Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyuldagi 379-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (217-son)
20.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlatlararo shartnomalar imzolanganligi, milliy valyutalar joriy etilganligi munosabati bilan, yoʻlovchilarning majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta toʻlovlarini indeksatsiyalashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻlovchilarning majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-iyuldagi 379-son qaroriga, uning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilingan holda, oʻzgartirish kiritilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalariga chipta sotib olgan havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summasi har bir yoʻlovchi uchun eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida, toʻlov miqdori — eng kam oylik ish haqining 0,2 foizi miqdorida belgilansin.
Xorijiy erkin almashtiriladigan valyutaga chipta sotib olinganda sugʻurta summasining miqdori 20000 dollar, toʻlov miqdori — 2 dollar, yoxud ushbu summaning boshqa xorijiy valyutadagi teng qiymati miqdorida belgilansin.
Sugʻurta toʻlovi chipta qiymatiga qoʻshiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha amaldagi qoidalarga oʻzgatirishlar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-aprel,
217-son
