302-modda. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (O‘RQ-955-son) · Sana: 05.09.2024 · Amalda
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi”;
8) 31-moddaning oʻn birinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 38-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi qismi “muloqot qilish usullari va vositalarini” degan soʻzlardan keyin “qulay multimedia vositalari va raqamli texnologiyalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 48-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-sentabr,
OʻRQ-955-son
