“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va turar joyi boʻyicha xabardor qilishi tartibi toʻgʻrisida”gi QL-1153-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4735-IV-son)
19.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va turar joyi boʻyicha xabardor qilishi tartibi toʻgʻrisida”gi QL-1153-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 25-aprelda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va turar joyi boʻyicha xabardor qilishi tartibi toʻgʻrisida”gi QL-1153-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasining matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 15-avgustda oʻzgartirilib, qayta kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-avgust,
4735-IV-son
