“27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-960-son) · Sana: 10.09.2024 · Amalda
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) hamda uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
6) 44-modda birinchi qismining:
1-bandi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi”;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi”;
2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari”;
3-bandining birinchi xatboshisidagi “rivojlantirish” degan soʻz “rivojlantirishni rejalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 45-modda:
uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 49-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
