5111-modda. Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-953-son) · Sana: 04.09.2024 · Amalda
Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “519” raqami “519, 5110, 5111” raqamlari bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-sentabr,
OʻRQ-953-son
