59-modda. Taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan oʻtkazish
Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-957-son) · Sana: 07.09.2024 · Amalda
Taʼlim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan oʻtkazilishidan oldin ular taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiya mezonlari va koʻrsatkichlari asosida oʻz faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan oʻtkazadi.
Taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyati tashqi baholashdan oʻtkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi.
Taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi taʼlim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini oʻrganadi va ulardan taʼlim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
Taʼlim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar boʻladi”;
17) 60-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
18) 61-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
19) 62-moddaning sakkizinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 11-modda toʻqqizinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi” degan soʻzlar “oliy taʼlimdan keyingi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 38-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “oliy oʻquv yurtidan keyingi” degan soʻzlar “oliy taʼlimdan keyingi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
