60-modda. Senat aʼzolarining takroriy saylovi
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (518-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Senat aʼzolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat aʼzolari saylanmagan boʻlsa.
Ushbu modda birinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat aʼzoligi uchun oʻtkaziladi.
Senat aʼzolarining takroriy saylovi Senatga oʻtkazilgan asosiy saylovdan keyin koʻpi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida oʻtkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish va takroriy saylov oʻtkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
