SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-44-son)
08.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 279]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2009-yil 5-fevraldagi 18-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.09.09-09 “Donni saqlash va ishlov berish korxonalari, binolari va inshootlari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-avgust,
01/2-44-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-iyun
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
2024-yil 5-iyul
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 6-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 15-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 17-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 8-avgustdagi 01/2-44-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlarini (bundan buyon matndan bino va inshootlar deb yuritiladi) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibda solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.01.07-96 “Yuklar va taʼsirlar”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlarning asoslari”;
QMQ 2.03.01-96 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.03.13-19 “Pollar”;
QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya.Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.09-07 “Binolar va inshootlarning yongʻinga qarshi avtomatikasi”;
SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.09.01-19 “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari”;
SHNQ 2.09.02-19 “Ishlab chiqarish binolari”;
QMQ 2.09.03-02 “Sanoat korxonalarining inshootlari”;
SHNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari”;
SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash”;
SHNQ 2.03.02-21 “Zich silikat betondan beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SP 2.13130.2009 “Yongʻinga qarshi himoyalash tizimlari. Himoya obyektlarning olovbardoshligini taʼminlash” (rasmiy manba: Sistemi protivopojarnoy zashiti. Obespecheniye ognestoykosti obyektov zashiti);
Oʻz DST 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”;
GOST 21.408-93 “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish boʻyicha ishchi hujjatlarini bajarish qoidalari” (rasmiy manba: Sistema proyektnoy dokumentatsii dlya stroitelstva. Pravila vipolneniya rabochey dokumentatsii avtomatizatsii texnologicheskix protsessov);
GOST 28984-91 “Qurilishda oʻlchamlarning modulli koordinatsiyasi. Asosiy qoidalar” (rasmiy manba: Modulnaya koordinatsiya razmerov v stroitelstve. Osnovnie polojeniya);
GOST R 54257 “Qurilish konstruksiyalari va zaminlarining ishonchliligi. Asosiy qoidalar va talablar” (rasmiy manba: Nadejnost stroitelnix konstruksiy i osnovaniy. Osnovnie polojeniya i trebovaniya);
SanQvaN 2.2.1/2.1.1.1200-03 “Sanitar-himoyalash zonalari hamda korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarning sanitar tasnifi” (rasmiy manba: Sanitarno-zashitnie zoni i sanitarnaya klassifikatsiya predpriyatiy, soorujeniy i inix obyektov);
SanQvaN 2.1.4.1074-01 “Ichimlik suvi. Ichimlik suvi taʼminoti markazlashtirilgan tizimlarining suv sifatiga gigiyenik talablar” (rasmiy manba: Pityevaya voda. Gigiyenicheskiye trebovaniya k kachestvu vodi sentralizovannix sistem pityevogo vodosnabjeniya. Kontrol kachestva).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
tegirmonlar — mexanik, pnevmatik va aerozol bilan jihozlangan qurilmalar;
silos — sochiluvchan don mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan vertikal silindrik yoki prizmatik idish;
elevator — donni tozalash qurilmalari va agregatlari bilan jihozlangan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash inshooti.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Bino va inshootlarning olovbardoshlik darajasi SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
5. Bino va inshootlarni SanQvaN 2.2.1/2.1.1.1200-03 ga muvofiq loyihalashtirish kerak.
3. Bino va inshootlarni loyihalashtirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
bino va inshootlarning zarur mustahkamligini, bikrligini va fazoviy oʻzgarmasligini taʼminlash;
qurilish maydonida joylashgan bino va inshootlarni konstruksiyalarini turlarini, qurilish mahsulotlari va xom ashyo (material)lar umum maydonchaning unifikatsiyasini taʼminlash.
6. Bino va inshootlarni portlash, portlash-yongʻin va yongʻin xavfsizligi SHNK 2.01.19-22 talablari asosida loyihalashtirish kerak.
7. Bino va inshootlar hamda chorvachilik, parrandachilik xoʻjaliklari oʻrtasidagi masofalar SHNQ 2.09.01-19 ga muvofiq boʻlishi kerak.
8. Bino va inshootlarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun loyihalash SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
9. Qishloq aholi punktlarida qurilayotgan bino va inshootlarning yer uchastkasini rejalashtirish SHNQ 2.09.01-19 ga muvofiq boʻlishi kerak.
10. Yordamchi va qoʻshimcha maqsaddagi bino va inshootlar SHNQ 2.09.01-19 talablari asosida loyihalashtirish lozim.
11. Bino va inshootlarda yongʻin-qutqaruv mashinalarining harakatlanishi SHNQ 2.09.21-22 ga asosan belgilanadi.
12. Don omborlarining pol sathi SHNQ 2.03.13-24 talablariga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
13. Bino va inshootlarning avtomobil yoʻllarini SHNK 2.05.02-07 talablari asosida loyihalash kerak.
4-bob. Hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar
14. Donni saqlash va qayta ishlash uchun bino va inshootlarning hajmiy-rejaviy yechimlari texnik topshiriqqa asosan amalga oshiriladi.
15. Elevatorlarning hajmiy-rejaviy yechimlarida don quritish inshootlarini saqlash rezervuarlari bilan bogʻliq donni transportirovka qilish texnik topshiriqqa asosan amalga oshiriladi.
16. Ishlab chiqarishning “B” toifasiga ega xonalar, shuningdek elevatorlar ishchi binolarining ishlab chiqarish xonalari, tegirmonlarning don tozalash boʻlimlari, silos korpuslarining silos usti va silos ostidagi qavatlarining tashqi toʻsiqli konstruksiyalarini yengil konstruksiyalardan loyihalashtirish kerak.
17. Maʼmuriy binolarning konstruksiyalari (deraza, eshik va boshqalar) QMQ 2.03.06-97 ga muvofiq bajarilishi lozim.
18. Bino va inshootlarni loyihalashtirishda yuk koʻtaruvchi va toʻsiq konstruksiyalari uchun qurilish materiallari mazkur SHNQning 16-bandiga asosan, shuningdek yongʻinga qarshi, issiqlik-texnika, konstruktiv va meʼmorchilik yechimlarini hisobga olib tanlash lozim.
19. Bino va inshootlarning xonalarini yoritish SHNQ 2.01.05-19 ga asosan loyihalashtirilishi kerak.
20. Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalari uchun temir-beton (yigʻma va monolit) va poʻlat konstruksiyalardan foydalanilishi kerak.
1-§. Ishlab chiqarish binolari
21. Ishlab chiqarish binolarini loyihalash SHNQ 2.09.02-19 va GOST 28984 ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
22. Donni qayta ishlaydigan bino va inshootlar (tegirmonlar, yorma, kombikorm sexlari va zavodlari)ning ishlab chiqarish binolari texnik topshiriqqa asosan loyihalanishi kerak.
23. Ishlab chiqarish binolarini kam quvvatli kichik sexlarini loyihalashtirishda ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab ishchi xonalarining balandliklari texnik topshiriqqa asosan bajarilishi lozim.
24. Kombikorm binolarini birga qoʻshib qurilgan ishlab chiqarish xonalariga ega silos inshooti shaklida loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
25. Karkasli binolarga poʻlat silos (bunker)larni, shuningdek ularning markazidan oʻtadigan, binoning butun kengligi boʻylab joylashgan, 3x3 m oʻqlar toʻriga ega temir-beton siloslarni qoʻshib qurish kerak.
26. Silos ostidagi kolonnalar toʻrini 6x3 m ga teng etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
27. Siloslar sigʻimi 200 m3 dan oshmasligi kerak.
28. Texnik topshiriqqa asosan binolarning oraliq masofalari 12 m ga teng qilib loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
29. Ishlab chiqarish binosini doira shaklida (diametri 12 m va undan ortiq) loyihalashga yoʻl qoʻyiladi, unga don siloslari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
30. Ishlab chiqarish binolarida yigʻma temir-beton zinapoya va yoʻlovchilar uchun liftni (binoning balandligi 15 m yuqori boʻlganda) loyihalash nazarda tutish kerak.
31. Zinapoya joyiga tutun kirmasligi kerak.
32. Zinapoyalar oʻlchamlarini loyihalashtirish SHNQ 2.01.02-04 talablari asosida bajarilishi kerak.
33. Maydonchalar va antresollarga olib boradigan ochiq zinapoyalar marshlari kengligini 0,7 m gacha kamaytirishga, marshlar qiyaligini — 1,5:1 gacha, zinapoyadan muntazam foydalanilmaganida — 2:1 gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
34. Balandligi 10 m gacha boʻlgan uskunalarni koʻzdan kechirish uchun kengligi 0,6 m gacha boʻlgan vertikal bir marshli zinapoyalarni nazarda tutish lozim.
35. Zinapoyani bino tashqarisida ham loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
36. Yoʻlovchi lifti bilan jihozlangan bino bilan qavatma-qavat bogʻlangan ishlab chiqarish binosidan liftgacha masofa 150 m dan, doimiy ishlovchilar soni 200 kishidan oshmaganda liftni nazarda tutmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
37. Ishlab chiqarish binolarida yuk tashish liftlarini loyihalashtirish SHNQ 2.01.02-04 talablari asosida bajarilishi lozim.
38. Evakuatsiya va chiqish yoʻllari binolar xonalaridagi barcha odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlashi kerak. Bunda, ushbu yoʻllarni loyihalash SP 2.1.13130 ga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Evakuatsiya yoʻllariga ishlab chiqarish uskunalarini oʻrnatish, shuningdek ularning yigʻilib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
40. Har bir ishlab chiqarish binolarida evakuatsiya va chiqish yoʻllari soni kamida ikkitani tashkil etishi kerak.
41. Ikki va undan yuqori qavatlarda ikkinchi evakuatsiya chiqish yoʻli sifatida “V” yoki “B” toifali xonalarga ega binolar tashqi ochiq zinapoya bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
42. Ishlab chiqarish binolarida elektrtexnika uskunalarini joylashtirish va kabellarni oʻtkazish SHNQ 2.04.17-19 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
43. Elektr xonalarni texnik qayta jihozlash paytida ularni “B” toifali binolar ostiga (avariyalarda yonuvchi chang chiqishi bilan) joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
44. Ishlab chiqarish binolarining pollari, toʻsiqlari, devorlari va bostirmalarini kovaklarsiz qilib loyihalashtirish kerak.
Dispetcherlik xonalarida olib-qoʻyiladigan pollarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
45. Donni qayta ishlash sexlari va boʻlimlarining barcha xonalarida changyutgichlar yordamida mexanizatsiyalashtirilgan tozalashni nazarda tutish lozim.
46. Eshiklar, darvozalar va derazalarning ochiq joylariga tirqishlar va choklarni berkitadigan prokladkalar qoʻyilishini nazarda tutish kerak.
47. Ishlab chiqarish binolarini (shu jumladan, bloklashtirilgan) don omborlari (silos korpuslari va don omborlari) bilan birlashtirishda don omborlari xonalarini ishlab chiqarish binolaridan ajratib turadigan toʻsiqli transportyorli galereyalar nazarda tutish kerak.
Ushbu toʻsiqlardan odamlar oʻtishi uchun oʻtish joylarining eshik tirqishlarida eng kamida 0,6 h olovbardoshlik darajasiga ega zichlagichlar boʻlishi lozim.
Toʻsiqlarning oʻzi esa olovbardoshlik darajasining eng kamida 0,75 h lik darajasiga ega oʻtda yonmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi kerak.
Toʻsiqli konstruksiyalarning barcha tutash joylari tirqishlarsiz boʻlishi lozim.
Konveyerlarni oʻtkazish joylari loyihaning texnologik qismida ishlab chiqiladigan avtomatik yongʻinga qarshi klapanlar yoki shchitlar bilan himoyalangan boʻlishi zarur.
48. Ishlab chiqarish binolari ichidagi texnologik uskunalar joylashgan maydonchalar, priyamkalarning toʻsiqlari balandligi 0,9 m dan iborat poʻlat panjaralardan ishlanishi, bunda toʻsiqlar poldan kamida 150 mm gacha balandlikkacha yaxlit boʻlishi kerak.
49. Pollar qoplamalari tiplarini SHNQ 2.03.13-19 ga muvofiq va ishlab chiqarish texnologiyasi talablarini hisobga olib loyihalanishi kerak, bunda changli ishlab chiqarishli xonalarda pollarning oson tozalanadigan va chang chiqarmaydigan tipdagi qoplamalarni nazarda tutish lozim.
50. “B” toifali ishlab chiqarishga ega ishlab chiqarish binolarining birinchi qavatida texnologik uskunalarni joylashtirish uchun ochiq priyamkalarni qurishga yoʻl qoʻyiladi, bunda priyamkalar chuqurligi 1,5 m dan, ularning umumiy maydoni esa — xona maydonining 30 % dan oshmasligi kerak.
2-§. Siloslar va silos korpuslari
51. Don va uning qayta ishlanadigan mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan temir-beton yoki poʻlatdan yasalgan silos va silos korpuslari ushbu SHNQga muvofiq loyihalanishi lozim.
52. Silos korpuslarini yongʻinga bardoshlilikning II darajali xizmat binolari bilan tutashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda silos va unga tutash binolar poydevorlarining choʻkishidagi farqni hisobga olish kerak.
53. Diametri 12 m dan ortiq siloslar alohida loyihalanishi kerak.
54. Silos ustidagi xonalar va konveyer galereyalari yonmaydigan guruh materiallaridan tayyorlangan yengil devor toʻsiqlari yordamida ishlab chiqilishi lozim.
55. Balandligi 10 m dan ortiq boʻlgan silos korpuslarining tashqi devorlari perimetri boʻylab yonmaydigan guruh materiallaridan kamida 0,6 m balandlikdagi tomda panjarali toʻsiqlar nazarda tutilishi kerak.
56. Alohida turgan siloslar va silos korpuslarini loyihalashtirishda quyidagilarni qabul qilish lozim:
bloklashtirilgan temir-beton markazlar orqali siloslarning silos korpuslariga oʻtadigan boʻluvchi oʻqlar toʻrlari — 3x3, 6x6, 9x9 va 12x12 m.
alohida turgan doiraviy siloslarning sirtqi diametrlari 6, 9, 12, 18 va 24 m.
Ikkita va undan ortiq silos osti qavatlariga ega tegirmon-yorma va kombikorm korxonalarining xomashyo va tayyor mahsulotlar saqlanadigan silos korpuslarida ishlab chiqarish binolari tipidagi singari 6x3 m lik kolonnalar toʻriga ega karkasni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Turli oʻlchamlardagi siloslarning optimal oʻzaro nisbati ularning sigʻimidan toʻliq foydalanish sharti bilan qabul etilishi kerak, bunda katta diametrli siloslarni qoʻllanilishi maksimal boʻlishi lozim.
Siloslar sigʻim oʻlchamlari quyidagi nisbatda olinishi kerak (korxonada mavjud boʻlganlarni hisobga olgan holda):
200 tonnagacha — 5 %;
600, 800, 1400 va 1800 tonnagacha — 10 %;
3000 tonna va undan ortiq — 55 %.
Tegirmon-yorma va kombikorm korxonalarining siloslarini 3x3 m lik boʻluvchi oʻqlar toʻrlari bilan qabul qilish kerak. Ushbu siloslarni qoʻshimcha ichki devorlar bilan qismlarga ajratishga yoʻl qoʻyiladi.
Diametri 12 m boʻlgan siloslar hajmi tegishli asos bilan oshirilishi mumkin.
Temir-beton silos korpuslar rejadagi siloslarning joylashishi mazkur SHNQning 2-rasmida nazarda tutilgan.
57. Uzunligi 48 m gacha boʻlgan temir-beton silos korpuslari deformatsion choklarsiz loyihalashtirilishi kerak.
Asosdagi gruntning barcha turlarida, qoziqli fundamentlar qoʻllanilishidan tashqari, silos korpusi uzunligining uning kengligi va balandligiga nisbati kamida 2 boʻlishi kerak.
Siloslarning bir qatorda joylashtirilishida bunday nisbatni 3 gacha koʻpaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Texnik topshiriqqa asosan korpus uzunligi va koʻrsatilgan nisbatlar koʻpaytirilishi mumkin.
58. Zinapoya xonalari va sirtqi evakuatsiya zinapoyalari bilan jihozlangan boshqa binolar va inshootlarga olib boradigan transportyor galereyalari silos korpuslarining silos ustidagi qavatlaridan evakuatsiya chiqishlari sifatida qoʻllanilishi mumkin.
1-rasm. Siloslar kesimlari
h — siloslar devorlari balandligi; h1 — yuqori zonaniki; h2 — ikkinchi zona balandligi; h3 — pastki zona balandligi; hmt — oʻrta zona balandligi; d — silosning ichki diametri
59. Bir inshoot qilib birlashtirilgan yoki oʻzaro bir-biri bilan va elevatorlarning ishchi binolari, shuningdek don mahsulotlarini qayta ishlaydigan ishlab chiqarish binolari bilan galereyalar orqali tutashgan silos korpuslarida zinapoya xonalari qurilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Elevatorlarning ishchi binosida va silos korpuslarida tashqi evakuatsion ochiq poʻlat zinapoyalar nazarda tutilishi lozim. Ular silos korpuslarida silos ustidagi qavatning tomigacha yetib turishi kerak.
Silos ustidagi qavat xonasining eng olis qismidan eng yaqindagi tashqi zinapoyagacha yoki zinapoya xonasigacha masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Ishlab chiqarish binolari bilan qavatma-qavat bogʻlangan silos korpuslarida ushbu binolarning zinapoyalariga olib boradigan tashqi oʻtish balkonlari orqali yoki 20 m dan ortiq balandlikda zinalardan boshlab 1,8 m gacha boʻlgan balandlikkacha yaxlit toʻsiqlar bilan yopilgan tashqi zinapoyalar orqali evakuatsion chiqish joylarini nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
2-rasm. Silos korpuslarni rejalari
60. Siloslar devorlarining yigʻma elementlari tutashgan joyni atmosfera yogʻingarchiliklaridan himoya qilishni (tutashgan joyning oʻzining konstruksiyasi yoki zichlovchi himoya qoplamalari yordamida) nazarda tutilishi lozim.
61. Yigʻma temir-beton kvadrat siloslarni loyihalashtirishda hajmli bloklar ishlatilishi kerak.
62. Siloslar ichki devori yuzasiga ishlov berilishi don mahsulotlarini oqib tushishiga yordam berishi kerak.
63. Siloslar devorlarining tashqi tomoni ochiq ranglarga boʻyalishi kerak.
Boʻyash uchun materiallarni tashqi muhitning agressiv taʼsirini hisobga olib tanlash lozim.
64. Yigʻma temir-beton silos devorlari qalinligini butun devor silliq boʻlganida kamida 80 mm etib, tashqi qirralari boʻlgan devorlarda (kamida 60 mm lik) — kamida 40 mm, zinapoya xonalariga toʻsiq boʻlib xizmat qiladigan devorlarda — kamida 100 mm etib nazarda tutish lozim.
65. Silos korpuslari, alohida turgan siloslar, silos ustidagi galereyalar, noriyalar, transportyor galereyalari (olovbardoshlik darajasining II darajasiga ega bino va inshootlar uchun) olovbardoshlik darajasining kamida 0,25 h boʻlgan poʻlat konstruksiyalardan loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
66. Siloslarni sirgʻaluvchi opalubkada quriladigan monolit temir-betondan loyihalashtirishda devorlar qalinligini kamida 150 mm, balkalar kengligini — kamida 200 mm, armaturalashni ikki tomonlama qilib, choklardagi gorizontal armaturani payvandlamasdan — oʻtkazish uzunligini kamida 60 diametrli qilib nazarda tutish lozim.
67. Siloslarni loyihalashtirishda don mahsulotlarining chiqishidagi bosim qurilmalarini nazarda tutish lozim.
Yuklash va tushirishni osonlashtirish uchun (saqlash texnologiyasini hisobga olib) aralash siloslar devorlarida teshik joylarni qurish yoʻli bilan kvadrat siloslarni guruhlarga birlashtirish (ichki silos orqali) (3-rasm) ni nazarda tutish kerak.
Silosning barcha ustki plitalari silos devorlariga mahkam tutashishi kerak.
68. Silos va silos korpuslar yigʻma devorlarining barcha halqa yoki quti elementlari vertikal boʻyicha oʻzaro ulangan boʻlishi kerak.
Yigʻma elementlar orasidagi bogʻlanish gorizontal choklarda (20-30 mm qalinlikda) sement eritmani yopishishi, elementlar boʻgʻimlariga oʻrnatilgan armaturalarda biriktirish, biriktirish (zakladnoy) qismlarini payvandlash yoʻli yoki boltlar oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.
Biriktirish (zakladnoy) qismlari bilan biriktirish maxsus asos mavjudligida (choʻzuvchi va katta siljituvchi kuchlar paydo boʻlganda, masalan zilzila (seysmik) taʼsirlarda) qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Egri chiziqli elementlarning vertikal choklarnin (stik)larining ishonchliligini oshirish maqsadida aylana siloslarning yigʻma devorlarini gorizontal kesishda vertikal bogʻlanishini taʼminlash lozim.
Vertikal chok (stik)lardagi yigʻma elementlar orasidagi bogʻlanishni boltli kavramalar, biriktirish (zakladnoy) qismlarini payvandlash va zoʻriqtirilgan armaturalarni siqish orqali taʼminlanishi kerak.
Armatura markalari va sinfini tanlashda, taʼsir etadigan yuklarning tasnifiga va hisobiy haroratiga qarab, SHNQ 2.03.02-20 talablari hisobga olinishi kerak.
3-rasm. Sochiluvchan materialning silosdan chiqarilishi.
a — tushirish quvuri orqali; b — yulduzcha orqali; v — ichki silos orqali.
1 — passiv silos; 2 — faol silos; 3 — tushirish quvuri; 4 — siloslar devorlaridagi va tushirish quvuridagi teshiklar; 5 — yulduzcha; 6 — oʻzi tushiradigan quvur; 7 — konveyer.
69. Betonning himoya qatlamini ishchi armaturagacha aylana silos devorlarida kamida 25 mm va kvadrat silos devorlarida esa kamida 20 mm qabul qilinadi.
70. Poʻlatdan silos devorlarini loyihalash SHNQ 2.03.05-23 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Silos uchun ruxlangan poʻlatdan foydalanish kerak. Boshqa turdagi poʻlatlar uchun korroziyadan himoya qilishni nazarda tutish kerak.
71. Siloslar tubini (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki halqali toʻsinlar orqali) ostki silos qavat ustunlariga tayangan poʻlat yoki yigʻma temir-beton voronkalar shaklida loyihalash kerak.
Agar silos devorlari poydevor plitasining yuqori sathidan surma opalubkada barpo etilsa, unda tubi ustunlarga yoki devorlarning qalin joylari (pilyasterlari)ga suyanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Diametri 6 m gacha boʻlgan siloslarning tubi ostki silos qismining devorlariga tiralgan toʻsinlar bilan loyihalanishi lozim.
Ostki silosli tunnellar bilan gruntda tublarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Siloslarning chiqish (vipusk) teshiklari markazda joylashgan boʻlishi kerak.
Agar bir nechta chiqish (vipusk) teshiklarni oʻrnatish zarur boʻlsa, ular silosning oʻqlariga nisbatan simmetrik joylashishi lozim.
Ostki silos qavatining ustunlari toʻgʻri burchakli panjaraga joylashtirilishi kerak. Ustunlarning halqasimon joylashishiga ham yoʻl qoʻyiladi (4-rasm).
Ostki silos qavatning ustunlari stakanlarga oʻrnatiladigan monolit (yaxlit) yoki yigʻma podkolleniklar yigʻma temir-betonli loyihalanishi kerak.
4-rasm. Ostki silos qavat ustunlarining joylashish sxemalari
72. Ustki silos xonasi mavjud boʻlmaganda alohida turgan dumaloq siloslarning yopmalari hamda diametri 12 m dan ortiq boʻlgan siloslar qobiq koʻrinishida loyihalanishi kerak.
Yongʻinga chidamli yengil devor toʻsiqlari ustki silos xonalar uchun ishlatilishi kerak. Yigʻma temir-beton konstruksiyalaridan foydalanishga ham yoʻl qoʻyiladi.
Ustki silos yopmalarni silos devorlariga tayangan yigʻma temir-beton plitalaridan loyihalanishi kerak.
Plitalarni temir-beton yoki poʻlat toʻsinlarda tayanishiga yoʻl qoʻyiladi. texnik Topshiriqqa asosan surma opalubkani ishchi polidan foydalangan holda monolit ustki silos plitani oʻrnatishga ruxsat etiladi.
73. Siloslar va silos korpuslarining loyihalari siloslarni birlamchi va foydalanish paytidagi yuklash va tushirish rejimiga, bu inshootlardagi choʻkishlarni kuzatib borish boʻyicha koʻrsatmalarga va reperlar oʻrnatilishini nazarda tutishi kerak.
3-§. Ombor binolari
74. Don omborlari binolarini rejada toʻrtburchak shaklida bir qavatli, balandliklarni oʻzgarishsiz, birxillashtirilgan hajmli-rejalashtirish parametrlarini quyidagicha loyihalashtirish zarur:
oraliqlar — 6, 12 m;
tayanchlar qadami — 6 m;
xonalarning devorlar yonidagi balandligi — 3,6 m.
18 va 24 m lik oraliqlarga ega boʻlgan bir oraliqli qubbali don omborlarini loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Don uyumining tepasidan qoplamaning tutib turuvchi konstruksiyalarining pastigacha boʻlgan masofani kamida 0,5 m etib qabul qilish kerak.
75. Don omborlari binosining yongʻinga qarshi devorlar oʻrtasidagi maydonni SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq etib, lekin koʻpi bilan 3000 m2 hajmida qabul qilish kerak.
76. Don omborlaridagi darvozalarni ikki tabaqali qilib loyihalashtirish lozim.
Don toʻlaligicha oʻzi oqib tushadigan qiya polli don omborlarida, shuningdek aerojyoloblar bilan jihozlangan don omborlarida binoning ikki chekkasida joylashgan ikkita darvozani nazarda tutish kerak.
Gorizontal pollarda darvozalar soni loyihaning texnologik qismida belgilanadi, lekin kamida ikkita etib nazarda tutish lozim.
77. Don omborlarini yorugʻlik oʻtadigan joylarsiz loyihalashtirish kerak.
78. Qiya polli don omborlarini shunday loyihalashtirish kerakki, bunda donni ombordan yuklab chiqarishda ishchilarning uyum ustiga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
79. Gorizontal polli don omborlarida tunnellar toʻsigʻidagi ochiq joylar ustida donni chiqarish uchun aylana kesimli statsionar panjarali kolonkalar oʻrnatishni nazarda tutish kerak.
80. Don saqlash omborlarini loyihalashda yigʻma temir-beton va yogʻoch konstruksiyalar hamda mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish kerak.
81. Don omborlarini olovbardoshlik darajasining II darajasidan past qilmasdan loyihalashtirish kerak.
82. Don omborlari qoplamasini donning tabiiy qiyalik burchagiga mos keladigan 1:1.2 qiyalik bilan toʻlqinsimon asbotsement listlardan loyihalashtirish kerak.
Suv oʻtkazmaslikni taʼminlash uchun texnik topshiriq asosida izolyatsiya sifatida tomga yopiladigan materialli prokladkali yaxlit taxta toʻshama ustidan asbestotsement listlar qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.
III va IV iqlimli tumanlar uchun QMQ 2.01.01-22 ga muvofiq don omborlari qoplamasini asbotsementli toʻlqinsimon listlardan loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
83. Devorlar, toʻshamalar va pollar kovaklarsiz boʻlishi kerak.
Don omborlari devorlarining ichki yuzalari silliq (chiqib turgan joylarsiz, oʻyiqlarsiz, gorizontal qirralarsiz, kamarlar va tirqishlarsiz), tozalash va dezinfeksiya qilish uchun ochiq boʻlishi lozim.
Binolar qurilish konstruksiyalari materiallari, konstruksiyalarga ishlov berish hamda ularni chirish va yonishdan himoya qilish uchun ishlatiladigan moddalar saqlanadigan don yoki urugʻ uchun zararsiz boʻlishi lozim.
Don saqlash binolarining yuk koʻtaruvchi devorlarida suv oʻtkazmaslik (gidroizolyatsiya) uchun qalinligi 20 mm boʻlgan 1:2 lik sement qorishmasi nazarda tutilishi kerak.
84. Don omborlari uchun tomning chetga chiqib turishi (devorning sirtqi yuzasidan) kamida 0,7 m boʻlishi kerak.
85. Don omborlari pollarining toʻshama qalinligini 25 mm va idishli yuklar omborlarida toʻshama qalinligini 50 mm etib loyihalashtirish kerak. Pollar toʻshamalarida qatron va qatronli materiallar ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
86. Don omborlari loyihalarida devorlarga don uyumining eng koʻp balandligini cheklovchi yorqin chiziqlar va yozuvlar yozib qoʻyilishi haqidagi koʻrsatmalar boʻlishi lozim.
87. Idishli yuklar (un, kombikorm solingan qoplar va paketlar) shaklidagi tayyor mahsulot omborlarini bir qavatli yoki koʻp qavatli (olti qavatgacha) etib loyihalashtirish kerak. Kombikorm korxonalarining xomashyo omborlarini bir qavatli qilib loyihalashtirish kerak.
88. Bir qavatli omborlar uchun ustunlar toʻri 9x6, 12x6 va 18x6, devorlar balandligi 6,0 va 7,2 m ni tashkil etadi.
89. Koʻp qavatli omborlar uchun ustunlar toʻri 6x6 m va qavatlar balandligi 4,8 m, yuqori qavat uchun — ustunlar toʻri 12x6 va 18x6 m ni tashkil etadi.
90. Idishli yuklar ombori binosining birinchi qavati yon tomonida akkumulyatorli yuklagichlar uchun zaryadlash stansiyasini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, bir vaqtda zaryadlanadigan batareyalar soni koʻpi bilan beshta boʻlishi kerak.
Zaryadlash xonasidagi toʻsiqli konstruksiyalar kamida 0,75 h lik oʻtga chidamlilikka ega boʻlishi lozim.
Zaryadlash stansiyasi boshqa ombor xonalaridan yongʻinga qarshi devorlar va bostirmalar bilan ajratilishi hamda alohida chiqish joyiga ega boʻlishi lozim.
91. Idishli yuklar omborlarining koʻp qavatli binolari ichida chiqish joylari oldidan tambur-shlyuzlarni qurib yuk liftlarini nazarda tutish kerak.
Tambur-shlyuz oʻlchamlari tashiladigan yuk oʻlchamiga mos boʻlishi lozim.
92. “V” toifali ishlab chiqarishli idishli yuklar shaklidagi tayyor mahsulot omborlarining deraza oʻrinlarini shishabloklar bilan toʻldirish, bunda shu oʻrinlarda tutunni chiqarib yuborish uchun mexanizatsiyalashgan tarzda ochiladigan kamida 1,2 m2 maydonga ega ochiladigan deraza framugalarini qurish lozim.
Teshik oʻrinlarning jami maydoni ombor polining eng kamida 0,3 % qismidan iborat etib qabul qilinadi.
93. Idishli yuklar omborlarining tashqi devorlarini yigʻma temir-beton panellaridan loyihalashtirish kerak.
94. Idishli yuklar omborlari bostirmalarini yigʻma-monolit qilib, yigʻma temir-beton plitalar ustidan monolit temir-beton qatlamni qurish lozim. Bostirmalarning yuklagichlar gʻildiraklari bosimi taʼsir etmaydigan uchastkalarini yigʻma temir-beton qilib loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
4-§. Boshqa binolar va inshootlar
95. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “B” toifali ishlab chiqarishlar qoshidagi temiryoʻl va avtomobil transportidan sochiluvchan materiallarni tushirish uchun qabul qilish inshootlarini xona hajmining 1 m3 ga kamida 0,03 m2 lik ochiq joylarga ega chuqurlashtirilgan xonalarda joylashgan bunkerlari bilan loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ishlab chiqarish binolarini don va xomashyo tushirish inshootlari bilan tunnellar orqali bogʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
96. Transportyor galereyalari va tunnellar oʻlchamlari QMQ 2.09.03-02 va ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Transport galereyalari va tunnellardan kamida ikkita chiqishni nazarda tutish kerak.
Yonuvchi materiallardan tayyorlangan (don omborlari uchun) konstruksiyalarga ega transport gallereyalaridan chiqishlar orasidagi masofa kamida 100 m dan boʻlishi kerak. Yonmaydigan materiallardan tayyorlangan transport gallereyalari uchun chiqishlar orasidagi masofa 200 m gacha oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tunnelning uzunligi 120 m dan ortiq boʻlganida har bir 100 m dan keyin kanallarga olib boradigan balandligi 1,5 m va kengligi 0,7 m lik oraliq chiqish joylarini nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
Tunnelning oxiridan galereyadan eng yaqin evakuatsiya chiqishigacha boʻlgan masofa 25 m dan oshmasligi kerak.
Tunnellar boshqa bino va inshootlar bilan bevosita bogʻlanmasligi kerak. Har bir tunnel yer ustidan chiqib turadigan, ochiq joyli yoki maydoni tunnel hajmining 1 m3 ga kamida 0,06 m2 lik maydonga ega oson olib tashlanadigan toʻsiq bilan jihozlanishi lozim.
97. Elevatorlarning ishchi binolarini silos korpuslari bilan bogʻlaydigan silos ustidagi va silos ostidagi galereyalarda yengil toʻsiqli konstruksiyalarni (profillangan poʻlat ruxlangan yoki asbestotsement listlardan) nazarda tutish kerak.
98. Ishchi binolarni silos korpuslari bilan yoki silos korpuslarini oʻzaro bir-biri bilan bogʻlaydigan galereyalar va tunnellarni loyihalashtirishda, choʻkish choklarining oʻlchamlarini belgilashda aralash bino va inshootlarning hisob-kitob bilan aniqlanadigan notekis choʻkishlar natijasida nisbiy ogʻishini hisobga olish lozim (vertikal va gorizontal boʻyicha ikki yoʻnalishda).
99. Ishlab chiqarish binolarini tunnellar orqali don va xomashyoni tushirish inshootlari bilan bogʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chuqurlashtirilgan xonalarda faqat orayopmalarda ochiq joylarni (proyomi) tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
100. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun yordamchi xonalarni SHNQ 2.09.04-09 ga asosan alohida turgan binolarda joylashtirish lozim.
101. Yordamchi xonalarni ishlab chiqarish binolarining yonidagi imoratda “G”, “D” yoki “V” toifalaridagi ishlab chiqarishlar joylashtiriladigan tomonida (tegirmonlarning don tozalash boʻlimlaridan tashqari) joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
102. Ishlab chiqarish binolarida dispetcherlik xonasi, ishchilar isinadigan xona, valserez ustaxonasi va yordamchi xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
103. Elevatorning ishchi binosi qavatlarida joylashtiriladigan ishchilar isinadigan xonalarni yonmaydigan konstruksiyalardan kamida 1,5x1,5 m va koʻpi bilan 4 m2 oʻlchamli qilib loyihalashtirish kerak.
104. Hojatxonalarni (birinchi qavatdan tashqari) tegirmonlar, kombikorm zavodlari va un omborlarining ishlab chiqarish korpuslarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
105. Donni va unli xomashyoni tushirish uchun yerosti xonalarining toʻsiqli konstruksiyalari I toifa namligi darajasida loyihalanishi lozim.
6-bob. Yuklar va taʼsirlar
106. Donni saqlash va qayta ishlash uchun bino va inshootlar konstruksiyalari QMQ 2.01.07-96 va QMQ 2.01.07-96 ga 1-sonli oʻzgartirishlarga, QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq hisoblab chiqilishi lozim.
107. Mustahkamlik boʻyicha hisob-kitobda sochiluvchan don mahsulotlarining siloslar, bunkerlar va don omborlari devorlariga va tubiga bosimi yuzasidan kuchli bosim boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentini 1,3 ga, ishchi binolariga shamolning kuchli bosimi uchun — 1,3 ga, havoning va harorat taʼsirlari oqibatidagi kuchli bosim uchun — 1,1 ga teng etib qabul qilish kerak.
Alohida siloslarning konussimon tomlariga qorning kuchli bosimini S=0,4 koeffitsiyenti bilan qabul qilish, ushbu bosimni tomning butun maydoni yoki tom maydonining yarmiga tegishli boʻladi, deb hisoblash kerak.
108. Ishlab chiqarish va ombor binolari va inshootlari, maydonchalar va galereyalar toʻsiqlarining hisob-kitobini loyihaning texnologik qismiga binoan uskunalar va omborlanadigan materiallarning kuchli bosimlarini hisobga olib bajarish kerak, lekin u bosim boʻyicha 1,2 ga teng ishonchlilik koeffitsiyentini (birinchi guruhning eng katta holatlari uchun) hisobga olganda 2000 Pa (200 kgf/m2) lik normativ bosimdan kam boʻlmasligi kerak.
Xonalarni toʻsuvchi konstruksiyalar hisobi (orayopmalar, yopmalar, siloslarning nishabli tublari va voronkalar, devorlar, toʻsiqlar) chang havo aralashmasidan avariya, portlash sodir boʻlishligi mumkinligini hisobga olgan holatida toʻsiqni maydon boʻyicha teng tarqalgan maxsus yuk Ra ga va LKS ish sharoitidan qarab qabul qilinadi.
109. Sochiluvchan materiallar salmogʻi g, ularning ishqalanish burchagi j va bu materiallarning silos devoriga ishqalanish koeffitsiyenti f ni tavsiya etiladigan mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
110. Sochiluvchan don mahsulotlarini uyumning yuqorisidan boshlab z chuqurlikda perimetr boʻyicha siloslar devorlariga bir tekisda taqsimlangan normativ gorizontal bosimi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (1)
bu yerda:
r — silosning koʻndalang kesimining quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan gidravlik radiusi:
,
bu yerda:
A, U — silosning koʻndalang kesimining maydoni va perimetri;
l — sochiluvchan materiallarning quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan yonlama bosimi koeffitsiyenti:
(don uchun l=0,44 etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi)
e — natural logarifm asosi.
112. Sochiluvchan materiallarning halqali bosim zonasining balandligi silos diametrining ¼ qismiga teng boʻlgan aylana siloslar devorlariga halqali gorizontal bosimi siloslar devorlarining butun perimetri boʻylab bir tekisda taqsimlangan deb qabul qilinadi. Zona balandligi boʻyicha har qanday holatni egallashi mumkin.
Halqali gorizontal bosimning normativ mohiyati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (2)
bu yerda:
a1 — bosimning joyida oshirilishining 116-band talablariga binoan qabul qilinadigan koeffitsiyenti.
113. Aylana siloslar devorlariga lokal gorizontal bosim silosning ikkita bir-biriga diametral qarama-qarshi joylashgan tomonlarida joylashgan ikkita maydonchasi boʻyicha taqsimlangan deb qabul qilinadi. Maydonchalar oʻlchami ga teng qilib belgilanadi (d — silosning ichki diametri). Maydonchalar balandligi va perimetri boʻyicha har qanday holatni egallashi mumkin.
Lokal gorizontal bosimning normativ mohiyati formulasi boʻyicha aniqlanadi:
, (3)
bu yerda:
a2 — bosimning joyida oshirilishining 116-band talablariga binoan qabul qilinadigan koeffitsiyenti.
114. Agar diametri 12 m lik va undan katta boʻlgan silosdan sochiluvchan don mahsulotlari devor yonidan chiqarilib, silos devori yonida sochiluvchan material oqimining voronkasi hosil boʻladigan boʻlsa, unda chiqarish teshigi ustidagi ushbu koʻrsatilgan yukni silosning butun devoriga gorizontal bosimining pasayishini hisobga olish kerak, bunda gorizontal bosimning taqsimlanishi sxemasi 5-rasm boʻyicha qabul qilinadi.
Diametri 12 m lik va undan katta boʻlgan siloslarga yuklash yoki ulardan olib chiqishda gorizontal bosimni sochiluvchan don mahsulotining uning yuqori konusi perimetri boʻyicha har xil darajasini hisobga olib belgilash lozim.
115. Sochiluvchan don mahsulotlarining aylana temir-beton siloslar, qayrilib ishlaydigan qattiq qirrali poʻlat siloslar devorlariga gorizontal bosimi (1) formula boʻyicha aniqlanadigan tekis bosim va (3) formula boʻyicha aniqlanadigan lokal bosim summasiga teng etib qabul qilinadi.
Sochiluvchan don mahsulotlarining qirralar bilan kuchaytirilmagan aylana poʻlat listli siloslar devorlariga gorizontal bosimi perimetr boʻyicha bir tekisda taqsimlangan va (1) va (2) formulalar boʻyicha aniqlanadigan bosim summasiga teng deb qabul qilinadi. Bunda, silosdan sochiluvchan don mahsulotlar asosiy massasining tushirilishi markaziy chiqarish joyi orqali simmetrik oʻqli oqim bilan bajarilishi lozim.
5-rasm. Gorizontal bosimning tarqalish sxemasi
a — silos kesimi; b — reja; v — bosim epyurasi
116. (2) va (3) formulalarda a1 va a2 koeffitsiyentlarining sonli mohiyatlari 1-jadvalga binoan qabul qilinishi kerak.
h — silos tepasidan voronka yoki zabutka tepasigacha boʻlgan balandlik (1-chizmaga qarang)
d — silos diametri
h/d oraliq nisbatlari uchun a1 va a2 koeffitsiyentlari mohiyatlarini interpolyatsiya boʻyicha belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
117. Kvadrat hamda toʻgʻri burchakli siloslar va yulduzchalar devorlariga tilimi gorizontal bosim balandlik boʻyicha ularning har qanday joyida devorlarning butun perimetri boʻyicha bir tekisda taqsimlangan deb qabul qilinadi.
tilimdagi bosimning normativ mohiyati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (4)
bu yerda:
a3 — kvadrat silos yoki yulduzchaning butun perimetri boʻyicha teng taqsimlangan sochiluvchan materialning joydagi bosim koeffitsiyenti.
Tomonlari 3-4 m dan boʻlgan kvadrat siloslar va diametri 6-12 m, balandligi h³15 m boʻlgan tutashtirilgan siloslar yulduzchalari uchun a3 mohiyati eng kamida 0,20 ga teng etib qabul qilinadi, balandligi h³15 m boʻlganida — 0,1 ga teng etib qabul qilinadi.
Tomonlari 4 m dan katta boʻlgan kvadrat siloslar uchun a3 mohiyati tajriba maʼlumotlari boʻyicha, lekin eng kamida 0,20 etib qabul qilinadi.
118. Sochiluvchan don mahsulotlarning 3x3 m lik oʻlchamli kvadrat, diametri 6-12 m lik aylana va shunga oʻxshagan koʻp qirrali siloslar devorlariga gorizontal bosimning oʻzgaruvchanligi devorlarning chidamliligini sikl assimetriyasi koeffitsiyentini oldingi bosimli devorlarda Rs=0,85 va oldingi bosimsiz konstruksiyalar uchun Rs=Rb=0,7 deb hisob-kitob qilib hisobga olish lozim.
119. Sochiluvchan materialning silos devorlariga ishqalanish kuchi bilan beriladigan vertikal bosimining normativ mohiyati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (5)
120. Siloslar tubidagi sochiluvchan materialning vertikal normativ bosimi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (6)
bu yerda:
a4 — ushbu SHNQning 3-ilovasi boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
121. Pnevmatik chiqarish tizimlar, faol ventilyatsiya va harakatsiz sochiluvchan don mahsulotlarini gazlashtirish (qaynaydigan qatlamni hosil qilmasdan) ishlarida havo yoki gazning silos bosimini oshirishida sochiluvchan don mahsulotlari bosimidan tashqari yana havo yoki gazning silos devorlari va tubiga ortiqcha bosimi ham hisobga olinishi kerak.
122. Havo qaynaydigan qatlamni hosil qilib (gomogenizatsiya) bosimni koʻtaradigan siloslar uchun qaynab turgan qatlam doirasida devorlar va tubiga normativ bosim sochiluvchan materialdan va siqilgan havodan suyuqlikning 0,6g ga teng salmoqli gidrostatik bosimi sifatida belgilanadi, bunda:
g — sochiluvchan material salmogʻi mazkur SHNQning 1-ilovasida belgilangan.
Bunda, gemogenizatsiya jarayonida sochiluvchan don mahsulotlari salmogʻining kamayishi sababli uning darajasi oshishini hisobga olish lozim.
123. Tashqi havo haroratining sutka davomida oʻzgarishi va devor qalinligi boʻyicha haroratning oʻzgarib turishini sochiluvchan materialning tutashtirilgan yoki alohida turgan siloslarning tashqi devorlariga qoʻshimcha gorizontal bosimi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi, uni perimetri va balandligi boʻyicha bir tekisda taqsimlangan deb hisoblash mumkin. Ushbu bosimning normativ mohiyati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (7)
bu yerda:
T1 — sirtqi havo haroratining sutkalik amplitudasi, Gidrometdavqoʻm maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi;
Em — sochiluvchan materialning qisilishi deformatsiyasi moduli; don siloslari uchun Em mohiyatini quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
Em = 250(Rhn)0,63, MPa
(Em = 586(Rhn)0,63, kgf/sm2);
Ec — siloslar devorlari materialining egiluvchanligi moduli; temir-beton devorlar uchun tirqishlarni hisobga olib Ec — 10000 MPa (100000 kgf/sm2) etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi;
K1 — siloslarning poʻlat va monolit temir-beton devorlari uchun 2 va yigʻma temir-beton devorlar uchun 1 ga teng etib qabul qilinadigan koeffitsiyent;
d1 — devorlar materialining chiziqli haroratli deformatsiyasi koeffitsiyenti;
d — silosning ichki diametri;
t — devorlar qalinligi;
n — koʻndalang deformatsiyalarning boshlangʻich koeffitsiyenti (Puasson koeffitsiyenti), don mahsulotlari uchun 0,4 ga teng etib qabul qilinadi.
bosimni quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
, (7a)
bu yerda: Kt1 — quyidagilarga teng etib qabul qilinadigan koeffitsiyent: 0,4 — siloslarning poʻlat devorlari uchun; 0,2 — monolit temir-beton devorlar uchun qalinligi kamida 15 sm boʻlganida va 0,1 — devorlar qalinligi 15 sm va undan ortiq boʻlganida.
mohiyati silosning pastki zonasida (1) formula boʻyicha qabul qilinadi. ni (7) va (7a) formulalari boʻyicha aniqlashda beton quyishdagi va quyoshning notekis isitishidan boʻladigan qoʻshimcha kuchlar hisobga olinmaydi.
(7) formulada kvadrat siloslar uchun d ning oʻrniga l — qarama-qarshi devorlar oʻrtasidagi yorugʻlikdagi masofa etib qabul qilish kerak.
124. Sochiluvchan materialning siloslarning tubi yoki voronkalarining gorizontga nisbatan a burchagi ostidagi qiya yuzasiga normativ bosimi quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
voronkalar yoki tub yuzasiga normal bosim
, (8)
voronkalar yoki tub yuzasiga tegishli bosim
, (9)
125. Don tushirish quvurlari va aralash siloslar hamda yulduzchalar orqali chiqariladigan aylana va kvadrat siloslar devorlariga gorizontal bosim 110 — 124-bandlar talablarini hisobga olib, a1, a2 va a3 koeffitsiyentlarini Rs koeffitsiyentiga, Rb koeffitsiyentini g0=1,2 koeffitsiyentiga koʻpaytirib aniqlanadi.
126. Sochiluvchan materialning oʻlcham silos diametrining 0,15 qismidan ortiq boʻlmagan tushirish quvuri devorlariga normativ gorizontal bosimini (1) formulasi boʻyicha koeffitsiyent gext=1,5 ga koʻpaytirib aniqlashga yoʻl qoʻyiladi (diametri 6-18 m lik siloslar uchun).
Elektrotermometrlar ilgaklariga taʼsir qiladigan ishqalanish kuchlarini mazkur SHNQning 1-ilovasida berilgan ishqalanish koeffitsiyentiga koʻpaytirilgan bosim sifatida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
127. Sochiluvchan materiallarning gorizontal notekis bosimining qisqa muddatli qismi (2) — (4) formulalari boʻyicha aniqlanadigan tegishli halqali, lokal va tilimli bosimlarning 0,7 qismiga teng deb qabul qilinadi; notekis bosimning boshqa qismi, shuningdek (1) formulasi boʻyicha aniqlanadigan bosim uzoq muddatli gorizontal bosimlar deb qabul qilinadi.
7-bob. Konstruksiyalar hisobi
128. Sanoat bino va inshootlarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari GOST R 54257 talablariga javob berish kerak. Shu bilan birga konstruksiya uskunalariga 106 — 108-bandlariga muvofiq yuklar va ularning birikmalarni, shuningdek dinamik taʼsirlarni hisobga olish kerak.
Ishlab chiqarishning B toifasidagi xonalar (orayopmalar, toʻldirilgan montaj ochiq joylarni kiritgan holda, ichki devorlar, toʻsiqlar), shuningdek elevator, ustki silos va pastki silos qavatlarning ishchi binolar (siloslarning nishabli tubliklari (dnisha) va voronkalari) qolgan qisqa muddatli yuklarni hisobga olmagan holda xona ichidagi konstruksiya yuzasi boʻyicha teng tarqalgan qabul qilinadigan 215-bandi boʻyicha maxsus yuk taʼsiridan mustahkamlikka hisoblash kerak.
Yigʻma monolit orayopma hisobida qurilish vaqtida va monolitdan soʻng konstruksiyaning ish jarayonidagi sharoitlarga muvofiq yuklar va hisobiy sxemalarning oʻzgarishini hisobga olish kerak.
129. Qurilish jarayonida va yaxlitlangandan soʻng konstruksiyalarni ishlash sharoitiga muvofiqligini, yigʻma — yaxlit(monolit)li orayopmalarni hisoblashda, yuklarni oʻzgaruvchanligini va hisobiy tuzilishini hisobga olish kerak.
1-§. Temir-beton siloslar devorlari
130. Temir-beton siloslar devorlari tutib turish qobiliyati (mustahkamligi) QMQ 2.03.01-96 ga muvofiq boʻlishi kerak.
Siloslar devorlarini hisob-kitob qilishda yuklar va taʼsirlarning asosiy majmui hisobga olinadi. Havo bosimi va harorat taʼsirlaridan kuchni kuchli bosimlar majmui koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi, u — 0,9 ga, shamolniki — 0,8 lik koeffitsiyentga teng boʻladi.
131. Har xil sochiluvchan materiallarni saqlash mumkin boʻlgan siloslar devorlarini ushbu sochiluvchan don mahsulotidan paydo boʻladigan maksimal bosimga qarab hisoblash kerak. Tegirmon-yorma va kombikorm korxonalarining barcha siloslarini don bosimiga qarab hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
132. Sochiluvchan materiallar bosimining temir-beton siloslar devorlariga taʼsiri siloslar devorlarining kengligini hisobga olib aniqlanadi. Aylana tutashtirilgan siloslar devorlarining vertikal kesimlaridagi kuchlarni hisob-kitob qilishda ushbu siloslarni devorlari qobiqning konturi boʻylab doimiy kesishuvchi alohida turgan yopiq silindrik qobiqlar deb hisoblash kerak, bunda yulduzchalar bosimi kuchi alohida hisobga olinadi.
Aylana siloslar devorlaridagi kuchni ortotrop silindrik qobiq ishining tarang bosqichida, ularda tirqishlar paydo boʻlmasidan aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
133. Chetlarida devorlar bilan sharnirli bogʻlangan, diafragmaning gorizontal yuzalari qattiq boʻlgan aylana temir-beton siloslar devorlarining vertikal kesimlaridagi balandligi birligiga hisob-kitobdagi choʻzuvchi kuch N ni va hisob-kitobdagi qayiruvchi moment M ni (1-chizmaga qarang) quyidagi formulalar boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
, (10)
, (11)
bu yerda:
gf — bosim boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti, mustahkamlik va tirqishlar hosil boʻlishini hisob-kitob qilishda 1,3 ga teng va deformatsiyalar, tirqishlar ochilishi va yopilishi boʻyicha hisob-kitob qilishda 1 ga teng;
gs — ish sharoitlari koeffitsiyenti, 1 ga teng etib qabul qilinadi.
Materiallarning lokal bosimlari taʼsirini hisobga oladigan α1 va α2 koeffitsiyentlari quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
;
,
bu yerda:
ξ1 va ξ2 — devorlarning nisbiy qalinligini hisobga oladigan va quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyentlar:
;
.
t — qirrasiz silos devorlari qalinligi yoki qirrali devorlarning keltirilgan qalinligi (inersiya momentlari tengligi boʻyicha);
tnom — 2-jadval boʻyicha devorlarning nominal qalinligi.
S1 — bosim vaqtini hisobga oladigan koeffitsiyent, quyidagilarga teng qilib olinadi: 1 — toʻliq bosim taʼsirida; 0,7 — bosimning qisqa muddatli qismi taʼsirida va 0,3 — 127-bandga binoan bosimning uzoq muddatli qismi taʼsirida.
Koeffitsiyent S1=1 boʻlganida a1 va a2 mohiyatlari tegishlicha 6 va 7-chizmalarida keltirilgan grafiklar boʻyicha belgilanadi.
6-rasm. α1 koeffitsiyentning qiymati
7-rasm. (11) va (17) formulalar boʻyicha hisoblangan α2 momentlar koeffitsiyentning qiymati
134. Diametri 6 va 12 m boʻlgan, devorlar bilan sharnirli bogʻlangan, diafragmaning gorizontal yuzasida qattiq aylana temir-beton siloslar devorlarini quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan markaziy choʻzuvchi boʻylama kuch N ga h1, h2 va h3 balandliklardagi zonalarda (1-chizmaga qarang) hisoblab chiqishga yoʻl qoʻyiladi:
, (12)
bu yerda:
a1 — mohiyati h2 va h3 balandliklari doirasida 1-jadval boʻyicha qabul qilinadigan, h1 balandliklari doirasida — 0,5 ga teng deb olinadigan koeffitsiyent.
gs — ish sharoitlari koeffitsiyenti, 1 ga teng etib qabul qilinadi.
h³30 m boʻlganida h1=h2= h3=5 m; h ning kichik mohiyatlarida h1,h2 va h3 zonalar balandligi h/6 ga teng etib qabul qilinadi.
135. Koʻp qirrali siloslar devorlarini hisob-kitob qilishda (toʻgʻri burchaklilaridan tashqari) boʻylama choʻzuvchi kuchlar diametri koʻp qirrali silosning toʻrtta gidravlik radiuslariga teng boʻlgan aylana silos kabi (10) formulasi boʻyicha aniqlanadi.
Koʻp qirrali silosning qirralaridagi oraliq va tayanchga oid qayiruvchi momentlar (11) va (17) formulalari hisoblangan summa sifatida aniqlanadi. (17) formulasida Rhn=0 etib va masofani koʻp qirrali silosning ichki qirrasiga teng — l qilib qabul qilish lozim.
136. Aylana va koʻp qirrali bloklashtirilgan siloslar aralash siloslar toʻldirilmagani holda yulduzchalar toʻldirilganida (8a-rasm) ushbu siloslar devorlarining yulduzcha devorlarida paydo boʻladigan kuchlar summasiga, shuningdek yulduzcha va aralash silos toʻldirilgan hollar (8b-rasm). Bunday toʻldirish hollarida devorlarni tirqishlar hosil boʻlishi va ochilishi holatiga hisob-kitob qilmaslikka va ularga harorat taʼsirlarini hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Yulduzchaning toʻldirilishida uning devorlarida yuz beradigan boʻylama kuchni hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi, qayiruvchi moment mohiyatini esa quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
, (13)
bu yerda:
α3 — 8v-chizmada koʻrsatilgan j burchagiga qarab tayanch va oraliq momentlar uchun 3-jadval maʼlumotlariga koʻra qabul qilinadigan koeffitsiyent.
— 110-band boʻyicha aniqlanadigan yulduzcha devoridan sochiluvchan materialning normativ gorizontal bosimi; siloslar qatorlashib joylashganida silos korpuslari yulduzchalari uchun etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
— formula (1) boʻyicha silosdagi bosim.
8-rasm. Yulduzchaning hisob-kitoblariga
a — yulduzchaning toʻldirilishi; b — yulduzchaning va silosning toʻldirilishi; v — ψ burchagining belgilanishi; g — yulduzcha devorlarining qoʻshimcha armaturalanishi: 1 — tayanch armatura; 2 — oraliq armatura
Yulduzchani va silosni toʻldirishda (8b-chizmaga qarang) boʻylama kuchni va bukuvchi moment quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
, (14)
, (15)
Bir-biriga tegadigan joylarida tutashgan yigʻma siloslarga ega silos korpuslari uchun (13) formulada koeffitsiyent gs ni sirtqi siloslar uchun 1,25 ga va ichki siloslar uchun 2,5 ga teng etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
137. Markazidan boshqa joyda yuklanadigan yoki tushiriladigan diametri 12 m va undan katta boʻlgan siloslar devorlarini uning yuqori konusining perimetri boʻyicha sochiluvchan don mahsulotlarining turli darajasini hisobga olib belgilanadigan kuchlarni oʻrganish lozim.
138. Kvadrat temir-beton siloslari devorlarining vertikal kesimlaridagi sochiluvchan materialning gorizontal bosimlaridan hosil boʻladigan hisob-kitobdagi choʻzuvchi boʻylama kuch N ni va hisob-kitobdagi qayiruvchi kuch M ni quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
, (16)
, (17)
bu yerda:
β1 — oraliq qayiruvchi moment uchun 1/24 ga teng koeffitsiyent, 1/12 — monolit siloslarning tayanch momenti uchun, yigʻma silosli silos korpuslari uchun — uzellardagi birikmalarning konstruktiv yechimiga bogʻliq boʻlgan devorlarning ishlanishi qattiqligini hisobga olib belgilanadi.
Tutashtirilgan yoki bittalik siloslarning tashqi devorlarini hisob-kitob qilishda qoʻshimcha qayiruvchi momentlar Mt (kvadrat va koʻp qirrali siloslar uchun) va harorat taʼsirlaridan choʻzuvchi boʻylama kuchlar N. Bu kuchlarni quyidagi formulalar boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
, (18)
, (19)
, (20)
bu yerda:
gt — bosim boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti, mustahkamlikni hisob-kitob qilishda 1,1 ga va deformatsiyalar, tirqishlarning ochilishi va yopilishi boʻyicha 1 ga teng boʻladi.
Aylana siloslar devorlarining 134-bandga binoan hisoblanadigan yuqorigi va pastki uchastkalari uchun harorat taʼsirlarini hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
139. Toʻgʻri burchakli siloslar devorlarini hisob-kitob qilishda (1) formula boʻyicha bosimdan bukilish devorlar oʻqlaridagi oraliqning 1/200 qismidan oshmasligi kerak.
Aralash siloslar turli vaqtda boʻshatilganida ikkinchi guruhning eng soʻnggi holatlari boʻyicha hisob-kitoblarda QMQ 2.03.01-96 boʻyicha aniqlangan tirqishlarning ochilishi va bukilishning kengligi mohiyatini Svar koeffitsiyentiga koʻpaytirish kerak. Svar mohiyati ds=200 MPa (2000 kg/sm2) da 1,1 ga va ds=270 MPa(2700 kg/sm2) da 1,2 ga teng deb qabul qilinadi.
140. Sochiluvchan materiallarning gorizontal bosimlarni pasaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda don tushirish quvurlari orqali yoki aralash siloslar va yulduzchalar orqali tushiriladigan siloslar devorlarida sochiluvchan materiallarning gorizontal bosimlaridan kuchlarni (10), (11), (16) va (17) formulalar boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi, α1, α2, va koeffitsiyentlarini (balandliklar uchun h2 va h3 — (12) formuladagi koeffitsiyent a1) 0,3 ga teng boʻlgan pasaytiruvchi koeffitsiyent g1 ga koʻpaytirish lozim.
141. Siloslar devorlaridagi butun blok sifatidagi bloklashtirilgan siloslarning qayrilishidan paydo boʻlgan qoʻshimcha kuchlarni tarang asosdagi siloslar blokini hisob-kitob qilish bilan aniqlash kerak.
142. Siloslar devorlarining hisob-kitobida ish sharoitlari koeffitsiyentlarini QMQ 2.03.01-96 talablariga muvofiq aniqlash lozim.
Sirgʻaluvchan opalubkada tiklanadigan siloslar devorlari uchun sochiluvchan materiallarni toʻldirish doirasida armaturaning ish sharoitlari koeffitsiyenti gs=0,9, betonning ish sharoitlari koeffitsiyenti gb=0,75. Eng soʻnggi koeffitsiyentga Rb va Rbt ni koʻpaytirish kerak. gb=0,75 boʻlganida — bosim harakati vaqtini hisobga oladigan koeffitsiyent gb2 1 ga teng deb qabul qilinadi.
143. Vertikal armaturaning kesishish maydoni QMQ 2.03.01-96 da koʻrsatilgan minimaldan kam boʻlgan temir-beton siloslari devorlarini 142-bandda keltirilgan ish sharoitlari koeffitsiyentiga ega beton konstruksiyalari sifatida qisishga hisoblab chiqish kerak.
Izoh: Silos diametri 9 m boʻlganida a3 koeffitsiyentining mohiyati interpolyatsiya bilan aniqlanadi.
144. Sochiluvchan don mahsulotlarining uyumning yuqori qismidan Z chuqurlikda silosning devoriga ishqalanishidan gorizontal koʻndalang kesim perimetri uzunligi birligiga hisob-kitobdagi vertikal boʻylama kuch N ni quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (21)
Siloslar devorlarining qisilishga chidamliligini hisob-kitob qilishda aralash siloslarning yuklanishini hisobga olish kerak.
Tushirish quvurlari devorlarida va elektrotermometrlar ilgaklarida hosil boʻladigan boʻylama kuchlarni (21) formulasi boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi, natija koeffitsiyent gext=1,5 ga koʻpaytiriladi. Tushirish quvurlari uchun yana quvur ichidagi sochiluvchan materialning ishqalanish kuchini ham hisobga olish kerak.
145. Siloslar devorlarining siqilishga chidamliligini hisob-kitob qilishda siqilishning maksimal kuchlarini devorlarning silos tubi plitasiga, balkalar yoki fundament plitasiga tayanadigan joylarida aniqlash kerak.
Siloslar devorlari pastki zonasining siqilishga chidamliligini hisob-kitob qilishda sochiluvchan materiallarning vaznidan hisob-kitobdagi bosim 0,9 ga teng boʻlgan koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.
146. Diametri 12 m dan ortiq temir-beton siloslar devorlarining gorizontal va vertikal armaturasini hisob-kitob qilishda, shamolning bosim kuchini ham hisobga olish lozim, bunda toʻldirilgan silosdagi silos qobigʻining radial deformatsiyalarini toʻldirish reaksiyasini hisobga olib aniqlash kerak. Bunda sochiluvchan materialni S toʻshama koeffitsiyentli liniyali-bosiladigan asos sifatida koʻrib chiqish lozim. Bu koeffitsiyentni quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak boʻladi:, bunda: Em 123-band boʻyicha aniqlanadi.
147. Siloslar devorlari boʻlganida bunker devorlari sifatida bosim kuchiga tekshirib koʻrilishi lozim.
Sochiluvchan materialning uyumning yuqori qismidan Z chuqurlikda bunker devorlariga bosimi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (22)
2-§. Poʻlat siloslar
148. Poʻlat aylana siloslar devorlari ham temir-beton aylana siloslar devorlariga boʻlgani kabi kuchli bosimlar va taʼsirlar majmuiga qarab hisoblab chiqish kerak.
149. Halqali qayiruvchi momentlarni qabul qilmaydigan aylana poʻlat siloslarning devorlarida sochiluvchan materiallarning gorizontal bosimlaridan hisob-kitobdagi choʻzuvchi halqali boʻylama kuchni quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
, (23)
Gorizontal kesimlardagi siqilish kuchlariga mustahkamlik va barqarorlik SHNQ 2.03.05-23 koʻrsatmalariga muvofiq va koeffitsiyent gs=1,0 boʻlganida donning ichki bosimining tutib turuvchi taʼsirini hisobga olib oʻrganilishi kerak.
150. Silos devorlari balandligi boʻlganida 147-banddagi koʻrsatmalarga amal qilish kerak, bunda silos devorlari qoʻshimcha ravishda sochiluvchan materialning silos devoriga ishqalanishining vertikal kuchlarini hisobga olib barqarorlikka ning oʻrniga (22) formulasi boʻyicha aniqlanadigan qabul qilinadigan (5) formulasi boʻyicha oʻrganiladi.
151. Silos shakli oʻzgaradigan joylar, jumladan silindrik qism konussimon qism yoki yassi tublik bilan kesishadigan zona, bosimlar keskin oʻzgaradigan joylar SHNQ 2.03.05-23 boʻyicha qoʻshimcha joylardagi kuchlanishlarga (eng soʻnggi effekt)ga tekshirilishi kerak.
3-§. Siloslarning voronkalari va tubliklari
152. Siloslarning konussimon voronkalarining hisob-kitobini gorizontal halqali choʻzilish va oʻqdagi hosila atrofida harakat qiladigan choʻzilishga qarab bajarish lozim.
Konussimon voronkadagi hisob-kitobdagi choʻzuvchi boʻylama kuchlarni — meridional kesimdagi gorizontal Nh ni va voronkani hosil qiluvchi atrofida halqali kesimda gorizontga nisbatan α burchagi ostida harakat qiladigan Nr ni (9-chizma) quyidagi formulalar boʻyicha aniqlash kerak:
, (24)
, (25)
bu yerda:
gf1 — silos voronkasining oʻzining vazni bosimi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
g — voronka devori maydon birligining oʻz vazni;
G1 — voronkaning kesim tekisligidan pastda joylashgan sochiluvchan materialli qismi vazni.
gs ish sharoitlari koeffitsiyentining mohiyatlari mazkur SHNQning 3-ilovasida berilgan.
153. Piramidal voronkalar qirralarini (8) formulasi boʻyicha aniqlanadigan bosimdan joydagi bukilishga (qirra yuzasidan) voronkaning vertikal va gorizontal kesimlaridagi choʻzuvchi boʻylama kuchlar bilan birgalikda hisoblab chiqish kerak.
Piramidal kvadrat voronka qirrasi yonidagi gorizontal choʻzuvchi kuchni (24) formulasi, piramidal kvadrat voronka qirrasi atrofidagi choʻzuvchi kuchni esa — (25) formulasi boʻyicha aniqlash kerak, bunda dz ning oʻrniga voronkaning koʻrib chiqilayotgan kesimdagi qirrasini, “p“ kattaligining oʻrniga esa 4 ni qabul qilish kerak.
154. Tublik balkalarini silosning devorlari va tubi (yoki voronka) orqali beriladigan bosimga qarab hisoblash kerak, bunda siloslar devorlaridan bosim g1 balkaga l1 uzunligiga bir tekisda taqsimlangan shaklda beriladi (10-chizma).
g2 tubligidan bosim, shuningdek l1>l0 boʻlganida siloslar devorlaridan bosim balka perimetri boʻylab bir tekisda taqsimlanadi.
9-rasm. Konussimon voronkaning hisobiy sxemalari.
a — voronka oʻlchamlarining ifodalanishi; b — gorizontal choʻzuvchi kuchni aniqlash uchun rasm; v — meridional kuchni aniqlash uchun rasm (qiyalik boʻylab)
10-rasm. Kuchning balkadan ustunga berilishi.
g1 — silos devoridan bosim; g2 — (voronka) tubidan bosim; l1 — silos devorining balkaga tayanishining hisob-kitobli uzunligi; h — balkaning balandligi; b — ustun kallagi kengligi; l0 — ustunlar oʻqlari oʻrtasidagi masofa
155. Yassi qiya tubliklarni va tubliklar balkalarini hisob-kitob qilishda kuchlarni sochiluvchan materiallar bosimini (8) va (9) formulalari boʻyicha hisobga olib va ushbu SHNQning 3-ilovasida keltirilgan ish sharoitlari koeffitsiyenti gs ni aniqlash kerak boʻladi.
156. Siloslarning tarang asosdagi blokini hisob-kitob qilishda siloslar tubidagi qoʻshimcha kuchlarni 141 va 158-bandlar koʻrsatmalariga muvofiq belgilash lozim.
4-§. Silos tagidagi qavatlar kolonnalari
157. Silos tagidagi qavatlar kolonnalarini fundamentga qurilgan stoykalar sxemasi boʻyicha, silos tubiga amalda mahkamlanishni hisobga olib hisoblash kerak, bunda kolonnalarning hisob-kitobdagi uzunligini kolonnalarning ularning tagligidan kapitelning yuqorisigacha boʻlgan balandlikdan kam qilmasdan qabul etish lozim.
Temir-beton ustunlardagi armatura tarkibining maksimal foizi 3% dan oshmasligi kerak.
158. Silos tagidagi qavat ustunlarini ularga siloslarni yuklashning har xil chizmalarida tushadigan maksimal kuchlarga qarab hisoblash kerak (silos korpuslarining toʻliq yoki qisman toʻldirilishida), bunda sochiluvchan don mahsulotlari vaznidan tushadigan 107 va 109-bandlarga binoan aniqlanadigan hisob-kitobdagi yuk 0,9 ga teng boʻlgan koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.
159. Agar silos ostidagi qavat kolonnalari sirgʻaluvchan opalubkada betonlanadigan boʻlsa, unda ularni siloslar devorlariga tublikdan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan hz1 balandlikkacha betonlash kerak:
, (26)
bu yerda:
N — silos tagidagi qavat kolonnasidagi boʻylama kuch;
A1 — 11-chizmadagi shtrixlangan maydon;
Rb — betonning bosimga hisob-kitobdagi qarshiligi;
Rbt — betonning choʻzishga hisob-kitobdagi qarshiligi;
n1 — kolonnaga tutashgan siloslar devorlari soni.
hz — ni quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
, (27)
bu yerda:
lan — QMQ 2.03.01-96 boʻyicha armatura ankerovkasi uzunligi.
Silos tagidagi qavatning yigʻma temir-beton kolonnalarning mustahkamligini hisob-kitob qilishda QMQ 2.03.01-96 talablariga muvofiq hisobga olinadigan tasodifiy ekssentrisitetni kamida 2,5 sm etib qabul qilish kerak.
11-rasm. Silos ostidagi qavatning suriluvchi opalubkada beton qilinadigan ustunning siloslar devoriga joylashtirilishi
5-§. Asoslar va fundamentlar
160. Bino va inshootlarning asoslari va fundamentlarini loyihalashtirish SHNQ 2.02.01-19 va ushbu SHNQga muvofiq amalga oshiriladi.
161. Fundamentlarni yaxlit plitalar shaklida quyishda ularning silos ostidagi qavat poli belgisidan boshlanadigan chuqurligini hisob-kitobdagi muzlash chuqurligining kamida yarmiga teng masofada olinishi lozim.
162. Plitalar betonlashtirilganidan soʻng kamida 3 oydan keyin sochiluvchan don mahsulotlari bilan toʻldiriladigan silos korpuslarining monolit plitalarini hisob-kitob qilishda beton klassini toʻldirish muddatlarini hisobga olib tanlash kerak.
163. Silos korpuslari va elevatorlar ishchi binolarining asoslarini deformatsiyalar boʻyicha hisob-kitob qilishda liniyali deformatsiyalanadigan yarim makon shaklidagi hisob-kitob sxemasini qoʻllash kerak.
Koʻrsatilgan bino va inshootlarga nisbatan liniyali deformatsiyalanadigan qatlam shaklidagi hisob-kitob sxemasini qoʻllanishga tegishlicha asoslash boʻlganida yoʻl qoʻyiladi.
164. Silos korpuslarining asoslari va fundamentini hisob-kitob qilishda sochiluvchan materialning hisob-kitobdagi vaznini 0,9 lik qoʻshimcha pasaytiruvchi koeffitsiyent bilan qabul qilish lozim.
165. Diametri 3 — 12 m lik aylana siloslar va 3x3 lik kvadrat siloslarga ega silos korpuslari fundament plitalarining asos ostidagi tuproqqa bosimini korpusning toʻliq toʻldirishning 2/3 qismiga bir tomonlama qilib toʻldirilishidagi bosimlarning toʻgʻri burchakli epyura boʻyicha taqsimlanishini hisobga olib aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
166. SHNQ 2.02.01-19 da koʻrsatilgan oʻrtacha choʻkish va ogʻishlarning eng katta mohiyatlari tegishlicha asoslanganida koʻpaytirilishi mumkin.
Silos ostidagi bir necha qavatlarga ega silos korpuslari uchun fundament plitalari ogʻishishi kamida 0,002 boʻlishi, oʻrtacha choʻkish — 16 sm dan oshmasligi kerak.
Alohida turgan poʻlat siloslar uchun choʻkishlarning nisbiy farqi koʻpi bilan 0,004 boʻlishi, oʻrtacha choʻkish — 15 sm dan oshmasligi kerak.
167. Silos korpuslari kolonnalari ostidagi alohida turgan fundamentlarning choʻkishlarini har bir fundament uchun siqiladigan qalinlikning yuqori qismi doirasidagi fundament choʻkishlari bilan ushbu qalinlikning boshqa qismi uchun shartli yaxlit plitaning choʻkishlari summasi sifatida qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
168. Silos korpuslari fundamentlarining vaqtinchalik bosim kuchidan ogʻishini aniqlashda gruntning bundan oldin kamida 2 oy davomida bir tekisdagi boshlangʻich bosim bilan siqilishini hisobga olish kerak. 57-bandga muvofiq bunda grunt deformatsiyasi moduli ni quyidagiga teng etib qabul qilish kerak:
, (28)
bunda: Emt — tuproq deformatsiyasining qisiladigan qalinlik doirasidagi oʻrtacha moduli;
ke — grunt deformatsiyasi moduli oshishining koeffitsiyenti, u quyidagilarga teng deb qabul qilinadi: qumli tuproq uchun — 1,5; oquvchanlik koʻrsatkichi JL £ 0.25 boʻlgan changli-loyli grunt uchun — 1,3; oquvchanlik koʻrsatkichi JL £ 0,5 boʻlgan changli-loyli grunt uchun — 1,2; boshqa turdagi grunt uchun — 1,0.
6-§. Omborlar
169. Don omborlarining don mahsulotlari bosimi taʼsir qiladigan tutib turuvchi devorlari va fundamentlarini tayanch devorlar sifatida hisoblash kerak.
170. Don omborlari devorlarining darvozalarga tegib turgan uchastkalarini darvozaning ochiq joylariga vaqtincha qoʻyilgan shchitlar orqali don mahsulotlariga taʼsir etadigan bosimini hisoblash zarur.
172. Don omborlarining donli mahsulotlarning gorizontal bosimi tushadigan fundamentlarini siljishga taʼsir qilishini ham oʻrganish kerak.
173. Idishli yuklar omborlarining bostirma plitalarini ularga akkumulyatorli yuklagichlar gʻildiraklaridan tushadigan kuchga taʼsirini ham oʻrganish kerak.
8-bob. Suv taʼminoti va kanalizatsiya
174. Donni saqlash va ishlov berish binolari va inshootlarining ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi QMQ 2.04.01-98, SHNQ 2.04.02-19, QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
175. Korxonalardagi suv taʼminotini suv yetkazib berishning ishonchliligi boʻyicha ikkinchi toifali etib qabul qilish kerak.
Yongʻinga qarshi suv taʼminotini suv havzalari yoki rezervuarlaridan oladigan qilib qurilganida uchinchi toifani qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
176. Donni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suv sifati Oʻz DST 950-2000 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
177. Korxonalarning tashqi oʻt oʻchirishi uchun suvning hisob-kitobdagi sarfini ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi boʻyicha toifasi, binolar yoki inshootlar hajmi va ularning olovbardoshlik darajasiga qarab QMQ 2.04.02-19 ga muvofiq belgilash kerak.
178. Yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilgan don omborlari guruhining tashqi oʻt oʻchirilishi uchun suvning hisob-kitobdagi sarfini 4-jadval boʻyicha belgilash lozim.
179. Texnologik ehtiyoj uchun suvning sifati SanQvaN 2.1.4.1074-01 talablariga javob berishi kerak.
180. Ichki yongʻinga qarshi vodoprovodni qurish zaruratini ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi boʻyicha toifasi, binoning olovbardoshlik darajasi hajmiga qarab bajarish lozim.
181. Yongʻin oʻchirish nasoslari, shuningdek nasos stansiyasidagi nasos-dozatorlar soni kamida ikkita (shu jumladan, bitta rezerv) boʻlishi lozim.
182. Don mahsulotlarini qayta ishlaydigan ishlab chiqarish binolaridagi maishiy xonalarning issiq suv taʼminotini tegishlicha texnik-iqtisodiy asoslash boʻlganida elektr bilan isitishni qoʻllab loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
183. Elevatorlar, don omborlari, xomashyo va tayyor mahsulotlar korpuslarining isitilmaydigan bino va inshootlarida ichki yongʻinga qarshi vodoprovod qurilishini nazarda tutmaslik kerak.
Isitilmaydigan binoda joylashgan isitiladigan ishlab chiqarish xonalarini ularning hajmiga qarab QMQ 2.04.01-98 ga muvofiq jihozlash zarur.
184. Tegirmon-yorma va kombikorm sanoati korxonalarining ishlab chiqarish ehtiyojlariga suv sarfini texnologik topshiriq va texnologik loyihalashtirish normalariga muvofiq qabul qilish kerak. Texnologik sarflar uchun bir soatlik notekislik koeffitsiyentini 1 ga teng etib qabul qilish lozim.
185. Donni saqlash va ishlov berish xonalarida oʻtkaziladigan sovuq suvning ichki vodoprovod tarmoqlarini loyihalashtirishda quvurlarning kondensat tushmaydigan qilib yonmaydigan materiallardan termoizolyatsiyasini nazarda tutish lozim.
186. Donni saqlash va qayta ishlash binolari va inshootlarida, shuningdek yordamchi xonalarda oʻt chiqishining oldini olish va yoʻqotishga doir avtomatik uskunalarni SHNQ 2.04.09-07 ga binoan loyihalashtirish zarur.
187. Korxonalarning xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish vodoprovodlari bilan birlashtirilishiga SHNQ 2.04.02-19 ga binoan yoʻl qoʻyilmaganida mustaqil yongʻinga qarshi vodoprovodning qurilishi mumkin.
188. Rezervuarlar yoki suv havzalarida daxlsiz yongʻinga qarshi va avariyali zaxiralarni qayta tiklashning maksimal muddati 72 h dan koʻp boʻlmasligi lozim.
189. Yongʻinga qarshi va birlashgan yongʻinga qarshi-ishlab chiqarish-xoʻjalik vodoprovodlarining nasos stansiyalari ishlash ishonchliligiga koʻra I toifaga, ishlab chiqarish-xoʻjalikniki — II toifaga, xoʻjalikniki — III toifaga kiradi.
190. Elevatorning gidrantlardan 50 m dan yuqorida joylashgan ishchi binosida nasoslar yordamida oʻt oʻchirish uchun eng yuqori nuqtadagi kompakt oqimni 5 l/s hisob-kitobli sarfi bilan kamida 10 m etib qabul qilish kerak.
192. Tegirmonlarning ishlab chiqarishdan oqova suvlari tarkibini loyihaning texnologik qismi boʻyicha qabul qilish kerak.
1-§. Oqova tizimlari
191. Bino va inshootlar QMQ 2.04.03-19 ga binoan maishiy va ishlab chiqarish kanalizatsiyasining ajralgan tarmoqlarini nazarda tutish kerak.
Ishlab chiqarishdan oqova suvlari sarfini tegishli ishlab chiqarish ehtiyojlariga suv sarfiga teng etib qabul qilish lozim.
193. Donni qayta ishlaydigan ishlab chiqarish xonalarida hoʻllab tozalashdan oldin hamma chang changyutgichlar yordamida tozalanishi kerak.
Hoʻllab tozalash nazarda tutiladigan xonalar pollarida traplarni nazarda tutish kerak. Pollarning traplarga nisbatan qiyaligini, odatda, beton boʻlmagan choksiz pollarda 0,5¸1 %, beton pollarda 1,0¸2 % etib qabul qilish lozim.
194. Un, yorma va kombikormlarni ishlab chiqarish va saqlash xonalarida maishiy kanalizatsiyaning gorizontal quvuroʻtkazgichlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
195. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarishdan oqova suvlarning maishiy kanalizatsiyaga chiqarib tashlashdan oldingi lokal tozalanishi texnologik sxemaga binoan nazarda tutilishi lozim.
196. Korxonalardagi yomgʻir suvlari kanalizatsiyasini QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq nazarda tutish kerak.
197. Laboratoriyalarda sovuq suv keltirilgan rakovinalarni nazarda tutish zarur.
Olib kelinadigan suvli variant uchun vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga ulamasdan qoʻl yuvgichlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
9-bob. Isitish, ventilyatsiya va issiq suv taʼminoti
198. Bino va inshootlar xonalaridagi havoning hisob-kitobdagi parametrlarini har bir aniq holatda texnologik loyihalashtirish normalari, geofizik va iqlimiy parametrlarni hisobga olib qabul qilish kerak.
199. Ishlab chiqarish changi tarkibi koʻp boʻladigan binolar, xonalarda isitish asboblarining silliq yuzaliligini nazarda tutish lozim.
200. Ishlab chiqarish binolarida ishlab chiqarish xonalarining kirib keladigan ventilyatsiyasi bilan qoʻshilgan havo bilan isitish va hamma yordamchi xonalarda markaziy suv bilan isitish tizimi qurilishi nazarda tutilishi lozim.
201. Ishlab chiqarish xonalarida ish vaqti boʻlmagan paytda 5 °S dan past boʻlmagan navbatchi isitishni tutib turish kerak.
202. Bino va inshootlarning isitish va ventilyatsiya tizimida issiqlik tashuvchi sifatida issiq suv ishlatilishi lozim.
203. Elevator, silos korpuslari, xomashyo, tayyor mahsulotlar va don omborlarining ishchi binolarini isitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
204. Joylardagi isitish asboblariga ega isitish tizimlaridagi issiqlik tashuvchi va ventilyatsiya qurilmalarining haroratini QMQ 2.04.05-97, I oʻzgartirish, 10-jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.
205. Tashqaridan oqib keladigan havoni changdan tozalashni (texnologiya talablariga muvofiq) don tozalash, maydalash, chiqarish (qadoqlash), oqlash sexlari (boʻlimlari) va kombikorm sexlari xonalarida nazarda tutish lozim.
Havo bilan isitish uchun tashqaridan keladigan havoni havo filtrlarida tozalash lozim.
206. Elektr shchitlari xonalarida ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborishga moʻljallangan mexanik kirituvchi va chiqaruvchi ventilyatsiyani nazarda tutish kerak.
207. Elektr shchitlari va dispetcherlik xonalariga beriladigan oqib keluvchi havo havo filtrlarida tozalanishi lozim. Ventilyatsiya kameralari germetik boʻlishi va filtrlarga xizmat koʻrsatish joylariga ega boʻlishi kerak.
Yilning sovuq va oʻtish davrlarida elektr shchitlari xonalaridagi havoning retsirkulyatsiyasini nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
208. Elevatorlar va don omborlarining oʻtish tunnellarida havo bir marta almashadigan chiqaruvchi ventilyatsiyani nazarda tutish lozim.
209. Ventilyatsiya, havoni shamollatish va havo bilan isitish tizimlarining havo oʻtkazgichlarining aylanma kesimliligini qoʻllash kerak. Toʻgʻri burchakli kesimli havo oʻtkazgichlarni vertikal stoyaklar uchun qoʻllash zarur.
210. Don va uning chiqitlarini olib oʻtish va ishlov berish operatsiyalari bajariladigan obyektlarda oʻzi oqib ketadigan va havo bilan oʻtkazgich qurilmalar metalldan yoki boshqa yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
211. Ishlab chiqarish xonalariga havo oʻtkazgichlar kiradigan joylarda ularga texnik-iqtisodiy asoslashga qarab mexanik yoki avtomatik olovni tutib qoladigan klapanlar oʻrnatilishi kerak.
212. Donning faol shamollatilishini tashqaridan keladigan havo bilan, qishki davrda — tashqaridan keladigan havoni isitish yoʻli bilan nazarda tutish lozim.
Urugʻlar uyumini faol shamollatadigan qurilmalar bilan jihozlangan ombor xonalarida xonalarga faol ventilyatsiya tizimi boʻyicha keladigan havoni chiqarib yuborish uchun chiqaruvchi ventilyatsiyani nazarda tutish kerak.
213. Zamin quvurlari yordamida donni shamollatish tizimidan foydalanish fermer xoʻjaliklarida donni toʻgʻri sharoitda saqlashga imkon beradi. Bunga sovitish, qisman quritish va profilaktik havo almashinuvi orqali erishiladi (mazkur SHNQning 4-ilovasiga qarang).
214. Texnologik va maishiy ehtiyojlarga suvni tayyorlash uchun bugʻning texnologik isteʼmolchilaridan qoladigan kondensat issigʻidan foydalanishni nazarda tutish kerak.
215. Donni saqlash va qayta ishlash bino va inshootlarini loyihalashtirishda aspiratsiya tizimlari orqali atmosferaga chiqarib yuboriladigan, don uni, kombikormlar changi bilan zararlangan havoning ikki bosqichli chang tutuvchi qurilmalardan foydalanib tozalanishi nazarda tutilishi lozim.
10-bob. Elektr taʼminoti va elektrotexnika qurilmalari
216. Barcha bino va inshootlarning elektr (tok) qabul qilgich (priyomnik)lari elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha 2-toifasiga kiritiladi.
Nasos stansiyalariga ega obyektlarning elektr taʼminoti toifasi ularning ishonchliligi toifasidan past boʻlmasligi kerak, elektr manbalarining birida SHNQ 2.04.02-19 talablarini hisobga olib faqat nasos stansiyasining ehtiyojlarini qondiradigan quvvat bilan qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
217. Bino va inshootlarning elektr qurilmalarini loyihalashtirish atrof-muhitdagi shart-sharoitlarni va xonalar hamda elektr qurilmalarining portlash xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi va odamlarni elektr toki urishi xavfsizligi boʻyicha tasniflanishini hisobga olib bajarilishi kerak.
218. Hisoblashda talab koeffitsiyenti, quvvat koeffitsiyenti xamda kuch va yorituvchi elektr quvvati yuklamalaridan tigʻiz davrda (maksimumda) foydalanish yillik soatlari soni 5-jadvalga muvofiq olinishi lozim.
Izohlar: 1. Maʼlumotlar mavjud boʻlganida hisob-kitoblarni foydalanish va maksimum koeffitsiyentlari usuli boʻyicha bajarish kerak.
2. Talab koeffitsiyentlari transformator podstansiyalari 0,4 kV shinalaridagi isteʼmol quvvatini hisob-kitob qilish uchun keltirilgan.
219. Binolar va inshootlarning sunʼiy yoritilishini loyihalashtirishda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
6-jadvalga muvofiq vizual ish va xonalar yoritilishining toifalari;
tegirmonlar, yorma zavodlarining ishlab chiqarish xonalari va dispetcherlik xonalari uchun lyuminessentli lampali chiroqlar;
kombikorm zavodlari xamda boshqa binolar va xonalar uchun yorugʻlik chiqaradigan diodli va energiya tejovchi lampalar (DRL lampalarini qoʻllanishga yoʻl qoʻyiladi);
taʼmirlashda yoritish uchun — olib yuriladigan chiroqlar, shtepselli boʻlinmalar va statsionar pasaytiruvchi transformatorlarga ulangan 36 V kuchlanishli maxsus tarmoq. Bunday maqsadlar uchun akkumulyatorli fonarlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Yoritish normalari va vizual yoritish toifalarini 6-jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.
220. Korxonalar, ishlab chiqarish maydonchalari, oʻtish yoʻllarining yoritilishi uchun, odatda, yoritishning gazorazryadli (yuqori va past bosimli) manbalarini qoʻllanilishi lozim.
Choʻgʻlanma lampalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
221. Tashqarini yoritish tarmogʻining hisob-kitobi uchun talab koeffitsiyentini 1 (bir)ga teng etib qabul qilish kerak.
222. “B” va “V” toifalariga kiritilgan obyektlarda oʻrnatilgan uskunalarni statik elektr qurilmalaridan himoya qilish uchun quyidagi tadbirlarni nazarda tutish lozim:
toʻsiqlar bilan uzatma tasmalar oʻrtasidagi zazorlar 150 mm, 5 m/s dan ortiq liniyali tezlikli yassi tasmalarda — 200 mm boʻlishi kerak, bunda uzatma tasmalarning metall toʻsiqlari yerga ulanishi lozim;
turli xil metalllar juftini yerga ulash qurilmasi;
ishchi mashinalari, apparatlar, uskunalar kojuxlarini yerga ulash qurilmasi;
matoli filtrdan oʻtkazilgan yupqa simdan ishlangan nodir mis toʻriga havo kirish tomonidan prokladka qoʻyilishini nazarda tutish kerak;
toʻrni yerga ulash lozim;
har bir yerga ulangan mashinadan yerga ulagich bilan tutashgan himoyali yerga ulashning yigʻma shinasiga alohida sim borishi kerak;
aspiratsion tarmoqlarning havo oʻtkazgichlarini yerga ulangan simlarni havo oʻtkazgichlarning flanslariga ulash va bu flanslarni oʻzaro bir-biriga ularga payvandlangan sim bilan ulash lozim.
11-bob. Avtomatlashtirish. Umumiy talablar
223. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish GOST 21.408-93 talablari asosida bajarilishi kerak.
224. Avtomatlashtirish asboblari, shchitlari va vositalari ular oʻrnatiladigan hamda ishlatiladigan muhitga muvofiq tarzda (oddiy, chang-tomchilardan himoyalangan, portlashdan himoyalangan, antikorroziyali) qoʻllanilishi kerak.
225. Nazorat va qayd qilish asboblari haroratni ± 0,5 °S va nisbiy namlikni ± 3 % aniqlikda oʻlchashi kerak.
226. Harorat (namlik)ni tartibga solish asboblari kamida ± 1 °S (±5%) lik aniqligini taʼminlashi lozim.
227. Nazorat va qayd qilish asboblari koʻp nuqtali va 50 — 100 m gacha masofaviylikka ega boʻlishi lozim.
228. Asboblar datchiklari vibro va zarbaga chidamli, mahsulot uyumiga oʻrnatish uchun antikorrozion himoyali boʻlishi lozim.
229. Asboblar profilaktikali koʻzdan kechirish, taʼmirlash va almashtirish uchun qulay qilib joylashtirilishi lozim.
230. Boshqaruv shchitlari nam texnologik jarayonlar, dushxona, sanuzel, havo issiq suv bilan isitiladigan ventilyatsiya kameralari ostida oʻrnatilmasligi kerak.
231. Donni saqlash va qayta ishlash binolari va inshootlarida, shuningdek maʼmuriy xonalarda isitish, ventilyatsiya va tutunni chiqarish tizimlarini avtomatlashtirish QMQ 2.04.05-97 talablarini hisobga olib bajarilishi kerak.
232. Ochiq izolyatsiyalanmagan, kuchlanish ostidagi tok oʻtkazish qismlariga ega qurilmalar boʻlgan xonalar uchun suvli va koʻpikli oʻt oʻchirishda suv yoki koʻpik berilishigacha elektr energiyasining avtomatik oʻchirilishini nazarda tutish zarur.
1-§. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
233. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilishi darajasini eng yangi fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarishni eng yangi uskunalar bilan jihozlashni hisobga olib hisoblash lozim.
234. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining yagona boshqaruv shchitidan masofaviy (markazlashtirilgan tarzdagi) ulanishi va toʻxtatilishi;
quritish xonalari va faol shamollatiladigan bunkerlarning zadvijkalari, perekidnoy klapanlari, chiqaruvchi qurilmalarining masofaviy boshqarilishi;
elektr dvigatellari, zadvijkalar, klapanlar, mexanizatsiyalashtirilgan tushiruvchi telejkalar holati;
bunkerlarning (shamollatiladigan, jamgʻarma va uzoq muddatli saqlash) toʻldirilishi darajasi;
quritish xonasining oʻtxona blokida mashʼalaning mavjudligi holatini masofaviy nazorat qilish.
235. Har qanday mashinaning elektr dvigatellarini guruhli pultdan yoki har bir mashinaning turgan joyidan boshqarish mumkinligini nazarda tutish zarur.
236. Mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining avariyali oʻchirilishi, shuningdek bunkerlarning toʻlib ketishi, don haroratining oshib ketishi, quritish xonasining oʻtxona blokida mashʼalaning oʻchib qolishi, quritish xonasiga don berilishining toʻxtab qolishi yorugʻlikli va tovushli (markazlashtirilgan) signalizatsiya bilan bildirilishi kerak.
Bunda, avariya holatidagi tovushli signal ohangi boʻyicha ogohlantiruvchi tovushli signaldan farqlanishi lozim.
237. Korxonalarning blokli qilib joylashtirilishida boshqaruv shchitlari butunlay birxillashtirilishi kerak (oʻlchami, mnemosxemalar bajarilishi usuli, sxemali yechimlar boʻyicha).
238. Avtomatlashtirish darajasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (1)
bunda: Aa — boshqarilishi avtomatlashtirilgan uskunalar birliklari soni;
A — uskunalar birliklarining umumiy soni.
Avtomatik va yarim avtomatik liniyalar, komplekslar, agregatlar ularda oʻrnatilgan texnologik uskunalar birliklarining umumiy soni bilan hisobga olinadi.
12-bob. Aloqa va signalizatsiya
239. Donni saqlash va qayta ishlash binolari hamda xonalarida telefon aloqasi qurilmasi, radiolashtirish, yongʻindan xabarlantirish, yongʻin va qoʻriqlash avtomatik signalizatsiyasi nazarda tutilishi kerak.
240. Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi 1-jadvalga muvofiq xonalarda nazarda tutilishi lozim.
241. Avtomatik yongʻin signalizatsiyasining stansion va liniyali inshootlari SHNQ 2.04.09-07 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan taʼminlanishi kerak boʻlgan xonalar
13-bob. Yongʻinga qarshi choralar
242. Bino va inshootlar chaqmoqdan himoya qiluvchi moslamalar bilan taʼminlanishini nazarda tutilishi kerak.
243. “B” va “S” toifalari boʻyicha tasniflangan obyektlarda oʻrnatilgan jihozlarni statik elektr energiyasidan himoya qilish choralarini koʻrish zarur.
244. Don chiqindilari va changlarni ochiq tasmali konveyerlarda tashish taqiqlanadi.
245. “B” va “S” toifalarida tasniflangan barcha xonalarda bosim filtrlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
246. Bunkerlar va siloslar ichidagi noriyalarni oʻtishda noriya quvurlar devor qalinligi kamida 2 mm boʻlgan yoki maxsus shaxtalarga joylashtirilgan kesimi doira shakldagi metalli boʻlishi kerak.
247. Binolarning yongʻinga qarshi devorlarida konveyerlar va havo oʻtkazgichlarini oʻtish uchun texnologik teshiklar yongʻinga qarshi klapanlar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
248. Ventilyatorlar va kuch orqali yuboriladigan (nagnetatelnie) bosimli pnevmatik quvurlari atmosfera portlovchi chiqindilar (vzrivorazryadniki), xavfsizlik (himoyalovchi) membrana klapanlari bilan ulangan boʻlishi kerak.
249. Chang mahsulotlari tashiladigan havo oʻtkazgichlari, oʻzi oqib ketadigan, pnevmatik va aerofiltratsion qurilmalarning material oʻtkazgichlari yonuvchan boʻlmagan ashyo (material)dan loyihalangan boʻlishi va yerga tutashgan boʻlishi kerak.
250. Silos va bunkerlarda oʻz-oʻzidan yonish holatida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda silosning ochiq (erkin) hajmlarida gaz-havo aralashmasini — favqulodda va u bilan tutashgan (qoʻshni) siloslarning ust va ost qobiqlarning boʻshliqlarida ularni inert gazlar bilan toʻldirish hamda kislorod miqdorini 8 % ga teng optimal qiymatga kamaytirish yoʻli bilan flegmatizatsiya qilish operatsiyasiga loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi kerak.
14-bob. Atrof-muhit muhofazasi
251. Quriladigan bino-inshootlari va uning obyektlarining oʻz hamda tutash hududlarida “yashil bogʻ” va “yashil belbogʻ”lar barpo etish, koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirilishi kerak.
252. Obyektlar yaqinidagi yoʻl boʻylarida daraxt koʻchatlarini kamida 5 qatordan ekilishi taʼminlanishi lozim.
253. Binolar va inshootlarining qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari oʻrnatilishi kerak.
SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Belgilar
Geometrik tavsifnomalar
h, h1, h2, h3, hmt — siloslar devorlari, siloslar devorlari zonalari uchastkalari balandligi
z — uyum tepasidan yuqoridagi masofa
d — dumaloq silosning ichki diametri
l — toʻgʻri burchakli siloslarning qarama-qarshi devorlari oʻrtasidagi yorugʻlikdagi masofa
l0 — ustunlar oʻqlari oʻrtasidagi masofa
t — devor qalinligi
A, U — silosning koʻndalang kesimi maydoni, perimetri
P — silosning koʻndalang kesimining formulasi boʻyicha aniqlanadigan gidravlik radiusi
Sochiluvchan materiallar bosimi
Phn; Pvn — sochiladigan materialning teng taqsimlanadigan normativ bosimi, tegishlicha: silos devorlariga nisbatan gorizontal, silos tubiga nisbatan vertikal
Phtn — sochiladigan materialning dumaloq siloslar devorlariga halqali gorizontal normativ bosimi
Ph2n — sochiladigan materialning dumaloq siloslar devorlariga lokal gorizontal normativ bosimi
Ph3n — sochiladigan materialning kvadrat, toʻgʻri burchakli siloslar va yulduzchalar devorlariga halqali tasmasimon normativ gorizontal bosimi
Phan — sochiladigan materialning haroratlar taʼsiri ostida gorizontal normativ bosimi
Pan; Ptn — sochiladigan materialning siloslarning qiyali tublariga, silos tubi yuzasiga normal va urinma normativ bosimi
Phzn — sochiladigan materialning bunker devorlariga gorizontal normativ bosimi
Sochiluvchan va boshqa materiallar tavsifnomalari, bosimlarni aniqlash uchun koeffitsiyentlar
g,j, f — sochiluvchan materialning siloslar devorlariga ishqalanishi salmogʻi, ichki ishqalanish burchagi, ishqalanish koeffitsiyenti
l — sochiluvchan materialning yonlama bosimi koeffitsiyenti, l=tg2(450-) formulasi boʻyicha aniqlanadi; don uchun l=0,44 etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi
n — koʻndalang deformatsiyaning boshlangʻich koeffitsiyenti (Puasson koeffitsiyenti), donli mahsulotlar uchun 0,4 ga teng etib qabul qilinadi
Em — sochiluvchan materialning qisilishidagi deformatsiyasi moduli
a1, a2, a3, a4 — sochiluvchan materiallar bosimining joyida oshishi koeffitsiyentlari
gext — tushirish quvuriga bosimning oshishi koeffitsiyenti
Rs, Pb — armatura va beton uchun sikl asimmetriyasi koeffitsiyentlari
Rb, Rs — beton va armaturaning hisob-kitobli qarshiliklari
Tashqi kuchlar va taʼsirlardan kuchayishlar
N — qisish va choʻzishning boʻylama kuchi
M — qayiruvchi moment
Kuchlarni aniqlash uchun koeffitsiyentlar
gf — bosim boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti, quyidagilarga teng boʻladi: 1,3 — sochiluvchan materiallarning lokal bosimlari uchun va 1,1 — mustahkamligi va tirqishlarning paydo boʻlishi boʻyicha hisob-kitob qilishda haroratlar taʼsirlari uchun; 1,0 — deformatsiyalar va tirqishlarning ochilishi va yopilishi boʻyicha hisob-kitob qilishda
gc — ish shartlari koeffitsiyenti
a1, a2 — sochiluvchan materiallarning lokal bosimlari taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar
b1 — hisob-kitobdagi rasmning qayiruvchi momentlar kattaligiga taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent
SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Sochiluvchan materiallarning asosiy tavsifnomalari
SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
a4 bosimni oshirish va gc silos tubi, balkalari va voronkalari plitalari konstruksiyalarining ishlash shartlari koeffitsiyentlari mohiyatlari
SHNQ 2.09.09-21 “Donni saqlash va ishlov berishni amalga oshiruvchi korxonalarning bino va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Donni pol quvurlari yordamida shamollatish
1. Zamin quvurlari yordamida donni shamollatish tizimidan foydalanish fermer xoʻjaliklarida donni toʻgʻri sharoitda saqlashga imkon beradi. Bunga, sovitish, qisman quritish va profilaktik havo almashinuvi orqali erishiladi.
Faol shamollatish tizimi yordamida statsionar toʻkmadagi donlar quritiladi
2. Ikki kamerali moslama bu poldan yuqoriga koʻtarilgan panjara asosi hisoblanib, havo issiqlik shamollatgich agregat yordamida havo isitiladi va panjarasimon boʻshliqqa uzatiladi.
Bosim ostida isitiladigan havo don qatlamidan pastdan yuqoriga oʻtadi. Havo issiqlik generatorlar yoki elektrokaloriferlar yordamida isitiladi.
Don materiallari moslamaga 70 dan 100 cm gacha toʻkiladi. Quritish qatlamlar boʻylab amalga oshiriladi. Quritish zonasi taxminan 30 cm qalinlikda hosil boʻlib, u asta sekin havo aralashmasi oqimi yoʻnalishi boʻyicha harakat qiladi.
3. Quritilgan material zonasi quritish zonasi ostida hosil boʻladi. Agregat ishlayotganda, bu maydon ortib boradi. Shunga koʻra, nam don materialining segmenti butunlay yoʻqolguncha kamayib boradi.
Statsionar don toʻkmasida quritish jarayoni avval pastki kichik qatlamda sodir boʻladi. Ushbu qavatda u darhol muvozanat namligi uchun quritiladi, ortiqcha namlik esa bir bosqichda olib tashlanadi.
Havo juda quruq boʻlsa, donda oʻta qurishi yuzaga keladi. Donning oʻta qurishini oldini olish maqsadida donning quritish jarayonini kuzatib borish talab etiladi.
5. Don saqlash omborlarida don mahsuloti tekis yoki konussimon yuzali yoyilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tekislangan toʻkmalarda shamollatish quvurlarini boʻylama va koʻndalang tarzda joylashtirish kerak. Koʻndalang yoʻnalishda quvurlarni oʻrnatishida kalta quvurlar kerak boʻladi. Unda yuklanishlarda kam miqdordagi donlar quvurlarni yopib qolmaslik imkoniyatini berib, shamollatgichlar yuklanishining birinchi bosqichlarida yanada samarali ishlashiga olib keladi.
6. Katta saqlash joyiga ega boʻlgan omborxona mavjud boʻlganda, xonaning ikkala uchida shamollatish pol quvurlari oʻrnatiladi. Shu bilan birga, ular fan kanallari boʻlgan adapterlar yordamida ulanadi. Bu kichik koʻndalang kanallaridan foydalanish hamda kichik hajmdagi don mahsulotini ventilyatsiya qilish imkonini beradi.
Don yuklagich ishlatilgan vaqtda shamollatish kanallarini pol sathidan pastga joylashtirish kerak.
7. Don massividagi gorizontal joylashgan shamollatish quvurlari statsionar tarzda mahkamlanishi kerak. Pol quvurlarini tanlash va oʻrnatishda quyidagi asosiy koʻrsatkichlar inobatga olinishi kerak:
bitta shamollatgichdan foydalanganda quvur uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak;
quvurlar orasida masofa uchun don qalinligidan oshmaydigan masofa qoldirish kerak;
quvurlar orasida masofa uchun don qatlamining qalinligidan oshmaydigan masofani qoldirish kerak.
8. Turli xil ekinlar donalarini shamollatish qulayligi uchun diametri 1,5 mm boʻlgan perforatsiyalar qoʻllaniladi. Bunday teshiklar mayda urugʻlarni hamda asosiy don ekinlari materialini ham qayta ishlashga imkon beradi.
9. Konus shaklidagi don toʻkmalari boʻlgan omborlarda shamollatish kanallari toʻkma boʻylab tomyopma uchiga parallel ravishda joylashtiriladi. Kanallarni tom uchiga perpendikulyar joylashtirganda havoning asosiy miqdori xonaning devorlari yaqinida sarflanadi va tom ostida shamollatish yetarli darajada boʻlmaydi. Kanallar soni va ular orasidagi masofa omborning kengligi va don materiali qatlamining qalinligiga bogʻliq boʻladi.
10. Don qabul qiluvchi korxonalarda xom va nam donni olgandan soʻng, uni qisqa vaqt ichida quritib, saqlash uchun barqaror holatga keltirish kerak.
11. Quritilishi kutilayotgan materialni buzilishdan himoya qilish uchun vaqtincha saqlash xonalarni faol shamollatish uchun moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi, jumladan pol quvurlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Faol donni shamollatishning iqtisodiy samaradorligi
12. Shamollatishdan foydalanishning iqtisodiy foydasi qoʻshimcha mehnat va uskunalar yetishmasligi hisobidan erishiladi, shuning uchun bu jarayonning xarajatlari past boʻladi. Unda qoʻshimcha xonalardan foydalanishning hojati qolmaydi va bunday manipulyatsiyalarning afzalliklari aniq boʻlib, minimal yoʻqotish va zarar bilan don massasi sifatini maksimal darajada saqlash imkoniyati mavjud boʻladi.
13. Donni polli omborlarda saqlashda shamollatish, ayniqsa, qoʻshimcha xonalardan foydalanish imkoniyati boʻlmagan taqdirda samarali boʻladi.
