Toshkent topografiya texnikumini Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi deb qayta nomlash toʻgʻrisida (222-son)
22.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Texnikumning nomini oʻzi yetishtirib chiqarayotgan mutaxassislarning ixtisosliklari va malakalariga muvofiq keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasining Toshkent topografiya texnikumini Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi deb qayta nomlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-aprel,
222-son
