishi kerak.
3. Lyuklarning klapanlariga xizmat qiluvchi chigʻir (lebyodka) sahna planshetidan, yongʻin posti dispetcher xonasidan va ushbu chigʻir (lebyodka) xonasidan masofadan boshqarilishi zarur.
Tutun lyuklarining ustki qurilmasi YONM guruhidagi yonmaydigan materiallardan, klapanlar esa Yo1 guruhidagi materiallardan tayyorlanishi lozim.
SHNQ 2.08.11-24 “Madaniyat tashkilotlari obyektlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 17-ILOVA
* Zal hajmi ichki toʻsuvchi konstruksiyalar boʻyicha aniqlanadi (tribunalari bor zallarda — tribuna hajmini hisobga olmagan holda); hajmning oraliq miqdorlarida zaruriy evakuatsiya vaqti interpolyatsiya boʻyicha aniqlanadi.
