Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (4783-IV-son)
27.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2024-yil 27-avgust kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-1221-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish toʻgʻrisida;
“Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi QL-1156-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1157-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1218-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonovga “Yaylov yerlaridan samarali foydalanish, ularda ozuqabop ekinlarni yetishtirish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish maqsadida yangi tutzorlarni barpo etish, shuningdek sohada klaster tizimi asosida ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga “Oliy taʼlim muassasalari va ularning qoshida “spin-off” tajriba ishlab chiqarish korxonalarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-avgust,
4783-IV-son
