Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (564-son)
12.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda xususiy sektorning oʻrnini yanada oshirish, davlat ishtiroki ustuvorligi saqlanib qolayotgan xizmatlar bozorini erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi organning institutsional salohiyati va vakolatini kuchaytirish orqali sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-son Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-sentabr,
564-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining
ROʻYXATI
Izohlar.
* Texnologik jarayonni nazorat qilish uchun foydalaniladigan va ishlab chiqarish jarayonida bevosita qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
** Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo va tovar ayirboshlash operatsiyalari bundan mustasno.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
a) 1-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazorati amalga oshirilishida ularga zarur yordam koʻrsatsin”;
b) ilovada:
1-bandning uchinchi xatboshisidan “tekshiruvi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Etalonlar, oʻlchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar, axborot-oʻlchash tizimlari, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari, oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdori, metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlari hisoblanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidan “davlat” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida qoʻllanadigan OʻFTT qiyoslashga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi mumkin”;
b) 4-banddagi “Davlat metrologik tekshiruvi va” soʻzlari “Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarorida:
a) 1-ilovada:
2-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat metrologik tekshiruvi va” soʻzlari “metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchash vositalari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritilgan tasdiqlangan turdagi oʻlchash vositalarini qoʻllashga ruxsat beriladi”;
b) 2-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisidagi “davlat metrologik tekshiruvi va” soʻzlari “metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat metrologiya tekshiruvi va” soʻzlari “metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 va 6-bandlardagi “Davlat metrologiya tekshiruvi va” soʻzlari “Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari metrologiya xizmatlari, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari;
qiyoslovchi — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan davlat metrologiya xizmati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari metrologiya xizmatlari, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarining zarur malakaga ega boʻlgan, aniq bir oʻlchash turi boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassisi”;
11-banddagi “davlat metrologik” soʻzlari “metrologiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ushbu Qoidalar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda qoʻllanadigan yoki qoʻllanishga moʻljallangan sinov vositalariga taalluqli”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 154-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“154. Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasida koʻrsatilgan metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda foydalaniladigan barcha oʻlchash vositalari va namunaviy OʻV qiyoslashdan oʻtkazilishi shart. Bunda OʻVni qiyoslashdan oʻtkazishni tashkil etish tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak”.
