SHNQ 2.01.16-21 “Turar joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-31-son)
15.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 8-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 270]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.01.16-21 “Turar joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 13-avgust 68-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.01.16-97 “Turar joy binolarni jismoniy eskirishini baholash qoidalari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-iyul,
01/2-31-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 29-iyun
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 8-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 01/2-31-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.01.16-21 “Turar joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) turar joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari tabiiy ofat vaqtida zarar koʻrgan bino va inshootlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalariga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.04.01-22 “Bino va inshootlarning texnik holatini oʻrganish va monitoring qilish tartibi”;
SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlarni zaminlari”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
nuqson — qurilish elementini tayyorlash, montaj qilish yoki foydalanish qoidalari va texnik shartlarning buzilishi natijasida yuzaga keladigan nosozliklar;
yuk koʻtaruvchi konstruksiya — bino yoki inshootlarning yuk koʻtarish xususiyati va uning taʼsirlarini qabul qiluvchi, mustahkamligini, bikrligini va ustuvorligini taʼminlovchi qurilish konstruksiyasi;
chetlanish (ogʻish) — istalgan texnik koʻrsatkichning haqiqiy holatini meʼyoriy, loyiha hujjatlari yoki texnik jarayonni taʼminlash talablaridan farqi;
eskirish — uzoq muddatli tabiiy jarayonda, konstruksiyaga atrof-muhitning, binodagi texnologik jarayonlarga bogʻliq boʻlgan mexanik yuklar taʼsirida konstruktiv element ashyosining fizik-kimyoviy tarkibining oʻzgarish jarayoni;
jismoniy eskirish — konstruksiyalarning, elementlarning, injenerlik jihozlari tizimining hamda butunlay binoning yemirilishi va eskirishi tabiiy-iqlim omillar va inson hayot faoliyati natijasida ularning dastlabki texnik foydalanish sifatlarining (mustahkamligini, barqarorligini, ishonchliligini, estetik koʻrinishini va boshqalarni) yoʻqotishlari.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Alohida konstruksiyalarning, elementlarning, injenerlik jihozlari tizimining (bundan buyon matnda tizim deb yuritildai) yoki ularning qismlarini jismoniy eskirishi ushbu SHNQning 1-ilovasi 1 — 81-jadvallarida keltirilgan qiymatlar asosida, shuningdek kuzatishva asbob-uskunalar bilan oʻrganish natijasida aniqlangan jismoniy eskirishni solishtirish yoʻli bilan aniqlanishi lozim.
4. Konstruksiya, element, tizim yoki ularning qismi eskirishining muayyan oraligʻidagi qiymatlariga mos keluvchi barcha belgilarga ega boʻlganda, jismoniy eskirish darajasining yuqori chegarasiga teng qabul qilinishi kerak.
5. Konstruksiyada, tizimda yoki ularning qismida bir necha eskirish belgilaridan faqat biri boʻlganda jismoniy eskirish intervalining quyi chegarasiga teng deb qabul qilinishi lozim.
6. Mazkur SHNQning 1-ilovasidagi jadvallarda keltirilgan jismoniy eskirishning oraliq qiymati faqat bitta belgiga mos kelsa, konstruksiya, element, tizim yoki uning qismining jismoniy eskirishining interpolyatsiya boʻyicha mavjud zararlanish oʻlchami yoki tavsifidan kelib chiqib qabul qilinishi kerak.
7. Konstruksiyalar, elementlar, tizimlarning va ularning turli darajada eskirishga ega boʻlgan qismlarining jismoniy eskirishini qoʻyidagi formula orqali aniqlash lozim:
bu yerda:
Fk — konstruksiya, element, tizimlarning jismoniy eskirishi, %;
Fi — mazkur SHNQning 1-ilovasidagi 1 — 81-jadvallari boʻyicha aniqlangan konstruksiya, element, yoki tizim qismlarining jismoniy eskirishi, %;
Pi — shikastlangan qismning oʻlchamlari (maydon yoki uzunlik), m2 yoki m;
Pk — butun konstruksiya oʻlchamlari, m2 yoki m;
n — shikastlangan qismlarning soni.
Binoning jismoniy eskirishini quyidagi formula orqali aniqlash kerak:
bu yerda:
Fz — binoning jismoniy eskirishi %;
Fki — alohida konstruksiya, element yoki tizimning jismoniy eskirishi;
li — alohida konstruksiya, element yoki tizimning tiklanish narxining umumiy tiklanish narxidagi tegishli ulush qiymati;
n — binodagi alohida konstruksiyalar, elementlar, yoki tizimlar soni.
8. Binoning yiriklashgan konstruktiv elementlarning taxminiy oʻrtacha ulush qiymatlari mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
9. Aniqlangan jismoniy eskirishning keltirilgan qiymati quyidagilarga muvofiq yaxlitlanishi lozim:
konstruksiya, element, tizimlarning ayrim qismlari uchun — 10 % gacha;
konstruksiya, element, tizimlar uchun — 5 % gacha;
bino uchun — 1 % gacha.
10. Qatlamli konstruksiyalar devor va yopmalar jismoniy eskirishini aniqlash uchun quyidagi ikkita usuldan foydalanish kerak:
texnik holati boʻyicha mazkur SHNQning 1-ilovasidagi 15 va 45-jadvallariga muvofiq;
konstruksiyaning xizmat muddati boʻyicha ushbu SHNQning 1-2-rasmlarga asosan.
11. Qatlamli konstruksiyalarning jismoniy eskirishini foydalanish muddatiga koʻra quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
bu yerda:
Fs — qatlamli konstruksiyaning jismoniy eskirishi, %;
Fi — 1 va 2 rasm boʻyicha mazkur qatlamli konstruksiyaning foydalanish muddatiga koʻra aniqlanadigan qatlam materialining jismoniy eskirishi, % da;
Ki — ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq qatlam materiali narxining butun konstruksiya narxiga nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsiyent;
n — qatlamlar soni.
12. Butun binoning ichki tizimining jismoniy eskirishi ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 74 — 80-jadvallarga muvofiq tizimni tashkil etuvchi elementlarning texnik holatini oʻrganish asosida aniqlash lozim.
13. Foydalanish jarayonida tizimning ayrim elementlari yangisi bilan almashtirilgan boʻlsa, tizimning jismoniy eskirishini ushbu SHNQning 3 — 7-rasmlarida keltirilgan jadvallar boʻyicha ayrim elementlarning foydalanish muddati asosida hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi lozim.
14. Yakuniy baholash uchun qiymatlarning kattarogʻini olish lozim.
1-rasm. Qatlamli konstruksiyalarning jismoniy eskirishi (foydalanish muddati 60 — 125 yil)
2-rasm. Qatlamli konstruksiyalarning jismoniy eskirishi (foydalanish muddati 10 — 50 yil)
3-rasm. Ichki issiq suv taʼminoti tizimining jismoniy eskirishi
1. Issiq suv taʼminotining ochiq sxemasidagi ruhlangan quvurlar, 2. Issiq suv taʼminotining yopiq sxemasidagi ruhlangan quvurlar, 3. Issiq suv taʼminotining ochiq sxemasidagi ruhlanmagan quvurlar, aralashtirgichlar, sochiq quritgichlar, latunli yopgʻich armaturalar, 4. Issiq suv taʼminotining yopiq sxemasidagi ruhlanmagan quvurlar,choʻyan yopgʻich armatura
4-rasm. Markaziy isitish tizimining jismoniy eskirishi
1-issiq suv taʼminotining yopiq sxemasidagi chuyan radiatorlar, 2-issiq suv taʼminotining ochiq sxemasida choʻyan radiatorlar, yopiq sxemasidaga tik quvurlar va poʻlat radiatorlar, 3-issik suv taʼminotining yopiq sxemasidagi magistrallar, 4-issiqlik taʼminotining ochiq sxemasida poʻlat radiatorlar, tik quvurlar va magistrallar, 5-hamma turdagi yopgʻich armaturalar
5-rasm. Ichki suv yullari tizimining jismoniy eskirishi
1-ruhlangan suv quvurlar, 2-sopol va choʻyan suv toʻkuvchi idishlar, 3-poʻlat suv quvurlari, plastik suv quvurlari, kranlar va latunli yopqich armaturalar, 4-kranlar va choʻyan yopqich armaturalar
6-rasm. Ichki kanalizatsiya tizimining jismoniy eskirishi
1-choʻyan suv quvurlari, choʻyan vannalar, 2-choʻyan va zanglamaydigan poʻlatdan yuvgʻichlar, rakovinalar, 3-poʻlat suv quvurlari, poʻlat vannalar, sopol unitazlar, rakovinalar va qoʻlyuvgichlar, asbotsement suv quvurlari, 4-emallangan poʻlatdan yuvgʻich va rakovinalar, 5-plastik suv quvurlari
7-rasm. Ichki elektr jihozlari tizimining jismoniy eskirishi
1-xonalar ichidagi yopiq tarmoqlar, 2-xonalar ichidagi ochiq tarmoqlar, 3-magistral suv taqsimlagichlar, 4-elektr asboblar
15. Tizimning jismoniy eskirishi elementlarining oʻrta hisobdagi eskirish qiymati sifatida aniqlanishi kerak.
16. Binolar poydevori zaminidagi gruntlarning choʻkishida, ularning choʻkuvchanlik xususiyatlari va devor hamda poydevorlarning grunt choʻkishidan yuk koʻtaruvchanligi aniqlanishi lozim.
Devor va poydevorlarni mustahkamlash boʻyicha tarkibi SHNQ 2.02.01-19ga muvofiq boʻlishi lozim.
SHNQ 2.01.16-21 “Turar joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Poydevorlar
Ustunsimon yogʻochli berkituvchi taxtali poydevorlar
1-jadval
Ixoh. Ushbu SHNQ orqali oʻrganiladigan shikastlanishlar foizlarda aniqlanadi.
Ustunsimon gʻisht sokolli yogʻochli poydevorlar
2-jadval
Tasmasimon gʻisht-toshli poydevorlar
3-jadval
Yirik blokli tasmasimon poydevorlar
4-jadval
Ustunsimon qoziqli hamda toshli, betonli, temir-betonli va harsang toshbetonli poydevorlar
5-jadval
Blokli va yirik blokli temir-beton poydevorlar temir-beton bogʻlovchi kamarlari
6-jadval
Devorlar
Yigʻma toʻsiqli yogʻoch devorlar
7-jadval
Sinchli yogʻoch devorlar
8-jadval
Chopilgan va chorqirra xodadan devorlar
9-jadval
Tashqi gʻisht qoplamali, kesilgan yogʻoch gʻoʻlali, sinchli va chorqirra gʻoʻlali devorlar
10-jadval
Gʻisht devorlar
11-jadval
Sopol bloklar va plitachalar, marmar plitalar bilan qoplangan gʻisht devorlar
12-jadval
Mayda bloklardan sunʼiy va tabiiy toshli devorlar
13-jadval
Yirik oʻlchamli blokli bir qatlamli yuk koʻtaruvchi panelli devorlar
14-jadval
Qatlamli temirbeton panelli devorlar
15-jadval
Yuk koʻtaruvchi panelli devorlar
16-jadval
Temir-beton armaturalari
17-jadval
Zilzilaga qarshi kamarlar
18-jadval
Ustunlar (tirgaklar, tayanchlar)
Yogʻoch ustunlar
19-jadval
Gʻisht ustunlar
20-jadval
Temirbeton ustunlar (yigʻma va yaxlit qoʻyma)
21-jadval
Pardevorlar
Yuk koʻtaruvchi panelli pardevorlar
22-jadval
Gʻishtli pardevorlar
23-jadval
Suvoqsiz yogʻoch pardevorlar
24-jadval
Suvoqli yogʻoch pardevorlar
25-jadval
Gazobetonli va penobetonli pardevorlar
26-jadval
Gipsbetonli va shlakbetonli pardevorlar
27-jadval
Fibrolitli pardevorlar
28-jadval
Orayopmalar
Suvalmagan yogʻoch orayopmalar
29-jadval
Yogʻoch toʻsinlar boʻyicha osma faner qoplangan orayopmalar
30-jadval
Suvalgan yogʻoch orayopmalar
31-jadval
Poʻlat toʻsinlar boʻyicha gʻisht qubbali orayopma
32-jadval
Ikki pallali temir-beton qoʻyma panellardan iborat orayopmalar
33-jadval
Yigʻma temir-beton toʻshamali orayopmalar
34-jadval
Yigʻma va yaxlit qoʻyma plitali orayopmalar
35-jadval
Yaxlit qoʻyma va yigʻma temir-beton tom yopma va orayopma toʻsinlar
36-jadval
Zinapoyalar
Yogʻoch zinapoyalar
37-jadval
Metal tirgak (kosour) boʻyicha zinapoyalar
38-jadval
Temir-beton zinapoyalar
39-jadval
Lodji, balkonlar, soyabonlar
Lodjining yigʻma temir-beton detallari
40-jadval
Balkonlar, soyabonlar
41-jadval
Tomlar
Yogʻochli tomlar
42-jadval
Yigʻma temir-betonli tomlar (chordoqli)
43-jadval
Metall konstruksiyali tomlar
44-jadval
Yigʻma temir-beton qatlamli panellardan aralash tomlar
45-jadval
Tom qoplamalar
Rulonli tom qoplamalar
46-jadval
Mastikali tom qoplamalar
47-jadval
Poʻlat tunukali tom qoplamalar
48-jadval
Tom qoplama — ondulin
49-jadval
Asbestsement listli tom yopmalar
50-jadval
Cherepitsali tom yopmalar
51-jadval
Yupqa taxtachalardan tom yopmalar
52-jadval
Yoʻnilgan taxtalardan yasalgan tom yopmalar
53-jadval
Pollar
Sement-qumli, betonli, mozaikali pollar
54-jadval
Sopol plitali pollar
55-jadval
Parket pollar
56-jadval
Taxta pollar
57-jadval
Tarket pollar
58-jadval
Yogʻoch-qipiq (yogʻoch-tola) plitali pollar
59-jadval
Rulonli materiallardan pollar
60-jadval
Sintetik plitkali pollar
61-jadval
Derazalar, eshiklar
Yogʻoch kesakili derazalar
62-jadval
Plastmassadan deraza romlari
63-jadval
Metalldan deraza romlari
64-jadval
Yogʻoch eshiklar
65-jadval
Metall eshiklar
66-jadval
Pardozli qoplamalar
Suvli tarkib bilan boʻyash
67-jadval
Moyboʻyoq
68-jadval
Gul qogʻoz yopishtirish
69-jadval
Sopol plitkalar bilan qoplash
70-jadval
Suvoq
71-jadval
Badiiy bezak elementlari
72-jadval
Yogʻoch devorlarni sof qoplash
73-jadval
Ichki injenerlik jihozlari tizimining jismoniy eskirish jadvali
Issiq suv taʼminoti tizimi
74-jadval
Markaziy isitish tizimi
75-jadval
Sovuq suv taʼminoti tizimi
76-jadval
Kanalizatsiya va oqava suv tizimi
77-jadval
Elektr jihozlari tizimi
78-jadval
Pechlar
79-jadval
Chiqindi shaxtalari
80-jadval
Past narxli kam uchrovchi yoki yangi konstruktiv elementlar va materiallarning jismoniy eskirishini aniqlash uchun yiriklashtirilgan shkala
81-jadval
SHNQ 2.01.16-21 “Turar joy obyektlarining jismoniy eskirishini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Yiriklashgan konstruktiv elementlarning taxminiy oʻrtacha ulush qiymatlari
