Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-311-son)
05.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat budjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich joriy etilsin:
a) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (keyingi oʻrinlarda ‒ kafolatlangan paket) tasdiqlanadi va ushbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi;
b) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy koʻriklardan oʻtish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilish talab etiladi (shoshilinch va tez tibbiy yordam koʻrsatish bundan mustasno). Bunda oilaviy shifokor davolash va tashxislash standartlariga muvofiq tor soha shifokorlariga, zarur hollarda shifoxonalarga elektron yoʻllanma beradi hamda bemor mazkur yoʻllanma asosida tor soha shifokori tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi va (yoki) shifoxonaga yotqiziladi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda tibbiy xizmatlar pulli asosda koʻrsatiladi;
v) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari) oʻrtasida bitim tuziladi.
Bitimda aholiga sogʻlom turmush tarziga rioya etish, zararli odatlardan voz kechish, oʻz tibbiy savodxonligini oshirish, shifokor koʻrsatmalariga amal qilish, profilaktik va skrining koʻriklardan belgilangan muddatlarda oʻtish, oilaviy shifokorga esa aholini belgilangan tartibda qabul qilish va maslahat (yoki yoʻllanma) berish, tibbiy xizmatlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq hajmda koʻrsatish, dori vositalarini toʻgʻri tayinlash kabi majburiyatlar yuklatiladi;
g) shifokor rasmiylashtirgan elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul beriladi va dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi (keyingi oʻrinlarda — reimbursatsiya dasturi).
Bunda reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalarining roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, ularni qoplash qiymatini belgilash va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi Jamgʻarma kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
d) tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadigan “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi yaratiladi hamda ishga tushiriladi;
e) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarning Jamgʻarma orqali xaridi joriy etiladi hamda tibbiyot tashkilotlari va Jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida ular faoliyati moliyalashtirib boriladi.
Bunda ambulator tibbiy xizmat koʻrsatuvchi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini moliyalashtirish aholi jon boshiga koʻra shartnomada belgilangan ish hajmiga muvofiq, shifoxonalarni moliyalashtirish esa (respublika darajasidagi shifoxonalar bundan mustasno) ularga ajratiladigan mablagʻlarning 15 foizidan kam boʻlmagan qismini har bir davolangan holatdan kelib chiqib toʻlash orqali amalga oshiriladi;
j) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi;
z) tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalarida tibbiy yordam koʻrsatishda kasallikning ogʻirlik darajasidan kelib chiqib, bepul davolanadigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi;
i) imtiyozli toifadagi shaxslar shifokor koʻrsatmasiga binoan axborot tizimi orqali shakllantiriladigan yoʻllanma asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadi.
Bunda imtiyozli toifadagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari hamda oila aʼzolarining jon boshiga oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma orqali moliyalashtiriladi.
3. 2026-yil 1-iyuldan boshlab quyidagilar davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali statsionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega boʻladi:
a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilar;
b) Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq toʻlagan shaxslar;
v) voyaga yetmaganlar, taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari.
2027-yil 1-yanvardan boshlab soʻnggi bir yil davomida kamida olti oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlaganlar, shuningdek, ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar uchun davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.
Bemorlarni shifoxonaga yoʻllashda 2-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralar oʻzlarining elektron axborot tizimlarini “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya qilgan holda mazkur bandda koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini yaratsin.
4. Quyidagilar:
Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 4a-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 5- va 5a-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 5b-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 6- va 6a-ilovalarga muvofiq;
Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 6b-ilovaga muvofiq;
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur bandga muvofiq, shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladigan barcha hududlar uchun xarid qilinadigan axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalarini, istisno tariqasida, loyihaoldi hujjatlar va texnik-iqtisodiy hisobni ishlab chiqmasdan, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ orqali yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xarid qilishga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2024-yilda quyidagi manbalar hisobidan 170 mlrd soʻm yoʻnaltirilsin:
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan — 71 mlrd soʻm (shundan 21 mlrd soʻm qoldiq mablagʻlar);
Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlardan — 50 mlrd soʻm;
Sogʻliqni saqlash vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida — 23 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan — 11 mlrd soʻm;
Toshkent shahri mahalliy budjetidan — 10 mlrd soʻm;
Sirdaryo viloyati mahalliy budjetidan — 5 mlrd soʻm.
2025-yildan boshlab tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bogʻliq zarur mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida:
a) 2024-yil yakuniga qadar bemorning barcha tibbiy maʼlumotlari asosida shakllantirilgan va tibbiyot muassasalarining oʻzaro uzviy hamkorligini taʼminlaydigan “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari amaliyotga joriy etiladi;
b) koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarning kafolatlangan paketga muvofiqligini oʻrganish, tibbiyot muassasalariga toʻlovlarni ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmi va erishilgan natijaga asosan amalga oshirish imkonini beruvchi davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy qilinadi;
v) tibbiyot muassasasi rahbariga muassasaning quvvati doirasida boʻlinmalar ixtisoslashuvini, ulardagi davo oʻrinlari sonini oʻzgartirish hamda ajratilgan mablagʻlar doirasida xodimlar sonini ish hajmiga muvofiq belgilash vakolati beriladi;
g) tibbiy xizmatlar xaridi asosida Jamgʻarma orqali moliyalashtiriladigan davlat tibbiyot muassasalariga budjet mablagʻlari oluvchisi maqomi beriladi. Bunda ularga nisbatan Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartib qoʻllanadi;
d) tibbiyot muassasalari uchun tasdiqlangan shtat meʼyorlari tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning alohida tartibi hamda shartlari tatbiq etiladi;
d1) aholiga zarur tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Davlat budjetidan tibbiy xizmatlar xaridi uchun ajratilgan mablagʻlar Jamgʻarma tomonidan yagona yondashuv asosida hududlar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlanadi;
e) koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning tasdiqlangan standart hamda protokollarga muvofiqligi va sifatini nazorat qilish Jamgʻarma tomonidan, tibbiyot muassasalari faoliyatini baholovchi indikatorlarni ishlab chiqish va ular asosida doimiy monitoring oʻrnatish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab hudud darajasidagi tibbiyot muassasalariga Davlat budjetidan mablagʻ ajratish (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) mazkur qarorning 2-bandi “b” va “e” kichik bandlari hamda 6-bandi “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
a) 2024-yil yakuniga qadar kafolatlangan paketni qayta koʻrib chiqish hamda uni ushbu maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Bunda kafolatlangan paketga respublikada eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha dori vositalari hamda laborator va diagnostika tekshiruvlari kiritiladi;
b) 2025-yil 1-iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Jamgʻarma bilan kelishilgan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxati hamda bazaviy narxlarini kasalliklarni davolash yoʻnalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun qayta tasdiqlasin.
Bunda bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi yoʻllanma asosida bemor uchun Jamgʻarma bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarini oʻz xohishiga koʻra erkin tanlash imkoniyati yaratilishi nazarda tutilsin;
v) barcha manbalar hisobidan xarid qilinadigan tibbiy jihozlarni, shuningdek, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalarni taqsimlashda ularning ustuvor ravishda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilinadigan hududlardagi tibbiyot muassasalariga ajratilishini taʼminlasin;
g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirish uchun zarur tibbiy jihozlar xaridiga Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan foizsiz ssuda berish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimidan barcha maʼlumotlarni Jamgʻarmaning tegishli axborot tizimlariga integratsiya asosida uzatilishini taʼminlasin.
9. Jamgʻarma ikki oy muddatda:
aholiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifati davolash va tashxislash standartlariga mosligini oʻrganish hamda klinik jihatdan asoslanganligini tekshirish, qilingan sarf-xarajatlar iqtisodiy samaradorligini baholashni amalga oshiruvchi tibbiy-iqtisodiy ekspertlar guruhini tashkil qilish;
reimbursatsiya dasturini joriy etishga oid hujjatlarni ishlab chiqish, tegishli axborot dasturini yaratish hamda ushbu tizimni respublika boʻyicha bosqichma-bosqich joriy qilish choralarini koʻrsin.
Bunda reimbursatsiya dasturi bilan bogʻliq barcha jarayonlar (dori vositalarining roʻyxatini, cheklangan qoplash qiymatlarini, ajratilgan mablagʻlar hajmini belgilash va boshqalar) Jamgʻarma tomonidan yaratiladigan axborot dasturida yuritiladi hamda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi, shu jumladan “Elektron retsept” moduli bilan oʻzaro integratsiya qilinadi.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
mazkur qarorning 7-bandiga hamda 1-ilovasida belgilangan muddatlarga muvofiq sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar tasnifining bir satrida oʻtkazilishini;
tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishda yangi toʻlov usullarini (aholi jon boshiga, davolangan holatlar boʻyicha va boshqalar) joriy qilish uchun mahalliy budjetlardan Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlar Jamgʻarmaning yagona shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanishini hamda hududlar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlanishini;
sogʻliqni saqlash tizimiga davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish jarayonida qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jamgʻarmaning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra ajratilishini taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilinadigan muddatga qadar tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar, lokal tarmoqlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
12. Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogʻiboʻston koʻchasi, 143-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari Jamgʻarmaga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarmaning bino va inshootlarini qurish, taʼmirlash hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Hisob palatasi mazkur qarorda belgilangan tadbirlar koʻrsatilgan muddatlarda sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritib borsin.
15. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-sentabr,
PQ-311-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini hududlar kesimida joriy etish muddatlari*
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur muddatlarga sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish holatidan kelib chiqib oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida tuman (shahar) va viloyat darajasida kafolatlangan paket doirasida rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish huquqiga ega shaxslar toʻgʻrisida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga uzatiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
T/rMaʼlumot berish uchun masʼul vakolatli organlar“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga uzatiladigan maʼlumotlar1.Adliya vazirligiVoyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.2.Soliq qoʻmitasi1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari toʻgʻrisidagi maʼlumot.2. Soliq kodeksiga muvofiq, mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq toʻlagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot.3.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiTaʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.4.Iqtisodiyot va moliya vazirligi1. Homilador ayollar va ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot.2. Davlat pensiyasini oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot.5.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiMehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot.6.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiIjtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/rTadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatlariMasʼul ijrochilar1.Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy qilish bilan bogʻliq islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholining barcha qatlamlariga tushuntirish.Quyidagilarni amalga oshirish:davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy qilishga doir targʻibot materiallari va teledasturlar tayyorlash;manfaatdor vazirlik hamda idoralar xodimlari, shu jumladan, tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari uchun davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha seminarlar tashkil etish rejasini tasdiqlash;tasdiqlangan reja asosida manfaatdor vazirlik hamda idoralar xodimlari, shu jumladan, tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari uchun davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishning afzalliklarini tushuntirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish.2024-yil davomidaSogʻliqni saqlash vazirligi(F. Sharipov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),manfaatdor vazirlik va idoralar2.Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish.Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish;aholini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ularda faoliyat yuritadigan oilaviy shifokorlarga erkin biriktirish amaliyotini joriy qilish;bemorlar marshruti va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari kompetensiyalarini belgilash.2024-yil oktabrSogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)3.Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini belgilash.Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi;Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan va tuman (shahar) darajasida ambulator sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari;Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan va tuman (shahar) darajasida ambulator sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida qoʻllanadigan dori vositalari roʻyxati.2024-yil yakuniga qadarSogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov)4.Tibbiyot tashkilotlarini kafolatlangan paketga kiritilgan xizmatlar boʻyicha moliyalashtirishning ochiq va shaffof tartibini belgilash.Kafolatlangan paketga kiritilgan xizmatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish (aholi jon boshiga hamda davolangan holat boʻyicha moliyalashtirish, global budjet va boshqalar).2024-yil yakuniga qadarDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(F. Tashpulatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)5.Tibbiy yordam koʻrsatish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali taqsimlash tartibini joriy etish.Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladigan hududlarda, shu jumladan, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini tegishlicha shahar, respublika, viloyat budjeti darajasida rejalashtirish hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazish choralarini koʻrish.Doimiy ravishdaIqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(F. Tashpulatov)6.Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda shifoxonalar faoliyatining barcha jarayonlarini qamrab oluvchi axborot dasturini joriy etish.1. Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyatidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda shifoxonalar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish imkonini beruvchi axborot dasturini amaliyotga joriy etish.2. Axborot dasturini barcha tibbiyot muassasalariga oʻrnatish, texnik qoʻllab-quvvatlash hamda foydalanuvchilarni oʻqitish boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi xarajatlarini Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrish.2024-yil yakuniga qadarSogʻliqni saqlash vazirligi(O. Omonov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)7.Davlat statsionar tibbiyot muassasalari tomonidan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgan fuqarolarning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi elektron tizimni yaratish.1. Davlat statsionar tibbiyot muassasalarida joriy qilingan axborot tizimida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgan fuqarolarning shaxsini ularning biometrik maʼlumotlari asosida aniqlash imkoniyatini yaratish.2. Davlat statsionar tibbiyot muassasalarida joriy qilingan axborot tizimlaridan fuqarolarga koʻrsatilgan shoshilinch tibbiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga uzatilishini taʼminlash.2024-yil yakuniga qadarSogʻliqni saqlash vazirligi(O. Omonov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Ichki ishlar vazirligi(Z. Kurbanov)8.Tibbiy xizmatlar xaridida ishtirok etadigan tibbiyot tashkilotlari uchun talab va shartlarni belgilash.Tibbiy xizmatlar xaridi bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etuvchi tibbiyot tashkilotlariga talab va shartlarni ishlab chiqish. Bunda kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur bino-inshoot, muhandislik kommunikatsiyalari, tibbiy texnika va asbob-uskuna, mutaxassislar boʻyicha maʼlumotlarni kiritish, qayta ishlash va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga uzatish imkonini beruvchi axborot tizimi mavjud boʻlishini nazarda tutish.2024-yil yakuniga qadarDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov),Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi(B. Yusupaliyev)9.Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilinadigan hududlarda kafolatlangan paket va yangi moliyaviy mexanizmlarga asoslangan tibbiy xizmatlarning strategik xaridi tizimini joriy etish.1. Tibbiy xizmatlar koʻrsatishning yangi modeliga muvofiq, kafolatlangan paket asosida har bir tibbiyot muassasasi tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar roʻyxatini shakllantirish.2. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalarni imzolash.2024 — 2026-yillar davomidaDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(F. Sharipov)10.Shifoxonalar faoliyatiga natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimini joriy etish.JCST bilan birgalikda davolangan holat boʻyicha moliyalashtirish tizimini joriy etish.Bunda Jamgʻarma Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda klinik xarajatlar guruhini ishlab chiqish boʻyicha loyihani Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirish uchun Jamgʻarma bilan JSCT oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish.2026-2027-yillar davomidaSogʻliqni saqlash vazirligi(F. Tashpulatov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)11.Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolangan shaxslar uchun davolash samaradorligini baholash hamda xarajatlarni qoplash tartibini belgilash.Koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifatining davolash va tashxislash standartlariga mosligini oʻrganish hamda klinik jihatdan asoslanganligini tekshirish, iqtisodiy samaradorligini baholashni amalga oshiruvchi tibbiy-iqtisodiy ekspertlar guruhini tashkil qilish.Bunda ushbu guruhga ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish hamda uning xulosasi asosida tibbiyot tashkilotlariga davolash xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplab berish tizimini joriy etish.2024-yil yakuniga qadarDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi(F. Sharipov)12.Tibbiy xizmatlarni koʻrsatish sifati yuzasidan murojaatlarni qabul qilish, maslahat berish va axborot taqdim etishga moʻljallangan “Call-markaz”ni tashkil etish.Aholiga kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish sifati yuzasidan murojaatlarni qabul qilish, maslahat berish va axborot taqdim etishga moʻljallangan yagona qisqa raqamli “Call-markaz”ni tashkil etish.Bunda mazkur “Call-markaz”ni tashkil etish uchun yagona qisqa raqam bepul ajratilishini taʼminlash.2024-yil yakuniga qadarDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)13.Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini, shu jumladan, moliyalashtirishning yangi usullarini joriy etish jarayonida talab etiladigan mablagʻlarning qoʻshimcha ajratilishini taʼminlash.Sogʻliqni saqlash tizimiga davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini, shu jumladan, moliyalashtirishning yangi usullarini joriy etish jarayonida talab etiladigan mablagʻlarni 2024-yildan boshlab tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratish choralarini koʻrish.2024 — 2026-yillar davomidaToshkent shahri hokimligi(Sh. Umurzoqov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi(F. Ermanov),viloyatlar hokimliklari,Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(F. Tashpulatov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov)14.Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.1. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini davolanish yoʻnalishlari (xirurgiya, urologiya, onkologiya, kardiologiya, ginekologiya va boshqalar) asosida tasdiqlash choralarini koʻrish.2. Tashxislash va davolash standartlariga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlarini shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish.Bunda shakllantirilgan bazaviy narxlar barcha tibbiyot tashkilotlari uchun amal qilishini nazarda tutish.2025-yil aprelSogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov),Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi(A. Qayumov)15.Tibbiyot muassasalari xodimlarining bilimlarini oshirish va koʻnikmalarini rivojlantirish.1. Moliyaviy va klinik boshqaruv, tibbiy xizmatlar strategik xaridi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.2. Mavjud xalqaro va mahalliy taʼlim dasturlari, tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarni tahlil qilish, xodimlarni kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga oʻrgatish.3. Qisqa va uzoq muddatli klinik oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tibbiy maʼlumotlarni kodlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.Doimiy ravishdaSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Q. Sharipov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)16.Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.1. Rejali oʻqitish (seminarlar, masofaviy oʻquv kurslari)ni amalga oshirish.2. Yoʻnaltiruvchi seminarlar oʻtkazish.3. Xorijiy oʻquv safarlarini tashkillashtirish. 4. Tajriba almashish uchun xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.Doimiy ravishdaSogʻliqni saqlash vazirligi(F. Sharipov),Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)17.Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish.1. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining axborot tizimi texnik talablarini aniqlash.2. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining axborot tizimi texnik talablarini ishlab chiqish.3. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish.2024 — 2026-yillar davomidaDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi(O. Omonov)18.Tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy asos yaratish.Tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlash meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2024-yil yakuniga qadarSogʻliqni saqlash vazirligi(O. Omonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)19.Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrish.1. Davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar hamda lokal tarmoqlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.2. Ehtiyoj asosida tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar hamda lokal tarmoqlar bilan taʼminlash.3. Tibbiyot muassasalariga zarur axborot dasturlarini oʻrnatish, xodimlarni ularda ishlashga oʻqitish choralarini koʻrish.4. Tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar koʻrsatishning yangi modelini joriy etishga tayyorgarlik koʻrish (tor soha mutaxassislari va oilaviy shifokorlarni alohida joylashtirish, shifokor oldi koʻrigi xonalarini tashkil etish, oilaviy shifokor yoʻllanmasi asosida kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish).2024 — 2026-yillar davomidaSogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov),viloyatlar hokimliklari,Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)20.Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalarini tashkil etish.1. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladigan hududlarda ushbu jamgʻarmaning hududiy boʻlinmalarini tashkil qilish.2. Hududiy boʻlinmalarni tashkil etish, saqlash, xizmat avtotransport vositalari xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasini saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplash choralarini koʻrish.2024 — 2026-yillar davomidaDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi(Z. Ermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
roʻyxati
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihozlarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 4a-ILOVA
Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari
roʻyxati
Izoh: Toshkent shahar davlat tibbiyot muassasalari IT-infratuzilmasini talab darajasiga olib chiqish maqsadida 1 940 ming metr LAN kabel yotqizilib, muassasalar 606 ta Switch (Kommutator 48 portli L2 s 4SFP) hamda 237 ta Firewall dasturi bilan taʼminlanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihoz va tarmoq qurilmalarini boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
roʻyxati
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 5a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
roʻyxati
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 5b-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari
roʻyxati
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalari IT-infratuzilmasini talab darajasiga olib chiqish maqsadida 647 ming metr LAN kabel yotqizilib, muassasalar 570 ta Switch (Kommutator 48 portli L2 s 4SFP) hamda 223 ta Firewall dasturi bilan taʼminlanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihoz va tarmoq qurilmalarini boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 6-ILOVA
Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
roʻyxati
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 6a-ILOVA
Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar
roʻyxati
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 6b-ILOVA
Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari
roʻyxati
Izoh: Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalari IT-infratuzilmasini talab darajasiga olib chiqish maqsadida 387 ming metr LAN kabel yotqizilib, muassasalar 294 ta Switch (Kommutator 48 portli L2 s 4SFP) hamda 147 ta Firewall dasturi bilan taʼminlanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihoz va tarmoq qurilmalarini boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 7-ILOVA
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Jamgʻarma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Jamgʻarma oʻz faoliyati toʻgʻrisida Jamgʻarma kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) hisobot beradi.
4. Jamgʻarma oʻz faoliyatini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi shaklidagi davlat muassasasi hisoblanadi, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamplarga va blanklarga ega boʻladi.
6. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalarini saqlash Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari
7. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi aholini davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, uning sifati va hajmini oshirish hamda tibbiy xizmatlar bozorini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish maqsadida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish va boshqarishdan iborat.
8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish;
aholining barcha qatlamlarini sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;
aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda sifatli va toʻliq tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtirish;
Davlat budjetidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;
davlat tibbiy sugʻurtasining yagona axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish, ularning lozim darajada ishlashini taʼminlash.
9. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etadi va boshqaradi;
aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtiradi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oʻrta muddatli prognozlarini ishlab chiqadi, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili Jamgʻarma budjetini shakllantiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni moliyalashtirish maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlarni jamlaydi va boshqaradi;
davlat tibbiy sugʻurtasi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni amalga oshirish tadbirlarini belgilangan tartibda moliyalashtiradi;
kasalliklarni ambulator davolash uchun dori vositalarini elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan bemorlarga bepul berish hamda dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlarini qoplash (reimbursatsiya) dasturini joriy etadi va boshqaradi;
tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmlarini ishlab chiqadi va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshiradi;
imtiyozli toifadagi shaxslarning davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yoʻllanma asosida davolanish xarajatlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beradi;
aholiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifati davolash va tashxislash standartlariga mosligini oʻrganishni hamda klinik jihatdan asoslanganligini tekshirishni, qilingan sarf-xarajatlar iqtisodiy samaradorligini baholashni amalga oshiradi;
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi ishtirokchilari tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
xorijiy sugʻurta kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatgan holda ularning mijozlariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni qabul qiladi hamda tegishli tibbiyot tashkilotlariga qoplash choralarini koʻradi;
davlat tibbiy sugʻurtasining yagona elektron axborot tizimi va resurslarini boshqaradi hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu axborot tizimi va resurslaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
tibbiy kadrlar salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, shu jumladan, tibbiyot muassasalari uchun moliya menejeri va klinik menejer mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilishda ishtirok etadi;
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida tashkiliy, moliyaviy va klinik yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritish boʻyicha tibbiyot tashkilotlari xodimlarining bilim va malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil qiladi;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar paketini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish hamda kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;
aholining davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasini oshirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat tibbiy sugʻurtasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani oʻrganadi va eng yaxshi amaliyotni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
10. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimiga oid axborotni ushbu tizim ishtirokchilaridan belgilangan tartibda olish;
shaxsga doir maʼlumotlarni, shu jumladan, barcha tibbiy maʼlumotlarni vakolatli organlardan hamda barcha tibbiy axborot tizimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri olish va qayta ishlash;
koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligi va sifatini nazorat qilish;
budjet buyurtmalarini tayyorlash va Davlat budjetidan mablagʻ olish uchun budjet soʻrovlarini tuzish;
Jamgʻarma mablagʻlari hajmini oshirish maqsadida ularni belgilangan tartibda bank depozitlariga joylashtirish;
shartnoma asosida tibbiyot muassasalariga ajratilgan mablagʻlarning samaradorligi hamda natijadorligini monitoring va nazorat qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirayotgan vazir yoki boshqa mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari orqali kiritish;
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida uslubiy hujjatlar, hisobotlar va arizalar shakllari, hisob reyestrlari, dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq konsalting, noshirlik va oʻqitish faoliyatini tashkil etish;
belgilangan tartibda asbob-uskuna, inventar, tovar va xizmatlarni xarid qilish;
davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa tashkilot va muassasalardan oʻz vakolatlari doirasida zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
davlat tibbiy sugʻurtasi sohasiga xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash;
tibbiy xizmatlar xaridini tegishli moliya yili uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshirish;
davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi ishtirokchilariga nisbatan oʻrnatilgan talablarga javob beruvchi tibbiyot tashkilotlari va boshqa ishtirokchilar bilan davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzish;
bemorlar haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, ularga tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida olingan boshqa maʼlumotlarni qonunchilik talablariga muvofiq sir saqlash;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlardan aholining qoniqish darajasini tahlil qilish;
fuqarolar murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlarni shakllantirish hamda ularni tegishli davlat organlariga taqdim etish;
davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xodimlar salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish.
Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Jamgʻarma kelgusi moliya yili uchun davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi prognozlari asosida ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun budjet soʻrovlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
13. Jamgʻarma har chorak yakuni boʻyicha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
14. Jamgʻarma budjetini shakllantirish va ijro etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda tegishli moliya yili uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunda Jamgʻarmaga ajratiladigan transfertlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi xarajatlari tarkibida aks ettiriladi.
15. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar. Bunda sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, mukammal taʼmirlash, fan va ilmiy izlanishlar, emlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, sayyor tibbiy koʻriklar, homiladorlik nafaqasi, shuningdek, koʻzda tutilmagan boshqa xarajatlarni qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaga xarajatlar tasnifining bir satrida har oyning birinchi ish kunida oʻtkazib beriladi;
Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaraqlarida vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar. Ushbu daromadlarning 50 foizi Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga, qolgan 50 foizi Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
16. Jamgʻarma mablagʻlari Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimotga muvofiq quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi:
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlarni davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlaridan xarid qilish;
imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash xarajatlarini oʻrnatilgan tartibda qoplab berish;
davlat tibbiy sugʻurtasi dasturini hamda imtiyozli dori vositalari taʼminotini moliyalashtirish;
davlat tibbiy sugʻurtasining yagona elektron axborot tizimi va resurslarini yaratish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida maqsadli dasturlar va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan jihozlarni xarid qilish va taʼmirlash, shuningdek dori va sarflov vositalarini xarid qilish uchun tibbiyot tashkilotlariga qaytarish sharti bilan moliyaviy koʻmak koʻrsatish;
Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, bino va inshootlarini qurish, taʼmirlash va saqlash;
axborot va aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
bank xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
tibbiy sugʻurta sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
17. Jamgʻarma har yili kelgusi moliya yillari uchun davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi prognozlari asosida uni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar hisob-kitobini ishlab chiqadi.
18. Jamgʻarma faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi auditdan oʻtkaziladi.
5-bob. Jamgʻarmani boshqarish
19. Kuzatuv kengashi va Jamgʻarma ijro etuvchi apparati Jamgʻarmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.
20. Kuzatuv kengashi Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organidir.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.
21. Kuzatuv kengashining majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi, ularga Kuzatuv kengashining raisi, Kuzatuv kengashining raisi boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari raislik qiladi.
22. Kuzatuv kengashining majlisi, agar aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi (kvorumga ega boʻladi).
Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
23. Kuzatuv kengashi:
Jamgʻarma daromad va xarajatlarining prognoz parametrlarini hamda yillik xarajatlar taqsimotini tasdiqlaydi;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar tariflari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni kelishadi;
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari xaridi boʻyicha hamda imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash boʻyicha tuziladigan shartnomalarning namunaviy shaklini, shuningdek, moliyalashtirish usullari va mexanizmlarini tasdiqlaydi;
reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalarini qoplash qiymatini belgilash va toʻlovlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma ijro etuvchi apparati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlarni eshitadi va tasdiqlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning davlat tibbiy sugʻurtasi sohasiga oid masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hamda uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi;
Jamgʻarma faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga ularning egallab turgan asosiy lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga ustama va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlarini belgilash tartibini tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, shu jumladan, uning daromad va xarajatlar prognoz parametrlari ijrosini, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
24. Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq, Jamgʻarmaning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi. Bunda hududiy boʻlinmalarni tashkil etish, saqlash, xizmat avtotransport vositalari xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmani saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
6-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
25. Jamgʻarma direktori va uning oʻrinbosarlari Kuzatuv kengashi taqdimnomasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
26. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
27. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori:
Jamgʻarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari oʻrtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma faoliyatiga oid buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi hamda Jamgʻarmaning tarkibiy boʻlinmalariga koʻrsatmalar beradi;
Jamgʻarmaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi, shuningdek, zarur hollarda, Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini hamda ular tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
28. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5.
Bunda koʻp yillik mehnati uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida hisoblanadi.
29. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga vazirliklar xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi hamda ularning lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2,0 baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi.
Bunda lavozim maoshini hisoblashda 40 foiz miqdorida mehnatni ragʻbatlantirish (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent) uchun oshirilgan tarif koeffitsiyentini inobatga olgan holda ustama haq belgilanadi.
30. Boʻsh ish oʻrinlari hisobiga iqtisod qilingan ish haqi fondi mablagʻlari Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (ustama, qoʻshimcha haq, oylik mukofotlar va boshqalar)ga yoʻnaltiriladi.
31. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktoriga boʻsh ish oʻrinlari hisobiga iqtisod qilingan ish haqi fondi mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga ularning mehnat faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda) 300 foizigacha har oylik qoʻshimcha ustama belgilash vakolati beriladi.
32. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktoriga moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar hamda ustamalar belgilash Kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
33. Jamgʻarma ajratilgan mablagʻlar doirasida tibbiyot, iqtisodiyot, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilish huquqiga ega.
34. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktoriga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb etish, ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida toʻlash huquqi beriladi.
7-bob. Hisobga olish, hisobot va nazorat
35. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun haq toʻlash va boshqa toʻlovlarni moliyalashtirishni Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida amalga oshirish hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgardir.
36. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda davriy hisobotlarni taqdim etadi.
37. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan tartibda foydalanilishi ustidan nazorat Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tomonidan amalga oshiriladi.
38. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishini nazorat qilish Jamgʻarmaning ichki audit xizmati hamda Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Jamgʻarmaning doimiy saqlanadigan hujjatlari, Jamgʻarma tugatilgan taqdirda, belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiriladi.
41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarorida:
a) 7-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 10-bandning oltinchi xatboshisidagi “4 ta” va “3 ta” soʻzlari tegishincha “5 ta” va “4 ta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining
TARKIBI
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
ROʻYXATI
I. 2022-yil 1 oktabrdan boshlab oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
1. Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi.
2. Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi.
3. Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi.
4. Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi.
5. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining koʻp tarmoqli klinikasi.
6. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi.
7. Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi.
8. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi.
9. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi.
10. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi.
11. Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
12. Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi.
Izoh:
Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi tomonidan Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi;
amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2023-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish mumkin;
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlangunga qadar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali bajarilgan ish hajmiga bogʻlanmagan holda vaqtinchalik bir satrda moliyalashtiriladi.
II. 2025-yil 1-yanvardan boshlab oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari
1. Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
3. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
5. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi.
6. Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi.
7. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi.
8. Respublika perinatal markazi.
9. Respublika bolalar ortopediyasi markazi.
10. Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi.
11. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi.
12. Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi.
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga boshqa tibbiyot muassasalarini kiritish vakolati beriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022 — 2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-310-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “2023-yil” soʻzlari “2025-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son qarorida 11-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnomalar asosida yoʻnaltiriladi. Bunda ularga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismi, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab 15 foizidan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tatbiq etilmaydi” soʻzlari “respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilingan tibbiyot muassasalariga tatbiq etilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6, 24, 25 va 26-bandlardan “uzluksiz” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovada:
ilovaning nomi, 1-bandning birinchi xatboshisi hamda 2-bandning birinchi xatboshisidan “uzluksiz” soʻzi chiqarib tashlansin;
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. TIEKda koʻrikdan oʻtish uchun umumiy kasallik va bolalikdan nogironlik sabablarini belgilash uchun tibbiyot muassasasining yoʻllanmasi, ambulator kartadan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa kasallik tarixidan koʻchirma taqdim etiladi”;
b) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish: TIEKga yoʻllanmani (088/u — shaklini), ambulator kartadan koʻchirmani va agar mavjud boʻlsa statsionardan berilgan kasallik tarixidan koʻchirmani, shuningdek, bemorni koʻrikka yuborish uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va shaxsni koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Autsorsing xizmatlariga (mijozlarni ovqat bilan taʼminlash xizmatidan tashqari) haq toʻlash miqdorlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy xarajatlar, bilvosita xarajatlar) teng qiymatda belgilanadi.
7. Autsorsing boʻyicha ovqatlanishni tashkil etish xizmati narxi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan bir bemorga bir kunlik ovqatlanish normasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori narxlaridan oshmaydigan qiymatda belgilanadi”;
b) 13-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Izoh: 6-band 2025-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.
