18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (518-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ana shu qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga olti kundan kam vaqt qolganda esa darhol koʻrib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyat koʻrib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
