“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1210-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4719-IV-son)
13.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 26-iyulda kiritilgan “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1210-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-avgust,
4719-IV-son
