“Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (3436-1-son)
25.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3436-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 536-son “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 29-maydagi 7-mh-son “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3436, 2023-yil 30-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3436/0306-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-sentabr,
26-mh-son
