Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (3554-son)
17.09.2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3554]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-son “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlari qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 20-maydagi 14-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3435, 2023-yil 20-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2023-y., 10/23/3435/0300-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-avgust,
169-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-avgust,
2024-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 169-son hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 29-avgustdagi 2024-15-son qaroriga ILOVA
Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam sotish narxlari
* Pivodan tashqari
