Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (580-son)
16.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
“Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasini belgilangan tartibda tugatish va uning mavjud qarzdorliklarini Toshkent shahar mahalliy budjetidan 2024-yilda favvoralarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash;
“Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatib kelinayotgan favvoralarni ekspluatatsiya qilish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlarini masʼul etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va tashkilotlari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari favvoralarning moddiy-texnik holatini yaxshilash va benuqson ishlashini tashkil etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Favvoralarni ekspluatatsiya qilish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga mavjud boʻsh ish oʻrinlarini, birinchi navbatda, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasining qisqartirilayotgan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar hisobidan toʻldirish tavsiya etilsin.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tomonidan favvoralarni saqlash bilan bogʻliq mavjud moddiy-texnika vositalari hamda asbob-uskunalar davlat organlari va tashkilotlariga tegishliligi boʻyicha topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
5. Toshkent shahar hokimligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq favvoralarni ekspluatatsiya qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-apreldagi 139-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-sentabr,
580-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 580-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r Toshkent shahri hududidagi favvoralar nomi Ekspluatatsiya qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari nomi 1. Mirzo Ulugʻbek haykali oldidagi favvora Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi* 2. “Xalqlar doʻstligi” maydonidagi favvoralar 3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hududidagi favvoralar 4. “Xadra” maydonidagi favvora 5. “Roison” savdo doʻkoni oldidagi favvora 6. “Amir Temur 1-4” (Skver) hiyobonidagi favvoralar 7. Temuriylar tarixi davlat muzeyi oldidagi favvora 8. Istiqlol koʻchasidagi favvora 9. “Sayilgoh” favvorasi 10. Sh.Rashidov koʻchasidagi favvora 11. “Turkiston” konsert zali oldidagi favvora 12. “Zvezdochyot” favvorasi 13. “Shahidlar xotirasi” majmuasi hududidagi favvora 14. “Minor” masjidi oldidagi favvora 15. Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi favvora Irrigatsiya xoʻjaligini va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi* 16. “Hamid Olimjon-2” (sharqiy tomon) favvorasi 17. “Hamid Olimjon” (gʻarbiy tomon) favvorasi 18. Sharqshunoslik instituti kutubxonasi oldidagi favvora 19. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldidagi favvora 20. “Moviy gumbazlar” favvorasi 21. “Kosmonavtlar” metro bekatidagi favvora 22. “Oʻzbekiston” maishiy xizmat koʻrsatish binosi (vokzal) oldidagi favvora 23. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi favvora 24. “Sheʼriyat” bogʻidagi favvora 25. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi oldidagi favvora 26. “Pushkin” maydonidagi favvora 27. “Suzuk ota” masjidi oldidagi favvora Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti* 28. “Mustaqillik-1” favvorasi 29. “Mustaqillik-2” favvorasi 30. “Senat № 1 va № 2” favvoralari 31. “Mustaqillik — 1-6” favvorasi 32. “Mustaqillik” bogʻidagi favvora 33. “Xalqaro forumlar saroyi” oldidagi favvora 34. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yangi binosi oldidagi favvora Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi* 35. “Anhor-2” favvorasi 36. Afrosiyob koʻchasidagi favvora 37. “Koʻksaroy” favvorasi 38. “Mirzo Ulugʻbek” bogʻidagi (kirish qismidagi) favvora Mirzo Ulugʻbek nomidagi markaziy bogʻ 39. “Mirzo Ulugʻbek” bogʻidagi (ichkari qismidagi) favvora 40. “Oqtepa boʻzsuv” kanalidagi favvora Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi* 41. “Qichqiriq” kanalidagi favvora 42. Uchtepa hokimligi binosi oldidagi favvora Uchtepa tumani hokimligi 43. “Eski-Juva” dehqon bozori hududidagi favvora “Eski-Juva dehqon bozori” AJ
Izoh: *Obodonlashtirish tashkilotlariga Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan 1 ta favvora uchun nasosni ishlatish va taʼmirlashga 1 ta chilangar hamda 3 ta favvora uchun 1 ta elektrchi shtat birliklari ajratiladi.
Bunda mazkur shtat birliklari, birinchi navbatda, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasining qisqartirilayotgan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar hisobidan toʻldirilishi tavsiya etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 580-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-apreldagi 139-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Davlat muassasasi va masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatidan 281-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladigan istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati quyidagi tahrirdagi 767-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 767. 231. 201059204 “Toshkent favvorasi” DUK DUK Toshkent shahri 100 ”.
