“Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4777-IV-son)
27.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-avgustda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-avgust,
4777-IV-son
