48-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarini roʻyxatga olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (518-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishi shart.
Deputat etib saylangan shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan shaxslar Markaziy saylov Komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi.
