13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (518-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Okrug saylov komissiyasi:
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;
2) saylov uchastkalarini tuzadi, saylov okrugi boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi;
3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) mablagʻlarni uchastka saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;
7) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
8) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi;
9) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
10) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va bu vakillarga tegishli guvohnomalar beradi;
11) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
12) saylovchilar roʻyxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
13) saylov okrugi boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan taʼminlanishini tashkil etadi;
14) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
15) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻringa deputat saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
16) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
