Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1336-son)
08.04.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 8-aprelda 1336-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 27-oktabrdagi PF–3342-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin..
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-mart,
6/17-son
