Ayrim binolardagi maydonlarning bir qismini Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisida (181-son)
04.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qabul qilingan hukumat qarorlarini bajarish uchun turar joy boʻlmagan bino fondlariga boʻlgan ehtiyojlarning keskin darajada ortganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar:
bir oy muddatda ayrim binolardagi maydonlarning bir qismini ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
Beriladigan maydonlarda ijarachilar boʻlgan taqdirda ularga, ijara muddati tugagunga qadar, oʻzlariga qarashli tuzilmalarni zichlashtirish hisobiga boshqa maydonlarni bersinlar.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi majmuilariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 4-aprel,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 181-son qaroriga ILOVA
Maydonlarning bir qismi Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga beriladigan maʼmuriy binolarning
ROʻYXATI
