SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-54-son)
09.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 16-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 288]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 13-avgustdagi 66-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.10-97 “Texnologik poʻlat quvurlarni 10 MPa gacha loyihalash boʻyicha yoʻriqnoma” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-avgust,
01/2-54-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-iyun
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 15-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 9-avgustdagi 01/2-54-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) shartli oʻtishi 1400 mm gacha, shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2)gacha va harorati -70 dan +450 °S gacha boʻlgan turli fizik-kimyoviy xossalarga ega suyuq va gaz shaklidagi moddalarni tashish uchun moʻljallangan yer osti va yer usti texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
qozonxonalar, elektr stansiyalari, shaxtalarning texnologik quvuroʻtkazgichlariga;
maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarga (atom qurilmalari, mobil agregatlar, pnevmotransport);
atsetilen va kislorod tashuvchi quvuroʻtkazgichlarga;
shaharlarni va boshqa aholi punktlarini gaz bilan taʼminlash uchun moʻljallangan bosimi 1,2 MPa gacha boʻlgan (1,6 MRa gacha pasaytirilgan) yonilgʻi gazlari quvuroʻtkazgichlariga;
metallurgiya zavodlarining gaz quvuroʻtkazgichlariga;
vakuum ostida yoki dinamik kuchlar taʼsirida ishlaydigan quvuroʻtkazgichlarga;
tashilayotgan moddalarning zanglatuvchi taʼsiridan himoya qilish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar koʻrishni talab qiluvchi quvuroʻtkazgichlarga.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizik-geologi maʼlumotlar”;
SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
QMQ 2.09.03-02 “Sanoat korxonalarining inshootlari”;
SHNQ 2.04.14-22 “Uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni issiqlik izolyatsiyasi”;
SHNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvurlarni mustahkamlikka hisoblash”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
GOST 32569-2013 “Texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlar. Yongʻin-portlash xavfi va kimyoviy xavfli sanoat korxonalarida oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish talablari” (rasmiy manba: Truboprovodi texnologicheskiye stalnie. Trebovaniya k ustroystvu i ekspluatatsii na vzrivopojaroopasnix i ximicheski opasnix proizvodstvax);
GOST 9.602-2016 “Korroziya va eskirishdan himoya qilish yagona tizimi. Yerosti inshootlari. Korroziyadan himoyalashga umumiy talablar” (rasmiy manba: GOST 9.602-2016 Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii);
GOST 12.1.005-88 “Ishchi zonasi havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Obshiye sanitarno-gigiyenicheskiye trebovaniya k vozduxu rabochey zoni);
GOST 12.1.007-76 “Zararli moddalar. Tasnifi va umumiy xavfsizlik talablari” (rasmiy nashr: Vrednie veshestva. Klassifikatsiya i obshiye trebovaniya bezopasnosti);
GOST 12.1.044-2018 “Moddalar va materiallarning yongʻin-portlash xavfi. Koʻrsatkichlarning nomenklaturasi va ularni aniqlash usullari” (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Pojarovzrivoopasnost veshestv i materialov. Nomenklatura pokazateley i metodi ix opredeleniya);
GOST 1412-85 “Quymalar uchun plastinkasimon grafitli choʻyan. Markalar” (rasmiy manba: Chugun s plastinchatim grafitom dlya otlivok. Marki).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
texnologik quvuroʻtkazgichlar — sanoat korxonasi yoki shu korxonalar guruhi doirasida texnologik jarayonni amalga oshirish yoki qurilmadan foydalanish uchun zarur boʻlgan turli moddalarni (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, reagentlar) tashish uchun moʻljallangan quvuroʻtkazgichlar;
poʻlat quvur — koʻndalang kesimi aylana, oval shaklidagi, koʻp burchakli yoki boshqa shaklda poʻlatdan tayyorlangan ichi boʻsh qurilish mahsuloti.
3-bob. Umumiy talablar
3. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni loyihalashda quyidagilarni amalga oshirish kerak:
yotqizish usullari va konstruktiv yechimlar, shuningdek quvurlarning diametri, devorining qalinligi hamda quvur poʻlatining markasi, fasonli detallar texnik-iqtisodiy jihatdan maqbullarini qabul qilish;
tashilayotgan moddalarning chegaraviy parametrlarga bogʻliq holda quvurlarning eng qulay turlarini qoʻllash;
quvuroʻtkazgichlarni birxillashtirilgan uygʻunlashtirilgan (unifikatsiyalashgan) element va uzellardan foydalanish.
4. Texnologik quvuroʻtkazgichlar uchun poʻlat quvurlar devorlarining qalinligi va diametri hisob-kitoblarga asosan belgilanishi kerak.
Diametri va devorining qalinligi loyihada belgilanganidan kattaroq boʻlgan poʻlat quvurlarni asoslagan hollarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
5. Suv va suv bugʻi oʻtadigan texnologik quvuroʻtkazgichlarni loyihalashda issiqlik tarmoqlari, binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni oqizish, ularning tashqi tarmoqlari va inshootlarini hamda issiq suv taʼminotini loyihalash boʻyicha talablarga amal qilish lozim.
4-bob. Quvuroʻtkazgichlarning tasnifi
6. Bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar tashiladigan moddaning xavflilik sinfiga (portlash, yongʻin xavfi va zararligiga) bogʻliq holda uchta guruh (A, B, V) va tashiluvchi moddaning ishchi parametrlariga (bosim va haroratga) bogʻliq holda beshta toifa (I, II, III, IV, V) boʻyicha tasnifi GOST 32569-2013 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
7. Quvuroʻtkazgichlarni konstruksiyalash, tayyorlash usullari, sinovlarning hajmi va ketma-ketligini belgilashda tashiladigan moddaning xossalarini va foydalanish shart-sharoitlari GOST 32569-2013ga muvofiq boʻlishi zarur.
8. Ishchi harorati quvurning oʻz-oʻzidan alangalanish haroratiga teng yoki undan ortiq boʻlgan hamda ishchi harorati minus 40° S dan past boʻlgan, shuningdek odatdagi sharoitda suv yoki havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarni I toifaga kiritish lozim.
9. Zararli moddalarning xavflilik sinfi va moddalarning yongʻin xavflilik koʻrsatkichlari GOST 12.1.005-88, GOST 12.1.007-76, GOST 12.1.044-2018 boʻyicha aniqlanishi kerak.
10. Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni qurish va rekonstruksiya qilishda quyidagilarni inobatga olish lozim:
hududda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi;
quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazish va rekonstruksiya qilish jarayonida hosil boʻladigan chiqindilarni oʻz vaqtida bartaraf etilishi (olib chiqib ketilishi, utilizatsiya qilinishi) hamda changlar tarqalishini kamaytirish choralari taʼminlanishi.
11. Poʻlat quvuroʻtkazgichlar va ularning tarmoqlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishda hududdagi daraxt va butalar yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, ularning atrofi betonlab tashlanmasligi boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
5-bob. Trassalar va ularni yotqizish usullari
1-§. Asosiy talablar
12. Obyektlarning yer uchastkalarida muhandislik kommunikatsiyalarini asosan yer yuzasi boʻylab va yer ustidan oʻtkazish usullarini maqsadga muvofiq hisoblanishi lozim.
Zavod oldi zonalarida va obyektlarning jamoat markazlarida hamda obyektlar guruhlarida muhandislik kommunikatsiyalarini yer ostidan oʻtkazish lozim.
13. Aylanma suv taʼminoti, issiqlik tarmoqlari va gaz oʻtkazishning quvuroʻtkazgichlarini issiqlik tashuvchi moddalarning parametrlariga va texnologik quvuroʻtkazgichlardagi moddalar parametrlariga bogʻliq boʻlmagan holda texnologik quvuroʻtkazgichlar bilan birga qoʻshib yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
14. Yer osti kommunikatsiyalarini avtomobil yoʻllarining yurish qismidan tashqariga yotqizish zarur.
Rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning yer uchastkalarida yer osti kommunikatsiyalarini avtomobil yoʻllarining tagidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Ventilyatsiya shaxtalari, kanallar va tonnellarning kirish joylari va ularning boshqa qurilmalari avtomobil yoʻllarining yurish qismidan tashqariga va qurilish boʻlmaydigan joylarga yotqizilishi kerak.
Kanalsiz yotqizishda kommunikatsiyalarni yoʻl cheti chegaralarida yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
15. Trassalarning geometrik tarhlarini tanlashda quvurlarning harorat deformatsiyalari ulardagi burilishlardan foydalanish hisobiga oʻz-oʻzini kompensatsiyalashini nazarda tutish zarur.
Trassaning burilishlarini 90° burchak ostida bajarish kerak.
16. Quvuroʻtkazgichlarni ulardagi modda sexdagi qurilmalar yoki idishlarga toʻliq tushishini taʼminlaydigan qiyalik bilan loyihalanishi, bunda ularning qiyaligi quyidagicha boʻlishi kerak:
oson harakatlanuvchi suyuq moddalar uchun — 0,002;
gaz shaklidagi moddalar uchun — 0,003;
yuqori qovushoq va qotib qoluvchi moddalar uchun — 0,02.
17. Asoslangan hollarda quvuroʻtkazgichlarni mazkur SHNQning 16-bandida keltirilgan qiymatlardan kamroq qiyalik bilan yoki qiyaliksiz yotqizishga yoʻl qoʻyiladi, bunda ularni toʻliq boʻshatishni taʼminlovchi choralar koʻrilishi kerak.
18. Yonuvchan gazlarni (tabiiy, neft, sunʼiy aralashtirilgan va suyultirilgan uglevodorodlar) gaz bosimi 0,6 MPa gacha boʻlgan bosimda boshqa quvuroʻtkazgichlar va aloqa kabellari bilan birgalikda kanallar va tonnellarga (gazlanganlikni avtomatik nazorat qilish, portlashdan himoyalash, ventilyatsiya va yoritish shartlarida qurilmalarini oʻrnatish sharti bilan kanallar va tonnellarni, ventilyatsiya va yoritish bilan taʼminlagan holda) yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
19. A, Ba va Bb guruhidagi quvuroʻtkazgichlarni yer ustidan oʻtkazish lozim.
20. Yonma-yon joylashgan quvuroʻtkazgichlarning oʻqlari orasidagi masofa va quvuroʻtkazgichlardan qurilish konstruksiyalarigacha boʻlgan masofani gorizontal vertikal hamda quvuroʻtkazgichni yigʻish, taʼmirlash, koʻzdan kechirish, izolyatsiya qoplamasini oʻrash imkonini hamda harorat taʼsiridan roʻy beradigan deformatsiyalarda quvuroʻtkazgichning siljish kattaligini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
Yonma-yon joylashgan quvuroʻtkazgichlar oʻqlari orasidagi va kanallar hamda binolar devorlaridan quvuroʻtkazgichgacha boʻlgan masofalarning qiymatlari ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
1-rasm. Qoʻsh quvuroʻtkazgichlar, oʻqlari va ulardan qurilish konstruksiyalarigacha boʻlgan masofa
21. Izolyatsiyalanmagan quvuroʻtkazgichlar (SHNQ 2.04.14-22da keltirilgan) va issiqlik izolyatsiyasi nominal qalinlikda boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻshni quvuroʻtkazgichlar oʻqlari orasidagi va quvurdan kanal, tonnel, galereya devorlarigacha, shuningdek quvuroʻtkazgich yotqizilgan bino devorlarigacha boʻlgan masofa ushbu SHNQning 1-ilovasi boʻyicha boʻlishi kerak.
22. Issiqlik himoyasi qatlamining qalinligi SHNQ 2.04.14-22da keltirilgan qiymatlardan kam boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun bu masofalarni aniqlashda SHNQ 2.04.07-22ga muvofiq asoslash kerak.
23. Loyihalashda trassaning burilish joylarida quvur devorlari haroratining, ichki bosimi va boshqa yuklarning oʻzgarishidan quvuroʻtkazgichlarni siljishi mumkinligini inobatga olinishi lozim.
24. Quvuroʻtkazgichlarni yotqizish uchun ajratiladigan yoʻlning (trassaning) kengligi quyidagicha boʻlishi zarur:
yer ostidan oʻtkazishda — uzel yoki kameralarning oʻlchamlariga muvofiq;
yer ustidan oʻtkazishda — estakadalar traverslarining eniga muvofiq.
25. Sanoat korxonalarining sexlari orqali oʻtadigan quvuroʻtkazgichlardan yoki estakada chetidan binolargacha va tashqi inshootlargacha boʻlgan masofalar QMQ 2.09.03-02 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
26. Sanoat uzelidagi qoʻshni korxonalar orasida yotqiziladigan A va B guruhdagi quvuroʻtkazgichlar, shuningdek korxonaning ishlab chiqarish hududi bilan tovar-xomashyo omborlari (parklari) orasidan oʻtkaziladigan quvuroʻtkazgichlar, umumiy ovqatlanish, sogʻliqni saqlash, maʼmuriy, oʻquv, madaniy xizmat koʻrsatish binolaridan va odamlar ommaviy toʻplanadigan boshqa binolardan yer ustida yotqizilganda kamida 50 m masofada va yer ostiga yotqizilganda kamida 25 m masofada joylashtirilishi kerak.
27. Quvuroʻtkazgichlardan quyidagilargacha boʻlgan masofa ushbu SHNQning 26-bandiga muvofiq sexlar aro quvuroʻtkazgichlarniki kabi olinishi kerak:
A va B guruhdagi quvuroʻtkazgichlardan odamlar koʻp toʻplanmaydigan sanoat binolari va inshootlarigacha;
V guruhidagi quvuroʻtkazgichlardan turli maqsaddagi sanoat binolari va inshootlarigacha.
28. Sanoat korxonalarining sexlari ichidagi quvuroʻtkazgichlarni maʼmuriy, maishiy, xoʻjalik xonalari ichidan, elektr taqsimlash, elektr qurilmalari, avtomatlashtirish shchitlari, ventilyatsiya kameralari, issiqlik punktlari xonalaridan, shuningdek xodimlarni evakuatsiya (koʻchirish) yoʻllarida (zinapoyalar, yoʻlaklar) yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
29. Barcha turdagi moddalar uchun moʻljallangan A va B guruhidagi hamda gaz uchun moʻljallangan V guruhidagi shartli diametri 100 mm gacha boʻlgan sex ichidagi quvuroʻtkazgichlarni, shuningdek suyuq moddalar uchun barcha diametrdagi V guruh quvuroʻtkazgichlarini yordamchi xonalarning yaxlit devorlarining tashqi sirti boʻylab oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
30. Shartli oʻtish diametri 200 mm gacha boʻlgan sanoat korxonalarining sexlari ichidagi quvuroʻtkazgichlarni binolarning yuk koʻtaruvchi devorlarining yonmaydigan qismlari orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Mazkur quvurlar deraza yoki eshik oʻrinlaridan 0,5 m past yoki yuqoridan oʻtkazilishi kerak.
31. Oynavand binolarning devorlari boʻylab, shuningdek portlash toʻlqini taʼsirida oson otilib ketuvchi toʻsiq konstruksiyalari boʻylab quvuroʻtkazgichlarni yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-§. Quvuroʻtkazgichlarni estakadalar, baland va past tayanchlar hamda galereyalarga yotqizish
32. Estakadalar, tayanchlarda quvuroʻtkazgichlar yotqizishni unda tashiladigan moddalarning xossalari va qoʻrsatkichlariga bogʻliq boʻlmagan holda quvurlarning birikmalarida qoʻllanishiga yoʻl qoʻyiladi.
33. Quvuroʻtkazgichlarni har xil balandlikda oʻtkazishda ularni quyidagi tartibda joylashtirish lozim:
kislota va agressiv moddalar tashiladigan quvuroʻtkazgichlar eng pastda;
Ba va Bb guruh quvuroʻtkazgichlarini eng balandda va estakada chetida;
aralashganda portlash yoki yongʻin vujudga kelishi mumkin boʻlgan moddalar tashiluvchi quvuroʻtkazgichlar bir-biridan uzoqroq masofada.
34. Yer usti quvuroʻtkazgichlarini estakadalarga yotqizishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
yer sathidan quvuroʻtkazgichgacha boʻlgan masofa ularning tagidan piyodalar yoʻlaklari oʻtgan hollarda 1,8 m dan kam boʻlmasligini;
quvuroʻtkazgichlarni koʻchalar hamda qatnov yoʻllari orqali oʻtganda 4,5 m dan kam boʻlmasligini;
temir yoʻllar ustidan oʻtganda esa (relsning ustki qismidan) 6 m ga teng boʻlishini.
Quvuroʻtkazgichlar binolar va xonalardan 5 m dan kam boʻlmagan masofada, temir yoʻl oʻqidan 3 m dan kam boʻlmagan masofada hamda avtomobil va piyodalar yoʻllari chetidan 1,5 m ga teng boʻlgan masofada loyihalanishi lozim.
35. Quvurlarni estakadalarda yoki baland tayanchlarda oʻtkazishda ularni boshqa joydan oʻtkazish mumkin boʻlmaganda oʻtish joylari va yoʻllar ustidan ushbu SHNQning 2-rasmida keltirilgan “P”-simon kompensatorlar joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi, bunda quvuroʻtkazgichning pastki sirtidan avtomobil yoʻli qoplamasigacha kamida 4,5 m va temir yoʻl relsi kallagigacha kamida 5,5 m boʻlishi kerak.
2-rasm. “P”-simon otvodli kompensatorlar a — egilgan, b — qisqartirilgan, v — payvandlangan
“P”-simon kompensatorlar gorizontal qismi (R) ning vertikal qismi (һ) ga nisbatiga bogʻliq holda oʻzgarishi mumkin.
36. Muntazam xizmat koʻrsatishni (smenada kamida bir marta) talab qiluvchi quvurlarni estakadalar boʻyicha oʻtkazishda tutqichining balandligi kamida 0,9 m boʻlgan, eni kamida 0,6 m li oʻtish koʻprikchalari va har 200 m da (tik) chodir toʻsiqli yoki zinali narvonlar boʻlishi lozim.
37. Quvuroʻtkazgichlarni past tayanchlarda oʻtkazishda yer sathidan quvurning past qismigacha yoki issiqlik izolsiyasigacha boʻlgan masofa QMQ 2.09.03-02ga muvofiq boʻlishi lozim.
38. Diametri 300 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgich yoʻllarini ikki va undan ortiq sathlarda oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, yer sirtidan yuqori qavatdagi quvuroʻtkazgichning ustigacha (yoki issiqlik izolyatsiyasigacha) boʻlgan masofa 1,5 m dan oshmasligi kerak.
39. Avtomobillar va piyodalar oʻtadigan joylarda quvuroʻtkazgichlar uchun estakadalarning erkin holatdagi balandligi quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
temir yoʻllar uchun (rels ustidan) — 5,55 m;
avtomobil yoʻllari uchun — 5 m;
piyodalar yoʻlaklari uchun — 2,2 m.
40. Temir va avtomobil yoʻllari baland estakadalar bilan kesishgan joylarida estakadaning eng yaqin tayanchi chetidan boʻlgan gorizontal masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
normal izdagi temir yoʻl oʻqigacha — 2,45 m dan;
avtomobil yoʻli chetidagi toʻsiqqacha — 1,0 m dan.
41. Estakadalarning elektr uzatuvchi havo tarmoqlari bilan kesishgan joylari Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
Estakadalar bilan kesishadigan elektr uzatish tarmoqlari faqat quvuroʻtkazgich ustidan oʻtkazilishi kerak.
Estakada ustidagi texnologik quvuroʻtkazgichlardan vertikal boʻyicha elektr uzatish tarmoqlarigacha (pastki simlarning salqiligini hisobga olgan holda ushbu pastki simlargacha) boʻlgan minimal masofani kuchlanishga bogʻliq holda mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq qabul qilish zarur.
Ustki texnologik quvuroʻtkazgichlardan osma yoʻldagi vagonetkalarning pastki qismigacha vertikal boʻyicha boʻlgan masofa (trosning salqiligini hisobga olgan holda) 3 m dan kam boʻlmasligi zarur.
Elektr uzatish tarmoqlari va har qanday turdagi texnologik quvuroʻtkazgichlar orasidagi vertikal va gorizontal masofalarni aniqlashda ular ustiga panjaralar, galereyalar, maydonchalar koʻrinishida oʻrnatiladigan himoya toʻsiqlar boʻlishi lozim.
42. Tegishlicha asoslanganda quvurlarni ochiq xandaqlarda yoki novlarda oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi (bundan zichligi havoga nisbatan 0,8 dan yuqori boʻlgan yonuvchi va zararli gazlar, bugʻlar mustasno).
Bunda, bunday quvuroʻtkazgichlar uchun armaturani xandaqdan yaxlit gaz oʻtkazmaydigan toʻsiqlar bilan ajratilgan va toʻkilgan moddalarni yigʻish va keyin tortib olish uchun chuqurchalar bilan jihozlangan kameralarga (quduqlarga) yoki shamollatib turiluvchi pavilonlarda joylashtirish lozim.
Xandaqning tubida yomgʻir suvlarini chiqarib tashlovchi qurilmalar boʻlishi kerak.
43. Quvuroʻtkazgichlarni yoʻlaklarda oʻtkazishda SHNQ 2.09.17-21 va QMQ 2.09.03-02 talablariga amal qilish lozim.
44. Quvuroʻtkazgich yoʻllari havodagi elektr uzatish yoʻllari bilan kesishganda Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga amal qilish zarur.
3-§. Quvuroʻtkazgichlarni kanalsiz oʻtkazish
45. Tashiladigan moddaning ishchi harorati 150°S dan yuqori boʻlmagan Ba va V guruhidagi yakka quvurlarni kanalsiz oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, issiqlik izolyatsiyasi boʻlgan quvurlarning burilish joylarida harorat uzayishlarini muvozanatlashtirish uchun kanallar va maxsus oʻyiqlar boʻlishi lozim.
46. Transport vositalarining harakati boʻlmaydigan joylarida quvuroʻtkazgichlarni yotqizish chuqurligi (yer sirtidan quvurgacha yoki issiqlik izolyatsiyasi konstruksiyasigacha) 0,6 m dan kam boʻlmasligi, qolgan qismlarida esa quvur yoʻlining mustahkamlikka hisoblash sharoitiga koʻra qabul qilinishi zarur.
47. Quvuroʻtkazgichlarni kanalsiz yotqizish usuli bilan transheyaga yotqizishda ularni transheyaga tushirishdan oldin gidroizolyatsiyalash lozim.
4-§. Quvuroʻtkazgichlarni kanal va tonnellarga yotqizish
48. Yer osti quvuroʻtkazgichlar oʻtishi mumkin boʻlgan kanallarga (tonnellarga), yarim oʻtiladigan va oʻtib boʻlmaydigan kanallarga, lotoklarga va kanalsiz holatda (grunt bilan koʻmiladigan transheyalarga) yotqizilishi kerak.
Oʻtish mumkin boʻlgan kanallar diametrlarining yigʻindisi 1500 mm boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni beshta tarmoq (liniya)dan kam boʻlmagan holatda va 1750 — 2750 mm balandlik (chuqurlik)da parallel yotqizishda qoʻllanilishi kerak.
49. Oʻtib boʻlmaydigan kanallarda V guruhidagi quvuroʻtkazgichlarni, shuningdek Ba guruhidagi qovushoq, tez qotuvchi va yonuvchi suyuqliklarni (mazut, yogʻ) tashuvchi quvurlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, ularning bosimi 1,6 MPa dan yuqori boʻlmagan siqilgan havo va inert gaz quvuroʻtkazgichlari bilan birga, shuningdek issiqlik tarmoqlari bilan birga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi (I bosqich bugʻ quvurlaridan bundan mustasno).
50. V guruhidagi quvuroʻtkazgichlarni kanallarda va tonnellarda kuchlanishli, yoritish va telefon kabellari bilan birgalikda Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalariga muvofiq oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
51. Kanal va tonnellarni yonmaydigan yigʻma konstruksiyalardan bajarish va zarur boʻlganda ularni sizot suvlarining oʻtishidan himoyalash lozim.
52. Quvuroʻtkazgich yoʻllarida armaturani quduqlarda (kameralarda) guruhlab joylashtirish lozim.
53. Yarim oʻtiladigan kanallarda yoʻlning faqat ayrim qismlarida quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi, bunda uning uzunligi 100 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Bv va V guruhidagi quvuroʻtkazgichlarni yarim oʻtiladigan kanallarda oʻtkazishga zavod ichidagi temir yoʻlni va mukammal qoplamali avtomobil yoʻllarini kesib oʻtgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, yarim oʻtish kanalida eni 0,5 m dan kam boʻlgan va balandligi chiqib turuvchi konstruksiyalargacha 1,4 m dan kam boʻlmagan oʻtish yoʻli hamda kanalning oxirida chiqish joylari va lyuklar boʻlishi kerak.
54. A va B guruhlardagi quvuroʻtkazgichlar uchun kanallarni yigʻma yonmaydigan konstruksiyalardan loyihalash, ularning ustki qismini temir-betondan tayyorlangan yonmaydigan konstruksiyalar (temir-beton plitalar) bilan yopish hamda plitalarning ustiga qum sepish zarur.
55. Quvuroʻtkazgichlarni yarim oʻtiladigan kanallarga yotqizish faqat trassaning uzunligi 100 m dan oshmaydigan alohida hududlarda Bv i V guruhlardagi quvuroʻtkazgichlarning zavod ichidagi temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joylarida qoplamani yotqizish bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim.
Bunda, yarim oʻtiladigan kanallarda eni 0,6 m dan va chiqib turuvchi konstruksiyalargacha boʻlgan balandligi 1,5 m dan kam boʻlmagan oʻtish hamda kanal oxirida chiqish joylari va lyuklar boʻlishi kerak.
56. A, B guruhlardagi quvuroʻtkazgichlarni sanoat korxonasining quyidagilarida zararli va yonuvchi moddalarning tushishini bartaraf etish boʻyicha vositalar nazarda tutilishi (yonmaydigan materiallardan ishlangan diafragmalar oʻrnatilishi yoki suv va gaz oʻtkazmaydigan toʻsiq konstruksiyalarni qurish har bir aniq holda loyiha bilan belgilanishi) kerak:
sexga kirish va undan chiqish joylarida;
kanallar yoki tonnellar boʻylab sexdan kanalga yoki kanaldan sexga.
57. Tonnellarda eni katta quvurning diametri +100 mm, biroq 0,7 m dan kichik boʻlmagan va balandligi chiqib turgan konstruksiyalargacha 1,8 m dan kam boʻlmagan oʻtish yoʻli boʻlishi kerak.
Uzunligi 4 m dan ortiq boʻlmagan oʻtish yoʻli balandligini 1,5 m gacha pasaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
58. Alohida turgan tayanch, estakada, kanal, tonnel va galereyalarni loyihalashda QMQ 2.09.03-02da belgilangan talablarga rioya qilish lozim.
59. Quvuroʻtkazgichlar kanallarga ularning tubi boʻylab joylashgan tumbalar yoki ustunchalar ustiga yoki kanal devori boʻylab oʻrnatilgan toʻsinlar va kronshteynlar ustiga yotqizilishi lozim.
60. Quvuroʻtkazgichlar kanallarning devori boʻylab yoʻnalgan kronshteyn tayanchlariga yoki lotok tubi boʻylab joylashgan tumbalar ustiga yotqizilishi kerak.
61. Oʻtiladigan kanallarga har bir 100 m oraliqda lyuklar qoʻyilishi ulardan foydalanish jarayonida olib boriladigan taʼmirlash ishlarini bajarishda quvuroʻtkazgichlarning elementlarini kanallar ichiga tushirish kerak.
62. Quvuroʻtkazgichlarni yer ostiga yotqizishda bitta transheyaga ikki va undan ortiq quvuroʻtkazgichlar bir vaqtning oʻzida yotqizilgan hollarda ular bitta qatorga (bitta gorizontal tekislik boʻyicha) joylashtirilishi lozim.
Ular orasidagi masofani quvuroʻtkazgichlarning quyidagi shartli diametrlarida qabul qilish zarur:
diametr 300 mm gacha boʻlganda — 0,4 m dan kam boʻlmagan holda;
diametr 300 mm dan katta boʻlganda — 0,5 m dan kam boʻlmagan holda.
Yer osti quvuroʻtkazgichlari grunt suvlari taʼsiri ostida korroziyalanishdan maxsus kuchaytirilgan korroziyaga qarshi izolyatsiya bilan himoya qilingan boʻlishi kerak.
63. Yer osti quvuroʻtkazgichlarining joylashish chuqurligi transport vositalarining harakatlanishi koʻzda tutilmagan joylarda yer sirtidan quvurning ustki qismigacha yoki issiqlik izolyatsiyasigacha 0,6 m dan kam boʻlmasligi, boshqa uchastkalarda esa quvuroʻtkazgichlarni joylashtirish chuqurligi barcha taʼsir qiluvchi yuklarni hisobga olgan holda quvuroʻtkazgich mustahkamligini saqlash shartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi kerak.
64. Muzlaydigan, namlanadigan va kondensatlanadigan moddalarni tashuvchi quvuroʻtkazgichlarni yerning muzlash chuqurligidan 0,1 m pastda kondensat toʻplagichlarga, boshqa sigʻimlar yoki uskunalarga nisbatan qiya holatda joylashtirish zarur.
Yer osti quvuroʻtkazgichlarining elektrlashtirilgan temir yoʻl tarmoqlari bilan kesishgan joylarida dielektrik oraliq qistirmalar qoʻllanilishi lozim.
6-bob. Quvuroʻtkazgichlarga qoʻyiladigan konstruktiv talablar
1-§. Quvuroʻtkazgichlarning konstruksiyalari va materiallari
65. Quvuroʻtkazgichning loyihada qabul qilingan konstruksiyasi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
texnologik jarayonni loyihadagi koʻrsatkichlarga muvofiq olib borish;
montaj qilish va taʼmirlash ishlarini mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda industrial usullar bilan amalga oshirish;
payvand choklarini nazorat qilish va termik ishlov berish hamda sinash boʻyicha hamma turdagi ishlarni bajarish imkoni;
quvuroʻtkazgichni zanglashdan, yashin va statik elektrning ikkilamchi koʻrinishlaridan (taʼsirlaridan) himoya qilish;
quvuroʻtkazgichda muzli, gidrantli va boshqa tiqinlar paydo boʻlishining oldini olish.
66. Quvuroʻtkazgichning diametri texnologik loyihalash normalariga muvofiq hisob-kitob bilan aniqlanishi kerak.
67. Yengil (tez) muzlaydigan mahsulotlarni va kimyoviy faol muhit (modda)larni tashuvchi quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun qulay boʻlgan joylarga yotqizish zarur.
68. Devorlar boʻylab oʻtkaziladigan quvuroʻtkazgichlar deraza va eshiklarning boʻshliqlarini kesib oʻtmasligi lozim.
Quvuroʻtkazgichlarni elektr dvigatellari, elektr shitlari ustidan va ularga bevosita yaqin boʻlgan joylardan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
69. Quvurlarning bino ichkarisida joylashuvi va mahkamlanishi ishlatilayotgan koʻtarish tashish qurilmalarining erkin harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
70. Quvuroʻtkazgichlarning temir yoʻl va avtomobil yoʻllar, piyodalar oʻtadigan yoʻllar bilan kesishish joylarida, eshik oʻrni tepasida, shuningdek deraza hamda balkon ustida va ostida armaturani kompensatorlarni (“P”-simon bundan mustasno) flansli va rezbali birikmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
71. Quvuroʻtkazgichlarning devorlar, orayopmalar va pardevorlar bilan kesishgan joylarida maxsus gʻiloflar boʻlishi hamda uning uchlari kesishayotgan konstruksiyadan 20 — 50 mm chiqib turishi kerak.
Devor va pardevorlarni kesib oʻtishda gʻilofning uzunligini kesib oʻtuvchi devorning yoki pardevorning qalinligiga teng qilib qabul qilish lozim.
Quvuroʻtkazgich bilan gʻilof orasidagi tirqish yonmaydigan materiallar bilan zichlashtirilishi, bunda ular 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
72. Quvuroʻtkazgichlarni sanoat korxonalarining yonmaydigan materiallardan bir tekis diafragmalar oʻrnatish yoki suv va gaz oʻtkazmaydigan toʻsiq loyihalash zarur.
73. Kanalsiz yotqizilgan yer osti quvuroʻtkazgich yoʻllarida ularning temir yoʻllar, avtomobil yoʻllari, oʻtish joylari va boshqa muhandislik inshootlari bilan kesishganda har bir quvuroʻtkazgich uchun alohida gʻilof yoki ularning yarim oʻtuvchi kanalda yotqizish kerak.
Bunda, gʻilofning ichki diametri quvuroʻtkazgichning tashqi diametridan 100 — 200 mm katta boʻlishi, gʻilofning uchlari kesimning chegarasidan har tomonga kamida 0,5 m chiqib turishi, biroq chetki rels kallagidan kamida 5 m chiqib turishi lozim.
74. Yer osti quvuroʻtkazgichlarida armatura va drenaj qurilmalarini kesib oʻtuvchi kommunikatsiyaning chetidan kamida 2 m masofada joylashtirish lozim.
Quduqda joylashtiriladigan armatura uchun mazkur masofa quduq devorining tashqi sirtidan boshlab qabul qilinishi zarur.
75. Quvuroʻtkazgichlarni, issiqlikni oʻtkazmaydigan metall himoya qoplamalarini yashin va statik elektrning ikkilamchi taʼsirlaridan himoya qilish quyidagicha amalga oshirish lozim:
himoya vositalarini loyihalash;
binolar va inshootlarni yashindan himoyalashni loyihalash.
76. Sanoat korxonalarining olov taʼsiri ostidagi va portlash xavfiga ega boʻlgan sexlaridagi quvuroʻtkazgichlarni tashilayotgan muhit (modda)ning quvur devoriga ishqalanishi tufayli yuzaga keladigan statik elektrni qaytarish uchun yerga ulash zarur.
Bunda, flansli ulangan joylarda boltlar tozalanishi yoki mis toʻsiqlar oʻrnatilishi, qisqichlarning oxirgi qismlarida teshiklar boʻlishi va ular flansli biriktirgichning boltlari bilan siqilishi zarur.
77. Parallel yotqiziladigan quvuroʻtkazgichlar orasidagi masofa 300 mm dan katta boʻlganda, ular oraliq toʻsiqlar bilan ulanishi lozim.
2-§. Quvuroʻtkazgichlar birikmalari
78. Quvuroʻtkazgichlar uchma-uch payvand qilinishi, bunda payvand birikmalari quyidagilardan kam boʻlmagan masofada boʻlishi lozim:
tayanch va osmalardan — 50 km;
bukilish boshidan — 100 mm (keskin bukilgan tirsaklar bundan mustasno);
shtutserning tashqi diametri 100 mm dan kam boʻlganda;
payvand shtutseri tashqi sirtidan koʻndalang ulash chokigacha 50 mm va shtutserning tashqi diametri 100 mm undan ortiq boʻlganda 100 mm.
Oʻrnatmalarni payvandlash zarur boʻlganda, payvand choklari orasidagi masofa kamida quyidagicha boʻlishi zarur:
quvuroʻtkazgichning shartli diametri 150 mm gacha boʻlganda — 100 mm;
diametri 150 mm dan ortiq boʻlganda — 200 mm.
Quvuroʻtkazgich yoʻllarining bukilgan qismlariga va biriktiruvchi detallariga ichki diametri 25 mm dan ortiq boʻlmagan bitta shtutser payvand qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Shtutserlarni payvand choklariga hamda quvuroʻtkazgichlarning bukilgan elementlariga (bukilgan joylarga) payvandlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
79. 35 MRa (350 kgf/cm2)gacha bosim ostida ishlaydigan quvuroʻtkazgichlar elementlarini ulash (biriktirish)ni taglik halqasiz tutashtirib payvandlash bilan bajarish zarur.
Flansli ulashlarni quvuroʻtkazgichlarning uskunalarga, ochish-yopish armaturasiga va qaytarib oqizish flansiga boʻlgan boshqa uskunalarga birikkan joylarida, shuningdek quvuroʻtkazgichlardan foydalanish jarayonida davriy ravishda yechilishni yoki almashtirishni talab etuvchi joylarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
80. 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha boʻlgan bosim ostida ishlashga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarning toʻgʻri chiziqli hududlarida shtutserlarni payvandlashga, shuningdek quvurlardan payvandlab bajarilgan uchtalik tarmoqlagichlarni, ikkita boʻylama chokka ega boʻlgan shtamplab payvandlangan tirsaklarni qoʻllashga (payvandlangan qismlar ustidan buzmaydigan usullarni qoʻllash sharti bilan) yoʻl qoʻyiladi.
81. Uzilishga nisbatan vaqtinchalik qarshiligi 650 MRa (6500 kgf/cm2) va undan ortiq boʻlgan yuqori mustahkam poʻlat turlaridan bajarilgan quvuroʻtkazgichlar elementlarini ulash uchun rezba oʻyilgan muftali yoki flansli ulanishlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
82. Yuqori kuchlangan holatdagi payvand ulanmalari oʻrnashgan joylarda va metall oqishi tufayli toʻplangan qoldiq deformatsiya oʻlchanadigan nuqtalarda yechib olinadigan izolyatsiya hududlari boʻlishi lozim.
83. Quvuroʻtkazgichlarni armaturaga va oʻzida qarshilik flanslari boʻlgan qurilmalarga ulash joylarida, shuningdek quvuroʻtkazgichlarning foydalanish davrida ajratishni yoki almashtirishni talab qiluvchi qismlarida flansli birikmalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
84. Quvuroʻtkazgich yoʻllarida quvurlarni rezbali armaturaga va nazorat oʻlchov asboblariga ulanadigan joylarda rezbali biriktirishlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
85. Oʻtib boʻlmaydigan kanallarda va kuzatish hamda taʼmirlash uchun qiyin boʻlgan boshqa joylarda rezbali va flanetsli biriktirishni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
86. Biriktirilgan, payvand qilingan joylarning tayanchlarda, devor, pardevor hamda bino va inshootlarning yopmalari orasida joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Ochish-yopish armaturalarini joylashtirish
87. Quvuroʻtkazgichga biriktirish usuliga koʻra ochish-yopish armaturasi flansli, muftali, sapkali va payvandlanuvchi armaturalarga boʻlinadi.
Poʻlatdan tayyorlangan muftali va armatura shartli oʻtkazishi (Dsh) 40 mm dan katta boʻlmagan va barcha moddalarni tashuvchi quvuroʻtkazgichlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Flansli va payvandlab bajarilgan armaturani quvuroʻtkazgichlarning barcha toifalari uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
88. Quvuroʻtkazgich armaturasini unga xizmat koʻrsatish qulay boʻlgan joylarda va guruh qilib joylashtirish lozim.
Armaturaning dastagi poldan yoki xizmat koʻrsatish maydonchasidan armatura toʻliq ochilganda koʻpi bilan 1,8 m balandlikda joylashishi kerak.
Armaturani vertikal quvuroʻtkazgichda oʻrnatishda bu masofa maxovik (gʻaltak) oʻqidan boshlab hisoblanishi lozim.
89. Quvuroʻtkazgichlarni korxona sexlariga kirish joylarida, texnologik tugunlar (uzellar) va oʻrnatmalarda va ularning chiqish joylarida berkituvchi armatura oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Yonuvchi, suyultirilgan gazlar hamda yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar uchun diametri 400 mm va undan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning kirish joylarida masofadan boshqariladigan berkitish armaturasi oʻrnatilishi kerak.
Masofadan boshqariladigan berkitish armaturasi bino tashqarisida uning devorlaridan yoki bino tashqarisida joylashgan eng yaqin uskunadan 3 m dan kam boʻlmagan va 50 m dan koʻp boʻlmagan masofada joylashishi kerak.
90. Shartli oʻtish yoʻli 500 mm dan ortiq va ishchi bosimi 1,6 MPa va undan ortiq boʻlgan yoki shartli oʻtish yoʻli 300 mm dan ortiq va ishchi bosimi 2,5 MPa va undan ortiq boʻlgan dastagi boshqariluvchi zulfinlar (zadvijkalar) uchun shartli oʻtish diametri ushbu SHNQning 2-jadvalida keltirilgan miqdorlardan kichik boʻlmagan suv chiqarish tizimlarini boʻlishi lozim.
91. Rangli metallardan va ularning qotishmalaridan tayyorlangan armaturani asoslangan hollarda poʻlat va choʻyan armaturadan foydalanish mumkin boʻlmaganda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
92. Yonuvchi moddalar tashiluvchi quvuroʻtkazgichning sanoat korxonasi sexining ichiga va qurilmalarga kirishida armaturani berkituvchi moslama oʻrnatilishi lozim.
Bunda, armaturani berkituvchi moslama ishlab chiqarish binolaridan va qurilmalardan tashqarida mazkur SHNQning 3-jadvalida keltirilgan masofalarda oʻrnatilishi kerak.
93. Elektr yuritgichli armatura qurilmasini shpindeli vertikal joylashgan gorizontal qismida boʻlishi lozim.
94. Elektr yuritgichli armaturani tanlashda elektr uskunasi bilan ishlashning xavfsizlik shartlariga va portlashdan himoyalanish boʻyicha talablarga rioya qilish kerak.
95. Zulfining (zatvor) germetikligi boʻyicha berkitish armaturasi germetiklik normalarini taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Zulfinlar (zatvor) germetikligining sinflarini armaturaning vazifasiga bogʻliq holda quyidagicha tanlanishi kerak:
A, Ba, Bb guruhlardagi moddalar uchun — A sinf;
Rsh 4 MRa dan katta boʻlganda Bv va V guruhga tegishli boʻlgan moddalar uchun — V sinf;
Rsh 4 MRa dan kichik boʻlganda V guruhga tegishli boʻlgan moddalar uchun — S sinf.
96. Korxona sexining ichidagi bogʻlovchi quvuroʻtkazgichlarga berkitish armaturasini oʻrnatish va joylashtirish har bir agregat yoki texnologik uskuna hamda butun quvuroʻtkazgichni ishonchli berkitish (yopish) imkonini taʼminlashi lozim.
97. Avariya holatida gazni chiqarishga moʻljallangan masofadan boshqariladigan berkitish armaturasi operator xonasidan boshqarilishi kerak.
98. Uzluksiz texnologik jarayonni taʼminlash uchun moʻljallangan rostlovchi klapanlarni qurilmali aylanma (baypasli) tarmoq bilan taʼminlash lozim.
99. Xavfsizlik shartlari boʻyicha texnologik jarayonni qoʻlda rostlashni amalga oshirish mumkin boʻlmaganda, rostlovchi klapanga ega boʻlgan baypasli tarmoqni loyihalash zarur.
100. Yuritgichni armaturaga oʻrnatishda qoʻlda boshqarish uchun maxovik (gʻaltak)lar soat yoʻnalishiga qarshi harakatlanish bilan armaturani ochishi va armaturani yopishi kerak.
Shpindellar oʻqlarining yoʻnalishi loyiha hujjatida belgilangan boʻlishi lozim.
101. Ochish-yopish armaturasiga uning holatini koʻrsatuvchi “ochiq”, “yopiq” degan belgilar boʻlishi zarur.
102. Ochish-yopish armaturasini va doimiy ravishda yechib olishni talab etuvchi massasi 30 kg dan ortiq boʻlgan murakkab (doimiy ravishda yechib olishni talab etuvchi) quvuroʻtkazgichlarni oʻrnatish joylarida loyihada montaj va demontaj uchun koʻchma yoki statsionar mexanizatsiya vositalari boʻlishi kerak.
103. Kompressorlar va markazdan qochirma nasoslarning haydash tarmoqlarida teskari yoʻnaltiruvchi klapanlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Teskari yoʻnaltiruvchi klapan haydagich va ochish-yopish armaturasining orasiga oʻrnatilishi, ortiqcha bosimsiz tizimda ishlaydigan markazdan qochirma nasoslarga teskari yoʻnaltiruvchi klapanlarni oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
104. A va B guruhlardagi moddalarni sigʻimlarga (idishlarga) uzatuvchi ortiqcha bosim ostida ishlaydigan quvuroʻtkazgichlarga teskari yoʻnaltiruvchi klapanlar oʻrnatilishi lozim.
Teskari yoʻnaltiruvchi klapanni sigʻim va uzatuvchi quvuroʻtkazgichdagi ochish-yopish armaturasining orasiga joylashtirilishi, agar aynan bitta quvuroʻtkazgich mahsulotni uzatish va olish uchun xizmat qilsa, u holda teskari yoʻnaltiruvchi klapan oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
105. Kollektordan 4 MRa (40 kgf/cm2) va undan yuqori bosim ostida ishlaydigan agregatlarni (texnologik apparatlarni) uzish uchun A, Ba, Bb guruhlardagi moddalarni tashuvchi quvuroʻtkazgichlarga drenaj qurilmali ikkita yopqich oʻrnatilishi, bunda ular orasidagi shartli oʻtish 25 mm boʻlishi kerak.
Drenaj armaturasiga yechib olinadigan boshi berk berkitgichlar oʻrnatilishi lozim.
A guruhga tegishli boʻlgan va suyuq vodorod sulfidli moddalarni tashishga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarning drenajli qurilmalari ushbu qurilmalarning yopiq tizimi bilan ulangan boʻlishi kerak.
Ishchi bosimi 4 MRa (40 kgf/cm2) dan kichik hamda A guruhga tegishli boʻlgan va suyuq vodorod sulfidli moddalarni, shuningdek Bv, V guruhlardagi moddalarni tashishga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarga (bosimga bogʻliq boʻlmagan holda) ikkita yopqich va drenaj armaturasida boshi berk yopqichli drenaj qurilmasi oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
106. Quvuroʻtkazgichdagi bosimni hisobiy bosimdan oshirish imkoni boʻlganda, suyuq moddalarning hajmiy kengayishi hisobiga bosimning hisobiy bosimdan oshishi roʻy berganda quvuroʻtkazgichga oldindan himoyalovchi qurilmalar oʻrnatilishi kerak.
107. Quvuroʻtkazgichning armaturasini uni taʼmirlash uchun qulay boʻlgan joylarga oʻrnatish lozim.
Qoʻlda boshqariladigan yuritgichli armaturani uni boshqarish joyining poli yoki maydonchasi sathidan 1,8 m dan katta boʻlmagan balandlikda joylashtirish zarur.
Undan tez-tez foydalanilgan hollarda esa ushbu armaturani 1,6 m dan katta boʻlmagan balandlikda joylashtirish lozim.
108. Armaturani ushbu SHNQning 107-bandida keltirilganlardan katta boʻlgan balandliklarda joylashtirishda unga xizmat koʻrsatish uchun statsionar yoki koʻchma maydoncha (trap)lar, zinapoyalar va toʻsiqlar loyihalanishi kerak.
109. Quvuroʻtkazgichdagi maksimal ishchi bosim texnologik uskunaning ishchi bosimidan yuqori boʻlsa, bunda quvuroʻtkazgichni ishlab chiqarish sexlariga kiritish, texnologik uzellarga va qurilmalarga ulash joylarida past bosimli tomonda monometr va saqlovchi klapanga ega boʻlgan rostlovchi qurilma (uzluksiz jarayonlar uchun avtomatik yoki davriy jarayonlar uchun qoʻlda boshqariladigan qurilma) boʻlishi kerak.
4-§. Quvuroʻtkazgichlarni mahkamlash
110. Quvuroʻtkazgichlar uchun tayanchlar va osmalarni armatura, flanslar, uchtalik tirsaklarga, shuningdek yoʻlning burilish joylariga yaqinroq loyihalash lozim.
111. Quvuroʻtkazgichlarning yuk koʻtarish qobiliyati, foydalanish qulayligi taʼminlanganda va yonma-yon oʻtkazilishi hamda tegishlicha asoslangan holda ularga boshqa quvuroʻtkazgichlarni mahkamlashga yoʻl qoʻyiladi (1-toifadagi quvuroʻtkazgichlar va bir quvuroʻtkazgichning tashqi sirti harorati boshqa quvuroʻtkazgichda tashilayotgan moddaning oʻz-oʻzidan yonib ketish haroratidan 0,8 oS ga yuqori boʻlgan holat bundan mustasno).
112. Yonilgʻi moddalarni tashiydigan quvuroʻtkazgichlarni yotqizishda qurilish konstruksiyalari boʻyicha yonmaydigan materiallardan foydalanish zarur.
113. Tebranish ehtimoli boʻlgan quvuroʻtkazgichlar tayanchlarini qiyin harakatlanuvchi (xomutli) qilib olish va maxsus poydevorga yoki tuproqqa joylashtirish lozim.
Bu quvuroʻtkazgichlar uchun osmalarni faqat qoʻshimcha mahkamlashlar sifatidagina oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
114. Osmalarni qoʻllashda loyihada tortqilar uzunligi 150 dan 2000 mm atrofida boʻlishi kerak.
115. Diametri 50 mm dan kichik boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun tayanchlar va osmalar payvand choklaridan 50 mm dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilsa, diametri 50 mm dan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun tayanchlar va osmalar payvand choklaridan 50 mm dan katta boʻlgan masofada joylashtirilishi lozim.
116. 0 oS dan past haroratli moddalarni tashuvchi quvuroʻtkazgichlar uchun zarur boʻlgan hollarda ushbu moddalar sovuqlik darajasining pasayishini bartaraf etish uchun issiqlik izolyatsiyalovchi qistirmalarga ega boʻlgan tayanchlarni qoʻllash lozim.
117. Xonalarning tashqarisiga va isitiladigan xonalarga joylashtiriladigan tayanch konstruksiyalar, osmalar uchun materiallarni tanlashda hisobiy harorat uchun 0,92 taʼminlanganlik bilan eng sovuq besh kunlikning oʻrtacha harorati qabul qilinishi kerak.
118. Quvuroʻtkazgichga payvandlanadigan tayanchlar va osmalar elementlarining materiali quvur materialiga mos tushishi zarur.
119. Tayanchlar va osmalarning quvuroʻtkazgichga bevosita tegib turadigan elementlari uchun ham tashiladigan moddaning haroratini hisobga olish lozim.
120. Quvuroʻtkazgichning nishabini taʼminlash uchun tayanchlar tagligi ostiga qurilish konstruksiyalariga payvandlanadigan metall qistirmalarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
121. Quvuroʻtkazgichlar tayanchlarini oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
qurilish konstruksiyalariga jips holatda joylashgan holda;
korxonalar ichidagi quvuroʻtkazgichlar uchun ularning loyihaviy holatdan ogʻishi tarh boʻyicha ±5 mm dan oshmasligi va tashqi quvuroʻtkazgichlar uchun esa ±10 mm dan oshmasligiga;
nishablik boʻyicha ogʻish kattaligi +0,001 dan oshmasligiga;
quvuroʻtkazgichning nishabligi maxsus moslamalar (nivelir, gidrostatik sath) bilan tekshirilishiga;
koʻchiriladigan tayanchlar va ularning detallari (tayanchlarning ustki qismlari, roliklar, shariklar) quvuroʻtkazgichning har bir qismini issiqlikdan uzayishini hisobga olgan holda oʻrnatilishiga;
issiqlik taʼsirida uzaymaydigan quvuroʻtkazgichlar osmalarining tortib turuvchi qismlari vertikal holatda oʻrnatilgan boʻlishiga;
issiqlik taʼsirida uzayadigan quvuroʻtkazgichlar osmalarining tortib turuvchi qismlari uzayishga teskari tomonga nisbatan qiya holatda oʻrnatilgan boʻlishiga;
quvuroʻtkazgichlarni montaj qilish va gidravlik sinash vaqtida prujinalar tirgakli moslamalar bilan yuksizlantirilishiga;
lotoklar va kanallarning tubiga oʻrnatiladigan tayanchlar, suvning lotok yoki kanal tubi boʻylab erkin oqishiga toʻsqinlik qilmasligiga.
5-§. Harorat deformatsiyalarini kompensatsiyalash
122. Quvuroʻtkazgichlar devorlarining harorat oʻzgarishidan uzayishlarini muvozanatlashi va ichki bosimning taʼsirini hisobga olgan holda quvuroʻtkazgich yoʻllarini loyihalash lozim.
123. Loyihada quvuroʻtkazgichni bugʻ yoki issiq suv bilan tozalash koʻrsatilganda, quvuroʻtkazgichning kompensatsiyalash shu sharoitlarga hisoblangan boʻlishi zarur.
124. Haroratdan va ichki bosimdan vujudga keladigan uzayishlarni taʼminlash uchun quvuroʻtkazgichlarning burilishi va egilishi hisobiga oʻz-oʻzini kompensatsiyalashidan foydalanish kerak.
125. Uzayishlarni oʻz-oʻzini muvozanatlash imkoni boʻlmaganda quvuroʻtkazgichlarda “P”-simon, linzali va toʻlqin shaklidagi kompensatorlarni oʻrnatish lozim.
A va V guruhidagi quvuroʻtkazgichlarda salnikli kompensatorlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
126. Salnikli kompensatorlarni A va B guruhlarga tegishli boʻlgan moddalarni tashuvchi texnologik quvuroʻtkazgichlarga qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Linzali, salnikli va toʻlqin shaklidagi kompensatorlarni shartli bosimi 10 MPa (kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
127. “P”-simon kompensatorlar hamma toifalardagi texnologik quvuroʻtkazgichlarda qoʻllaniladi.
Bunda, kompensatorlarni butun quvurlarni bukib yoki bukilgan, aylanma koʻrinishda bukilgan yoki payvandlangan tirsaklardan foydalanib tayyorlanishi lozim.
128. “P”-simon kompensatorlar uchun faqat choksiz quvurdan bukilgan tirsaklarni, payvandlangan tirsaklar uchun esa choksiz va payvandlangan toʻgʻri chokli quvurlardan tayyorlangan tirsaklarni qoʻllash lozim.
129. “P”-simon kompensatorlarni tayyorlash uchun suv va gaz oʻtkazuvchi quvurlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi.
130. “P”-simon kompensatorlarni oʻrnatish, quvurning qiyaligiga rioya qilgan holda gorizontal holatda amalga oshirilishi kerak.
Texnik asoslanganda bu kompensatorlarni tegishli drenaj qurilmalari va havo kiritgichlarni oʻrnatish zarur.
131. Quvuroʻtkazgichlar yer ostidan oʻtkazilganda “P”-simon kompensatorlarni boshqa tarmoq yoʻllari ustida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
132. “P”-simon kompensatorlarni montaj oldidan quvuroʻtkazgichlarga tirgakli moslamalar bilan birgalikda oʻrnatilishi, quvuroʻtkazgichlar koʻchmaydigan tayanchlarga mahkamlangandan keyin bunday moslamalar olib tashlanishi lozim.
133. Linzali kompensatorlarni kondensatlanuvchi gaz tashiydigan gorizontal quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatishda har bir linza uchun kondensat drenaji boʻlishi kerak.
134. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishda kompensatsiyalovchi qurilmalar oldindan choʻzilgan (siqilgan) boʻlishi kerak.
135. Kompensatsiyalovchi qurilmani oldindan choʻzish kattaligi montaj vaqtidagi haroratni hisobga oluvchi tuzatish (toʻldirish) kattaligiga oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
136. Loyihada quvuroʻtkazgichlarning va kompensatorlarning tegishli qismlarini zaruriy dastlabki choʻzish yoki siqish joylari va kattaliklari, shuningdek qoʻzgʻaluvchan tayanch va osmalarning dastlabki siljishining kattalik va yoʻnalishi koʻrsatilishi lozim.
137. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilish paytida harorat sharoitlariga tuzatmalarni hisoblash uchun loyihada quvurlarning kompensatorlarning choʻzilish va siqilish kattaliklari aniqlangan hisobiy harorati koʻrsatilishi kerak.
6-§. Drenaj va tozalash uchun qurilmalar
138. Quvuroʻtkazgichlarni tozalash va drenaj qilish zarur boʻlganda ularda maxsus qurilmalar boʻlishi kerak.
139. Foydalanish jarayonida kondensat hosil boʻlishi mumkin boʻlgan gaz quvurlarida doim ishlaydigan drenaj qurilmalarini boʻlishi, bunda drenaj qurilmalar sifatida kondensat ajratkich, gidravlik zulfinlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
140. Kondensat quvurga payvand qilingan maxsus shtutser-choʻntakdan tortib (soʻrib) olinishi lozim.
Kondensat yopiq tizimlarga yoʻnaltirilishi kerak.
141. Davriy harakatdagi drenaj qurilmasi sifatida yopuvchi armaturali yoki tiqinli hamda doimiy yoki olib-qoʻyiladigan quvur yoki shlanglar uchun shtutserlar boʻlishi, bunda kondensat maxsus oʻrnatilgan yoki koʻchirib yuriluvchi idishlarga toʻkilishi kerak.
142. Ochiq havoda joylashtirilgan kondensat ajratish qurilmalari, kondensat toʻplagichlar va drenaj quvurlar muzlashdan himoyalanishi kerak.
143. Zarur hollarda havo-shtutserlari quvuroʻtkazgichlarning yuqori nuqtalarida joylashtirilishi lozim.
144. Drenaj qurilma va havo oʻtkazgichlarning diametrlarini mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
145. Quvuroʻtkazgichlar ulamasi avariya holatida ularni drenajlar, sexlardagi, ombordagi yoki avariyaviy idishlarga boʻshatilishi, shuningdek quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlash oldidan tozalanishini taʼminlashi kerak.
146. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblashni SHNQ 2.04.12-22 ga muvofiq amalga oshirish lozim.
7-bob. Quvuroʻtkazgichlarni korroziyadan himoya qilish
147. Yer sirtida yotqizilgan elektr korroziyalarning, shuningdek kanallar, tonnellar va galereyalarda yotqiziladigan quvurlarning tashqi sirtlarini korroziyadan himoyalash QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
148. Yer osti elektr korroziyalarini kanalsiz yotqizishda tuproq korroziyasidan va adashgan (oqimdan tashqari tarqalgan) elektr toki taʼsiridagi zanglashdan himoya qilish vositalarini quyidagilar uchun loyihalash lozim:
harorati 70 °S gacha boʻlgan moddalar tashiluvchi issiqlik izolyatsiyasi qilinmagan quvurlar uchun — GOST 9.602-2016 talablariga muvofiq;
harorati 70 °S dan yuqori boʻlgan moddalar tashiluvchi issiqlik izolyatsiyasi qilinmagan quvuroʻtkazgichlar uchun — SHNQ 2.04.07-22ga muvofiq.
149. Yer osti quvuroʻtkazgichlarining elektrlashtirilgan temir yoʻl izlari bilan kesishgan joylari gʻilof (futlyar)dan 3 m ga chiqib turuvchi, GOST 9.602-2016 ga muvofiq kuchaytirilgan turdagi himoyaga ega boʻlishi va markazlovchi dielektrik qistirmalarga joylanishi kerak.
150. Quvuroʻtkazgichlarni yotqizish sharoitlari oʻzgarganda va shunga mos ravishda zanglashdan himoya qilish usullari ham oʻzgarganda himoya qoplamalarini bir-birining ustiga kamida 0,5 m chiqarib qoplash kerak.
151. Issiqlik izolyatsiyasini loyihalashda SHNQ 2.04.14-22ning talablariga amal qilish lozim.
8-bob. Quvuroʻtkazgichlarni sinash va ularni tozalash
152. Quvuroʻtkazgichning har bir qismi uchun sinash turlari, bosimlari miqdorlari va sinov oʻtkazish usuli (gidravlik yoki pnevmatik) koʻrsatilishi, shuningdek zarur boʻlganda quvurlarning ichki sirtini tozalash usullari ham loyihada belgilanishi kerak.
Quvuroʻtkazgichlarini gidravlik usulda sinash lozim.
153. Ulama quvurlarni qurilma bilan birgalikda sinashda ular uchun mustahkamlikka sinashdagi bosim miqdorini qurilma uchun teng miqdorda olish kerak.
154. Sinovlar oʻtkazish vaqtida quvuroʻtkazgichga oʻrnatilgan butun ochish-yopish armaturasi toʻliq ochilgan salniklar zichlangan boʻlishi kerak.
155. Rostlovchi klapanlar va oʻlchash qurilmalari qoʻyilgan joylarga montaj gʻaltaklari oʻrnatilgan boʻlishi hamda kiritmalar, shtutserlar berkitilgan boʻlishi zarur.
156. Ehtiyot klapanlaridan qisqa masofaga (20 m) tarmoqlangan quvurlar, shuningdek bevosita tashqi muhit bilan bogʻliq (mashʼal uchun gaz quvuroʻtkazgichlari bundan mustasno) qurilma va tizimlardan chiqarilgan moʻrilar sinovdan oʻtkazilmaydi.
157. Umumiy tayanch konstruksiyalarida yoki estakadalarda quvuroʻtkazgichlar guruhini oʻtkazishda loyihada ularning bir vaqtda gidravlik sinovdan oʻtkazish imkoniyati yoki yoʻl qoʻyilgan yuklanishlari koʻrsatilishi kerak.
158. Sinovlarni oʻtkazish vaqtida bosim tekshiruvdan oʻtkazilgan va plombalangan ikkita manometr bilan nazorat qilinishi kerak.
159. Aniqlik sinfi boʻyicha monometrlar 1,5 dan past, ularning diametri 160 mm dan kichik boʻlmasligi va nominal bosim shkalasi oʻlchanadigan bosimning 4/3 qismiga teng boʻlishi kerak.
160. Bitta manometr ochish-yopish ventilidan keyin presslash agregati oldiga oʻrnatilsa, ikkinchi monometr esa quvuroʻtkazgichning presslash agregatidan eng uzoqda joylashgan nuqtasiga oʻrnatilishi kerak.
161. Quvuroʻtkazgichlarning gidravlik sinovi asosan yilning iliq vaqtida atrof-muhit 0 havosining musbat haroratida oʻtkazilishi, bunda gidravlik sinovlar uchun harorati 5 oS dan past va 40 oS dan yuqori boʻlmagan suv yoki maxsus aralashmalar (yuqori bosimli quvuroʻtkazgichlar uchun) qoʻllanilishi zarur.
162. Gidravlik sinovlar atrof-muhit havosining 0 °S dan past haroratda oʻtkazilsa, bunda suvning muzlashiga qarshi chora-tadbirlar koʻrilishi, quvurlarning toʻliq tozalanishini taʼminlanishi lozim.
163. Gidravlik sinov tugagandan keyin quvuroʻtkazgichni toʻliq tozalash va uning ichiga suvni yoʻqotish uchun havo haydalishi kerak.
164. Germetiklikka (zichlikka, bosimning tushishini aniqlab) qoʻshimcha sinov oʻtkazishni A, Ba, Bb guruhdagi quvuroʻtkazgichlar boʻlishi lozim.
165. Qoʻshimcha sinovlarning davomiyligi qurilayotgan sex ichi va zavodlar aro quvuroʻtkazgichlar uchun 24 h dan kam boʻlmasligi va bu vaqt sinovdan oʻtkaziladigan har bir quvuroʻtkazgich uchun loyiha hujjatlarida keltirilishi kerak.
166. Davriy sinovlarda hamda quvuroʻtkazgichni payvandlash va qismlarga ajratish bilan bogʻliq boʻlgan taʼmirdan keyin sinov davomiyligi 4 h dan kam boʻlmagan vaqt davomida belgilanishi lozim.
167. Quvuroʻtkazgichlar havo bilan dam berib yoki suv bilan yuvib tozalanishi kerak.
168. Quvuroʻtkazgichlarning ichki sirtlarini maxsus tozalash usullari loyihada keltirilishi kerak.
9-bob. Materiallar va mahsulotlar
1-§ Asosiy talablar
169. Quvuroʻtkazgichlar uchun material va mahsulotlarni tanlashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
tashilayotgan moddaning ishchi bosimi va ishchi harorati;
tashilayotgan moddaning va atrof-muhitning xossalari (agressivlik, portlash va yongʻin xavfliligi);
material va mahsulotlarning xossalari (mustahkamlik, sovuq bardoshlik, zanglashga bardoshlik);
ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda joylashgan quvuroʻtkazgichlar uchun atrofdagi havoning haroratini.
170. Quvuroʻtkazgichlar uchun materiallar va mahsulotlar tanlashda havoning hisobiy harorati SHNQ 2.01.01-22ga muvofiq eng sovuq besh kunlikning oʻrtacha haroratini qabul qilish lozim.
171. Maxsus qoʻshimchalar qoʻshilgan (legirlangan) poʻlat markalaridan foydalanish asoslanishi hamda ular tarkibidagi nikel, volfram, molibden va niobiy miqdori minimal boʻlishi lozim.
2-§. Quvurlar va fasonli detallar
172. Loyihalarda payvandlangan quvurlar quyidagicha sinalishi kerak:
Aa Ab, Ba va Bb guruhidagi quvurlar uchun bosimi 1,6 MRa dan yuqori;
Vv va V guruhidagi quvurlar uchun bosimi 2,5 MRa dan yuqori;
ishchi harorati 300 °S dan yuqori payvandlangan quvurlar termik ishlov berilgan holatda boʻlishi, ularning payvand choklari esa fizik usullar bilan makro va mikrotarkibi nazorat qilinishi hamda bukilishga.
173. Listli poʻlatdan tayyorlangan 2,5 MPa (25 kgf/cm2) gacha shartli bosim ostida ishlaydigan quvurlar kesmalarini qoʻllab loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
174. Bugʻ va issiq suv quvur yoʻllari uchun quvurlarni SHNQ 2.04.07-22ga muvofiq loyihalash lozim.
175. V guruhidagi quvuroʻtkazgich yoʻllari uchun, metallning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi normalangan quvurlardan foydalanish kerak.
176. V guruhining V kategoriyasidagi quvuroʻtkazgich yoʻllari uchun foydalanishdagi harorati 0 °S dan past boʻlmaganda, tashqi diametri 426 mm dan ortiq boʻlmagan D guruhidagi quvurlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
177. Uglerodli yarim tinch poʻlatdan tayyorlangan quvurlardan devorining qalinligi 10 mm dan ortiq boʻlmaganda hamda A va B guruhidagi quvuroʻtkazgich yoʻllaridan foydalanishda devorlarining haroratini kamida minus 20 oS da boʻlishi taʼminlanganda qoʻllanishga yoʻl qoʻyiladi.
178. Uglerodli qaynoq poʻlatdan tayyorlangan quvurlar Ba va V guruhidagi quvur yoʻllari uchun devorining qalinligi 6 mm dan ortiq boʻlmaganda hamda 1,6 MRa dan katta boʻlmagan bosimga quvur devori harorati kamida minus 10 °S boʻlishi taʼminlanganda qoʻllanilishi zarur.
179. Choksiz quvurlar butun sirti boʻyicha buzmaydigan usul bilan olib boriladigan nazoratdan oʻtkazilgan boʻlsa, u holda ular ustidan suv bilan sinovlar oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
180. Slitkadan tayyorlangan choksiz quvurlarni hamda ushbu quvurlardan ishlangan fasonli qismlarni A va B guruhlardagi hamda ikkinchi toifadagi quvuroʻtkazgichlar uchun (butun sirti boʻyicha 100 foizlik hajmda ularni ultra tovushli defektoskopiya (UTD) metodi bilan nazoratdan oʻtkazish sharti bajarilganda) qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
181. Detallarning materiali quvur materiali bilan payvandlanish shartlarini taʼminlashi kerak.
A va B guruhidagi quvuroʻtkazgich yoʻllari uchun qaynoq poʻlatdan tayyorlanadigan fasonli detallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
182. Quvurlar va fasonli detallar quyidagi talablarni taʼminlovchi markadagi poʻlatdan boʻlishi kerak:
oquvchanlik chegarasining vaqtincha qarshilikka nisbati 0,85 dan ortiq boʻlmaganda, besh karrali namunalardagi nisbiy uzayish kamida — 16 foiz;
foydalanishda tashqi havoning minimal harorat (agar bu harorat past boʻlganda, zarbiy qovushoqlik kamida 0,3 Mj/m2, (3 kgf m/cm2).
183. Quvur va fasonli detallarning payvand birikmalari asosiy metall mustahkamligi bilan bir xil boʻlishi kerak.
3-§ Armatura
184. Quvuroʻtkazgich yoʻllarida oʻrnatiladigan toʻsuvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturani tashiladigan moddaga va koʻrsatkichlarga koʻra uning bajaradigan vazifasiga muvofiq tanlab olish lozim.
185. Germetiklikka yuqori talablar qoʻyiladigan quvurlar uchun payvandlangan armaturani qoʻllash lozim.
Muftali va sapkali poʻlat armaturadan shartli oʻtish diametri 40 mm boʻlgan quvurlar uchun foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
186. Markasi K4-30-6 dan past boʻlmagan bolgʻalanuvchan choʻyandan foydalanishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ab, Ba guruhidagi quvuroʻtkazgichlar uchun suyultirilgan gazlardan tashqari;
Bb guruhidagilar uchun qaynash harorati 45 oS dan past boʻlgan oson alangalanuvchi suyuqliklardan tashqari;
Ba guruhidagi quvuroʻtkazgichlar uchun ishchi bosim 1,6 MRa dan ortiq boʻlmaganda va harorat minus 30 °S dan 150 °S gacha boʻlganda.
Bunda, 1 MRa gacha boʻlgan ishchi bosim Rsh uchun kamida 1,6 MRa ga moʻljallangan armatura, 1 MRa dan yuqori bosimlar uchun esa Rsh kamida 2,5 MRa boʻlgan armatura qoʻllanilishi kerak.
GOST 1412 boʻyicha SCH-18-36 markadan past boʻlmagan kulrang, choʻyandan tayyorlangan armaturani yuqorida koʻrsatilgan muhitlar uchun bosim 0,6 MRa gacha boʻlganda va harorat minus 10 dan 100 oS gacha boʻlganda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, Rsh kamida 1 MRa ga moʻljallangan armatura qoʻllanilishi lozim.
Suyuq ammiak tashiladigan quvuroʻtkazgich yoʻllari uchun bolgʻalanadigan choʻyandan tayyorlangan maxsus armaturadan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
V guruhidagi quvurlar uchun muftali va sangali choʻyan armaturadan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
187. Quvuroʻtkazgichlar uchun modda, bosim va haroratga bogʻliq boʻlmagan holda armatura uchun zarblanadigan choʻyan va kulrang choʻyandan foydalanishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi:
tebranishga moyil, choʻzilishga va moddaning harorati keskin oʻzgaradigan sharoitda ishlashida;
drossel-effekt natijasida harakatning ancha pasayishida foydalaniladigan barcha guruhdagi gaz shaklidagi, portlashga xavfli va zaharli moddalarni tashishda;
quvur devorining harorati 0 oS dan past boʻlganda suv yoki boshqa muzlab qoluvchi suyuqliklari boʻlgan, shuningdek nasos agregatlari bilan birgalikda, qoʻshimcha quvuroʻtkazgich yoʻllarida, nasoslarni ochiq maydonchalarda oʻrnatishda.
188. Harorati minus 40 oS dan past boʻlgan moddalar tashiluvchi quvuroʻtkazgichlar uchun mumkin boʻlgan eng past haroratda armatura korpusining metalga zarb qovushoqligi kamida 0,2 Mj/m2, (2 kgs m/cm2) boʻlgan qoʻshimchalar qoʻshilgan (ligerlangan) poʻlatdan maxsus qotishma yoki rangli metallardan tayyorlangan armatura qoʻllanilishi kerak.
4-§ Flanslar
189. Payvandlab tayyorlangan yassi flanslar 2,5 MPa (25 kgf/cm2) dan katta boʻlmagan shartli bosimda va 300 °S dan yuqori boʻlmagan muhit haroratida ishlaydigan quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllaniladi.
190. Shartli bosimi 1 MPa (10 kgf/cm2) gacha boʻlgan hamda A va B guruhlardagi quvuroʻtkazgichlar uchun 1,6 MPa (16 kgf/cm2) shartli bosimdagi flanslar qoʻllanilishi kerak.
191. 2,5 MPa (25 kgf/cm2) dan yuqori shartli bosimda ishlaydigan quvuroʻtkazgichlar uchun haroratga bogʻliq boʻlmagan holda, shuningdek ishchi harorati 300 °S dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun bosimga bogʻliq boʻlmagan holda tutashtirib payvandlangan flanslar qoʻllanilishi lozim.
192. Flanetslarning zichlashtiruvchi sirtlarini tanlashda mazkur SHNQning 3-ilovasidagi jadvalga rioya qilish zarur.
193. Flanetsli birikmalar uchun 2,5 MRa gacha shartli bosimda yumshoq qistirmalarni qoʻllash kerak.
194. Flanetslarni 300 oS dan yuqori va minus 40 °S dan past haroratda biriktirishda shpilkalar boʻlishi lozim.
195. Boltlar (shpilkalar) va gaykalarni turli qattiqlikdagi poʻlatdan loyihalash, shpilka va boltlarning uzunligi gayka ustidagi rezbali qismdan 1 — 4 rezba qadamicha boʻlishi zarur.
5-§. Quvuroʻtkazgichlarning shakldor (fasonli) detallari
196. Quvuroʻtkazgichlarning shakldor (fasonli) qismlari poʻlatdan tayyorlangan choksiz va payvandlangan quvurlardan yoki listli prokatdan ishlangan toʻgʻri chokli quvurlardan tayyorlanishi kerak.
197. Metallning chaqnashi (darz ketishi, yorilishi)ni keltirib chiqaruvchi moddalar uchun quvuroʻtkazgichlarning detallariga ularning konstruksiyasi, poʻlat markasi va tayyorlash texnologiyasiga bogʻliq boʻlmagan holda termik qayta ishlov berilishi zarur.
198. Seksiyali tirsaklarning payvandlangan ulanmalariga va quvurlardan payvandlanib ishlangan uchtalik tarmoqlagichlarga muayyan joylar boʻyicha termik qayta ishlov berishga yoʻl qoʻyiladi.
199. Quvuroʻtkazgichdan chiqadigan tarmoqlar ushbu SHNQning 4-ilovasidagi 1-rasmda koʻrsatilgan usullardan biri bilan bajarilishi, uchtalik tarmoqlagichlarni bikrlik qovurgʻalari yordamida kuchaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
200. Tarmoqlarni ulashning “a” usuli (mazkur SHNQning 4-ilovasi 1-rasmida keltirilgan) asosiy quvuroʻtkazgichning zaiflashishi hamda ulanmaning mustahkamlik zaxirasi bilan kompensatsiyalanganda qoʻllanilishi lozim.
201. Tarmoqlarni asosiy quvuroʻtkazgichga ulash usulini tanlashda mazkur SHNQning 4-ilovasi 1-rasmida koʻrsatilgan “b”, “v”, “e” usullarni qoʻllash kerak.
202. Tarmoqlanuvchi quvuroʻtkazgichga ustki qoʻyilma tarmoqlanuvchi va asosiy quvuroʻtkazgichlar diametrlarining nisbati 0,5 dan kichik boʻlmaganda oʻrnatilishi lozim.
203. Rsh 10 MPa (100 kgf/cm2) gacha boʻlgan bosimda payvandlangan uchtalik tarmoqlagichlar qoʻllanilishi kerak.
204. Shartli oʻtkazuvchanligi Dsh 150 — 400 mm boʻlgan payvandlangan tirsaklarni Rsh 6,3 MPa (63 kgf/cm2) gacha boʻlgan bosimda texnologik quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllash lozim.
205. Shartli oʻtkazuvchanligi Dsh 500 — 1400 mm boʻlgan payvandlangan tirsaklarni Ru 2,5 MPa (25 kgf/cm2) dan katta boʻlmagan bosimda texnologik quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
206. Bitta umumiy markazga ega boʻlgan (konsentrik) va ega boʻlmagan (ekssentrik) quyidagi quvuroʻtkazgichlar uchun mazkur SHNQning 4-ilovasi, 2-rasmga koʻra qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
shartli oʻtkazuvchanligi Dsh 250 — 400 mm boʻlgan payvandlangan oʻtkazgichlarni Rsh 4 MPa (40 kgf/cm2) gacha boʻlgan bosimda texnologik;
quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyilganda shartli oʻtkazuvchanligi Dsh 500 — 1400 mm boʻlgan payvandlangan oʻtkazgichlarni esa Rsh 2,5 MPa (25 kgf/cm2) gacha boʻlgan bosimda texnologik.
207. Parrakli oʻtkazgichlarni shartli bosimi Rsh 1,6 MPa (16 kgf/cm2) dan katta boʻlmagan bosimda va Dsh 500 — 1400 mm shartli diametrda texnologik quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
208. Parrakli oʻtkazgichlarni suyultirilgan gazlar va Aa guruhdagi moddalarni tashish uchun moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarga qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
209. Payvandlangan toʻrttalik tarmoqlagichlarni uglerodli poʻlat turlaridan bajarilgan quvuroʻtkazgichlarga 250 oS dan yuqori ishchi haroratda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Elektr payvandlangan quvurlardan tayyorlangan toʻrttalik tarmoqlagichlarni shartli bosimi Rsh 1,6 MPa (16 kgf/cm2) dan katta boʻlmagan bosimda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular Rsh 2,5 MPa (25 kgf/cm2) dan kichik boʻlmagan bosimda qoʻllash uchun yoʻl qoʻyilgan quvurlardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Choksiz quvurlardan tayyorlangan toʻrttalik tarmoqlagichlar Rsh 4 MPa (40 kgf/cm2) dan katta boʻlmagan bosimda qoʻllash uchun tavsiya etiladigan quvurlardan tayyorlangan boʻlsa, u holda ularni Rsh 2,5 MPa (25 kgf/cm2) dan katta boʻlmagan bosimda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
210. Choksiz quvurlardan tayyorlangan bukilgan tirsaklar aylana shaklda bukilgan va payvandlangan tirsaklar oʻrniga quvuroʻtkazgichning statik qarshiligini maksimal tushirish talab etilgan hollarda, pulslovchi oqimga ega boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda (tebranishni pasaytirish maqsadida) hamda shartli oʻtkazuvchanligi Dsh 25 mm dan kichik boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllanilishi lozim.
Egilish radiusi R ≥ 2 Dn boʻlgan silliq bukilgan tirsaklarni qoʻllash chegaralari shu tirsaklarni tayyorlashda qoʻllanilgan quvurlarning qoʻllanish chegaralariga mos kelishi kerak.
211. Quvur toʻgʻri chiziqli hududining oxiridan uning egilish boshlangan joyigacha boʻlgan minimal uzunlikni quvurning Dn diametriga teng boʻlishi, biroq 100 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
212. Payvandlangan yassi va qovurgʻali boshi berk berkitgichlarni Ru 2,5 MPa (25 kg k/cm2) gacha boʻlgan bosimda A va B guruhlardagi moddalarni tashuvchi texnologik quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
213. Flanslar orasiga oʻrnatiladigan boshi berk berkitgichlarni hamda tez yechib olinadigan berkitgichlarni bir-biri bilan qoʻshilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan har xil moddalarni tashuvchi ikkita quvuroʻtkazgichni ajratish uchun qoʻllamaslik kerak.
6-§ Tayanchlar va osmalar
214. Tayanchlar va osmalarni hisoblashda taʼsir qilayotgan yuklarni, shuningdek quvuroʻtkazgichning tashilayotgan modda (yoki gidravlik sinashda suv) hamda issiqlik izolyatsiyasi bilan birgalikdagi massasini, quvurning harorat oʻzgarishlari tufayli vujudga keluvchi kuchlanishlarni hisobga olish lozim.
Qor va muzning massasini hisoblashlarda quvuroʻtkazgichlarni yer ustida yotqizishda inobatga olish kerak.
215. Qoʻzgʻaluvchan tayanchlarni quvuroʻtkazgichlarning diametri va oʻtkazish usuliga (kanalsiz oʻtkazishdan tashqari) bogʻliq boʻlmagan holda boʻlishi, bunda quvur yoʻnalishining mumkin boʻlgan oʻzgarishiga (koʻchishiga) bogʻliq holda tayanchlar va osmalarning quyidagi turlari qoʻllanilishi lozim:
sirpanuvchi (quvuroʻtkazgichlar gorizontal koʻchishlarining yoʻnalishiga bogʻliq boʻlmagan holda);
sirpanuvchi yoʻnaltiruvchi (quvuroʻtkazgich yoʻli oʻqi boʻyicha koʻchishlarda);
gʻaltakli (diametri 300 mm va undan ortiq boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun quvurning oʻqi boʻyicha koʻchishida);
sharikli (diametri 300 mm va undan ortiq boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning yoʻl oʻqiga burchak ostida gorizontal koʻchishida);
prujinali (tayanchlar va osmalar quvuroʻtkazgichning vertikal koʻchadigan joylarida).
216. Gʻaltakli tayanchning turini bir yoki ikki gʻaltaklar tayanchga vertikal yuklanishining miqdoriga bogʻliq holda qabul qilinishi, u tayanch asosining gʻaltakka tekkan joyining 1 cm iga 150 kg dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Quvuroʻtkazgichlarni kanallarda oʻtkazishda gʻaltakli tayanchlarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
217. Quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazishning barcha usullarida qoʻzgʻalmas tayanchlarni tirgakli, payvandlangan va xomutli boʻlishi lozim.
218. Sovuq moddalarni tashishga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlar uchun issiqlik oʻtkazmaydigan qistirmali chuqur shimdirish usuli bilan antipirenlar shimdirilgan yogʻoch qistirmali tayanchlar ulanilishi kerak.
219. Ochiq havoda va isitilmaydigan xonalarda joylashtiriladigan tayanchlar va osmalar uchun materiallar tanlashda hisob harorati uchun SHNQ 2.01.01-22 boʻyicha eng sovuq besh kunlikning oʻrtacha harorati qabul qilinadi.
Tayanch va osmalarning quvuroʻtkazgichlar bilan bevosita urinuvchi elementlari uchun tashiluvchi moddaning haroratini ham hisobga olish lozim.
10-bob. Quvuroʻtkazgichlarni zilzilabardoshligi 8 ball va undan ortiq boʻlgan hududlarda loyihalash
220. Sanoat korxonasi hududi boʻylab A va V guruhidagi sanoat korxonalarining sexlari aro oʻtkaziladigan quvurlarni, pastki tayanchlarda yotqizish lozim.
221. Avtotransport oʻtadigan joylarda quvuroʻtkazgichlarni yarim oʻtuvchi kanallar orqali oʻtkazish kerak.
222. Yer ustidan oʻtkazilgan quvuroʻtkazgichlarni tayanchlarga ularning siljishi mumkinligidan saqlagan holda erkin mahkamlash lozim.
223. Quvuroʻtkazgichlar uchun estakadalar eng yaqin joylashgan zilzilabardosh boʻlmagan binolar yoki inshootlar balandligining kamida 0,8 qismi masofada joylashishi kerak.
224. Quvurlarni zilzilabardosh boʻlmagan binolarning devorlari, ustunlari va fermalari boʻyicha oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
225. Quvuroʻtkazgichlarni mexanik shikastlanishdan saqlash uchun zilzilabardosh boʻlmagan binolarga kirish joylarini yer ostidan yoki uzunligi bino balandligining kamida 0,8 qismicha boʻlgan tonnel yoki galereyani loyihalash orqali oʻtkazilishi kerak.
Quvuroʻtkazgichlarning binolarga kirishlaridagi oʻchiruvchi armatura eng yaqin seysmik mustahkam boʻlmagan bino yoki inshoot balandligining kamida 0,8 qismicha masofa boʻlishi kerak.
226. Quvuroʻtkazgichlarda poʻlat armatura boʻlishi, ularni yer ostidan oʻtkazilganda armatura eng yaqin zilzilabardosh boʻlmagan inshootlardan ularning kamida balandligiga teng masofada oʻrnatilishi kerak.
227. Quvuroʻtkazgichlarni zilzilabardosh boʻlmagan binolar ichida, kanallarda ustidan qum toʻkib va plitalar bilan yopib yotqizish lozim.
228. Grunt ichida mahkamlangan quvuroʻtkazgichga tushadigan seysmik taʼsirlarni pasaytirish uchun turli konstruksiyali kompensatorlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
229. Zilzilabardoshligi 8 ball va undan yuqori boʻlgan quyidagi hududlarda maxsus materialni joylashtirish evaziga pasaytirish lozim:
quvuroʻtkazgichning grunt ichida mustahkam yotqizilishini trassaning seysmik xavfli qismlarida past ishqalanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan;
quvuroʻtkazgichning maxsus himoya qoplamalarini yoki amortizatsiyalovchi tagliklarni qoʻllash, transheyalarga yumshoq gruntlarni toʻkish yoki kichik ishqalanish koeffitsiyentiga va katta boʻlmagan hajmiy vaznga ega boʻlgan.
230. Zilzilabardoshligi 8 ball va undan yuqori boʻlgan hududlarda past oquvchanlik chegarasiga va yuqori mustahkamlik chegarasiga ega boʻlgan yuqori plastik poʻlatlarni qoʻllash lozim.
231. Mumkin boʻlgan siljishining eng katta qiymati 1,5 m dan oshmaydigan qoya toshli gruntlarga yotqiziladigan quvuroʻtkazgichlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun egri chiziqli transheyalarni qazish va ularning tubiga shagʻal yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
232. Quvuroʻtkazgichlar koʻchki boʻladigan togʻ yonbagʻirlarini kesib oʻtganda, koʻchkilar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tuproq siljishlarini hisobga olgan holda maxsus hisob-kitob qilish lozim.
233. Quvuroʻtkazgichlar suyuqlanishga moyil boʻlgan tuproqli zonalarni kesib oʻtadigan quvuroʻtkazgichga taʼsir qiluvchi kuchlar quvuroʻtkazgichning yuqoriga suzib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi ballast ogʻirliklari yoki maxsus ankerli qurilmalar bilan muvozanatlashtirilishi kerak.
SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Qoʻsh quvurlar oʻqlari orasidagi va quvurlardan kanallar, tonnellar va binolarning devorlarigacha boʻlgan masofa, mm
Izohlar:
1. Quvurlarda armatura yoki issiqlik beruvchi yoʻldoshlar boʻlganda jadval boʻyicha olingan A va B masofalarni taʼminlash zarurati shartlaridan kamida quyidagicha tekshirish lozim:
himoyalangan quvurlar uchun Dsh 600 mm gacha boʻlganda — 50 mm;
himoyalanmagan quvurlar uchun Dsh 600 mm dan yuqori boʻlganda va issiqlikdan himoyalangan hamda quvurlar uchun -100 mm.
2. Pastki tashkil etuvchi yoki issiqlik oʻtkazmaydigan konstruksiya va pol yoki kanal tubi orasidagi masofa 100 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
3. Jadvalda keltirilgan maʼlumotlar issiqdan himoyalangan quvurlar uchun masofalarni aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
4. V masofa (quvurlar oʻqlari orasidagi masofa) jadvaldagi b1 oʻlchamlari (bunda b1, b2, … b8) qoʻshib aniqlanishi kerak.
5. Flanetslar turli tekisliklarda joylashganda, himoyalanmagan quvurlar orasidagi masofani katta b4 va kichik b5 — b8 diametrni qoʻshib aniqlash lozim.
SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Drenaj qurilmalari va havo yoʻllarining quvur diametriga bogʻliq holdagi diametri (shartli oʻtish yoʻllari), mm
SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Flansli ulanishda zichlovchi sirtni modda bogʻliq xolda tanlash
SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
1-rasm. Texnologik quvuroʻtkazgichlarda oqimni ajratish
a — mustahkamlanmagan, b — uchtalik tirsak (troynik) yordamida, v — shtutser yoki ust qoʻymalar bilan mustahkamlash, g — ust qoʻymalar bilan mustahkamlash, d — shtutser bilan mustahkamlash, e — asosiy va ajratiladigan quvuroʻtkazgichga ust qoʻymalar bilan mustahkamlash, j — kesishma shaklida
2-rasm. I — choksiz, II — payvandlangan, a — markaziy oʻqli, b — normakaziy oʻqli, v — prokat, g — listli
3-rasm. Tiqin, a — elips, b — silliq, v — silliq tasma
