“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq hamda Bojxona kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1211-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4762-IV-son)
20.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq hamda Bojxona kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1211-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. QODIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-avgust,
4762-IV-son
