“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4693-IV-son)
06.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-iyulda ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarilib, maromiga yetkazilgan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-avgust,
4693-IV-son
