“Tashabbusli budjet asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish va ularning natijadorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Dj. Kuchkarovning javobi haqida (4675-IV-son)
30.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Tashabbusli budjet asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish va ularning natijadorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Dj. Kuchkarov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, budjet jarayonining ochiqligini taʼminlashga oid maʼlumotlar vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-iyul,
4675-IV-son
